⚡️⚡️⚡️
Videodars
Bugun
21:00da
Mavzu: Ega va ot kesim orasiga tirening qo'yilish. Ega va kesimning moslashuvi.
Shuningdek, test tahlili ham bo'lib o'tadi.
* Kecha bo'lib o'tgan viktorina testini tahlil qilamiz.

👍17❤🔥1
Boyvachcha – boyning o'g'li;
Boyvuchcha – boyning xotini yoki qizi.
Bu so'zlar o'zbekcha "boy" va tojikcha "bola" ma'nosini beruvchi "bacha" so'zining birlashishidan hosil bo'lgan. Keyinchalik talaffuzda "bacha vachcha" shakliga o'zgargan.
© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining etimologik lugʻatidan foydalanildi.
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

⚡5👍5❤🔥1
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 19-savol Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. Ostiga chizilgan birlikni sintaktik jihatdan tahlil qiling. Bepul kurs 👉 bu yerda ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Ona tili
19-savol javobi
Ostiga chizilgan birlik yoyiq atov gap hisoblanadi.
Atov gaplar sodda gaplarning egasi noma'lum gaplar turiga mansub bo'lib, yozuvda ulardan nuqta qo'yiladi. So'zlovchining ichki his-hayojonini tasvirlab beradi.
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!

👍6
ProEducation | O'zbek tili
Har kim o‘z og‘zining qorovuli bo‘lsa, uning nafasi hech qachon bo‘g‘ilmaydi. Ushbu gap haqidagi to'g'ri hukmni aniqlang.
Izoh:
Bosh va ergash gaplar o'zaro nisbiy so'zlar yordamida bog'lansa, gapning turini aniqlash uchun mana shu nisbiy so'zlarga e'tibor qaratishimiz kerak bo'ladi.
Nisbiy so'zlarning savol berilgan qismi ergash gap tarkibida, javob berilgan qismi esa bosh gap tarkibida keladi. Mana shu javob berilgan qismi gapda qanday gap bo'ladi vazifasida kelishiga qarab gapning turi belgilanadi.
Berilgan gapda ergash gap tarkibida har kim so'zi berilgan, unga javob tariqasida bosh gap tarkibida u olmoshi mavjud va bu qaratqich aniqlovchi (uning) vazifasida kelgan.
Demak, gap turi aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap.

👍10
Etimologiya | Joriy
Bu arabcha so'z jarin shakliga ega; o'zbek tiliga n undoshini tashlab, y undoshini qo'shib qabul qilingan: jarin → jariy (joriy); asli ko'p ma'noli jara fe'lining "oqdi" ma'nosi bilan hosil qilingan I bob aniq nisbat sifatdoshi bo'lib, o'zbek tilida "hozir davom etayotgan" ma'nosini anglatadi.
© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining etimologik lug'ati

✍4👍1
Ega ergash gapli qo‘shma gap:
Nisbiy so‘zlar yordamida:
Bosh gap tarkibidagi savolga javob bo‘lgan so‘z gapda ega vazifasida keladi: Kimki ilm urug‘ini sepsa, u ulug‘lik mevasini teradi.
Havola bo‘lakli qo‘shma gap:
Bosh gap tarkibidagi "shu" olmoshi gapda ega vazifasida keladi: Shunisi qiziqki, uyquda ham miya o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi.

👍4
Kesim ergash gapli qo‘shma gap:
Havola bo‘lakli qo‘shma gap:
Bosh gap tarkibidagi "shu" olmoshi gapda kesim vazifasida keladi:
Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz.
Muhammad Yusuf ijodining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o‘qiladi, sodda, xalqchil.

⚡3
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap:
Nisbiy so‘zlar yordamida:
Bosh gap tarkibidagi savolga javob bo‘lgan so‘z gapda aniqlovchi vazifasida keladi: Bu suvni ichgandan so‘ng kim yolg‘on so‘zlasa, uning qulog‘i o‘sib ketarmish.
Havola bo‘lakli qo‘shma gap:
Bosh gap tarkibidagi "shu" olmoshi gapda aniqlovchi vazifasida keladi: Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.

👍5✍2
To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap:
Nisbiy so‘zlar yordamida:
Bosh gap tarkibidagi savolga javob bo‘lgan so‘z gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi: Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor.
Havola bo‘lakli qo‘shma gap:
Bosh gap tarkibidagi "shu" olmoshi gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi: Shuni bilib qo‘yginki, sen suyangan tog‘ning tagi nurab qolgan.

⚡3👍2
Hol ergash gapli qo‘shma gap:
Nisbiy so‘zlar yordamida:
Bosh gap tarkibidagi savolga javob bo‘lgan so‘z gapda hol vazifasida keladi: Oqsoqol qayerda bo‘lsa, o‘sha joyda ish bir tartibda borardi.
Havola bo‘lakli qo‘shma gap:
Bosh gap tarkibidagi "shu" olmoshi gapda hol vazifasida keladi: Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko‘p ediki, so‘rab oxiriga yetolmasday ko‘rindi.
Shuningdek:
Ko’makchili qurilmalar, -sa shart mayli, deb so’zi, ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida.
Oyna opa xatni oxirigacha o‘qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi.
Sizni qo‘rqib ketmasin deb, kechqurun bezovta qilmadik.
Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding.
Kecha boshim og‘riyotgan edi, shuning uchun maktabga bormadim.

🎉4👍1
Ergashgan qo'shma gap turlari .pdf
1.1 MB
Ergashgan qo'shma turlari
*Barchasi bir faylda
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
*Barchasi bir faylda
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
✍3👍1
🎉🎉🎉
Olingan va sayqallangan bilimni ishlatish vaqti yetdi!
BMBA tomonidan tashkil etilgan yozish ko'nikmasini baholash bo'yicha malaka oshirish vaqtida yaxshi tajriba va ko'nikmalarni egallagan edim (buni kanalda e'lon qilinayotgan maqolalardan sezgan bo'lsangiz kerak). Mana shu ko'nikmalar bilan bo'lishgim keldi.
"Bepul Kurs | 3 oy" e'lon qilingach, ko'pchilik milliy sertifikat uchun ham kurs oching, deyishdi. Lekin ularga yo'q deb javob qaytaraman. Chunki bu kanalda boshlanadi va barchaga tekin bo'ladi.
"Bepul Kurs | 3 oy" ProEducation | O'zbek tili kanalida;
Esse va mumtoz adabiyotga bag'ishlangan darslarimiz ProEducation | Adabiyot kanalida bo'lib o'tadi.
O'tilgan barcha videodarslar hamda ularning sinovlari kanalimizning maxsus platformasiga joylanadi.
Platformadan ro'yxatdan o'tish bepul.
Sharti:
Ushbu postni 5ta fanga aloqador guruhga yuboring. Yuborgan xabarlaringizni rasmga olib ushbu post ostida qoldiring, o'zimiz aloqaga chiqamiz.
ProEducation | O'zbek tili
ProEducation | Adabiyot

👍10⚡6🎉3❤🔥2
Bugungi dars ertaga qoldirildi. Noqulaylik uchun uzr.
Unga qadar shular bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
• Qo'shma gap (1-qism)
• Ergashgan qo'shma gaplar
• Murakkab qo'shma gaplar
• So'z birikmalari
• Gap bo'laklari (Ega va Kesim)

❤🔥5👍5
Ko'pchilikning bosh og'rig'i – ma'no ko'chishi.
Tildagi bu hodisani texnika olamidagi klonlashtirishga qiyoslashimiz mumkin.
Klonlashni ilmiy ommabop usulda tushuntirish orqali ma'no ko'chishiga ham ozgina oydinlik kiritib o'taman.
Klonlash – bu biror o'simlik yoki hayvonning xuddi o'ziga o'xshash ikkinchi nusxasini yaratishdir. Bu jarayon orqali hosil qilingan namunada haqiqiy hayvondagidek qo'l, oyoq, hatto genlari ham o'xshash bo'ladi va haqiqiysidan deyarli farq qilmaydi.
Ma'no ko'chirish ham xuddi so'zlarni nusxasini yasashdek gap. Tirik organizmlarning ma'lumotlari DNKda saqlansa, so'zlarning ma'lumotlari ularning ma'nosida saqlanadi. Ma'no turli usullar yordamida ko'chirish orqali ko'p ma'noli so'zlar hosil qilinadi.
Lekin bunda bir narsa e'tibor markazida tutishimiz shart. "Klonlangan" so'zlar ma'nosini ochib berish uchun ulardan avval biror so'z kelishi kerak. Masalan, yoqa so'zi kiyimning yoqasini ifodalaydi. Mana shu so'zni metafora usulida ma'nosini ko'chiradigan bo'lsak, daryoning yoqasi holatida ko'chadi. Agar yoqa so'zini qirg'oq, sohil ma'nosida ishlatmoqchi bo'lsangiz, bu so'z oldidan daryo so'zini ishlatishingiz kerak bo'ladi, aks holda bosh ma'no, ya'ni kiyimning yoqasi tushunilishi mumkin.
Misollar:
Odamning qulog'i (bosh ma'no) – qozonning qulog'i (ko'chma ma'no;
Itning dumi (bosh ma'no) – samalyotning dumi (ko'chma ma'no);

👍8
⚡️⚡️⚡️
Videodars
Bugun
21:00da
Mavzu: Ega va ot kesim orasiga tirening qo'yilish. Ega va kesimning moslashuvi.
Shuningdek, test tahlili ham bo'lib o'tadi.
* Kecha bo'lib o'tgan viktorina testini tahlil qilamiz.
Videodars
Bugun
21:00da
Mavzu: Ega va ot kesim orasiga tirening qo'yilish. Ega va kesimning moslashuvi.
Shuningdek, test tahlili ham bo'lib o'tadi.
* Kecha bo'lib o'tgan viktorina testini tahlil qilamiz.
👍6⚡4
✍4👍3
ProEducation | O'zbek tili
⚡️⚡️⚡️ Videodars Bugun 21:00da Mavzu: Ega va ot kesim orasiga tirening qo'yilish. Ega va kesimning moslashuvi. Shuningdek, test tahlili ham bo'lib o'tadi. * Kecha bo'lib o'tgan viktorina testini tahlil qilamiz.
Bugungi darsimizdan boshlab videodarslarimizda o'zgarish bo'ladi:
1. Har bir dars 20 daqiqadan mavzunining katta-kichikligiga qarab 2 yoki 3 ga bo'lgan holda o'tiladi.
2. Har 20 daqiqalikdan so'ng berilgan ma'lumotlar xulosalanadi va 5 ta test beriladi va tahlil qilinadi.
Bu metod mavzudan e'tiboringizni tortmasligingiz uchun juda muhim deb o'yladim. Chunki uzluksiz 1 soat davomida ekranga shunchaki termulib o'tirgan inson baribir ma'lumotni hammasini qabul qilolmaydi va chalg'iydi. Shuni inobatga olgan holda ishning samarasini oshirish uchun yuqoridagi yangiliklarni biz ham darslarimizga qo'shamiz.
Va har doimgidek dars yakunida test tahlili ham bo'lib o'tadi.

👍24👌3