ProEducation | O'zbek tili
4.62K subscribers
2.22K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
❤‍🔥14👍7🎉1
Esse guruhiga qo'shish boshlandi. Taklif havolasini hali olmagan bo'lsangiz, tez orada sizga ham jo'natamiz.
❤‍🔥8👍1
❗️❗️❗️
Bepul esse guruhi uchun qabul yopildi. Shartni bajarib, botga yuborganlarning barchasiga taklif havolalari berildi. Agar siz guruhga yuborgan bo'lsangiz, qaytadan botga yuboring.
🎁 Yangi yilni dars bilan boshlaylik!

Bugungi mavzuni tanlang:
- grammatika (so'z birikmasi) – 🔥
- mumtoz adabiyot (she'riy san'atlar) – 👍
- mumtoz adabiyot (g'azal tahlili) –


*kerakli hisbelgini bosib, mavzuga ovoz bering
78🔥50👍26❤‍🔥52
❤‍🔥8👍5
Kichik narsaga e'tiborsiz qarama, uning foydali o'rni bor, katta ishning kerakli joyi bor.


Ushbu hikmat Abu Rayhon Beruniyning 1000 yilligi munosabati bilan 1973-yilda nashrdan chiqqan "O'ylar, hikmatlar, naqllar, she'rlar" asaridan olindi. Bu asar sharqshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Abdusodiq Irisov tomonidan nashrga tayyorlangan.

Hikmatlar ommaga qaratiladi, hamma o'ziga kerakli xulosani chiqaradi.

Grammatikaga e'tiborsizligimiz haqida aytib o'tmoqchiman. Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko'rishda grammatika umuman kerak emas, deb hisoblay boshladik. Grammatikani o'rganish eng zerikarli mashg'ulot kabi qabul qilina boshlandi. Yaqinda bir kishidan "tez orada grammatika umuman kerak bo'lmay qoladi" degan gapni eshitib, zo'rg'a urib yuborishdan beri bo'ldim. Uyning poydevori kerak bo'lmaydi, deyish bilan barobar emasmi? Shunday gapni aytgan odamga grammatikaning ahamiyatini tushuntirib bo'larmidi?

Agar milliy sertifikatdan yuqori ball olmoqchi bo'lsangiz, avval grammatikani o'rganing. Ingliz tilidan IELTS yoki CEFR uchun harakat qilib, kursga qatnashsangiz, kamida 3 oy davomida ingliz tili grammatikasini o'rgatishadi. Ular o'z tilining poydevorini hali-beri yo'qotishmoqchi emas, aksincha, mustahkamlashyapti. Bizda esa keraksiz matohdek qarashadi.

Oldidan baland devor chiqsa, undan oshib o'tish yo'lini qidiradi, narvon yasaydi yoki boshqa yo'lini topadi. Lekin hech qachon ortga qaytmaydi. Qaytsa, nima bo'lishini yaxshi anglaydi. Biz ham o'z tilimizni o'rganayotganimizda dastlabki baland devor aynan shu grammatika bo'ladi. Shu devordan oshmay ortga qaytyapmizmi, demak, tilni o'rganmayapmiz. Shunchaki, unga imtihondan o'tib olish uchun kerak bo'ladigan bir vositadek munosabatda bo'lmoqdamiz.

#maqola

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

✈️ Telegram |📷 Instagram |🖤 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤‍🔥4🔥1
Live stream scheduled for
Osonmas-a 😢

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
😁46👍15😢6❤‍🔥53
ProEducation | O'zbek tili
Photo
Bepul esse guruhida birinchi dars ertaga soat 16:00da bo'lib o'tadi.
👍29❤‍🔥6🤯4
ProEducation | O'zbek tili
Osonmas-a 😢 ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
O‘qituvchilar attestatsiya test sinovi haqida

Attestatsiya test sinovlaridan o‘tolmaslikning eng birinchi sababi bu - fan yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarning yetishmasligidir. Agar o‘zingizga ishonsangiz har qanday sinovlardan bemalol o‘ta olasiz.

O‘qituvchi attestatsiya test sinovidan o‘ta olmasa, demak ularni quyidagi 3 ta asosiy muammo kutib turadi:

Birinchi muammo: o‘qituvchi attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin;

Ikkinchi muammo: agar o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tmasa, uning nafaqat jamiyatdagi, balki maktab jamoasi oldida ham obro‘si tushib boradi. Bu esa juda yomon;

Uchinchi muammo: attestatsiyadan o‘ta olmaslik pedagog xodimning oylik maoshiga ham juda katta ta’sir o‘tkazadi. Chunki o‘qituvchilarga dars taqsimot qilishda ham ularning malaka toifalari muhim rol o‘ynaydi.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
❤‍🔥8👍5
Live stream started
Boshladik. Fayzimizni bersin 🤲
❤‍🔥19👍8🌚53😁2
Ovoz?
👍41❤‍🔥4
Navoiy asarlari uchun qisqacha lug'at (Botirbek Hasanov).pdf
8.7 MB
❗️Saqlab qo'ying: g'azal, qit'a, ruboiylarni tahlil qilayotganda ushbu lug'atlardan foydalanishingiz mumkin.
👍298❤‍🔥42👏1
Live stream finished (1 hour)
G'azal tahlili
ProEducation | O'zbek tili
G'azal tahlili:
- lug'at bilan ishlash bo'yicha maslahatlar;
- baytning mazmunini ochib berishga yordam beruvchi usullar haqiqda;
- 5ta qit'aning tahlili.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍15❤‍🔥5🎉1
Alisher Navoiy.pdf
76.3 KB
Alisher Navoiyning "G'aroyib us-sig'ar" dostonidan olingan qit'alar

1- dan 5-qit'agacha darsda tahlil qilindi.

❗️Vazifa:
6- dan 10-qit'agacha tahlil qilish. Ertaga soat 17:00da, darsda vazifani birga tahlil qilib, tekshiramiz.

Anons: ertaga soat 17:00da qofiya, raviy va radif haqida gaplashamiz.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
❤‍🔥9👍61
❗️❗️❗️
Kelasi milliy sertifikat imtihoni uchun 10 kishidan iborat kichik guruh tashkil etmoqchiman.

Guruh vaqti ko'pchilikka to'g'ri kelmasligi mumkin. Haftada 6 kun. Soat 16:00dan 18:00gacha.

Sertifikat olishimga kafolat berasizmi, deb so'raydiganlar ham mini guruhga qo'shilishi mumkin. Agar men tuzib chiqqan yangi metodga dosh berib, oxirigacha boradigan bo'lishsa, men kafolat beraman!

Narxi: 250 ming so'm (oyiga)

Agar vaqt va narx sizga ma'qul kelgan bo'lsa,
@javlonbek_rustamjonov ga murojaat qilishingiz mumkin.
❤‍🔥8👍51