Forwarded from Edu.uz
#Live #Jarayon #TalabaEkspo_2025 #Fargʻona
Fargʻonada “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi rasman ochib berildi
Bugun Farg‘ona shahrida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligiga koʻmaklashish, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Sherzodjon Polvonov, “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov hamda Fargʻona davlat texnika universiteti rektori Oʻktam Salomov kirish so‘zi bilan ochib berishdi. Ular Toshkent va Samarqand shaharlaridan so‘ng ko‘rgazmaning Farg‘onada o‘tkazilishi viloyat yoshlari uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlashdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/71691
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

Farg‘ona davlat texnika universitetida xalqaro loyihalar va grantlarga ariza topshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
Bugun, 2025 yil 24 iyul kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida xalqaro loyihalar va grant tanlovlariga hujjatlarni tayyorlash hamda topshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarni Lund universiteti (Shvetsiya) dotsenti, migratsiya va ijtimoiy siyosat sohasida katta xalqaro tajribaga ega mutaxassis Rustamjon Urinboev olib bordi.
Tadbirda universitet rektori, prorektorlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, xalqaro loyihalarga arizalarni shakllantirish va topshirish, loyiha guruhlarini tuzish, mavjud xalqaro grant tanlovlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Savol-javoblar asosan Mariya Sklodovskaya-Kyuri grant dasturiga arizalarni tayyorlash va topshirish, shuningdek, Erasmus+ xalqaro loyiha dasturi doirasidagi masalalarga qaratildi.
Seminar yakunida ikki universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash, shuningdek, mazkur memorandum doirasida amalga oshirilayotgan va kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalarda birgalikda ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt