❓Imlo jihatdan to'g'ri yozilgan so'zlar qatorini belgilang.
Anonymous Quiz
12%
dov-daraxt, ochsariq
18%
biroz, birzum
8%
dam-badam, oy-bolta
62%
umumta'lim, oyoqosti
👍38🏆9❤🔥6👏3🕊1
ProEducation | O'zbek tili
❓Savol: Bo'ldi chun umring kunining vaqti tush, Nafsi sarkash otini ko'b chopma, tush, Hobgoh etkil qanoat manzilin, Yo'qsa hargiz ko'rmagung rohatni tush. (Ogahiy) 1. Berilgan tuyuqning birinchi misrasidagi "vaqti…
✅ Javob:
1. Umrning o'tib borayotganiga, o'rta yoshdan qarilikka tomon ketayotganiga ishora.
2. 1-misrada kunning qismi; 2-misrada harakat fe'li; 4-misrada uxlagan vaqtda ko'riladigan tush.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

👍24❤🔥2🔥1🎉1
❗️❗️❗️
Milliy sertifikat namunaviy testlarining tahlili:
1-test
1-test tahlili
2-test
2-test tahlili
3-test
3-test tahlili
4-test
4-test tahlili

👍24❤🔥4🎉1
Hamkasb, do'stimiz Shohruh Arabjonov o'zining shaxsiy sahifalarida uylanmoq so'zi yasama so'z ekanligi haqida yozdi, lekin izohlarda bunga qarshi chiqqanlar bo'ldi. Shu so'z xususida ozgina.
2006-2008-yillarda "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotida nashrdan chiqqan "O'zbek tilining izohli lug'ati"da [80 ming so'z] uy so'ziga quyidagicha izoh berilgan:
1. Yashash uchun yoki turli tashkilot, muassasa va shu kabilarning joylashishi uchun mo'ljallangan bino: uch xonali uy; mehribonlik uyi; Ma'rifat uyi; Suvchilar uyi.
2. Oila; xonadon, ro'zg'or, xo'jalik.
-la fe'l yasovchisining uslubiy xususiyatlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, ular orasidan "so'z asosidagi narsa yoki predmetga egalik" ma'nosi mavjudligini ko'ramiz.
❗️Demak, uylanmoq so'zi ro'zg'or, xo'jalikka ega bo'lmoq ma'nosida yasaladi.
Uylamoq so'ziga esa shevadagi so'z deb izoh berilgan.
Shuningdek, bu so'z turk tilida "evlenmek" shaklida uchraydi. Ev, ya'ni uy so'zidan hosil bo'lganini ko'rishimiz mumkin [Turk tilidan C1 darajali sertifikatga ega turki tili o'qituvchisining keltirgan asosi]
Javlonbek Rustamjonov

👍26❤🔥1🎉1
Turk tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olish istagida yurganlar uchun ProEducation tomonidan online turk tili kurslari ham yo'lga qo'yilgan.
O'qituvchi va kurs haqida ma'lumot olish uchun @kursadminn ga murojaat qiling.

👍11⚡2😢2🎉1
Assalomu alaykum hurmatli platforma foydalanuvchilari!
Biz bilan birga platforma orqali ta’lim sifatini oshirishga o‘z hissangizni qo'shganingizdan minnatdormiz!
Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, kelgusida “talim.uz” va “twig-talim.uz” platformalaridan foydalanish istagida bo'lgan barcha foydalanuvchilar uchun obuna bo'lish talab etiladi.
Obuna narxi: 79 900 so'm (12 oy uchun)
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi telegram tarmog'iga yoki tel. raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:
Telegram manzil: @Talim_support
Telefon: +99895 177 20 50

⚡3❤🔥1
Sinonimlar | Tamomlamoq
Tamomlamoq, tamom qilmoq, tugatmoq, sob qilmoq, soplamoq, bitirmoq, ado qilmoq, yo'qotmoq, yo'q qilmoq, quritmoq. Tamom (yo'q), sop holatga keltirmoq.
Tamomlamoq, tamom qilmoq, tugatmoq, bitirmoq fe'llari bor holdagi narsa yoki harakatni ishlatib, sarflab oxiriga yetkazish ma'nosida qo'llanaveradi.
Ado qilmoq harakat-ishning oxiriga yetkazish ma'nosida juda kam qo'llanadi.
Yo'qotmoq, yo'q qilmoq oddiy so'zlashuvda asosan sarf-xarajat bilan oxiriga yetkazish ma'nosida qo'llanadi.
Quritmoq bu ma'noda oddiy so'zlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli.
Hovlidagi ikir-chikir ishlarni tamomlagach, ayvonning oldiga o'tirib, tuzatinar ekan, yo'lakdan yurib kelmakda bo'lgan oyoq tovushini eshitib, yuragi nima uchundir oshiqinib, shopirinib ketdi. (A. Qodiriy)
Ahmedov kapsanchilarni kolxoz tuzishga chaqirib so'zini tamom qildi. (A. Qahhor)
Madamin salkam bir lagan oshni bir necha olishda tugatdi va yog'liq laganni barmog'i bilan sidirib, xuddi yuvib artilganday top-toza qilib yaladi. (P. Tursun)
Amin bobo gapni sob qildilar-ku. (S. Ayniy)
Qizning ota-onasi, qarindosh-urug'ining ta'rifini aytib bitirolmaydilar. (P. Tursun)
Ularning bizga ko'rsatayotgan mehribonliklarini, g'amxo'rliklarini xatda yozib bitirish qiyin. (A. Muxtor)
Boshlab Toshkentdan qipchoq bolasini yo'qotish uchun Azizbek va otang boshliq isyonga tayyorlandilar. (A. Qodiriy)
© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

👍10❤🔥2😢1
❓Savol:
Gar qurutmas ul ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti
Ne qurug'ni qo'yg'usi, ne yoshini.
1. She'riy misrani sintaktik tahlil qiling va ega vazifasidagi so'zlarni ajrating.
2. Ostiga chizilgan birlikning mazmunini izohlang.
3. Tajnis san'atini yuzaga keltirayotgan so'zlarning ma'nosini yozing.

👍13⚡4😢2
❓Qaysi qatordagi so'zlar to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
5%
begana, badbax
7%
mayishat, dasgoh
8%
po'slog', naqorat
79%
tanbeh, sayil
🔥23👍9🎉3✍1
ProEducation | O'zbek tili
❓Savol: Gar qurutmas ul ko'zumning yoshini, Haq uzun qilsun ul oyning yoshini. Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti Ne qurug'ni qo'yg'usi, ne yoshini. 1. She'riy misrani sintaktik tahlil qiling va ega vazifasidagi so'zlarni ajrating. 2. Ostiga chizilgan…
✅ Javob:
1. Birinchi misrada ul so'zi, ikkinchi misrada haq, uchinchi va to'rtinchi misrada o'ti so'zi ega vazifasida.
2. Yorning umrini uzaytirsin ma'nosida.
3. Birinchi misrada ko'z yoshi, ikkinchi misrada umr ma'nosida, to'rtinchi misrada yoshlar (otlashgan sifat, quruq bu yerda qarilar) ma'nosida.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
1. Birinchi misrada ul so'zi, ikkinchi misrada haq, uchinchi va to'rtinchi misrada o'ti so'zi ega vazifasida.
2. Yorning umrini uzaytirsin ma'nosida.
3. Birinchi misrada ko'z yoshi, ikkinchi misrada umr ma'nosida, to'rtinchi misrada yoshlar (otlashgan sifat, quruq bu yerda qarilar) ma'nosida.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👌3👍2
❓Savol:
Mahmud Koshgʻariy tovush va harf orasidagi munosabatga to'xtalib, arab yozuv tizimidagi harflarning turkiy tildagi mavjud tovushlarni ifodalash uchun yetarli emasligini ko'rsatdi.
Gapdagi so'zlar qaysi qatorda grammatik va mazmun jihatdan to'g'ri bog'langan?
A. Munosabatga yetarli, ifodalash uchun yetarli
B. Harflarning yetarli emasligi, tovushlarning yetarli emasligi
C. Munosabatga to'xtalib, yetarli emasligini ko'rsatdi
D. Emasligini ko'rsatdi, harfning orasi

👍13
Sinonimlar | Suhbatlashmoq
Suhbatlashmoq, suhbat qilmoq, hasratlashmoq, otamlashmoq, hangamalashmoq, gurunglashmoq, gurung qilmoq. Gap suhbatda bo'lmoq.
Hangamalashmoq, gurunglashmoq so'zlari odatda birdan ortiq kishi o'rtasida bemalol, rohatlanib o'tirib bo'ladigan suhbatlashishni bildiradi.
Otamlashmoq ko'proq oddiy so'zlashuvga xos bo'lib, odatda yozilib o'tirib davomli bo'ladigan suhbatni bildiradi.
Hasratlashmoq oddiy suhbat emas, balki dard-hasrat aytishish ham bo'ladi.
Vrach Kravtsova tortinmay suhbatlashardi. (Shuhrat)
Uning yuziga yana tabassum yoyildi. Yo'lchi bilan suhbatlashib yotdi. (Oybek)
U kosiblar, kambag'allar, soatsozlar, kulollar bilan suhbat qilar, sulhdan, hayotdan, ishdan so'zlar edi. (Oybek)
Rayhon bilan Xanifa etakroqdagi ko'rpachada yonma-yon hasratlashib o'tirishardi. (H. G'ulom)
"Studentlik yillarini eslab bir otamlashamiz" deb dilidan o'tkazdi.
Qorikomil Bo'dana qishloqlik Murod degan bilan kelib, bularning suhbatida bo'lib, afandilarning kelganidan ko'ngli to'lib, hangamalashib o'tirdi. (F. Yo'ldosh)
"Quyoshga ters bir hujrada to'rt kishi g'uj bo'lib odatdagicha gurunglashib o'tirishar edi. (Oybek)
Dashtdan – hamma yoqdan: har qaysi olisroq eldan kelgan mehmonlar Mulla Hakim sudning mehmonxonasida gurung qilib o'tirgan ekan. (F. Yo'ldosh)

👍14
❓Quyidagilardan qaysi biri siz uchun asosiy muammo?
Anonymous Poll
17%
Imlo
27%
Punktuatsiya
21%
Uslubiyat
35%
Barchasi
👌5⚡2🏆2
❗️❗️❗️
Milliy sertifikat bo'yicha qandaydir e'tirozlar bo'lsa, natijalar e'lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida apellatsiya berishingiz mumkin. E'tirozingiz Apellatsiya komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va yakuniy qaror shaxsiy kabinetingizga joylanadi.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Milliy sertifikat bo'yicha qandaydir e'tirozlar bo'lsa, natijalar e'lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida apellatsiya berishingiz mumkin. E'tirozingiz Apellatsiya komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va yakuniy qaror shaxsiy kabinetingizga joylanadi.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍10
Bepul darslar Marafoni - 1 davomida o'tilgan darslar ro'yxati:
P.s ko'k yozuv ustiga bosish orqali o'sha mavzuning videodarsiga o'tasiz.
⬇️ She'riy san'atlar
⬇️ So'z birikmasi va ularning turlari
⬇️ Morfemika
⬇️ Punktuatsiya
⬇️ Gap. Sodda gap
⬇️ Fonetika
⬇️ Orfografiya
Kanalga do'stlaringizni ham taklif qiling!
ProEducation

👍11✍2🎉1
Bepul darslar Marafoni - 2 davomida o'tilgan darslar ro'yxati:
P.s ko'k yozuv ustiga bosish orqali o'sha mavzuning videodarsiga o'tasiz.
* G'azal va g'azal namunalarining tahlili
* Qo'shma gapar (Bog'lovchisiz, bog'langan va ergashgan)
* She'riy san'atlar va ularning tahlili
* So'z birikmasi nazariyasi va test tahlili
* She'riy shakllar (qit'a, ruboiy, fard va tuyuq) tahlili
* Ikkinchi darajali bo'laklar
* Ma'no ko'chish turlari
* Morfemika va test tahlili
* Murakkab qo'shma gaplar
* Fe'l nazariyasi
Ushbu postni tarqatish orqali savobli ishga qo'l uring. Ilmni yoyishga hissa qo'shing.

👍27❤🔥1👀1
ProEducation | O'zbek tili
❓Quyidagilardan qaysi biri siz uchun asosiy muammo?
So'rovnoma uchbu bandlar kimda muammo yuzaga keltirayotganini aniqlash maqsadida o'tkazildi.
Tez kunda yangi kurs uchun qabul e'lon qilaman. Kursda imloviy, ishoraviy va uslubiy xatoliklarga yo'l qo'ymaslik yoki ularni matndan aniqlash bo'yicha kerakli bilimlarga ega bo'lasiz.
Kurs 3+3 shaklida olib boriladi. 3 kun dars va 3 kun mustahkamlash. To'liq tafsilotlarni birozdan so'ng aytib o'taman.
Bepul kurs davom etadi. Har kungi darsga kompyuterim "dosh bermadi". Bugun tuzata olsam, dars o'tarmiz, bo'lmasa, ertaga darslarimizni davom ettiramiz.
Hazil.

🔥28👍15👌7❤🔥5🌚3✍1👀1