ProEducation | O'zbek tili
4.79K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
👍Tavsiya etilgan adabiyotlar yuzasidan yangi testlar tuzilishi davom etmoqda. Hikoyalarni tugatib, qissalarga o'tdim.

Ertaga Said Ahmad hikoyalari asosida viktorina o'tkazamizmi?

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍8
👍 Asarning bosh qismida berilgan g‘aroyib savollar (masalan, “Mashrab nega Mashrab?”) orqali muallif ta’lim tizimidagi qaysi muammoni tanqid qilgan?
Anonymous Quiz
9%
O‘qituvchilarning savodsizligini
54%
Ta’limda keraksiz va ahamiyatsiz ma’lumotlarni yodlatish amaliyotini
18%
Darsliklardagi chalkash va noto‘g‘ri ma’lumotlarni
20%
Yoshlarning tarixiy bilimlarga qiziqmasligini
👍3
👍 Xatolarga qanday javob qaytarishingiz siz kim ekanligingizni ko'rsatadi

"Yiqilish qo'rqinchli emas, muhimi qayta turishingiz" – Vince Lombardi

Bir darsda o‘qituvchi yangi metodni sinab ko‘rdi, lekin natija o'zi kutganidek bo‘lmadi. O‘quvchilar chalkashib qoldi, vaqt ham o‘tdi. Ammo u to‘xtab qolmadi — tezda bu holatga to'g'ri reaksiya bildirdi, darsni boshqa usulda davom ettirdi va natijada mavzu barchaga tushunarli bo'ldi.

Bu shunchaki misol emas — bu ustozlik sabog‘i.

💡 Ta’lim jarayonida xatolar bo'lishi tabiiy. Muhimi — ulardan so‘ng qanday harakat qilamiz:

1️⃣ Tezkor harakat – Xatoni tan oling, darhol imkon qadar to‘g‘rilang. Bu mas’uliyat belgisi, mag'lubiyat emas.

2️⃣ O‘rganishni davom ettiring – Har bir muvaffaqiyatsizlik kelajakdagi yutuqlar uchun ustozlik qiladi..

3️⃣ Bardam bo‘ling – Qayta kuch to‘plang va davom eting. Bu o‘quvchilar ko‘zida ishonch uyg‘otadi.


📖 Ta'lim – yangilik, rivojlanish, xatolardan saboq chiqarish maydoni, xatolarni imkoniyatga aylantirish maydoni!

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥3👍2👀1
👍 Qaysi so'z sinonimik qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
10%
hiyla
6%
nayrang
84%
makkor
👍2
👍 Qaysi so'z sinonimik qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
3%
tugatmoq
70%
tamom
27%
ado qilmoq
👍2
👍 Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
85%
surunkali
15%
surinkali
👍1
#esse

👍 Baholash mezonlariga doir umumiy tavsiyalar va ogohlantirishlar

❗️Yozma ish (esse)ni muvaffaqiyatli topshirish uchun quyidagi tavsiyalar va ogohlantirishlarga amal qiling:

Publitsistik uslubni saqlang: Fikr-mulohazalaringizni rasmiy va ommabop publitsistik uslubda bayon qiling. Bu uslubga xos sodda, ravon va keng ommaga tushunarli ohangni tuting. Og‘zaki so‘zlashuv yoki badiiy asarlar uslubiga berilib ketmang.
Mantiqiy izchillikka rioya qiling: Fikrlaringizni mantiqiy ketma-ketlikda, adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda ifodalang. Har bir jumla va paragraf oldingisiga bog‘lanib, mazmunan davom etsin. Keraksiz takrorlardan saqlaning, fikr uyg‘unligini saqlab qoling.


Mavzudan chetga chiqmang: Bayon qilinayotgan barcha fikr-mulohazalar faqat berilgan mavzu doirasida bo‘lishi lozim. Esseda mavzuga aloqador bo‘lmagan, chalg‘ituvchi ma’lumot yoki hikoyalarni keltirmang. Aks holda, ish mavzudan uzoqlashib ketadi va past baholanadi.

To‘g‘ri tarkibiy tuzilma yarating: Esse uch qismdan – kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bo‘lishi lozim.
Kirish qismi 2-3 jumladan iborat bo‘lib, mavzuga qisqacha kirish beradi. Diqqat: kirish qismida berilgan vaziyat matnini aynan ko‘chirib yozmang, balki o‘z so‘zlaringiz bilan mazmunini kiriting.
Asosiy qism kamida uchta xatboshidan iborat bo‘lishi kerak. Unda har bir xatboshi turli tomonlarning qarashlari va sizning shaxsiy qarashingiz batafsil yoritilsin. Berilgan vaziyat yuzasidan qarama-qarshi fikrlarni hayotiy misollar bilan dalillang, shaxsiy mulohazalaringizni ham o‘zingizning hayotiy tajriba yoki kuzatuvlarga asoslab bayon qiling.
Xulosa qismi 2-3 jumladan iborat qisqa yakun bo‘lib, u orqali asosiy qismda bildirilgan fikr-mulohazalarni umumlashtiring. Ya’ni mavzu yuzasidan o‘z yakuniy pozitsiyangizni va dars olgan xulosangizni qisqacha yozing.


Imlo va tinish belgilariga e’tibor bering: Matn yozib bo‘lingach, imlo xatolari va punktuatsiyani tekshiring. Har bir so‘zning to‘g‘ri yozilganini, vergul va nuqtalarning o‘rnida ekanini qayta ko‘rib chiqing – bu savodxonlik bandlarida yuqori ball olishga yordam beradi.

Adabiy til me’yorlariga amal qiling: Esseda sofligi saqlangan adabiy tilni ishlating. Shevaga oid so‘zlardan, jargon va keraksiz “parazit” so‘zlardan foydalanmang. Fikrni ifodalash uchun eng to‘g‘ri va sodda so‘zlarni tanlang, keraksiz shoshmaqomat iboralarni kiritmang.

Plagiatdan saqlaning: Boshqa manbalardan matnlarni ko‘chirib yozish qat’iyan man etiladi. Bu nafaqat baholashda avtomatik past ballga olib keladi, balki bilim darajangizni ham to‘g‘ri aks ettirmaydi. Har doim o‘z so‘zlaringiz bilan va o‘z fikringizni yozing.

Qo‘shimcha bezaklardan foydalanmang: Reja tuzish yoki epigraf keltirish shart emas, hatto noto‘g‘ri. Esseni bevosita kirish qismidan boshlang. Reja yoki epigraf yozish vaqtni oladi va baholash mezonlarida inobatga olinmaydi, shuning uchun diqqatni bevosita mavzuni yoritishga qarating.

Yuqoridagi tavsiyalarga rioya qilgan holda yozilgan esse baholash mezonlari bo‘yicha yuqori natijaga erishadi. Eng muhimi – mavzuni to‘g‘ri anglashingiz, fikrlarni tartibli va tushunarli ifodalay olishingiz hamda adabiy til qoidalariga amal qilishingiz. Shunda yozma ishingiz har bir band bo‘yicha maksimal ballga loyiq bo‘ladi.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
👍 Online tayyorgarlik

Kuzgi attestatsiya imtihoniga tayyorgarlik guruhi uchun qabul boshlandi!

Vaqti 05:30.

Darslar haftada 6 kun:
- 3 kun jonli videodars
- 3 kun audiodars.

❗️Kursda barchasi “nol”dan oʻrgatiladi.

Narxi 200 ming soʻm.
Darslar 11-avgustdan boshlanadi.

Kurs vaqti va narxi ma’qul kelgan boʻlsa,
@javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👍2
2😁18💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Esse uchun tavsiyalar | 1-qism

Video yakka tartibdagi jonli darsdan yozib olindi. Bir kishi bilan ishlaganim uchun dars ko'proq dialog shaklida bo'lgan. Video manfaatli bo'ladi degan umiddaman.

✍️ Agar sizlarga ma'qul kelsa, izoh yozib qoldiring. Men videoning davomini ham tayyorlashga harakat qilaman.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Esse uchun tavsiyalar | Va’da qilingan 2-qism

🧠 Bilim va tahlil yozma ishingizni siz oʻylagandan koʻra yuqoriroq darajaga olib chiqadi.


🔎 Esse yozishdan avval mavzuni ozgina boʻlsa ham oʻrganishga harakat qiling. Bular yigʻilib borib, imtihonda sizga asqatadi

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Esse uchun tavsiyalar | 3-qism

Bugungi video esse yozish bosqichlariga bagʻishlanadi. Sizning yozma ishingiz shakl jihatidan boshqalarnikidan ajralib turolmaydi, chunki barcha bir xil uslub va shaklda yozishga majbur.

💪🏻 Ammo mazmun sizning essedagi shaxsiy imzoyingizdir. Uni qanchalik boy ekanligi sizning darajangizni belgilab beradi va yuqori ball olib keladi.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍2
Forwarded from Lingvist Iroda Azimova
#sunʼiyintellekt

ChatGPT va Gemini ni shu vaqtgacha oddiy fakt kerak bo‘lganda ishlatganman xolos, boshqa har qanday review yoki tahlil uchun ishlatish menga erish tuyulaveradi haligacha.

Bugun mana shu postni o‘qib qoldim, unda eʼlon qilingan ilmiy maqolada googlening tibbiyot uchun ixtisoslashgan sunʼiy intellekti insonda yo‘q aʼzodagi kasallik haqida so‘z yuritgani aytiladi (endi u maqolaning muallifi SI ga maqola yozdirib eʼlon qivorganmi, bilmadim).

Nima uchun bunaqa xato yuz beradi? Psixolingvist va kompyuter lingvistikasidan sal-pal xabari bor odam sifatida taxmin qilib ko‘raman: SI matndagi so‘zlar, gaplarning shakliy belgisiga tayanadi va faqat shu shaklga asoslangan matnlar yaratadi. Yaʼni toki matnlar shunday so‘zlar birikmasiga imkon berar ekan, u shunday javoblarni yarataveradi.
Shu uchun bo‘lsa kerak, hatto maʼlum mavzudagi adabiyotlarni saralashni ham men SIga ishona olmayman. O‘zim yaxshiroq qila olishimga ishonchim komil.

SI, shubhasiz, ilm-fandagi ajoyib muvaffaqiyat. Faqat insonlar uni to‘g‘ri ishlatishni o‘rganishi kerak, nazarimda buning uchun u qanday ishlashini yaxshi tushuna olish kerak.

@psixolingvist
❤‍🔥3👍1