Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi video esse yozish bosqichlariga bagʻishlanadi. Sizning yozma ishingiz shakl jihatidan boshqalarnikidan ajralib turolmaydi, chunki barcha bir xil uslub va shaklda yozishga majbur.
💪🏻 Ammo mazmun sizning essedagi shaxsiy imzoyingizdir. Uni qanchalik boy ekanligi sizning darajangizni belgilab beradi va yuqori ball olib keladi.
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍2
Forwarded from Lingvist Iroda Azimova
#sunʼiyintellekt
ChatGPT va Gemini ni shu vaqtgacha oddiy fakt kerak bo‘lganda ishlatganman xolos, boshqa har qanday review yoki tahlil uchun ishlatish menga erish tuyulaveradi haligacha.
Bugun mana shu postni o‘qib qoldim, unda eʼlon qilingan ilmiy maqolada googlening tibbiyot uchun ixtisoslashgan sunʼiy intellekti insonda yo‘q aʼzodagi kasallik haqida so‘z yuritgani aytiladi (endi u maqolaning muallifi SI ga maqola yozdirib eʼlon qivorganmi, bilmadim).
Nima uchun bunaqa xato yuz beradi? Psixolingvist va kompyuter lingvistikasidan sal-pal xabari bor odam sifatida taxmin qilib ko‘raman: SI matndagi so‘zlar, gaplarning shakliy belgisiga tayanadi va faqat shu shaklga asoslangan matnlar yaratadi. Yaʼni toki matnlar shunday so‘zlar birikmasiga imkon berar ekan, u shunday javoblarni yarataveradi.
Shu uchun bo‘lsa kerak, hatto maʼlum mavzudagi adabiyotlarni saralashni ham men SIga ishona olmayman. O‘zim yaxshiroq qila olishimga ishonchim komil.
SI, shubhasiz, ilm-fandagi ajoyib muvaffaqiyat. Faqat insonlar uni to‘g‘ri ishlatishni o‘rganishi kerak, nazarimda buning uchun u qanday ishlashini yaxshi tushuna olish kerak.
@psixolingvist

👍3❤🔥2