ProEducation | O'zbek tili
4.67K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
❗️❗️❗️
Topshiriq | Milliy sertifikat

Berilgan parchada tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang.


Uy ichi qorong'i edi Shiftdagi qandil tashqaridan tushib turgan ojiz nurda xiragina yaltirar yomg'irning shivir-shiviri eshitilib turar qayerdadir soat chiqillardi Muqaddam bolalikdanoq qadrdon bo'lib qolgan bu uyga ko'p chiqar edi Shodligini ham alamini ham mana shu uyda mana shu Lobarga to'kib solardi Ammo hozir u nima deydi Qandoq gapirsin
Muqaddam shiftga tikilgancha yotar xayoli chuvalashib ketgan nimani o'ylayotganini o'zi bilmasdi

(O'. Hoshimov)

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
🔥5👍3❤‍🔥1🎉1
Murojaat men uchun qiziq, albatta. Qolganlarga ham qiziq bo'lsa, darslar turkumidan iborat marafon uyushtiramiz.

Qiziq bo'lsa, 🔥 bosing.


ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
🔥229👍33❤‍🔥2👎2🕊2💯21
Kun qisqarsa, qishloqda kun tez tugaydi. Mendan boshqa hamma ishini tugatib uyquga ketdi. Men esa endi dars o'tishga kirib ketyapman 🤦‍♂
😢30👍13😁72❤‍🔥2🔥2👨‍💻1
ProEducation | O'zbek tili
❗️❗️❗️ Topshiriq | Milliy sertifikat Berilgan parchada tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang. Uy ichi qorong'i edi Shiftdagi qandil tashqaridan tushib turgan ojiz nurda xiragina yaltirar yomg'irning shivir-shiviri eshitilib turar qayerdadir soat…
Javob:

Uy ichi qorong'i edi. Shiftdagi qandil tashqaridan tushib turgan ojiz nurda xiragina yaltirar, yomg'irning shivir-shiviri eshitilib turar, qayerdadir soat chiqillardi.
Muqaddam bolalikdanoq qadrdon bo‘lib qolgan bu uyga ko'p chiqar edi. Shodligini ham, alamini ham mana shu uyda, mana shu Lobarga to‘kib solardi. Ammo hoir u nima deydi? Qandoq gapirsin?!
Muqaddam shiftga tikilgancha yotar, xayoli chuvalashib ketgan, nimani o‘ylayotganini o‘zi bilmasdi...

(O'. Hoshimov)

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍16❤‍🔥2🔥1👌1
❗️❗️❗️
Topshiriq | Milliy sertifikat

Berilgan gapda qo'llanishi lozim bo'lgan tinish belgilarining to'gri ketma-ketligini yozing.


Dala shamolidan qoraygan yuzlar g'o'zaga tirnalib issiq-sovuqni ko'p ko'rib chiniqqan qo'llar so'nggi ikki kun qor changallab ko'sak yulishga to'g'ri kelgandi jismoniy mehnatda pishgan navqiron gavdalar hozir har qachongidan ham o'tliroq edi.

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5❤‍🔥1
Matnli test | 5-matn

*javoblari 2 soatdan so'ng joylanadi


ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
🤔7👍5❤‍🔥1🔥1
Buklamoq so'zi haqidagi to'g'ri hukmni aniqlang?
Anonymous Quiz
46%
yasama so'z hisoblanadi
54%
tub so'z hisoblanadi
🔥8👍54❤‍🔥1
Oramizda milliy sertifikat imtihoni natijasidan norozi bo'lib, apellatsiya berganlar bo'lsa, natijalar e'lon qilinibdi. Shaxsiy kabinetingiz orqali bilib olishingiz mumkin.

Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.


ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍3❤‍🔥1
ProEducation | O'zbek tili
Matnli test | 5-matn *javoblari 2 soatdan so'ng joylanadi ProEducation – ta’limning pro versiyasi!

Kalit:

13. B
14. B
15. D

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
🎉8👍3❤‍🔥1
17-mart. Ona tili va adabiyot fanidan keyingi milliy sertifikat imtihoni sanasi ma'lum!
👏18👍6❤‍🔥4
Aytgancha, kecha attestatsiya bo'yicha ham yangilik bo'lgandi, aniqrog'i, eski xabar yana bir bor kanallarda tarqatildi. 2024-yil 1-sentyabr sanasida yangi nizom tasdiqlanadi va shu asosda yangilangan tartib sinovlar o'tkaziladi.

Xatirjaaam sertifikatga tayyorlanovramiz 😁
👌8👍4😁3❤‍🔥2🔥1
Qaysi biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
32%
shahobcha
9%
shohobcha
24%
shoxobcha
35%
shaxobcha
🔥7❤‍🔥2👍2🌚21

Topshiriq | Milliy sertifikat

Berilgan parchada tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang.


Uning mutolaasi go'yo dengizda cho'kkan kemalarning bo'laklari orasida suzib yurgan va oʻz hayotini saqlab qolmoq uchun hali u hali bu boʻlakka tarmashayotgan kimsani eslatardi
(Chexov)

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
❤‍🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
– Hozirgina "Garov" hikoyasini o'qib tugatding. Lekin hali o'qishing kerak bo'lgan yana 39ta asar borligi esingga tushib qolganda...


ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
😁43👀6👍4😢4💯2

Topshiriq

Ushbu parchada qaysi tinish belgisi noto'g'ri qo'llangan?
Yigit kishi ulov, xotin va xanjar olishni hech kimga ishonmasligi aytiladi. Umr yo‘ldoshi tanlashdagi xatolik, saltanatlar inqiroziga ham sabab bo‘ladi. Temuriylardan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori, Amir Temurning nabirasi, Mironshohning o‘g‘li Xalil Sultonning hayoti bunga yorqin misol bo‘la oladi.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍4❤‍🔥3
Talabchanlik. Pulli kurslarimga a'zo bo'lgan har bir kishidan birinchi navbatda mas'uliyatni talab qilaman. Darsga vaqtida kirish va vazifalarni qoldirmay bajarishni qoyillatganning natijasini kafolatlayman.

Kichik guruh tashkil etganimda ko'pchilikka vaqti to'g'ri kelmagan edi, ya'ni 18:00 biroz noqulay edi. Lekin izlagan imkon topar. Aynan shunday guruhdan yana tashkil etish taklifi tushmoqda. Faqat vaqti biroz ertaroq. Soat 14:00da. Kurs majburiy emas. Vaqti yoki narxi sizga to'g'ri kelmasa, izohlarda e'tirozlaringizni yozishingiz shart emas. Shunchaki e'tiborsiz qoldirishingiz mumkin. Kurs haqida batafsil keyingi postda.
👍7❤‍🔥1🎉1
❗️❗️❗️
Kelasi milliy sertifikat imtihoni uchun 7 kishidan iborat kichik guruh tashkil etmoqchiman.

Guruh vaqti ko'pchilikka to'g'ri kelmasligi mumkin. Haftada 5 kun. Soat 14:00dan 16:00gacha.

Sertifikat olishimga kafolat berasizmi, deb so'raydiganlar ham mini guruhga qo'shilishi mumkin. Agar men tuzib chiqqan yangi metodga dosh berib, oxirigacha boradigan bo'lishsa, men kafolat beraman.

Narxi: 250 ming so'm (oyiga)

Agar vaqt va narx sizga ma'qul kelgan bo'lsa,
@javlonbek_rustamjonov ga murojaat qilishingiz mumkin.
👍11❤‍🔥1
ProEducation | O'zbek tili
Murojaat men uchun qiziq, albatta. Qolganlarga ham qiziq bo'lsa, darslar turkumidan iborat marafon uyushtiramiz. Qiziq bo'lsa, 🔥 bosing. ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Mana shu taklif bo'yicha 7 kunlik marafon rejasini ishlab chiqyapman. Bunda esse yozganda fikrlaringiz sel bo'lib oqib kelishi uchun olovli bir texnikani o'rganasiz.

Faqat bir minus tomoni bor marafon ishtirokchilari soni cheklangan bo'ladi. Sababi men har bir ishtirokchining yozma ishini tekshirib, ularga alohida tavsiyalar berib boraman.
👍322❤‍🔥1
Milliy sertifikat kursida esse darslari 🔥

Har bir esse uchun alohida izohlar va individual tavsiyalar 💯
11👍10❤‍🔥2