ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Eslatma

Do'zax va jahannam so'zlari ko'chma ma'noda ma'nodosh bo'lsa ham, o'xshatish sifatida ikki xil ma'noda ishlatiladi.

Do'zaxday – juda issiq, azobga soladigan darajada qizish.
M: Tank ichi chindan ham do'zaxday qizib borardi. (O'. Hoshimov)

Jahannamday – qop-qorong'u, qo'rqinchli bo'lib, ko'rinish.
M: Narvon o'ramining bir tomoni jahannamday qop-qorong'u pastlik qa'riga tushirildi. (J. Abdullaxonov)

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👌9👍6❤‍🔥1
Qaysi biri to'g'ri?
____ – yolg'on-yashiq gaplarni o'ylab, to'wib chiqaruvchi, yolg'onchi.
Anonymous Quiz
65%
uydirmachi
35%
uydurmachi
🎉20😐10👍7❤‍🔥4
Kechagi videodarsning taqdimoti, videosi va audiosi platformaning barcha guruhlariga joylandi.

Bugun soat 20:00da esa mavzulashtirilgan 40talik test joylanadi.

Platformaga obuna bo'lish uchun 👇

https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
👍20❤‍🔥2🎉1
Bepul Kurs 3 oy.pdf
65.1 KB
Taqvim reja ushbu faylda 👆

O'tilgan barcha videodarslar hamda ularning sinovlari kanalimizning maxsus platformasiga joylanadi.

Platformadan ro'yxatdan o'tish bepul.

Sharti:
Ushbu postni 5ta fanga aloqador guruhga yuboring. Yuborgan xabarlaringizni rasmga olib, @PE_murojaat_bot ga yuboring.

ProEducation | O'zbek tili
ProEducation | Adabiyot
👍18❤‍🔥3👌2
Qaysi biri to'g'ri?
____ haqiqiy, tabiiy kabi ma'nolarni anglatadi.
Anonymous Quiz
27%
Asil
73%
Asl
👌12👍7❤‍🔥31🏆1
Bepul Kurs | 3 oy

Birinchi darsimizning vazifasi soat 20:00da platformaga joylanadi.

Topshiriqlar soni 32ta.
Savollar soni 100ta. Har bir savol uchun 1 ball beriladi.

Ushbu testning tahlili ertaga bo'lib o'tadi.

Platformaga obuna bo'lish 👇

https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
👍6❤‍🔥21
Bepul Kurs | 3 oy

Birinchi darsimizning vazifasi soat 20:00da platformaga joylanadi.


Topshiriqlar soni 32ta.
Savollar soni 100ta. Har bir savol uchun 1 ball beriladi.

Ushbu testning tahlili ertaga bo'lib o'tadi.


Testga kirish uchun ko'k yozuv ustiga bosing 👇
https://forms.gle/67wrdHYaUMmvskwZ7
https://forms.gle/67wrdHYaUMmvskwZ7
❤‍🔥5👍4👌2🏆2
Sizlardan bir narsani judayam qattiq iltimos qilmoqchiman.

Kanalda yozilgan narsani oʻqib, keyin birorta savol beringlar. Bu xuddi 1-sinf o'quvchisiga qo'shish amalini o'rgatsang-u, 2 ga 3ni qo'shsa, necha bo'ladi, deb so'ragandek bo'lyapti. Sizdan ham o'quvchingiz endi tushuntirgan mavzuyingizni yana qayta so'rasa, bir marta qayta tushuntirasiz, keyin yana so'rasa, asabiylashib so'kib berasiz.

Izohlarda bitta savol 20 marta beriladi. To'g'ri bir marta savol berdim-ku, deyishingiz mumkin. Lekin shuncha odamdan "platformaga qanday kiriladi" degan savol menga 30 kishi bir martadan yozsa, men oʻsha savolni 30 marta o'qiyman.

Men platforma haqida 2 marta videochat qildim, kunda kamida 3-4 marta tushuntiraman. Yuqorini o'qib keyin yozaylik.

Keyin yana bir masala. Biz bir jamoa bo'lib harakat qilayotgan ekanmiz, siz ham guruhda o'qigan savolingizga javob berishingiz mumkin. Sheriklaringizga yordam bering, bahamjihat ishlaylik.

Kanaldagi har bir obunachi alohida-alohida emas, birgalikda, bir oiladek bo'lishi menga ham, sizga ham foydali. Pozitiv kayfiyat uyg'onadi, shu kanal boshqachada kirsam, ko'nglim yorishadi, degan fikr uyg'onadi.

Biz hammamiz shu ilm izidan bir aravaga tushdik. Aravani yurgizish bizdan, dars o'tish, test berish – hammasini biz qilamiz, sizdan yagona yordam o'zaro hamjihatlikni yo'lga qo'yish.

Savol kelsa, ikkilanmay siz ham javob berib ko'ring. Bir-biringiz bilan ilm almashish, tajriba almashish maydoniga aylantirish shu kanalni.

Anchadan beri aytaman deb yurgandim. Shunga ko'payib ketdi, erinmay o'qib chiqsangiz, xursand bo'laman 😊
👍97👌541
Sizlar bilan ishlayotganimdan faxlanaman. Chindan. 🫡

Har doim har bir harakatimni qo'llab-quvvatlagansizlar. Hozir yozganlarimdan keyin izohlarni oʻqib ko'nglim juda yorishdi. (Ishdan och kelgandim, qornim ham to'yib qoldi 😁)

Nimayam deyman, oqibatimizga ko'z tegmasin, jigarlar 🫂
(Endi kanalga jigarlar, jigarlarim deb murojaat qilaman 😊)
👍86👌17❤‍🔥5
Izoh:

To'g'ri tasniflash deb kecha dars davomida bekorga aytmadim.

Ch tovushi hosil bo'lish usuliga ko'ra portlovchi, tarkibiga ko'ra qorishiq.

Tasniflarni to'g'ri ajratib olish bu eng muhimi. Bilimlarimizni xuddi kutubxonadagi kitoblardek joylashtirib borishimiz kerak.

Topshriq:

B va S tovushlari:
- hosil bo'lish o'rniga ko'ra;
- hosil bo'lish usuliga ko'ra;
- ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra;
- ovoz shovqinning miqdoriga ko'ra;
- tarkibiga ko'ra ta'riflarini yozing.

Bu mashqni mustaqil ravishda istalgan tovush bilan bajarishingiz mumkin, jigarlar.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍38❤‍🔥4👀31
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️
Videodars
Soat 21:00da.
Mavzu: Unli va undosh tovushlar tasnifi bo'yicha mavzulashtirilgan test tahlili


Bugungi darsda Siz ham ishtirok etishingiz mumkin. Tahlil davomida sizga ham so'z navbatini beraman va o'z bilimingizni mustahkamlash uchun testni birga yechamiz.

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun
👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream=56d8478e2ee729a161
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream=56d8478e2ee729a161
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream=56d8478e2ee729a161
👍13❤‍🔥22
Bugun kechagi 100ta savolni va agar vaqtimiz yetsa, yana qo'shimcha test materiallari bilan ham tanishamiz.
👌17👍4❤‍🔥3🎉2
Savol:
Qaysi o'xshatish "qattiq jismoniy yoki rihiy azob beradigan darajada ta'sir etish" ma'nosida ishlatiladi?
Anonymous Quiz
54%
ignaday
46%
ilonday
❤‍🔥132👀1
Sinonimlar | Yemoq

Yemoq, tanovul qilmoq, iste'mol qilmoq, totmoq, olmoq, tushirmoq, urmoq, ham qilmoq. Organizmga taom qabul qilmoq.

Tanovul qilmoq, isteʼmol qilmoq kitobiy.
Totmoq oz miqdorda yemoqni ifodalaydi.
Olmoq, tushirmoq, urmoq oddiy so'zlashuvga xos; tushirmoq, urmoq ko'p midqorda yeyishni bildiradi va ma'lum darajada salbiy bo'yoqqa ega.
Ham qilmoq go'dak nutqiga oid.

Ayniqsa palov isidan ko'nglim ketadi... Achchiq narsalar yegim keladi. (A. Qodiriy)
Anvar o'rtaga dasturxon yozib, ikki lagan manti chiqarib qo'ydi, uch kishi qamti o'tirib manti tanovul qildilar. (A. Qodiriy)
Yaqinlarda tabiblarga koʻrsatgan edim, qoningiz oz, qimiz iching, xo'rak oldidan moviz iste'mol qiling deb kengash berdilar. (A. Qodiriy)
Asal totganda qaysi chamanning gulidan yig'ilganini ham bilmaysiz. (A. Eshonov)
Bu yerning odati shunaqa... Qani, olib o'tiring! (P. Tursun)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍14❤‍🔥321
Holat:
– Kanalda bepul kurs boshladim.
– Ooo, zo'r-ku. Attestatsiyami yoki milliy sertifikatgami?
Shu payt men 🤦‍♂️

Bafurja, birorta ham xabarni qoldirmay ko'rib chiqsangiz, bu kanal nomiga mos holda o'zbek tili haqidaligini anglaysiz. Attestatsiya ham Milliy sertifikat ham bilimni baholash uchun ishlab chiqilgan test tizimi. Ikkovida ham sizning o'zbek tilidan bilimingiz baholanadi.

Siz umuman tilni o'rganing, u yog'i o'z-o'zidan boʻlaveradi. Test ajratmaysiz. Tizimini tushunib olsangiz, bo'ldi.

Xulosa: ayam yoshligimda ovqatdan narsa ajratsam: "Qozonga yeydigan narsa tushadi, ajratmay ye!" – der edi. Menda ham shunga o'xshash gap: "Kanalga o'rganadigan narsa tushadi, ajratmay o'rganinglar, jigarlar" 😁
👍65🤓11🤩8👌8❤‍🔥4
Aruz uchun alohida bepul yopiq kanal tashkil etishni rejalashtirib turibman.

Nega yopiq kanal, shu kanalda bersa ham bo'ladi-ku?! degan savol paydo bo'layotgandir.

Javob:
Aruz vazni qiyin va o'rganish uchun murakkab ilm ekanligi sizga ma'lum. Shu sababdan unga tegishli bo'lgan ma'lumotlarni batafsilroq berib, o'rganish xohishi bo'lganlar bilan birga ishlamoqchiman. Bu degani faqatgina test uchun o'qiydiganlar qo'shilishi shart emas, o'zining rivojlanishini xohlaganlar bo'lsa, marhamat.

Menimcha, ko'pchilikka ma'qul g'oya. Yaqin kunlarda rejasini tuzib chiqsam, boshlab yuboramiz.
👍123❤‍🔥92🤔1
Bayt tahlili | Topshiriq

Javoblaringizni izohlarda qoldiring 👇

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍6❤‍🔥3
1 soatdan so'ng darsni boshlaymiz.

Qo'shilish uchun 👇
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream=56d8478e2ee729a161
👍7❤‍🔥1👌1
Bugungi dars avvalgilaridan sizda ham gapirish va test tahlilida ishtirok etish imkoni borligi bilan ajralib turadi.

Test o'qib, tahlil qilish xohishi borlarga navbat beramiz.
👍303❤‍🔥1