Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Video yakka tartibdagi jonli darsdan yozib olindi. Bir kishi bilan ishlaganim uchun dars ko'proq dialog shaklida bo'lgan. Video manfaatli bo'ladi degan umiddaman.
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2⚡6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Bilim va tahlil yozma ishingizni siz oʻylagandan koʻra yuqoriroq darajaga olib chiqadi.
🔎 Esse yozishdan avval mavzuni ozgina boʻlsa ham oʻrganishga harakat qiling. Bular yigʻilib borib, imtihonda sizga asqatadi
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi video esse yozish bosqichlariga bagʻishlanadi. Sizning yozma ishingiz shakl jihatidan boshqalarnikidan ajralib turolmaydi, chunki barcha bir xil uslub va shaklda yozishga majbur.
💪🏻 Ammo mazmun sizning essedagi shaxsiy imzoyingizdir. Uni qanchalik boy ekanligi sizning darajangizni belgilab beradi va yuqori ball olib keladi.
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍3
Forwarded from Lingvist Iroda Azimova
#sunʼiyintellekt
ChatGPT va Gemini ni shu vaqtgacha oddiy fakt kerak bo‘lganda ishlatganman xolos, boshqa har qanday review yoki tahlil uchun ishlatish menga erish tuyulaveradi haligacha.
Bugun mana shu postni o‘qib qoldim, unda eʼlon qilingan ilmiy maqolada googlening tibbiyot uchun ixtisoslashgan sunʼiy intellekti insonda yo‘q aʼzodagi kasallik haqida so‘z yuritgani aytiladi (endi u maqolaning muallifi SI ga maqola yozdirib eʼlon qivorganmi, bilmadim).
Nima uchun bunaqa xato yuz beradi? Psixolingvist va kompyuter lingvistikasidan sal-pal xabari bor odam sifatida taxmin qilib ko‘raman: SI matndagi so‘zlar, gaplarning shakliy belgisiga tayanadi va faqat shu shaklga asoslangan matnlar yaratadi. Yaʼni toki matnlar shunday so‘zlar birikmasiga imkon berar ekan, u shunday javoblarni yarataveradi.
Shu uchun bo‘lsa kerak, hatto maʼlum mavzudagi adabiyotlarni saralashni ham men SIga ishona olmayman. O‘zim yaxshiroq qila olishimga ishonchim komil.
SI, shubhasiz, ilm-fandagi ajoyib muvaffaqiyat. Faqat insonlar uni to‘g‘ri ishlatishni o‘rganishi kerak, nazarimda buning uchun u qanday ishlashini yaxshi tushuna olish kerak.
@psixolingvist

❤🔥3👍3
Kalendaringizga belgilash esdan chiqmasin 😊
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍10
💧Bilim – suvga o‘xshaydi: uni tutib qolish yo‘lini topmasak, u oqib ketadi
Qadim xitoy hikoyasida shogird ustozidan bilimning sirini so‘raydi. Ustoz unga tagida teshigi bor sopol idish berib, suv bilan to‘ldirishni buyuradi. Har kuni suv quyiladi, ammo u oqib ketaveradi. Shogird sabr qilmay:
— “Nega teshigini yamamaymiz?” — deydi.
Ustoz javob beradi: “Bilim ham suvga o‘xshaydi. Uni saqlash yo‘lini topmasang, u yo‘qoladi.”
Biz ta’limda ko‘pincha bilimni “quyish”ga e’tibor beramiz, lekin uni o‘quvchi ongida mustahkamlashga kamroq vaqt ajratamiz.
📌 Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bilim quyidagi holatlarda uzoq vaqt saqlanadi:
1️⃣ Avvalgi bilimlar bilan bog‘langanida – miyaning eng yaxshi do‘sti – aloqalar va bog'liqlik. Yangi bilimni mavjud bilimga bog'lamasak, u tez unutiladi.
2️⃣ Qayta eslash orqali – ma’lumotni qayta o‘qish emas, balki yoddan aytish xotirani mustahkamlaydi.
3️⃣ Ma'lum vaqt oralig‘ida takrorlanganda – bir kunda ko‘p o‘qib yodlash emas, balki kunlar yoki haftalar davomida muntazam o'rganish samarali yo'l hisoblanadi.
4️⃣ Faol va rang-barang bo‘lganda – munozaralar, boshqalarga o‘rgatish, amaliy mashg‘ulotlar, turli vaziyatlarda qo‘llash bilimni tirik tutadi.
5️⃣ Ma’no va his bilan boyitilganda – hayotimizga mos, hissiyot uyg‘otadigan yoki hayratlantiradigan bilimlar eng uzoq saqlanadi.
🎯 Ustoz va yetakchi sifatida vazifamiz – faqat bilim berish emas, balki o‘sha bilim “idishimizda” uzoq saqlanishini ta’minlashdir.
Javlonbek Rustamjonov

2❤🔥5👍1
⚡1
Anonymous Quiz
65%
To'g'ri ✅
35%
Noto'g'ri ❌
Bo'shashish yo'q! Hammasi tugadi deb o'ylaganlar adashadi: hammasi endi boshlanmoqda. Qiyinchiliklar, mashaqqatlarda toblanib, professional bo'lish tomon olg'a 🥳
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍1
Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun kichik guruh (5 kishidan oshmaydi) ga qabul ochildi. Vaqti 21:00.
Darslar haftada 5 kun.
Kursda barchasi “nol”dan oʻrgatiladi.
Narxi 250 ming soʻm (oyiga)
Kurs vaqti va narxi ma’qul kelgan boʻlsa, @javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling!
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2⚡3