ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Ruknlar va ularning chizmalari:

Fo-i-lo-tun
[– V – –] Ramal;
Ma-fo-iy-lun [V – – –] Hazaj;
Mus-taf'-i-lun [– – V –] Rajaz;

Ruknlar soni:
• baytdagi ruknlar soni 6ta bo'lsa, musaddas;
• baytdagi ruknlar soni 8ta bo'lsa, musamman deb nomlanadi.

Bayt ruknlari o'rniga ko'ra quyidagicha nomlanadi:
Sadr – Hashv – Aruz
Ibtido – Hashv – Ajuz (Zarb)

Aruz
va ajuz ruknlarini tashkil etgan hijolar:

Ramal bahrida:
solim: – V – – [fo-i-lo-tun]
mahzuf: – V – [fo-i-lun]
maqsur: – V ~ [fo-i-lon]

Hazaj bahri:
solim: V – – – [ma-fo-iy-lun]
mahzuf: V – – [fa-u(v)-lun]
maqsur: V – ~ [ma-fo-iyl]

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍17❤‍🔥4👀3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Videodars

Mavzu: Aruz | Rukn

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍5❤‍🔥4🔥1
Mumtoz adabiyot | Ruknlar
ProEducation | Mumtoz adabiyot
🎙 Audiodars

Mavzu: Aruz | Rukn

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍6❤‍🔥4🔥1
Fe’l. Mashqlar.pdf
78.8 KB
❗️Vazifa

Mavzu: Fe'l so‘z turkumi (1-qism)

Ushbu dars asosida
👇
https://t.iss.one/rustamov_edu/19420

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍6❤‍🔥52🔥1
Quyidagi gapda xatolikning qaysi turiga yo'l qo'yilgan?
Mana maktub bahona ko'z o'ngimizda Mirzakalonning yoshlik chog'lari namoyon bo'ldi.
Anonymous Quiz
23%
Imloviy xatolik
50%
Ishoraviy xatolik
26%
Uslubiy xatolik
👍14❤‍🔥4👀21🔥1
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2009 yil holatiga ko‘ra koreys boshlang‘ich maktablaridagi 87 foiz o‘quvchi, o‘rta sinf o‘quvchilarining 74 foizi hamda yuqori sinf o‘quvchilarining 62,8 foizi qo‘shimcha pulli darslarga qatnagan. Buning oqibatida ota-onalar oila budjetining 20 foizini bolalarning qo‘shimcha darslariga sarflashga majbur bo‘lgan.

Vaziyat shu darajaga yetganki, agar kimdir o‘z farzandini o‘quv kurslariga bermasa, u bemehr, e’tiborsiz sifatida qaralib, yon atrofidagi qo‘shnilar va qarindoshlar tomonidan tanqidlarga uchray boshlagan.

Oqibatda, o‘rtahol oilalarning iqtisodiy ahvoli juda ham abgor holatga kelib qolgan. Bunday oilalar farzandlarining kurslarda qatnashishini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha ishlar qilishga, yaqinlaridan qarz bo‘lishga majbur bo‘lgan.

Yillar o‘tib ota-onasining yoki tanishlarining qiynalayotganini ko‘rgan turmush qurish arafasida bo‘lgan koreys yoshlari oila qurishni kechiktira boshlashgan. Turmush qurgan taqdirda ham farzandli bo‘lish haqida juda ham chuqur o‘ylashadigan bo‘lishdi. Alaloqibat, shu davrdan boshlab Janubiy Koreyada tug‘ilish soni keskin kamaya boshlagan. Hozirgi kunga kelib Janubiy Koreya aholisi kamayayotgan davlatlar qatoriga kirib qoldi.

Manba:
kun.uz

To'liq maqola 👇
https://kun.uz/uz/36035723
❤‍🔥13👍6😢6👀5🔥2🕊1
9❤‍🔥5🔥2👌2👀1
ProEducation | O'zbek tili
Photo
O'qituvchilarning bilimini tekshirish uchun test sinovlari – attestatsiya qariyb 1 yilki o'tkazilmayapti. Hali yana 1 yildan keyin o'tkazilishi "rejalashtirilgan".

O'tkazilgan taqdirda ham juda ko'p o'qituvchilar qatnashishni xohlashmaydi. Chunki o'ta olishmasa yoki kam ball olishsa, direktor o'rinbosari uning dars vaqtlarini qisqartirib yuboradi, jamoa oldida izza qilishadi. Kutilgan natijani olish uchun ko'proq muddat berilmaaydimi?!

O''z ustida ishlash uchun o'qituvchida vaqt yo'q. Ozgina bo'sh qolganini ko'rsa, maktab hovlisidagi ajriqlarni yulishga chiqarishadi.

O'qituvchilarning bilimini sinash uchun milliy sertifikat bor-ku, dersiz. Bu sinovda 80% dan yuqori ball to'plash uchun pul to'lab, maxsus kurslarda o'qish kerak. Bu o'lgur tizim esa shu pulli darslarni tugatish uchun ishlab chiqilgan bo'lsa 💆‍♂️

Maktab direktorlari qo'shimcha "daromad" qilaman, deb o'qituvchilarni qalashtirib tashlaydi. Dars soati bo'linadigan vaqtda esa o'qituvchilarning har xil videolari tarqalib ketadi. Achinarli. Yuqori bosim ostida o'qituvchidan maksimal natija kutishadi.

Xomilador ayoldan natija kutgandek 10 oy kutishadi. Bo'lmadimi, dars soatini qisqartirishadi. Qisqa vaqtda natijaga erishmoqchi bo'lgan odam qo'y boqadi, tez ko'payadi deb. Lekin o'qituvchidan ham oila, ham maktabdagi bunday bosim ostida yuqori natija kutish mantiqsizlik.

Lekin shunda ham kurashayotganlarning irodasiga besh ketaman. Mana shunday vaziyatda ham ilm olishni tashlab qo'ymayotgan o'qituvchilar uchun 👏
👏79👍22❤‍🔥63🎉2🕊1👀1
Kulmasdan yozishga harakat qildim, iloji bo'lmadi.

Bizda maktab buxgalterlari ham o'qituvchining oyligiga xo'jayin. Oylik berayotganda "faloncha oylik olasiz-ku, shunchaginasini falon narsa uchun olib qolsak ham gapirasiz-a" deb iddao qilishadi.
31👍21❤‍🔥8😢7💯6🔥5👌1🕊1👀1
Sen bir maqola o'qimagin ekan-da 😁
😁42👍7❤‍🔥6🔥5🕊4👌1
Kayfiyat yaxshiligida bir xabarni yetkazib olay:

Jumlani davom ettiring:

To'rtta o'zbek yig'ilsa, ...
© O'tkir Hoshimov. "Dunyoning ishlari"

Tushunganingizdek, darsimiz ertaga qoldirildi 🤦‍♂


Ertaga soat 21:00da
😁51👍21🔥5❤‍🔥4🤩4👌41😐1
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
20-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Fe'l (takrorlash)

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍11❤‍🔥2🔥21
Live stream scheduled for
Sinonimlar| Tashvish

Tashvish, savdo, taraddud, g'am, qayg'u, sho'r, sho'rish
. Ko'zlangan maqsad, ish yo'lidagi bezovtalik xatti-harakati, o'y-fikri.
Sho'r, sho'rish bu ma'noda juda kam qo'llanadi.

Sen borsan go'dajkar osuda uxlar, Sen borsan, qayliqlar to'y tashvishida. Sen borsan, daryolar bevaqt chayqalmas, Fayzi bor o'lkaning bahor, qishida. (Shuhrat)
Qiziq, qon bosimim pasayib ketib, uni davolatish tashvishida edim, uyga telefon tushirdim-u, kasaldan qutuldim.
Oshiqligin bizlar ham xo'p bilamiz, Tuxmat savdosidan bag'ri yaramiz. ("Erali va Sherali")
Bir yil bo'ldi, bizlar kelgan bu yerga, Na savdo, bilmaram, Bulg'or shaharda. ("Erali va Sherali")
Qushbegi Otabekning bu gaplaridan yaxshigina taraddudga tushgan edi... (A. Qodiriy)
Oyimxon opa ayvonga chiqdi, nimaningdir taraddudida edi. (P. Tursun)
Nurzoda... bahorda Ollaniyoz bilan dalaga chiqib ekin ekishdi... kuzda qishga o'tin-cho'p g'amida to'ngak kavladi, qamish o'rdi. (X. Seitov)
Hozir ularning ko'nglidagi narsa ovqat qayg'usi emas, otani topish qayg'usi edi. (P. Tursun)
Daryoning bu yuzida qolib, ul yuzidagi yorimga yetolmay qaqshagan badbaxt oshiq sho'ri boshimda. (M. Ismoiliy)
Ertalabdan beri boshida tushgan sho'rishlarni bir-bir o'ylab, dunyoda shu bugungichalik abgor bo'lmaganligini esladi. (M. Ismoiliy)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❤‍🔥8👍7🔥21
Azimut so'zida urg'u qaysi bo'g'inga tushadi?
Anonymous Quiz
27%
1-bo'g'in
43%
2-bo'g'in
30%
3-bo'g'in
❤‍🔥6🔥3👍1
Berilgan qaysi so'zlarda til oldi undoshi til orqa undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
Anonymous Quiz
31%
vaqt, iqtisod
33%
banka, to'nka
29%
soqchi, taqchil
7%
jabr, tasodif
👍11❤‍🔥4🔥4🤔1🌚1👀1
Fe’l. Mashqlar (2-qism).pdf
75.6 KB
❗️Vazifa

Mavzu: Fe'l so‘z turkumi (2-qism)

Ushbu dars asosida
👇
https://t.iss.one/rustamov_edu/19420

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❤‍🔥5👍31🔥1🏆1
Menda bir taklif bor. Hozir davom etayotgan "Bepul Kurs | 3 oy" kursida bugun mustaqil so'z turkumlarini yakunlaymiz. Shu hafta oxirida esa milliy sertifikat imtihoni bo'lib o'tadi.

Shu munosabat bilan keyingi 4 kunni milliy sertifikat namunaviy testlarini yechish bilan o'tkazsak.


Testni avvalroq tashlab beraman, esseni esa birga dars vaqtida yozamiz.
👍70🔥72🕊2❤‍🔥1🏆1
Jumlani davom ettiring.
Chunki ul (maxdum) bir narsadan xursand va rozi bo'lg'anda aksar ____ deb yuborar edi.

© Abdulla Qodiriy "Mehrobdan chayon"
👍163🔥2❤‍🔥1
ProEducation | O'zbek tili
Jumlani davom ettiring. Chunki ul (maxdum) bir narsadan xursand va rozi bo'lg'anda aksar ____ deb yuborar edi. © Abdulla Qodiriy "Mehrobdan chayon"
Habba

Habba, tahlil bo'lsa, tahlilda. Ertaga 21:00da milliy sertifikat namunaviy test tahlili o'tkazamiz. Test oxirida esse yozishni ham mashq qilamiz.
👍28❤‍🔥8🔥2