❕ Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Ishni o'ng qo'li bilan bajaradigan – ...

Anonymous Quiz
26%
o'ngaqay
74%
o'naqay
👍5🎉2❤🔥1🏆1
ProEducation | O'zbek tili
Bepul Kurs 3 oy.pdf
3 kun qoldi... ⏳
"Bepul Kurs | 3 oy" boshlanishiga uch kun qoldi. Ona tili grammatikasi bo'yicha taqvim rejadagi darslar mana shu kanalda bo'lib o'tadi.

❤🔥12⚡4👍2
Hurmatli obunachilar!
Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga juda katta minnatdorchiligimizni yo'llamoqdaman. Sizlarga rahmat.
Postni tarqatib, skrinshotlarni yuborgan barchaning roʻyxati tuzib borilmoqda. Platformaning yangi guruhi ochilishi bilan sizlarga taklif havolalari yuborilish boshlanadi.
O'tilgan barcha mavzularni yangi guruhga joylab chiqish biroz vaqt olgani bois kuttirib qo'ymoqdamiz. Bu uchun uzr.

👍15❤🔥1
❓O'xshatish...
Insonning va uning umri, bevaqt vafotiga nisbatan qaysi o'xshatish ishlatiladi?
Insonning va uning umri, bevaqt vafotiga nisbatan qaysi o'xshatish ishlatiladi?
Anonymous Quiz
12%
Baliq
88%
Barg
👍13🎉11❤🔥1
ℹ️ O'xshatishlar
Bo'yraday – yuzasi kichik, kichkina, arzimagan.
M: Hammamiz ham bir kun bo'yradek joyga borib yotamiz. (O' Hoshimov)
Bo'taday – bo'zlamoq, qayg'u alamdan zor-zor yig'lamoq.
M: Mendan yiroq tushdi qizg'aldoqday qiz, Beishq dil umrbod bo'taday bo'zlar. (Mirtemir)
© N. Mahmudov | O'zbek tili o'xshatishlarining izohli lug'ati
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!

👍7✍6❤🔥1
Yangi o'quv yilida o'qituvchilarga ilm berish yo'lida sabr va matonat, o'quvchilarga esa kuch-quvvat va zakovat tilab qolaman. Bu o'quv yili barchamizga barakali kelsin!
👍49👏7❤🔥4
Sinonimlar | Ezma
Ezma, ezmachuruk, mijg'ov, lattachaynar, mag'zava. Foydali-foydasiz, mayda gaplarni juda ko'p gapiradigan, shunday gaplar bilan jonga tegadigan sergap.
Lattachaynar, mag'zava oddiy nutqqa xos.
Nuri o'rnidan qo'zg'almasdan sovuqqina so'rashdi. Ezma Yormatning ba'zi savollariga "ha", "yo'q" deb javob berdi. (Oybek)
Tag'in hammasi qayoqdagi ezmachuruklar! Burun Shirinxon bilan Shakarxonni chaqirib, jindek dutor-sutor qilib yayrab olardik, endi undan ham ayrildik. (O. Yoqubov)
"Men, o'zing ham bilarsan, gapning po'stkallasini aytishni yaxshi ko'raman, opangga o'xshab mijg'ov emasman", – dedi O'lmas opa Sanamga.(Sh. Xolmirzayev)
© Azim Hojiyev | Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati

👍5✍2❤🔥1
❓ Qaysi biri to'g'ri?
____ bu so'z aslida arabchada taqadin shakliga ega bo'lib, o'zbek tiliga tovush o'zgarishlari bilan o'tgan va "biror vaziyat tufayli kelib chiqqan talab" ma'nosini bildiradi.

45%
taqazo
55%
taqozo
🎉8👍2❤🔥1
🎉🎉🎉
Erta tongdan yangilik!
Platformamizning uchinchi guruhini ochdik. O'tilgan darslar va viktorinalar joylanishi bilan shartni bajarganlarga taklif havolalarini yuborishni boshlaymiz.
Ro'yxatdagi barchani bugun guruhlarga jamlab olishga harakat qilamiz.
Nasib qilsa, soat 20:00da platforma haqida videochat bo'lib o'tadi. Unda platformadan qanday foydalanish haqida barcha savollarga javob beriladi.

👍26❤🔥1
Hurmatli ustozlar!
Sizlarni yangi 2023-2024 o‘quv yili bilan tabriklaymiz, mashaqqatli, shu bilan birga sharafli kasbingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Ushbu yilda ham sizlar bilan hamkorligimiz davom etadi.
Biz hamisha sizlar uchun mehnat qilamiz!
Rasmiy sahifalarimizga a’zo bo‘ling va do‘stlaringizga ulashing.👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

👍17❤🔥1🔥1
❓ Qaysi biri to'g'ri?
___ iborasi kelib qolar degan umidda kutish ma'nosini bildiradi.
___ iborasi kelib qolar degan umidda kutish ma'nosini bildiradi.
Anonymous Quiz
76%
ko'z tikmoq
24%
ko'z tutmoq
🎉10👀6👍4❤🔥1
ProEducation | O'zbek tili
❓ Qaysi biri to'g'ri?
___ iborasi kelib qolar degan umidda kutish ma'nosini bildiradi.
___ iborasi kelib qolar degan umidda kutish ma'nosini bildiradi.
Izoh:
Ko'z tikmoq – tikilib qaramoq.
Variantlari: ko'zini tikmoq.
M: Gavhar bu odamlarga ko'z tikib borardi. Ana u kassaning oldida turgan kim? (P. Qodirov)
Ko'z tutmoq – kelib qolar degan umidda kutmoq.
Varianti: yo'liga ko'z tutmoq.
M: Sevgani Biryulindan judo bo'lgan Vera faqat otasiga ko'z tutadigan bo'ldi, otadan esa xabar bo'lmasdi. (Sh. Toshmatov)
© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Ko'z tikmoq – tikilib qaramoq.
Variantlari: ko'zini tikmoq.
M: Gavhar bu odamlarga ko'z tikib borardi. Ana u kassaning oldida turgan kim? (P. Qodirov)
Ko'z tutmoq – kelib qolar degan umidda kutmoq.
Varianti: yo'liga ko'z tutmoq.
M: Sevgani Biryulindan judo bo'lgan Vera faqat otasiga ko'z tutadigan bo'ldi, otadan esa xabar bo'lmasdi. (Sh. Toshmatov)
© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍22❤🔥3🌚2👀1
Nega shunday deymiz
Maqol: Amir bo'lsa tamagir, na tovuq qolar, na kulonkir.
Kulonkir – xo'rozning katta jussali bir turi, uni "babaq xo'roz" ham deydilar. "Amir agar tamagir, olg'ich, yulg'ich bo'lsa, uning yasovullari fuqarolarning na tovug'ini qo'yadi, na xo'rozini" demoqchi.
Variant: Ko'p bersang, ozarlar, kam bersang, osarlar; Borma xonga, o'zi kelar molga, borma boyga, o'zi kelar uyga.
Soliq ostida qolib, xonavayron bo'lgan xalq maqollar vositasi bilan ish beruvchilardan, soliq yig'uvchilardan shafqat tilagan, ularni adolatga chaqirgam: Bir qo'ydan ikki teri shilinmas; Ho'kizning terisi ikki qavat bo'lmaydi.
Sh. Shomaqsudov; Sh. Shorahmedov

👍10❤🔥2
Hisobot:
Kanal obunachilarining taklifini inobatga olgan holda "yo'l harakatini" bosqichma-bosqich o'zgartirib bormoqdaman.
Bir vaqtning o'zida ham attestatsiya test sinovlari va milliy test tizimi uchun birdek foydali bo'ladigan ma'lumotlarni ulashib borishgan harakat qilmoqdaman.
Milliy sertifikat olish uchun bo'lib o'tadigan test sinovlarida asosan tilning leksik xususiyatlariga e'tibor qaratiladi, attestatsiya sinovlari esa grammatika urg'u berishi ma'lum.
Shuning uchun yozma ma'lumotlar orqali tilning leksik jihatiga "zarba berish" o'rgatilmoqda.
Nasib qilsa, 6-sentabrdan boshlanadigan darslarimiz ikkala test sinovlari uchun ham foydali bo'ladigan grammatika qismiga qaratiladi.

👍27❤🔥2
Bot sizga avtomat xabar yubormaydi. Biroz kutishingizga to'g'ri keladi. Biz hammaga xabar yuboramiz.
👍17👌6❤🔥1
Skrinshotlarni @pe_murojaat_bot ga yuboring.
❤🔥1