Samarqand Kadastr xabarlari
549 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#Kadastr #yer_nazorati

📝2022-yilning o‘tgan davrida respublika bo‘yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 11 295 ta yoki 3 491,6 gektar holat aniqlandi.

💠Agentlik organlari tomonidan 11 189 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan 5 816 tasi fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi;

💠Yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 4 201 ta holatda sudlarga kiritilgan daʼvo arizalariga asosan 1 210 ta holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha) qabul qilindi. Boshqa holatlar bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

📌Shuningdek, rasmiylashtirilgan hujjatlarga tegishli choralar ko‘rish uchun 951 ta holatda prokuratura organlariga hamda 1 193 ta holatda majburiy ijro byurosiga yuborildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️O‘zbekiston Respublikasi hududiy strukturasi▫️

💠O’zbekiston Respublikasi - Qoraqalpogʼiston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahridan iborat.

💠Ularning tarkibida 175 ta tumanlar mavjud.

💠Qoraqalpogʼiston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahriga boʼysunuvchi 120 ta shahar mavjud boʼlib, shundan:

▫️ Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar - 9 ta;
▫️ Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar - 24 ta;
▫️ Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar - 87 ta.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #brifing

📢 16-avgust, seshanba kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va yerdan foydalanuvchilar chegaralarini aniqlash hamda ularga oid maʼlumotlarni tegishliligi bo‘yicha “UzKAD” axborot tizimiga kiritish

● Vaqti: 14:00

● Ishtirok etadi: Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati rahbari Munojatxon Yo‘ldosheva

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Bilasizmi

⚡️Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

🖥 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln soʻm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Давлат кадастрлари палатаси брифинги
#16aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#bino_inshootlar #Bilasizmi #Kadastr_Samarqand

QOIDA BO‘YICHA MASOFA QANCHA?

❇️Turar joy bilan ijtimoiy ob’ektlar o‘rtasidagi masofa qancha bo‘lishi lozim?

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
▫️DXMdagi xizmatlarimiz▫️

⚜️ Ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlar va ular bo'yicha tuzilgan bitimlarni Davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha turkum ma'lumotlar.

🏡Mulkida turarjoy bor-yo'qligi haqida kadastr ma'lumotlarini olish tartibi.

#DavKadastrPalata #DXM_xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#mini_futbol #kadastrda_sport

⚽️ Kadastr agentligi tomonidan tashkil etilgan “Mini futbol” sport musobaqasi o‘yinlari bugun boshlandi. Qura tashlash natijalariga ko‘ra Samarqand viloyati jamoasi “C” guruhida bo‘lib, birinchi o‘yinni Surxondaryo viloyati jamoasi bilan o'tkazdi va 2:1 natija bilan g‘alabaga erishdi.

Ushbu musobaqada viloyatimiz jamoasiga omad tilagan holda, g‘alabalar bardavom bo‘lishini va yuqori natijalarga erishishini kutib qolamiz.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

⚡️Fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqiy asos: MJtK 66-modda

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
Forwarded from Nurobod tumani hokimligi
Бугун Нуробод тумани Давлат кадастрлар палатаси туман филиалида туман ҳокими Ш.Юлдашев раҳбарлигида қишлоқ хўжалиги, кадастр соҳаси ҳодимлари билан учрашув бўлиб ўтди.

Учрашувда туман раҳбари томонидан ҳудуддаги ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаш, ноқонуний қурилиш ҳамда ерлардан мақсадсиз ва самарасиз фойдаланишга чек қўйилиб, тегишли чора-тадбирлар кўрилмаётганлиги қаттиқ танқид остига олинди.

Ушбу соҳадаги ишларни янада жадаллаштириш бўйича масъулларга тегишли топшириқ ва кўрсатмалар берилиб, масъулиятсизлик ва эътиборсизлик оқибатида келиб чиқиши мумкин бўлган ҳолатларнинг оқибати ҳақида фуқароларни огоҳлантириш зарурлиги таъкидлаб ўтилди.

@nur_press