O'ktam Salomov | Blog
1.36K subscribers
6.19K photos
643 videos
15 files
2.38K links
Fargʻona davlat texnika universiteti rektori.

Har bir inson o'z ustida mukammal ishlasa, oliy maqsadiga yetadi!

Ijtimoiy sahifalar:
fb.com/salomovblogs
instagram.com/salomov_blog
Download Telegram
Farg‘ona davlat texnika universitetida xalqaro loyihalar va grantlarga ariza topshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2025 yil 24 iyul kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida xalqaro loyihalar va grant tanlovlariga hujjatlarni tayyorlash hamda topshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarni Lund universiteti (Shvetsiya) dotsenti, migratsiya va ijtimoiy siyosat sohasida katta xalqaro tajribaga ega mutaxassis Rustamjon Urinboev olib bordi.
Tadbirda universitet rektori, prorektorlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, xalqaro loyihalarga arizalarni shakllantirish va topshirish, loyiha guruhlarini tuzish, mavjud xalqaro grant tanlovlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Savol-javoblar asosan Mariya Sklodovskaya-Kyuri grant dasturiga arizalarni tayyorlash va topshirish, shuningdek, Erasmus+ xalqaro loyiha dasturi doirasidagi masalalarga qaratildi.
Seminar yakunida ikki universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash, shuningdek, mazkur memorandum doirasida amalga oshirilayotgan va kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalarda birgalikda ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt