SAMARQAND VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI
5.91K subscribers
34.4K photos
4.1K videos
363 files
11.4K links
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali


Facebook: www.facebook.com/SamarqandMMTB
Web-site: https://sm.uzedu.uz/uz
https://samuzedu.uz/
Murojaat uchun: @sammmtb_bot
Download Telegram
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Milliy telekanalning "Millar" dasturi orqali Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 20-maktabning sport zali yo‘qligi aytilgan lavha yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Keyingi yillarda birinchi navbatda yangi tashkil etilgan aholi punktlarida yangi maktablar barpo etish, hududlarda koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan maktablarga qo‘shimcha bino qurish va mavjud ta’mirtalab ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilda birgina Ishtixon tumanida Investitsiya dasturi doirasida 9 ta maktablarning qo'shimcha binosi qurilmoqda, 2 ta umumta’lim maktablari mukammal ta’mirlanmoqda. 2025-yilda esa 8 ta umumta’lim maktabiga qo‘shimcha bino qurish rejalashtirilgan. Koeffitsiyenti yuqori maktablarga qo‘shimcha sinf xonalari qurish ishlari tugallangach, sport zallarni qurish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Veb sayt
🔶MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MA'NAVIYAT BURCHAKLARINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Samarqand shahridagi 3-DMTTda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarori ijrosi, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yangi namunadagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ma’naviyat burchaklari” hamda tashkilot hovlisi, foesi, binosi va guruhlarini bezatishning namunaviy talablari bo‘yicha tavsiyalarga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarda ma’naviy va axloqiy qadriyatlar orqali vatanparvarlik, o‘z Vataniga muhabbat va g‘urur tuyg‘ularini tarbiyalash hamda tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram
| Facebook | Veb sayt
#Jadidlar_izidan
#Samarqand_viloyati

📝 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar  o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida "Jadidlar izidan" Respublika tanlovi e’lon qilingan edi.

☝️Samarqand viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim  tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish va maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish sho’basi rahbari A. Olimov hamda Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori F.Nazarovalar tanlovning tuman, shahar bosqichi o‘tkaziladigan Bulung‘ur, Jomboy hamda Toyloq tumanlaridagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Telegram
| Facebook | Veb sayt
#Ayni_paytda
#Attestatsiya
#ikkinchi_kun

🔹MALAKA (TЕST) SINOVLARI DAVOM ETMOQDA

➡️Xabar qilinganidek, sinovlar Samarqand shahridagi Bilimlarni baholash markazi  binosida bo‘lib o‘tmoqda.

☑️Ushbu sinov jarayonlarining shaffof va sifatli tashkil etish maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratilgan

❗️Bugun va ertaga ikki kun davomida sinovlarda 1350 nafar matematika fani o‘qituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Veb sayt