ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Bepul Kurs _ Mumtoz adabiyot.pdf
63 KB
πŸŽ‰πŸŽ‰πŸŽ‰

Marhamat!
"Bepul Kurs | Mumtoz adabiyot" kursining to'liq jadvali.

Darslar 19-sentabdan boshlanadi.
Har bir mavzu ushbu telegram kanalimizda bo'lib o'tadi.
https://t.iss.one/rustamov_edu
https://t.iss.one/rustamov_edu

Mavzular 3 toifaga ajratilgan:
- Aruz ilmi;
- She'riy san'atlar;
- G'azal.
Haftada 2 marta videodars tashkil etiladi. Har bir darsdan so'ng mustahkamlash uchun maxsus topshiriqlardan iborat viktorina sizga taqdim etiladi.

Kuttirganidan a'lo darslar boshlanish arafasida!
https://t.iss.one/rustamov_edu
https://t.iss.one/rustamov_edu

Darslar maxus yopiq guruhda bo'lib o'tadi. Kurs bepul, faqat qo'shilishning o'z shartlari bor:

1
. ProEducation | O'zbek tili kanaliga obuna bo'lish;
2. Ushbu postni 5ta fanga aloqador guruhga yuboring. Yuborgan xabarlaringizni rasmga olib, @PE_murojaat_bot ga yuboring.

Bundan tashqari grammatika bo'yicha quyidagi ushbu kanalda 3 oylik bepul kurs ham tashkil etilgan:
ProEducation | O'zbek tili
πŸ‘14❀‍πŸ”₯2
30 daqiqadan soΚ»ng darsimizni boshlaymiz. Bugungi darsimizda tahlil mavzularimiz "Fonetik hodisalar" va "Morfemika" bo'ladi.

Darsda qatnashish uchun ko'k yozuv ustiga bosing πŸ‘‡
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
πŸ‘7❀‍πŸ”₯2⚑1
Live stream started
Boshladik. Fayzimizni bersin 🀲
πŸ‘10❀‍πŸ”₯6
Fonetik hodisalar | Test
πŸ‘26❀‍πŸ”₯3πŸ†2πŸ‘€2
Morfemika | Test
πŸ‘20❀‍πŸ”₯4πŸ†1πŸ‘€1
Live stream finished (1 hour)
Fonetik hodisalar | Test tahlili
ProEducation | O'zbek tili
πŸŽ™ Audiodars

Mavzu: Fonetik hodisalar | Test tahlili


Aruz darslari πŸ‘‰ bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘10❀‍πŸ”₯9
Morfemika | Test tahlili
ProEducation | O'zbek tili
πŸŽ™ Audiodars

Mavzu: Morfemika | Test tahlili


Aruz darslari πŸ‘‰ bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❀‍πŸ”₯12πŸ‘6
Sinonimlar | Qomat

Qomat, qad, qad-qomat (qaddi-qomat), bast, bo'y-bast (bo'yi-bast), do'xt, kelbat, soxt, sumbat, soxt-sumbat, andom, bichim. Kishi gavda (tana) tuzilishining yaxlit ko'rinishi.
Andom eskirgan, kitobiy.
Bast, soxt so'zlari yakka holda kam qo'llanadi.
Do'xt so'zi asosan "kelishmoq" fe'li bilan qo'llanadi.

Tojiddin Qosim yengillanib qaddini rostladi va uninng qop-qora, xuddi moylanganday yiltiroq sovuq yuziga tabassum yoyildi. (Oybek)
...es-hushi joyida, qaddi-qomati kelishgan, tan-joni sog', kuch desangiz bitta manman degan yigitning ishini bahuzur qiladigan ayol edi-da! (A. Qahhor)
Yigitlik savlating, bastingga boqib,
Dilimdan quyilib keldi shu she'rim.
(Shuhrat)

Aruz darslari πŸ‘‰ bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘13❀‍πŸ”₯2
⏳ 3 kun qoldi...

Mumtoz adabiyot: aruz ilmi, she'riy san'atlar, g'azal tahliliga doir darslarimiz 19-sentabr kuni "ProEducation | Mumtoz adabiyot" kanalida boshlanadi. Darslarda qatnashish bepul.

Shartlar bilan tanishish uchun pastdagi ko'k yozuv ustiga bosing πŸ‘‡
https://t.iss.one/proeducation_bepul/96
https://t.iss.one/proeducation_bepul/96
❀‍πŸ”₯6πŸ†4πŸ‘3
❓Quyidagi iboralardan qaysi biri "gapirolmaslik" ma'nosini bildirmaydi?
Anonymous Quiz
47%
Dami ichida
12%
Dami kesilmoq
26%
Dam yemoq
15%
Dam turmoq
❀‍πŸ”₯7πŸŽ‰6πŸ‘3⚑1
Tasniflash

O'rganish shunday jarayonki, agar u tartib bilan yo'lga qo'yilmas ekan, o'zlashtirish va olingan bilim amalda ishlatish qiyinlashaveradi.

Suv toshqini bo'lgan shaharchani tasavvur qiling. Ko'chalar suv bosgan. Suvda hamma narsani uchratishingiz mumkin: yog'och bo'laklaridan torib, oziq-ovqat mahsulotlarigacha. Lekin o'zingizga kerakli narsani qidirib topguningizgacha, ancha energiyani sarf etasiz.

Tartibsiz o'rganish jarayoni ham xuddi shu toshqindek gap. Miyangizda barcha bilim bo'lishi mumkin, lekin kerakli vaqt tezkorlik bilan ishlata olmaysiz. Ortiqcha vaqt va energiya sarf etasiz.

Shu sababdan, o'rganayotgan bilimingizni to'g'ri tasniflashga odatlaning. Bu odat bora-bora sizga tahlil jarayonida asqatishni boshlaydi.

Masalan, bugungi mavzu so'z birikmasi. Dars vaqtida siz o'z tasavvuringizda bir kitob javonini paydo qilib, berilayotgan ma'lumotlarni tartib bilan, xuddi kutubxonada kitoblar qanday tartibda joylashsa, shu tartibda joylab borishga harakat qiling.
Mavzuga qaytamiz. Demak, so'z birikmasi. Boyagi tasavvurimizdagi javonning eng yuqori qavatiga so'z birikmasining tobe va hokim qismdan tashkil topishi degan ma'lumotni joylaymiz va bunga tegishli bo'lgan qolgan barchasini unga ilova qilamiz.
Javonning ikkinchi qavatiga so'z birikmasining hokim qismga nisbatan turlari: fe'lli va otli birikmalar haqidagi ma'lumotlarni joylaymiz.
Keyingi qavatiga esa tobe qismga nisbatan so'z birikmasining turlari: aniqlovchili, holli va to'ldiruvchili birikmalarni.

...

Siz o'zingizda shunday tartibni shakllantirmasangiz, sizga berilgan bilim qanchalik to'g'ri va sifatli bo'lmasin, o'rganish jarayoni sekinlashadi va uning amaliyoti kechikadi.

#maqola

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!

✈️ Telegram |πŸ“· Instagram |πŸ–€ You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘34❀‍πŸ”₯5πŸ‘4✍2
​"Juda" so'zi haqida

Morfologik jihatdan daraja-miqdor ravishiga mansub bo'lgan bu so'z sifat va ravishlarning belgi bildirish darajasini orttirish uchun (orttirma darajani hosil qilish uchun) ham foydalaniladi.

Shu ikki holat odamni biroz ikkilantiradi. Juda chiroyli, juda shirin kabi birliklar ravish+sifat ko'rinishadimi? Yo'q, albatta.

Juda so'zi yakka holda darajaning ortiqligini ifodalab kelsa, ravish so'z turkumi hisoblanadi. Soddaroq aytadigan bo'lsak, gapda fe'l so'z turkumidagi so'zlarga bog'lanib, harakatning bajarilish darajasining me'yordan ortiqligini ifodalasa, ravish so'z turkumi hisoblanadi: Bugun ishdan juda charchab keldim.

Sifat va ravish so'z turkumlariga mansub belgi bildiruvchi so'zlarning orttirma darajasini hosil qilishda ishtirok etsa, alohida so'z emas, shu orttirma sifat yoki ravishning bo'lagi hisoblanadi. Ya'ni
juda yorug' birligi yaxlit holda orttirma darajadagi sifatdir.

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘24❀‍πŸ”₯2⚑2