ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Quyidagi iboralardan qaysi biri "gapirolmaslik" ma'nosini bildirmaydi?
Anonymous Quiz
47%
Dami ichida
12%
Dami kesilmoq
26%
Dam yemoq
15%
Dam turmoq
❤‍🔥7🎉6👍31
Tasniflash

O'rganish shunday jarayonki, agar u tartib bilan yo'lga qo'yilmas ekan, o'zlashtirish va olingan bilim amalda ishlatish qiyinlashaveradi.

Suv toshqini bo'lgan shaharchani tasavvur qiling. Ko'chalar suv bosgan. Suvda hamma narsani uchratishingiz mumkin: yog'och bo'laklaridan torib, oziq-ovqat mahsulotlarigacha. Lekin o'zingizga kerakli narsani qidirib topguningizgacha, ancha energiyani sarf etasiz.

Tartibsiz o'rganish jarayoni ham xuddi shu toshqindek gap. Miyangizda barcha bilim bo'lishi mumkin, lekin kerakli vaqt tezkorlik bilan ishlata olmaysiz. Ortiqcha vaqt va energiya sarf etasiz.

Shu sababdan, o'rganayotgan bilimingizni to'g'ri tasniflashga odatlaning. Bu odat bora-bora sizga tahlil jarayonida asqatishni boshlaydi.

Masalan, bugungi mavzu so'z birikmasi. Dars vaqtida siz o'z tasavvuringizda bir kitob javonini paydo qilib, berilayotgan ma'lumotlarni tartib bilan, xuddi kutubxonada kitoblar qanday tartibda joylashsa, shu tartibda joylab borishga harakat qiling.
Mavzuga qaytamiz. Demak, so'z birikmasi. Boyagi tasavvurimizdagi javonning eng yuqori qavatiga so'z birikmasining tobe va hokim qismdan tashkil topishi degan ma'lumotni joylaymiz va bunga tegishli bo'lgan qolgan barchasini unga ilova qilamiz.
Javonning ikkinchi qavatiga so'z birikmasining hokim qismga nisbatan turlari: fe'lli va otli birikmalar haqidagi ma'lumotlarni joylaymiz.
Keyingi qavatiga esa tobe qismga nisbatan so'z birikmasining turlari: aniqlovchili, holli va to'ldiruvchili birikmalarni.

...

Siz o'zingizda shunday tartibni shakllantirmasangiz, sizga berilgan bilim qanchalik to'g'ri va sifatli bo'lmasin, o'rganish jarayoni sekinlashadi va uning amaliyoti kechikadi.

#maqola

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!

✈️ Telegram |📷 Instagram |🖤 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34❤‍🔥5👏42
"Juda" so'zi haqida

Morfologik jihatdan daraja-miqdor ravishiga mansub bo'lgan bu so'z sifat va ravishlarning belgi bildirish darajasini orttirish uchun (orttirma darajani hosil qilish uchun) ham foydalaniladi.

Shu ikki holat odamni biroz ikkilantiradi. Juda chiroyli, juda shirin kabi birliklar ravish+sifat ko'rinishadimi? Yo'q, albatta.

Juda so'zi yakka holda darajaning ortiqligini ifodalab kelsa, ravish so'z turkumi hisoblanadi. Soddaroq aytadigan bo'lsak, gapda fe'l so'z turkumidagi so'zlarga bog'lanib, harakatning bajarilish darajasining me'yordan ortiqligini ifodalasa, ravish so'z turkumi hisoblanadi: Bugun ishdan juda charchab keldim.

Sifat va ravish so'z turkumlariga mansub belgi bildiruvchi so'zlarning orttirma darajasini hosil qilishda ishtirok etsa, alohida so'z emas, shu orttirma sifat yoki ravishning bo'lagi hisoblanadi. Ya'ni
juda yorug' birligi yaxlit holda orttirma darajadagi sifatdir.

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍24❤‍🔥22
Sinonimlar | Qirg'oq

Qirg'oq, sohil, yoqa, lab, bo'y, chet.
Qurulikning ariq, daryo, dengiz va shu kabilarga tutash, uni chegaralab, turadigan joyi.
Qirg'oq va sohil so'zlari quruqlikning daryo, dengiz kabilarga faqat tutash bo'lgan chegarasini emas, baki undan kengroq hajmdagi qismini ham ifodalaydi.
Yoqa, lab, bo'y, chet so'zlari esa asosan tutash qism (chegara) ni bildiradi.
Yoqa, lab, bo'y, chet so'zlari hamma vaqt ariq, daryo, dengiz kabi so'zlar bilan birga qo'llanadi.
Sohil qirg'oq so'zlari esa bunday so'zlarsiz ham qo'llanadi.

Anhor narigi qirg'oqdagi tolzor tagida yoyilib oqadi. (H. G'ulom)
O'ng qo'lini qo'ygan ko'ksiga,
Qarab turdi tika sohildan.
Shovillardi tubanda dengiz,
Maftun etib shoirni dildan.
(Uyg'un)
Quyosh anhor yoqasidagi tollarni oltinlatgan, toza, yorqin havo ko'zni qamashtiradi. (Oybek)
Shoiringman! Qo'shiq kuyida Vodiylarga tushganda yo'lim, Kanallarning salqin bo'yida Seni eslab, faxr etar ko'nglim (M. Boboyev)
Shahar katta ekan. Bir yog'i daryoki – cheti ko'rinmaydi. (M. Ismoiliy)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍8❤‍🔥2🎉1
ProEducation | O'zbek tili
Quyidagi iboralardan qaysi biri "gapirolmaslik" ma'nosini bildirmaydi?
Izoh:

Dami ichida
– aytadiganini aytolmaydi, tili qisiq: Rayhon qishloqda, qizinikida turgan kunlarda Zumradbibining dami ichida bo'ldi. (H. G'ulom)

Dami kesilmoq – gapi bo'linmoq, so'zlay olmaslik, to'xtab qolmoq: Hubbiboy o'zining "yo'qligidan" shikoyat qilish uchun og'zini juftlasa ham, ammo birdan dami kesilib qoldi. (A. Qodiriy)

Dam turmoq – jim bo'lmoq, tinch, dim turmoq: Dam turing, bitdi quloqlar, lahza jon qurbaqalar. (Muqimiy)

Dam yemoq – damlangandan keyin o'z bug'i bilan yetilmoq: Osh dam yeguncha, piyola necha bor qo'ldan qo'lga o'tdi. (S. Ayniy)

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍76❤‍🔥2
Quyidagi gapda xatolikning qaysi turiga yo'l qo'yilgan? Chernitsov jangchi Azimov qo'lidagi kuyuk nonga razm soldi.
Anonymous Quiz
19%
Imloviy xatolik
37%
So'z qo'llash bilan bog'liq xatolik
17%
Qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq xatolik
27%
Tinish belgisi bilan bog'liq xatolik
👍84❤‍🔥3👎2
Mumtoz adabiyot: aruz ilmi, she'riy san'atlar, g'azal tahliliga doir darslarimiz 19-sentabr kuni "ProEducation | Mumtoz adabiyot" kanalida boshlanadi. Darslarda qatnashish bepul.

Shartlar bilan tanishish uchun pastdagi ko'k yozuv ustiga bosing 👇
https://t.iss.one/proeducation_bepul/96
https://t.iss.one/proeducation_bepul/96
👍5❤‍🔥2🤩1🏆1
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Turkiyada yashab har kuni bitta kitobni o‘qib tugatayotgan bola yozgi taʼtilni o‘tkazish uchun O‘zbekistonga qaytgan va bir varoq ham o‘qimay qo‘ygan.

Yaqinda shu bolakay Turkiyaga qaytib, o‘qishni boshlab olibdi. Otasi yozyapti: "Bolalarning kitob o‘qishida muhit juda-juda muhim ekaniga bugun yana bir bor amin bo‘ldim. 9 yosh o‘g‘lim (3-sinf) butun yoz (75 kun) O‘zbekistonda o‘qiy olmagan 2 ta kitobni (har biri 140 betdan) Turkiyada maktab boshlangach, 5 kundayoq o‘qib tugatdi".

Baʼzan o‘ylab qolaman, bizning iqlimimiz, ovqatlarimiz va suvimiz, umuman, yashash tarzimiz ham kitob o‘qishga xalal bersa kerak deb. Gapim kulgili tuyilmasin, issiqning taʼsiri haqida real tadqiqotlar bor.

Siz nima deb o‘ylaysiz, kitobxon millat bo‘lishimizga qaysi omillar xalal beryapti?
👍46❤‍🔥5👎2🔥1
Sinonimlar | Qarindosh

Qarindosh, urug', avlod, tug'ishgan, jigarm jigarband, jigargo'sha, xesh.
Tug'gan-tug'ishganlik munosabatidagi shaxs yoki shaxslar.

Shu ma'noda qarindosh so'zi keng qo'llanadi Urug', ayniqsa, avlod so'zi kam qo'llanadi.

Qadr bilmas qarindoshdan qadr bilgan yot yaxshi. (Maqol)
Mirzakarimboy o'ylab qoldi: "O'z urug'ingni ishlatish hammadan rohat. Aldaysan, yaxshi gapirasan. Yuraveradi". (Oybek)
Uning maktab tilga oladigan birdan-bir pushti-panohi shu To'raxo'jaboy edi. Fisqi-fujur uyasi bo'lgan bu oila hammasi qoralasa ham, o'z avlodi bo'lgan ana shu katta boyda aslo til tekizmas edi. (P. Tursun)
"Bu odamxo'rlarni qoziga berib, bechora go'dakning xunini olish kerak" , – dedi. Anorgul yig'ili tovushi bilan: "Qozi sizning tug'ishganingizmidi!" , – dedi. (Oydin)
Madamin buni kutmagan bo'lsa kerak, shovqin soldi: "Xizmatkorim emas? Xudoyqul mening jigarim, ammamdan qolgan sag'ir" (P. Tursun)
Nabirasining ochiq chehrasiga boqarkan, jigargo'shasini, ko'zining oq-qorasi farzandi Sobir siymosi xuddi tirilib kelganday butun salobati bilan gavdalanib ketdi.

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍6❤‍🔥2
Kuy va ko'y

Kuy
so'zi "ma'lum bir musiqa asari, ashula, qo'shiq hosil qiluvchi musiqiy tovushlar birligi, ohang" ma'nosida qo'llanadi.

Ko'y so'zi esa eskirgan so'zlar qatoriga kirib, hozirda faqatgina ko'cha so'zi bilan juft so'z holida ishlatiladi. "Ko'cha, yo'l, mahalla" kabi ma'nolarni bildiradi.

Bu so'zlar ushbu ma'nolari bilan bir-biri bilan tubdan farq qilishi ko'rinib turibdi. Lekin ularda ikki xil o'xshashlik mavjud. Biri fonetik, ikkinchisi leksik.

Fonetik jihatdan talaffuzdagi o'xshashlikni nazarda tutmoqdaman. Birgina fonema orqali bir-biridan farqlanuvchi bu so'zlar talaffuzi juda o'xshash.

Leksik jihatdan bu so'zlar "biror narsa dardi, savdosi, harakatida bo'lmoq", shuningdek "ahvolda, holatda" kabi ma'nolarni bildirib, o'zaro kesishadi.

Misollar:
Do'stmat tirikchilikning ko'yiga tushdi. (P. Tursun) – [dardida ma'nosida]
Elmurod shu ko'yi yana birmuncha yurgach, to'xtadi-da, yo'l chetidagi bir toshga o'tirdi. (P. Tursun) [ahvolda ma'nosida]

O'n qadoq jo'xori tufayli shu kuyga tushaman, deb Avaz sira o'ylamagan edi. (S. Siyoyev) [ahvolga ma'nosida]
Bir oz hovurdan tushgan Mo'min bo'ynini egib, orqasiga qaytdi va shu kuyi sudralib borib, qo'liga ketmonni oldi. (P. Tursun) [ahvolda ma'nosida]

* "O'zbek tilining izohli lug'ati"dan foydalanildi.

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍8❤‍🔥3
Tahlilingizni osonlashtiramiz

Har bir tilning asosi uning grammatikasi va leksikasi qanchalik to'g'ri tartib solingani bilan belgilanadi.

Grammatika – bu morfologiya va sintaksisdir. Til qurilishi mana shu joyda ikkiga ajraladi.
Morfologiya so'z tuzilishini, uning grammatik ma'nolari va shakllarini, so'z turkumlarini o'rganadi. Sintaksis esa so'z birikmalari va gaplarda so'zlarning o'zaro aloqaga kirishuvini o'rganadi. Morfologiyadagi so'z turkumlari sintaksisga gap bo'lagi holida ko'chadi.

Buni quyidagi vaziyat bilan osonlashtirish mumkin. Har bir inson hayotda o'z pozitsiyasiga ega: oilada ota yoki ona, ishxonada ishchi yoki boshliq, ko'cha-ko'yda piyoda yoki haydovchi, do'konda xaridor yoki sotuvchi...
Turli vaziyatlarda bizning atrofdagilarga nisbatan pozitsiyamiz o'zgaradi, lekin barchasida o'zimiz ishtirok etamiz.

Mavzuga qaytamiz, olma so'zi morfologiyada ot so'z turkumi, sintaksisda ega yoki ot kesim; yashil so'zi morfologiyada sifat, sintaksisda aniqlovchi yoki ot kesim.

Holat:
O'qituvchi tahlil jarayonida:
– Berilgan gapdagi sariq so'zi sintaktik jihatdan aniqlovchi vazifasida kelgan.
Shunda bir o'quvchi:
– Ustoz, sariq sifat emas.
O'qituvchining holati:
🥸🗿

Xulosa. So'zlarga ularning qaysi pozitsiyada ekanligiga ko'ra "murojaat qiling". Shunda siz yuqoridagi kabi hijolatli vaziyatga tushib qolmaysiz.

© Javlonbek Rustamjonov

Aruz darslari
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍14❤‍🔥2
👍9❤‍🔥5👎3
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
6-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Leksikologiya
| O‘z va ko‘chma ma’noli so‘zlar

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍11🔥6❤‍🔥2
"O'ylasam, izlanishlarimiz kabi g'ofilligimiz-da poyonsiz ekan. So'zni eshitamiz, so'zlashni qotiramiz, lekin So'z mag'zini chaqish aksar xayolimizga kelmaydi. Nega shunday deymiz, deya o'zimizga savol bermaymiz. Bu sinoat to'la olam bamisoli olisdagi yulduzlardek noayon qolaveradi. Uzum yedim, "uzum" dedim, bilsam, tokdan uzib yedim, degandek, o'z qo'lim bilan ishkomdan uzum uzaturib, bu so'zning uzmoqdan olingani xayolimga kelgan edi. Axir ungan narsa unum, g'uj o'sgan meva g'ujum, jamiyat tuzilishi tuzum, cho'g'ning qo'ridan qolgan kulni qurum, deymiz. Og'izga solib yutganimiz yutum, tomoqdan qult etib o'tgan suv qultum bo'lganidek ishkomdan uzib yeganimiz uzum bo'ladi-da, deya o'z sodda kashfiyotimdan suyungan edim".

© Erkin Vohidov | So'z latofati

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍23❤‍🔥2🔥2
ProEducation | O'zbek tili
Qaysi qatorda "yer" so'zi bildiradigan ma'no keltirilmagan?
Izoh:

Yer so'zi:

• biror narsaning yoki a'zoning ayrim qismi, o'rni, nuqtasi, joyi: Gilamning bir yerida dog' bor.

• payt, o'rin, sabab kabi munosabatlarni bildiradi: Kutilmagan yerda (paytda) shaharning a'yonlaridan bo'lgan Salim sharbatdor deganning Komilbek ismli o'g'lidan sovchilar kelib qoldi. (A. Qodiriy)

Shuningdek:
• biror narsa band qilib turgan, egallagan o'rin, joy; makon: Hokim cho'zilib yotgan yeridan turib, tashqari chiqdi. (M. Ismoliy)

• qishloq xo'jaligida foydalaniladigan tuproq qatlami, ekin, daraxt va shu kabilar ekiladigan maydon: Men ham dehqon bolasiman... Otam Odil ko'r degan qo'q'onlik boyning yerini ekar edi. (A. Qahhor)

• yer sathining muayyan bir qismi; joy, hudud: Yaradorlarni tezda xavf-vatardasiz yerga olib chiqish zarur bo'lib qoldi. (T. Rustamov)

© O'zbek tilining izohli lug'ati

Aruz darslari
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍11❤‍🔥2🎉1
Kanalimizning yangi obunachilari uchun:

Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 5 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin.
Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi
Fonetika | Test tahlili
Fonetika | Fonetik hodisalar. Bo'g'in. Urg'u
Morfemika | Asos va qo'shimchalar
Takrorlash | Fonetik hodisalar
Takrorlash | Morfemika

Darslar haftaning toq kunlarida soat 21:00da tashkil etiladi.
To'liq taqvim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin 👇

Jadval
👍14❤‍🔥4👌1
Darsimiz yarim soatdan so'ng boshlanadi.

Mavzu: Leksikologiya | O'z va ko'chma ma'noli so'zlar

Qo'shilish uchun pastdagi ko'k yozuv ustiga bosing 👇
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍10❤‍🔥21🔥1🎉1👌1
Live stream started
Boshladik. Fayzimizni bersin 🤲
👍21❤‍🔥42