ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qariyb 6 oyki "Ta'lim Media Group" kompaniyasida loyiha menejeri sifatida faoliyat yuritmoqdaman. Kompaniyamizning shiori: "Sifatli ta'lim – barcha uchun!"

Shu shior ostida bu yerda umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun qulay elektron darsliklar yaratish bilan bandmiz.

Yuqorida tovush tushish hodisasini 7-sinf o'quvchilariga tushunarli bo'lishi uchun yaratgan loyihamiz. Ko'ring, baho bering.

Endilikda kompaniyamiz siz va farzandlaringiz maktab darsliklaridan tashqari zamonaviy kasblardan hisoblangan video-montajorlik sohasi uchun kerak bo'ladigan dasturlarni o'rgatishni ham yo'lga qo'ymoqda. Shuningdek, marketing, chet tillari (ingliz va rus tili) dan sertifikat olishga yordamlashuvchi platforma ham yaratildi.

Kiring, foydalaning!
Murojaat uchun: @Talim_support

Talim.uz – ta'limning yangilangan mazmuni!
👍23👏5❤‍🔥4🔥2🕊1🏆1
ProEducation | O'zbek tili
Savol: Mahalladagi yosh-u qari // xotin-halaj – barchasi xizmatda // qassoblar bo‘lsa // allaqachon bir nechta qo‘y va qo‘chqorlarni shay qilib qo‘ydi // Berilgan gapda // belgisi o'rniga qanday tinish belgilari qo'yiladi? E'tiborli bo'ling ProEducation…
Javob:

Mahalladagi yosh-u qari, xotin-xalaj – barchasi xizmatda, qassoblar bo'lsa allaqachon bir nechta qo'y va qo'chqorlarni shay qilib qo'ydi.

Gapda:
- birinchi vergul uyushiq bo'laklar orasiga qo'yilgan;
- ikkinchi vergul bog'langan qo'shma gapning sodda gaplari orasiga qo'yilgan;
- bo'lsa so'zi bog'langan qo'shma gaplarni hosil qiluvchi vosita hisoblanadi, undan keyin vergul qo'yilmaydi;
- gap oxirida esa nuqta qo'yiladi.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
16👍6❤‍🔥5🕊1
👍32❤‍🔥3🎉2🤩2🕊2
Live stream started
Menimcha, bu safar mening internetim bilan bog'liq muammo bo'ldi. Aloqa sifatini tiklolmadim. Darsimiz qoldirildi.
👍21😐3❤‍🔥2🔥2
Sinonimlar | Tarzda

Tarzda, holda, xilda, qabilida, yo'sinda, ravishda, suratda, tahlitda, tariqa. Biror usul bilan, biror yo'nalishda.

"Abdusamat aka, men ham komsomol bo'laman", – dedi gapni biroz noqulay tarzda o'ziga burib. (A. Muxtor)
U ko'pdan buyon qo'liga oyna olmagan bo'lsa-da, yuzi qay holda ekanini yaxshi bilar edi. (Oybek)
Aqli bor odam "Faqir kishi panada" qabilida o'zini bir chetga olib, ishini o'xshatib yuraveradi. (V. G'ofurov)
...ba'zan biror o'rtog'inikiga bir zum borib kelaman deb, dadasidan, akasidan yashirin o'zini ko'chaga otar va Husayn bilan shu yo'sin uchrashar... (Oybek)
Nihoyat, [Mirzakarimboy] orqasini yostiqdan uzib, muhim savdo ishi bilan shug'ullangan kabi, jiddiy ravishda gapirib ketdi... (Oybek)
Davlatyor ta'riflagandek, "haqini tanimagan" bu bechora shu ravishda hayot kechirar edi. (P. Tursun)
Shu tahlit kitob qo'ldan qo'lga o'tib bordi. (M. Ismoiliy)
Maysa-gilam yo'llarida ekan poyondoz. Shu tahlitda o'tib borgan Necha qishu yoz. (Shuhrat)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍16❤‍🔥2🔥1
Savol:

Bo'ldi chun umring kunining vaqti tush,
Nafsi sarkash otini ko'b chopma, tush,
Hobgoh etkil qanoat manzilin,
Yo'qsa hargiz ko'rmagung rohatni tush.

(Ogahiy)

1. Berilgan tuyuqning birinchi misrasidagi "vaqti tush" nimaga ishora?

2. Ostiga chizilgan birliklarning ma'nosini yozing.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
❤‍🔥8👍6🔥1🕊1
Uslubiy xatoliklar

Nutqning sifatini buzuvchi omillar: so'zlarni noto'g'ri qo'llash, ularni noo'rin takrorlash, qo'shimlardan noto'g'ri foydalanish natijasida uslubiy xatoliklar yuzaga keladi. Bu shunday jarayonki, bunda hattoki ohangga ham e'tibor qaratish lozim. Chunki yanglish tushunishga olib keladigan ohang ham uslubiy jihatdan xatolik hisoblanadi.

Quyida hollarda uslubiy xatoliklar yuzaga keladi:
• sinonimlarni yanglish qo'llash natijasida: Onasini mehrli basharasi (yuzi, chehrasi) dan nur yog'ilib turganini sezardi;
• paronim so'zlarni noto'g'ri qo'llash natijasida: Kecha kitobning o'ninchi bop (bob)ini tugatdim;
• olmoshlardan o'rinli foydalana olmaslik natijasida: Akram kecha shahardan qaytdi. Akram qishloqqa kelgach, do'stlari bilan diydorlashdi. (ikkinchi gapda Akram so'zi o'rniga u olmoshi ishlatilishi kerak);
• qo'shimchalarni yanglish qo'llash natijasida: akamni kitobi emas akamning kitobi.

Reaksiya bosib, qo'llab turamiz

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍65❤‍🔥61🔥1🕊1
Imlo jihatdan to'g'ri yozilgan so'zlar qatorini belgilang.
Anonymous Quiz
12%
dov-daraxt, ochsariq
18%
biroz, birzum
8%
dam-badam, oy-bolta
62%
umumta'lim, oyoqosti
👍38🏆9❤‍🔥6👏3🕊1
ProEducation | O'zbek tili
Savol: Bo'ldi chun umring kunining vaqti tush, Nafsi sarkash otini ko'b chopma, tush, Hobgoh etkil qanoat manzilin, Yo'qsa hargiz ko'rmagung rohatni tush. (Ogahiy) 1. Berilgan tuyuqning birinchi misrasidagi "vaqti…
Javob:

1. Umrning o'tib borayotganiga, o'rta yoshdan qarilikka tomon ketayotganiga ishora.

2. 1-misrada kunning qismi; 2-misrada harakat fe'li; 4-misrada uxlagan vaqtda ko'riladigan tush.


ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍24❤‍🔥2🔥1🎉1
❗️❗️❗️
Milliy sertifikat namunaviy testlarining tahlili:

1-test
1-test tahlili

2-test
2-test tahlili

3-test
3-test tahlili

4-test
4-test tahlili
👍24❤‍🔥4🎉1
Hamkasb, do'stimiz Shohruh Arabjonov o'zining shaxsiy sahifalarida uylanmoq so'zi yasama so'z ekanligi haqida yozdi, lekin izohlarda bunga qarshi chiqqanlar bo'ldi. Shu so'z xususida ozgina.

2006-2008-yillarda "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotida nashrdan chiqqan "O'zbek tilining izohli lug'ati"da [80 ming so'z] uy so'ziga quyidagicha izoh berilgan:

1. Yashash uchun yoki turli tashkilot, muassasa va shu kabilarning joylashishi uchun mo'ljallangan bino: uch xonali uy; mehribonlik uyi; Ma'rifat uyi; Suvchilar uyi.
2. Oila; xonadon, ro'zg'or, xo'jalik.

-la
fe'l yasovchisining uslubiy xususiyatlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, ular orasidan "so'z asosidagi narsa yoki predmetga egalik" ma'nosi mavjudligini ko'ramiz.

❗️Demak, uylanmoq so'zi ro'zg'or, xo'jalikka ega bo'lmoq ma'nosida yasaladi.

Uylamoq so'ziga esa shevadagi so'z deb izoh berilgan.

Shuningdek, bu so'z turk tilida "evlenmek" shaklida uchraydi. Ev, ya'ni uy so'zidan hosil bo'lganini ko'rishimiz mumkin [Turk tilidan C1 darajali sertifikatga ega turki tili o'qituvchisining keltirgan asosi]

Javlonbek Rustamjonov

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍26❤‍🔥1🎉1
Turk tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olish istagida yurganlar uchun ProEducation tomonidan online turk tili kurslari ham yo'lga qo'yilgan.

O'qituvchi va kurs haqida ma'lumot olish uchun
@kursadminn ga murojaat qiling.
👍112😢2🎉1
Assalomu alaykum hurmatli platforma foydalanuvchilari!

Biz bilan birga platforma orqali ta’lim sifatini oshirishga o‘z hissangizni qo'shganingizdan minnatdormiz!
Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, kelgusida talim.uzva twig-talim.uz platformalaridan foydalanish istagida bo'lgan barcha foydalanuvchilar uchun obuna bo'lish talab etiladi.

Obuna narxi: 79 900 so'm (12 oy uchun)

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi telegram tarmog'iga yoki tel. raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:

Telegram manzil: @Talim_support
Telefon: +99895 177 20 50
3❤‍🔥1
Sinonimlar | Tamomlamoq

Tamomlamoq, tamom qilmoq, tugatmoq, sob qilmoq, soplamoq, bitirmoq, ado qilmoq, yo'qotmoq, yo'q qilmoq, quritmoq.
Tamom (yo'q), sop holatga keltirmoq.

Tamomlamoq, tamom qilmoq, tugatmoq, bitirmoq fe'llari bor holdagi narsa yoki harakatni ishlatib, sarflab oxiriga yetkazish ma'nosida qo'llanaveradi.
Ado qilmoq harakat-ishning oxiriga yetkazish ma'nosida juda kam qo'llanadi.
Yo'qotmoq, yo'q qilmoq oddiy so'zlashuvda asosan sarf-xarajat bilan oxiriga yetkazish ma'nosida qo'llanadi.
Quritmoq bu ma'noda oddiy so'zlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli.

Hovlidagi ikir-chikir ishlarni tamomlagach, ayvonning oldiga o'tirib, tuzatinar ekan, yo'lakdan yurib kelmakda bo'lgan oyoq tovushini eshitib, yuragi nima uchundir oshiqinib, shopirinib ketdi. (A. Qodiriy)
Ahmedov kapsanchilarni kolxoz tuzishga chaqirib so'zini tamom qildi. (A. Qahhor)
Madamin salkam bir lagan oshni bir necha olishda tugatdi va yog'liq laganni barmog'i bilan sidirib, xuddi yuvib artilganday top-toza qilib yaladi. (P. Tursun)
Amin bobo gapni sob qildilar-ku. (S. Ayniy)
Qizning ota-onasi, qarindosh-urug'ining ta'rifini aytib bitirolmaydilar. (P. Tursun)
Ularning bizga ko'rsatayotgan mehribonliklarini, g'amxo'rliklarini xatda yozib bitirish qiyin. (A. Muxtor)
Boshlab Toshkentdan qipchoq bolasini yo'qotish uchun Azizbek va otang boshliq isyonga tayyorlandilar. (A. Qodiriy)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍10❤‍🔥2😢1
Savol:

Gar qurutmas ul ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti
Ne qurug'ni qo'yg'usi, ne yoshini.

1. She'riy misrani sintaktik tahlil qiling va ega vazifasidagi so'zlarni ajrating.
2. Ostiga chizilgan birlikning mazmunini izohlang.
3. Tajnis san'atini yuzaga keltirayotgan so'zlarning ma'nosini yozing.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍134😢2
Qaysi qatordagi so'zlar to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
5%
begana, badbax
7%
mayishat, dasgoh
8%
po'slog', naqorat
79%
tanbeh, sayil
🔥23👍9🎉31
ProEducation | O'zbek tili
Savol: Gar qurutmas ul ko'zumning yoshini, Haq uzun qilsun ul oyning yoshini. Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti Ne qurug'ni qo'yg'usi, ne yoshini. 1. She'riy misrani sintaktik tahlil qiling va ega vazifasidagi so'zlarni ajrating. 2. Ostiga chizilgan…
Javob:

1. Birinchi misrada ul so'zi, ikkinchi misrada haq, uchinchi va to'rtinchi misrada o'ti so'zi ega vazifasida.

2. Yorning umrini uzaytirsin ma'nosida.

3. Birinchi misrada ko'z yoshi, ikkinchi misrada umr ma'nosida, to'rtinchi misrada yoshlar (otlashgan sifat, quruq bu yerda qarilar) ma'nosida
.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👌3👍2
Savol:

Mahmud Koshgʻariy tovush va harf orasidagi munosabatga to'xtalib, arab yozuv tizimidagi harflarning turkiy tildagi mavjud tovushlarni ifodalash uchun yetarli emasligini ko'rsatdi.
Gapdagi so'zlar qaysi qatorda grammatik va mazmun jihatdan to'g'ri bog'langan?

A. Munosabatga yetarli, ifodalash uchun yetarli
B. Harflarning yetarli emasligi, tovushlarning yetarli emasligi
C. Munosabatga to'xtalib, yetarli emasligini ko'rsatdi
D. Emasligini ko'rsatdi, harfning orasi

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍13