ProEducation | O'zbek tili
❓Quyidagilardan qaysi biri siz uchun asosiy muammo?
So'rovnoma uchbu bandlar kimda muammo yuzaga keltirayotganini aniqlash maqsadida o'tkazildi.
Tez kunda yangi kurs uchun qabul e'lon qilaman. Kursda imloviy, ishoraviy va uslubiy xatoliklarga yo'l qo'ymaslik yoki ularni matndan aniqlash bo'yicha kerakli bilimlarga ega bo'lasiz.
Kurs 3+3 shaklida olib boriladi. 3 kun dars va 3 kun mustahkamlash. To'liq tafsilotlarni birozdan so'ng aytib o'taman.
Bepul kurs davom etadi. Har kungi darsga kompyuterim "dosh bermadi". Bugun tuzata olsam, dars o'tarmiz, bo'lmasa, ertaga darslarimizni davom ettiramiz.
Hazil.

🔥28👍15👌7❤🔥5🌚3✍1👀1
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
21-dars
Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Yordamchi so'z turkumlari
Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.
Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.
Darsda qatnashish uchun 👇
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream

👍16🎉1
❗️Topshiriq:
Berilgan gaplarda uslubiy xatoliklarning qanday turlariga yo'l qo'yilganini aniqlang.
1. Axir bo'ron bilan hazillashib bo'ladimi, opa? Boshingni jodu orasiga tiqish bilan barobar-a!
2. Ona bechora ko'zi yorigandan keyin o'nglanmay yurib, axir o'lib ketdi.
3. Benuqson, eng muqaddas sanalgan onalarning biri bo'lishini, hamma ularga havas qilishini orzu qiladi doim.
4. Bir kuni trassaga yaqin joyda Mohidil Zubaydaning rangi-ro'yi o'chgan holda uchratdi.
5. Birdan oldinga munkib, ikkovi ot ham gursillab yiqildi.
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!

👍11❤🔥1
Ona_tili.pdf
54.6 KB
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati .
✅ O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.
👨🏻🎓 Darsliklar 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

👍14🔥2
Ikki tomchi suvdek o'xshash egizaklarni bir-biridan ajratib olish uchun ularning xarakteri, o'zini tutishiga e'tibor qaratiladi. Tashqi ko'rinish bir xil bo'lgani bilan har bir insonning shaxsiyati o'ziga xosdir. Tilimizda ham shu egizaklar kabi turli xususiyatlarda bir-biriga ikki tomchisuvdek o'xshash birliklar mavjud. Ushbu birliklardan foydalib fikrimizni to'g'ri , o'rinli va jo'yali yetkazib bera olishimiz mumkin. Yoki buning aksi.
Tilimizning xarakteri – bu uslubiyat. Ovqatga qaysi masalliq qancha miqdorda qo'shilishini oshpaz hal qiladi. O'z majburiyatidan kelib chiqib, oshirib ham, kamaytirib ham yubormasligi kerak. So'zlarimiz ta'sirli va shirali chiqishi uchun "oshpaz" sifatida unsurlarni oshirib yoki kamaytirib yubormasligimiz zarur. Tayyorlagan taomiga javobgarlikni olgan oshpaz ham uzoq muddat sinov va mashaqqatlardan o'tgan, o'rgangan.
Sertifikat imtihonlarida asosiy e'tibor aynan uslubiyatga qaratilmoqda. Yozma savodxonlik bo'limida sizga qo'yiladigan asosiy talab imlo, punktuatsiya va uslubiyat. Uslubiyat bu so'z yoki qo'shimcha bilan cheklanmaydi. Bu matnni qanday tashkil etishingizda ham namoyon bo'ladi. So'z yoki qo'shimchaning noto'g'ri qo'llanishi kabi uslubiy xatoliklar qatoriga matn yaxlitligining buzilishi ham kiradi.

👍13✍2🔥1
❗️Topshiriq:
Bu dur Navkarlardan biroz chetroqda turganliklari uchun Valixon dangalroq aytdi
Yuqoridagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini tartib bilan yozing.

Abdulla Avloniy
Kim nimani yaxshi ko'rar?
Ehtimol, bizning xalq ilm-u ma’rifatni, tarbiya va ta’limni, hunar va sanoatni yaxshi ko‘rar, deb o‘ylaydurg‘ondursiz? Yo‘q, bu fikringiz yonglish.
Eshonlarimiz toat va ibodat, pand-u nasihat, zikr-u tasbeh o‘rnig‘a to‘ylardan to‘n kiyub, ko‘b oshab, ko‘p uxlashni yaxshi ko‘rurlar.
Ulamolarimiz dars-u ta’lim o‘rnig‘a, bir-birlari ila o‘run talashib, mukarrir va mudarris bo‘lishni, o‘zlari bo‘lolmay qolsalar, eshikma-eshik yurub saylovni buzishni yaxshi ko‘rurlar.
Imomlarimiz, xaloyiqg‘a va’z va nasihat o‘rnig‘a, to‘y va janozalarda yurub, joma kiyishni yaxshi ko‘rurlar.
Boylarimiz orqa-o‘nglarig‘a qaramasdan, foyda va zararlarini oyirmasdan bir-birlarig‘a raqobat qilaman deb, «bonka» va «kridit»larini ko‘payturub, do‘ffilari tor kelganda rus va yahudiylarning mollarini bukub-sinishini yaxshi ko‘rurlar.
Mo‘ysafidlarimiz namoz va niyoz o‘rnig‘a, masjid eshigiga yig‘ilub o‘turub, har kimni g‘iybat va shikoyat qilishni yaxshi ko‘rurlar.
Muallimlarimiz bir-birlaridan qizg‘onishub, bolalarni arzon o‘qitaman deb, bir o‘zlariga yuz, yuzdan ortuq bola yig‘ub, o‘zlari to‘y va ma’rakalarda bolalarning umrini bekor o‘tkarishni yaxshi ko‘rarlar.
Savdogarlarimiz: «To‘ylikni to‘yi o‘tar, to‘ysizni kuni o‘tar» degan so‘zga amal qilmay, qaysi mahallada to‘y bo‘lsa, dasturxonchilik qilishni yaxshi ko‘rurlar.
Muazzinlarimiz azonni yaxshilab adoyi maxraj qilub aytishni o‘rganmay, bir joyda to‘y bo‘lub qolsa, «Falonchinikiga oshga-ho!» deb qiroat ila qichqirishni yaxshi ko‘rurlar.
Do‘kondorlarimiz ishlarini tartib-la solmay, zamonag‘a muvofiq ish yuritmay, Mallaxon zamonidan qolg‘on eski do‘kon, eski tos, eski tartiblarini yaxshi ko‘rurlar.
Onalarimiz bilim va tarbiya o‘rnig‘a erlari ila urushub-talashub qizlarig‘a mol qilmakni yaxshi ko‘rurlar.
Otalarimiz bolalarig‘a o‘qutmak va ta’lim bermak o‘rnig‘a «O‘g‘lum emdi kattakon yigit bo‘lding, shuncha o‘quganing yetar, pul top!» – deb «tashishka» – hammollik qildirishni yaxshi ko‘rurlar.
Kosiblarimiz bir-biridan mollarini arzon sotaman deb, tezgina yirtiladurg‘on, tikishlar undan urub, mundan chiqg‘on, suvni yetti chaqirim yerdan chaqiradurg‘on mahsi va etiklar tikub, sotishni yaxshi ko‘rurlar.
Zargarlarimiz yigirma tiyinlik kumush, o‘n tiyinlik tillo orasig‘a mum va saqichlar joylab, ismini qiz hayron, zebigardon qo‘yub, besh-o‘n so‘mga sotishni yaxshi ko‘rurlar.
Tabiblarimiz dolchin, zanjabil, hubbul malik, filfil kabi bir necha attorni qutisida yo‘q narsalardan murakkab doru va ma’junlar yasab, bechora nodon xalqni pulini olishni yaxshi ko‘rurlar.
Mashshoq va hofizlarimiz to‘y va bazmlarga bir mardakni(ng) ismini bachcha qo‘yub, o‘zlari ila barobar olib yurub, «milliy adabiyot» o‘rnig‘a «Xonim yalola, begim yalola» deb bachchaga tashlanayotgan pullarni bo‘lub olishni yaxshi ko‘rurlar.
Savodxonlarimiz jarida va jurnallar, tarix va ro‘monlar o‘rnig‘a Daqyonus zamonidan qolg‘on, xurofotlar ila to‘lg‘on «Andog‘ urdilarki, gard-gard bo‘lub ketdi», deb loflar yozilg‘on kitoblarni og‘izlarini qufurturub o‘qumoqni yaxshi ko‘rurlar.
Yigitlarimiz milliy majlis va suhbatlar o‘rnig‘a to‘kma va samavarlarda, rasta va do‘konlarda o‘lturub, «Falonchining o‘g‘li xo‘b yaxshi bola bo‘lubdur, kecha falonchining mehmonxonasig‘a qamab, qiyqirtirub bazm qilduk. Emdi falonchining o‘g‘lini(ng) ham bir bazm qilsak, dunyodan armonsiz ketar eduk» deb, islomiyatdan uzog‘ insoniyat nomiga yarashmagan ishlarni qilmoq va so‘zlashmoqni yaxshi ko‘rurlar.
Yoshlarimiz ilm va ma’rifatli bo‘lishni, hunar, san’at o‘rgonishni o‘rnig‘a, o‘zlariga zeb berub tor shim ila kalta kamzul, qotirma yoqalarga bino qo‘yishni yaxshi ko‘rurlar.
Ishchilarimiz ilm va hunardan mahrumligi sababli boshqa millatlar ilmu ma’rifatlari soyasida kuniga 4-5 so‘m ishlab turgan bu zamonda kuniga uch tangag‘a mardikorlikni, oyig‘a o‘n besh so‘mg‘a qorovullikni, yigirma so‘mg‘a fanar yoqishni, o‘n so‘mg‘a ko‘nka yo‘lini tozalashni va shularga o‘xshash eng past va og‘ir xizmatlarni yaxshi ko‘rurlar.

👍16😢3👌1
Bolalarimiz otalarimizning ilm qadrin bilmagan, ilm uchun pulni ko‘zlari qiymaganlik sababli o‘qumoq va o‘rganmoq o‘rniga «Oh pul, jonim pul», deb «tashishka» – hammollikni yaxshi ko‘rurlar.
Muharrirlarimiz ko‘b-ko‘b oqcha olib, oz-oz yozishni yaxshi ko‘rurlar.
Mushtariylarimiz foydali maqolalar o‘rnig‘a xabarlarni yaxshi ko‘rurlar.
Dumalarimiz majlisga kelub, ustulga suyolub farog‘at qilub turg‘on vaqtlarida, bir tarafdan qattig‘roq tovush chiqsa cho‘chib uyg‘onishni yaxshi ko‘rurlar.
Shoirlarimiz milliy she’r va adabiyot yozishni o‘rnig‘a muvashshahmi yoki «qoshingdan, ko‘zingdan», – deb, javonlarni maqtab fasod axloqg‘a sabab bo‘ladurg‘on she’rlar yozishni yaxshi ko‘rurlar.
Ammo men bo‘lsam, hozirgi zamonda indamasdan turishni yaxshi ko‘rurman.
Manba:

ziyouz.com
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍12
Yuqoridagi Alisher Navoiy qalamiga mansub ruboiyning 6-sinf adabiyot darsligida berilgan varianti, pastdagi esa "Nazm ul-javohir"da keltirilgan varianti.
Aruz vaznida hijolarning sifati muhim. Birgina tovushning tushib qolishi yoki ortishi hijoning qisqa yoki cho'ziqligiga ta'sir qiladi. Ruboiyning darslikda berilgan variantida esa to'rtinchi misrada ul olmoshi tushib qolgan. Bundan tashqari orit, barcha va yomon so'zlarini asl variantida arit, borcha va yamon shaklida kelishini ko'rishimiz mumkin. Borcha so'zida a ning o ga almashgani vaznga ta'sir o'tkazmagan, lekin arit va yamon so'zlarida birinchi hijolar qisqa, 6-sinf darsligida kelgan variantda esa (o-rit, yo-mon) cho'ziq hijo.
Shuningdek, qiliq va xaloslik so'zlari ham zamonaviy shaklda berilgan. Navoiy davrini aks ettiruvchi unsurlarni chiqarib yuborishgan.
Javlonbek Rustamjonov

👍5
Bugun darsimiz bor. Soat 21:00da. Mavzu: Yordamchi so'z turkumlari
✍12❤🔥4👍3🎉1
Boshladik. Fayzimizni bersin 🤲
👍15⚡4❤🔥3🗿2
Milliy sertifikat kursining 1-bosqichiga qatnashmoqchi bo'lganlar ushbu testda olgan ballingiz @javlonbek_rustamjonov ga yozib yuboring. Siz guruhlarga jamg'argan ballingizga qarab joylashtirilasiz.
👍11
Narxlar:
- birinchi bosqich: 150 ming so'm;
- ikkinchi va uchinchi bosqichlar: 200ming so'mdan.

👍8
Kanalimizning yangi obunachilari uchun:
Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 21 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin.
Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi
Fonetika | Test tahlili
Fonetika | Fonetik hodisalar. Bo'g'in. Urg'u
Morfemika | Asos va qo'shimchalar
Takrorlash | Fonetik hodisalar
Takrorlash | Morfemika
Leksikologiya | 1-qism
Leksikologiya | Test tahlili
Leksikologiya | 2-qism
Leksikologiya | Test tahlili (1-qism)
Leksikologiya | Test tahlili (2-qism)
Morfologiya | Ot
Morfologiya | Sifat
Ot | Test tahlili
Morfologiya | Son
Morfologiya | Olmosh
Morfologiya | Ravish
Test tahlili | Sifat
Test tahlili | Ravish
Test tahlili | Olmosh
Test tahlili | Son
Morfologiya | Fe'l (1-qism)
Morfologiya | Fe'l (2-qism)
Fe'l | Test tahlili
Fe'l | Test tahlili (2-qism)
Morfologiya | Ko'makchi
Darslar haftaning toq kunlarida soat 21:00da tashkil etiladi.
To'liq taqvim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin 👇
To‘liq taqvim

✍8👍7