Samarqand Kadastr xabarlari
548 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов ва Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев биргаликда Биринчи Президентимиз Ислом Каримов мақбарасини зиёрат қилди ҳамда Мирзо Улуғбек музей-мажмуаси, Амир Темур мақбараси, Регистон ансамблида бўлди.

Президент Туркменистана Сердар Бердымухамедов и Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев вместе почтили память Первого Президента нашей страны Ислама Каримова, а также посетили музейный комплекс Мирзо Улугбека, мавзолей Амира Темура и ансамбль Регистан.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #Samarqand

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔹Kadastr tizimidagi o‘zgarishlar ortiqcha “yugur-yugur”larga chek qo‘ymoqda🔹

🇺🇿Yangi O‘zbekiston” ijtimoiy-siyosiy nashri saytida bugun e’lon qilingan mazkur sarlavhada Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Inamov sohadagi yangiliklar, o‘tgan davrda aholiga yaratilayotgan qulayliklar bo‘yicha qilingan ishlar haqida batafsil ma’lumot beradi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 155 ta texnik loyiha hamda 56 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 53 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 12 515 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 95 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️108 ta Davlat fuqarolari O‘zbekistondan ko‘chmas mulk olishi mumkin▫️

⚜️ Hukumat qarori (384-son, 13.07.2022 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasida yangi barpo etilayotgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini fuqarolari sotib olish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlar ro‘yxati tasdiqlangani haqida ma’lumot berildi.

⚜️ Qonunchilikka ko‘ra, xorijiy mamlakatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmasdan, yangi ko‘chmas mulklarni sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berilgan.

#DavKadastrPalata #huquqiy_axborot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ishonch_raqam #1097

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🇺🇿Aholi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini tartibga solish maqsadida Kadastr agentligining 1097 qisqa raqami orqali fotosurat, videoyozuvlarni jo'natish belgilandi.

📌Shuningdek Kadastr agentligi tomonidan @e_yernazorat_bot telegram bot orqali yoki Kadastr.uz sayti orqali ham murojaatingizni qabul qilish yo'lga qo'yildi.

📝Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega va mas'ullar tomonidan o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqiladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Samarqandda yer bilan bog‘liq 1500 dan ortiq qonun buzilishi aniqlangan

📝Batafsil

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Davlat_xizmatlari_reglament

Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish tartibi

⚠️ Xizmat: Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Koʻchmas mulk egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar

🔄 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

1. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YAIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda soʻrovnoma toʻldiradi.

2. Vakolatli organ (Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi) joylardagi oʻlchovlarni amalga oshiradi.

3. Ariza beruvchi tomonidan hisob-fakturada koʻrsatilgan toʻlov amalga oshirilgach, kadastr pasporti shaklantiriladi.

🗓 Xizmatni koʻrsatish muddati

Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

koʻchmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi boʻyicha:

● koʻp kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
● yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

koʻchmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi boʻyicha:

● umumiy maydoni 100 kv.m. gacha – 5 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1 000 kv.m. gacha – 7 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 1 000 kv.m. dan 5 000 kv.m. gacha – 10 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 5 000 kv.m. dan 15 000 kv.m. gacha – 15 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 15 000 kv.m. dan 50 000 kv.m. gacha – 20 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 50 000 kv.m. dan ortiq – 25 ish kunigacha;
● ajratilgan yer uchastkalari boʻyicha – 3 ish kunigacha.

➡️ Xizmat narxlari bu yerda.

🖥 YAIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

👉 koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va aloxida qurilish) mavjud boʻlmaganda;
👉 koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;
👉 kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda).

Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

☑️ Qogʻoz shaklidagi kadastr pasporti Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.

Huquqiy asos:
Hukumat qarori (535-son, 02.09.2020-y.)

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕑Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 11-17 -iyul kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube