ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Qaysi biri toʻgʻri yozilgan?
_____ tuproq, chang, yer ma'nolarini bildiradi
Anonymous Quiz
61%
Qadrlab ko'zga surt xokini
39%
Qadrlab ko'zga surt hokini
👍20🔥3❤‍🔥2
​​Esse uchun mavzular

#Soʻragan_edingiz

Yaqinda milliy sertifikat imtihoni oʻtkazilar ekan. Unda esse yozish topshirigʻi ham bor. Tayyorgarlik koʻrish uchun essega mavzu soʻrashdi. Quyida 10 ta mavzu berilgan.

Esse qanday yozilishi haqida esa mana bu yerda maʼlumot bor.

1️⃣ Aqllarning sizishi (brain drain), yaʼni oʻqimishli kishilarning chet ellarga ketishi mamlakat uchun foydalimi yoki zararli?

2️⃣ Axborot asrida oʻzbek tilini qanday rivojlantirish mumkin?

3️⃣ Bolaning qobiliyatini yuzaga chiqarishga yordam va xalal beruvchi omillar.

4️⃣ Daraxtlarning ommaviy kesilishi: oqibatlar va yechimlar.

5️⃣ Ekologik madaniyat muammolari va uning yechimlari.

6️⃣ Ilmdagi plagiat mamlakat taraqqiyotiga qay darajada taʼsir koʻrsatadi?

7️⃣ Maktablarda erkak oʻqituvchilarning kamligi va uning taʼlimdagi oqibatlari.

8️⃣ Malakali kadrlar yetishmovchiligi: sabablar va yechimlar.

9️⃣ Moddiy qiyinchiliklarning taʼlimga taʼsiri: uni qanday yengib oʻtish mumkin?

🔟 Sunʼiy intellekt va uning hayotimizga taʼsiri.

@oriftolib
👍27❤‍🔥6🔥2💯1👀1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun dars yo'q

Zerikish bilan shug'ullanmay, o'tgan darslarni takrorlab turishni tavsiya qilaman 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu/19480
😁32👌9🔥5❤‍🔥33👍2🕊1
Sajda aylar zohid ul mehrob aro,
Men qilurman sajda egma qoshima.


Baytni tashkil etgan hijolar qanday rukn ostida birlashgan?

Baytning vazn talabiga ko'ra chizmasi qanday?
❤‍🔥16🔥8👍6
ProEducation | O'zbek tili
Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajda egma qoshima. Baytni tashkil etgan hijolar qanday rukn ostida birlashgan? Baytning vazn talabiga ko'ra chizmasi qanday?
Taqtesi:
– V – – / – V – – / – V –
– V – – / – V – – / – V –

Ramali musaddasi mahzuf


1-misraning 2-ruknida vasl hodisasi ro'y bergan: [zo-hi-d ul-meh];
1-misraning 3-ruknida ham vas hodisasi ro'y bergan: [ro-b a-ro].

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍12❤‍🔥6🔥2
Tahlil uchun:

Ey jamolu rahmatingdin gar zalilu gar muazzaz,
Safhayi kavnayn o'lub oting tarozidin mutarraz.

Ushbu baytni chizmasini chizing va shu chizma asosida nomlang.


ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍14🔥2👀2❤‍🔥1
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
20-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Fe'l (takrorlash)


Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍24❤‍🔥6🔥4👌1
Reaksiya bosish esdan chiqmasin, yaxshilar
👍100❤‍🔥1511🔥7👌4👀2🌚1💯1
Ruknlar va ularning chizmalari:

Fo-i-lo-tun
[– V – –] Ramal;
Ma-fo-iy-lun [V – – –] Hazaj;
Mus-taf'-i-lun [– – V –] Rajaz;

Ruknlar soni:
• baytdagi ruknlar soni 6ta bo'lsa, musaddas;
• baytdagi ruknlar soni 8ta bo'lsa, musamman deb nomlanadi.

Bayt ruknlari o'rniga ko'ra quyidagicha nomlanadi:
Sadr – Hashv – Aruz
Ibtido – Hashv – Ajuz (Zarb)

Aruz
va ajuz ruknlarini tashkil etgan hijolar:

Ramal bahrida:
solim: – V – – [fo-i-lo-tun]
mahzuf: – V – [fo-i-lun]
maqsur: – V ~ [fo-i-lon]

Hazaj bahri:
solim: V – – – [ma-fo-iy-lun]
mahzuf: V – – [fa-u(v)-lun]
maqsur: V – ~ [ma-fo-iyl]

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍17❤‍🔥4👀3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Videodars

Mavzu: Aruz | Rukn

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍5❤‍🔥4🔥1
Mumtoz adabiyot | Ruknlar
ProEducation | Mumtoz adabiyot
🎙 Audiodars

Mavzu: Aruz | Rukn

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍6❤‍🔥4🔥1
Fe’l. Mashqlar.pdf
78.8 KB
❗️Vazifa

Mavzu: Fe'l so‘z turkumi (1-qism)

Ushbu dars asosida
👇
https://t.iss.one/rustamov_edu/19420

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍6❤‍🔥52🔥1
Quyidagi gapda xatolikning qaysi turiga yo'l qo'yilgan?
Mana maktub bahona ko'z o'ngimizda Mirzakalonning yoshlik chog'lari namoyon bo'ldi.
Anonymous Quiz
23%
Imloviy xatolik
50%
Ishoraviy xatolik
26%
Uslubiy xatolik
👍14❤‍🔥4👀21🔥1
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2009 yil holatiga ko‘ra koreys boshlang‘ich maktablaridagi 87 foiz o‘quvchi, o‘rta sinf o‘quvchilarining 74 foizi hamda yuqori sinf o‘quvchilarining 62,8 foizi qo‘shimcha pulli darslarga qatnagan. Buning oqibatida ota-onalar oila budjetining 20 foizini bolalarning qo‘shimcha darslariga sarflashga majbur bo‘lgan.

Vaziyat shu darajaga yetganki, agar kimdir o‘z farzandini o‘quv kurslariga bermasa, u bemehr, e’tiborsiz sifatida qaralib, yon atrofidagi qo‘shnilar va qarindoshlar tomonidan tanqidlarga uchray boshlagan.

Oqibatda, o‘rtahol oilalarning iqtisodiy ahvoli juda ham abgor holatga kelib qolgan. Bunday oilalar farzandlarining kurslarda qatnashishini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha ishlar qilishga, yaqinlaridan qarz bo‘lishga majbur bo‘lgan.

Yillar o‘tib ota-onasining yoki tanishlarining qiynalayotganini ko‘rgan turmush qurish arafasida bo‘lgan koreys yoshlari oila qurishni kechiktira boshlashgan. Turmush qurgan taqdirda ham farzandli bo‘lish haqida juda ham chuqur o‘ylashadigan bo‘lishdi. Alaloqibat, shu davrdan boshlab Janubiy Koreyada tug‘ilish soni keskin kamaya boshlagan. Hozirgi kunga kelib Janubiy Koreya aholisi kamayayotgan davlatlar qatoriga kirib qoldi.

Manba:
kun.uz

To'liq maqola 👇
https://kun.uz/uz/36035723
❤‍🔥13👍6😢6👀5🔥2🕊1
9❤‍🔥5🔥2👌2👀1
ProEducation | O'zbek tili
Photo
O'qituvchilarning bilimini tekshirish uchun test sinovlari – attestatsiya qariyb 1 yilki o'tkazilmayapti. Hali yana 1 yildan keyin o'tkazilishi "rejalashtirilgan".

O'tkazilgan taqdirda ham juda ko'p o'qituvchilar qatnashishni xohlashmaydi. Chunki o'ta olishmasa yoki kam ball olishsa, direktor o'rinbosari uning dars vaqtlarini qisqartirib yuboradi, jamoa oldida izza qilishadi. Kutilgan natijani olish uchun ko'proq muddat berilmaaydimi?!

O''z ustida ishlash uchun o'qituvchida vaqt yo'q. Ozgina bo'sh qolganini ko'rsa, maktab hovlisidagi ajriqlarni yulishga chiqarishadi.

O'qituvchilarning bilimini sinash uchun milliy sertifikat bor-ku, dersiz. Bu sinovda 80% dan yuqori ball to'plash uchun pul to'lab, maxsus kurslarda o'qish kerak. Bu o'lgur tizim esa shu pulli darslarni tugatish uchun ishlab chiqilgan bo'lsa 💆‍♂️

Maktab direktorlari qo'shimcha "daromad" qilaman, deb o'qituvchilarni qalashtirib tashlaydi. Dars soati bo'linadigan vaqtda esa o'qituvchilarning har xil videolari tarqalib ketadi. Achinarli. Yuqori bosim ostida o'qituvchidan maksimal natija kutishadi.

Xomilador ayoldan natija kutgandek 10 oy kutishadi. Bo'lmadimi, dars soatini qisqartirishadi. Qisqa vaqtda natijaga erishmoqchi bo'lgan odam qo'y boqadi, tez ko'payadi deb. Lekin o'qituvchidan ham oila, ham maktabdagi bunday bosim ostida yuqori natija kutish mantiqsizlik.

Lekin shunda ham kurashayotganlarning irodasiga besh ketaman. Mana shunday vaziyatda ham ilm olishni tashlab qo'ymayotgan o'qituvchilar uchun 👏
👏79👍22❤‍🔥63🎉2🕊1👀1
Kulmasdan yozishga harakat qildim, iloji bo'lmadi.

Bizda maktab buxgalterlari ham o'qituvchining oyligiga xo'jayin. Oylik berayotganda "faloncha oylik olasiz-ku, shunchaginasini falon narsa uchun olib qolsak ham gapirasiz-a" deb iddao qilishadi.
31👍21❤‍🔥8😢7💯6🔥5👌1🕊1👀1
Sen bir maqola o'qimagin ekan-da 😁
😁42👍7❤‍🔥6🔥5🕊4👌1
Kayfiyat yaxshiligida bir xabarni yetkazib olay:

Jumlani davom ettiring:

To'rtta o'zbek yig'ilsa, ...
© O'tkir Hoshimov. "Dunyoning ishlari"

Tushunganingizdek, darsimiz ertaga qoldirildi 🤦‍♂


Ertaga soat 21:00da
😁51👍21🔥5❤‍🔥4🤩4👌41😐1