ProEducation | O'zbek tili
4.62K subscribers
2.22K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Bu izohni yozib berishlari uchun pora bermaganman, o'lay agar 😁

Hazil, albatta.

ProEducation oldiga qo'ygan maqsadiga erishmoqda. Bepul narsa qopqonda bo'ladi, degan gap bo'lishi mumkin, lekin bu ProEducationga to'g'ri kelmaydi. Steriotiplarni buzishni boshlayapmiz!
👍32👏4❤‍🔥3😁32
Milliy sertifikat bo'yicha bepul kursimiz ertaga soat 06:00da boshlanadi. Kanalga qo'shilish uchun shartlar 👇

https://t.iss.one/proeducation_bepul/164
https://t.iss.one/proeducation_bepul/164

Tongda o'qisam, "buzvoraman" deydiganlar, endiyam bahona qolmadi. Mana, tonggi kurs, kamiga bepul.
Mazzami?!
❤‍🔥37👍10🤩4🎉2🌚2💯2
Milliy sertifikat kursini ham boshlab oldik. Qoyil, ko'pchilik uxlab qolmay qatnashdi. Ajoyib!

Keyingi darsimiz seshanba soat 21:00da.

Ha aytgancha, guruhga qo'shilish bepul, shartlari 👇
https://t.iss.one/proeducation_bepul/164
https://t.iss.one/proeducation_bepul/164
👍18👌3❤‍🔥2
Haq yo'linda kim senga bir harf o'qitmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado, oning haqin yuz ganj ila.

G'azal aruz vazning qaysi bahrida yozilgan; uning taqtesi qanday chiziladi; qofiyadosh so'zlarni aniqlab, baytdagi she'riy san'atlarni yozing.

Hazil 😁

Qadrli ustozlar, bayrimingiz muborak bo'lsin! Kasbingizdan baraka topish nasib etsin.

Bayram bayram bilan, lekin topshiriq esdan chiqmasin-a 😁
👍22😁15❤‍🔥12👏3👌2
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Vaqti keladi - taʼlim har safar vazirlik nomi yoki vazir almashganda, kimoʻzarga "tajriba quyonchasi"ga aylantirilmasdan, aniq maqsadi va strategiyasi bor tizim boʻladi.

Vaqti keladi - tizimni, undagi bolajonlarni, ularning darsliklari-yu oziq ovqatini tepada "tanka"si borlar "soqqa manbai" sifatida koʻrmaydi, bunday oʻylashga ham haddi sigʻmaydi.

Vaqti keladi - faqat "iqtidorli" hisoblanganlar alohida sharoitlarda oʻqimaydi, hammaga oʻziga xos iqtidor egasi sifatida qaraladi va sifatli taʼlim olishi uchun munosib sharoitlari boʻladi.

Vaqti keladi - oʻqituvchilar yuqori maosh vaʼdalari va bayram arafasida quruq "maqom" toʻgʻrisidagi qonun bilan siylanmaydi, ularga alohida bayramning ham hojati boʻlmaydi - oʻzlari istagan paytda bayram qilishga imkonlari yetadi.

Vaqti keladi - oʻqituvchilar erkin jamiyatning muhim boʻgʻini boʻladi. Vaqti keladi. Faqat bu vaqtning qachon kelishi sizlarga bogʻliq, aziz ustozlar.

Bayramingiz muborak!
👍28❤‍🔥17🎉4🤩4🔥3👏32
Shartni bajarib, botga skrinshotlarni yuborganlarning barchasiga havolalar yuborildi.

Hozirda Milliy sertifikat bepul kursiga 900ga yaqin obunachi qo'shilishga ulgurdi.

Bugun birinchi darsimiz bo'lib o'tdi. Darsdan namuna ko'rish uchun ko'k yozuv ustiga bosing 👇
https://t.iss.one/proeducation_bepul/194

Milliy sertifikat kursiga qo'shilish uchun 👇
https://t.iss.one/proeducation_bepul/164
https://t.iss.one/proeducation_bepul/164
👍8❤‍🔥21🏆1
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
12-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Son. Olmosh. Ravish

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍14❤‍🔥1
Qaysi biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
85%
surunkali
15%
surinkali
👍14🎉10❤‍🔥21
Bu shaxsni orqadan ham taniymiz.

Zanjir o'yini:
Izohlarda shu shaxsga tegishli ma'lumotlarni (bir-birimizni takrorlamasdan) yozishga harakat qilamiz.

O'zim boshlayman:
Aruz vazni haqida turkiy tilda asar yozgan ikkinchi shaxs hisoblanadi. (Me'zon ul avzon)

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍27🔥1
Dam olish kunidan foydalanib, Alisher Navoiy muzeyiga kelasan, lekin muzeydagilar ham dam olishga chiqqanligini xayolingga ham keltirib o'tirmaysan.
Mazzami?!


Bugun shu muzeyga online ekskursiya tashkil qilib bermoqchi edim. O'xshamadi 🤦‍♂
😁41👍83❤‍🔥2👏1🎉1
Savol:

Tuzuk // "Chig'atoy gurungi" siyosat bilan mashg'ul bo'lmoqni istamadi, yolg'iz til, imlo, adabiyot bilan shug'ullandi. (Fitrat)

// belgi o'rnida qaysi tinish belgisidan foydalanishimiz kerak? (Javobingizni izohlashga harakatga qiling.)

Sertifikat kursi 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍8❤‍🔥11
Sinonimlar | To'xtovsiz

To'xtovsiz, tinimsiz, betinim, muttasil, uzluksiz, bosim, surunkasiga, paydar-pay, ketma-ket. Tinmagan, to'xtamagan holda.

Tinimsiz so'zida belgi darajasi kuchliroq.
Muttasil, uzluksiz so'zlari uzoqroq davom etuvchi so'zlarga nisbatan qo'llanadi.
Bosim bu ma'noda kamroq qo'llanadi.

Shunda uch kun to'xtovsiz otishdik. Fashistning qolgan-qutganini ham talay yerga eltib qo'ydik. (Oydin)
Endi-chi, endi ko'chalarimizda avtomobillar tinimsiz qatnaydi.
Yomg'ir betinim yog'ar, lekin uning tomchilari chang zarralaridek ko'zga ilinmas edi.
(P. Tursun)
Uch kecha-kunduz muttasil yoqqan laylak qor kuni kecha bosildi. Uylar, molxonalar qor tagida ko'milib, tep-tekis bo'lib ketdi. (S. Anorboyev)
Agar yaqin orada havo ochilmay, surunkasiga yomg'ir yog'ib bersa, nima qilamiz? (N. Safarov)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati

Sertifikat kursi 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍10❤‍🔥1🌚1
Izoh:

Tuzuk, "Chig'atoy gurungi" siyosat bilan mashg'ul bo'lmoqni istamadi, yolg'iz til, imlo, adabiyot bilan shug'ullandi. (Fitrat)

Tuzuk so'zi gapda kirish so'z vazifasida kelganligi sababli bu yerda verguldan foydalaniladi.

Sertifikat kursi 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍15👌2❤‍🔥1
Qaysi ta'rif berilgan so'zga mos keladi?

Kungay – ______
Anonymous Quiz
58%
Quyosh tik tushadigan
25%
Me'moriy imoratlar tishga o'xshash maxsus bezagi
17%
Kun hisobi bilan to'lanadigan
❤‍🔥5👍52
Bugungi darsimiz chorshanbaga qoldirildi.

O'tilgan darslarni takrorlab turishingiz mumkin👇
https://t.iss.one/rustamov_edu/19169
🫡13😢12👍6👌4🔥1