ProEducation | O'zbek tili
4.62K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Adabiyot
8-savol

Seni ko‘p intizor ettim firoq o‘tig‘a, ey Ka’bam,
Tavofi Ka’bayi maqsuda keldim, dilkashon onam.
Berilgan baytda qanday she'riy san'atlardan foydalanilgan?

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❤‍🔥4
Bu kampir Toshkentda ishlaydigan o‘g‘linikida bir oy turib, yana qishloqqa, boshqa bolalari, nevaralari huzuriga ketayotgan ekan.
Galda qaysi bo'lak ajratilgan?
Anonymous Quiz
16%
ega
25%
aniqlovchi
11%
to'ldiruvchi
48%
hol
👍16❤‍🔥2
Adabiyot kanalning bir kunlik mudarijasi:
Shoir yozuvchilarning hayoti va ijodi haqida qiziqarli faktlar;
Kitobxonlik vaqti;
Badiiy matnlar tahlili;
va eng muhimi
Mumtoz adabiyot: g'azal, she'riy san'atlar.

Nasib qilsa, dushanba, 21-avgust sanasidan boshlab
ProEducation | Adabiyot kanalining faoliyati tiklanadi.

Kanalga a'zo bo'ling, u yerda ham o'tilgan mavzularni jamlab qo'yganmiz, dushanbaga qadar tanishib chiqasiz.

ProEducation | Adabiyot
ProEducation | Adabiyot
👍10❤‍🔥4
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
32%
vallamat
68%
vallomat
42👀2👍1
Platformaga kirish taklif bilan chiqqanlar ancha yig'ilib qolgan edi, hozir ularning barchasiga kirish uchun havolalarini tarqatib chiqyapmiz.
Kuttirib qo'yganimiz uchun, uzr.
👍9
Asqotmoq
Asqatmoq

Asqatmoq
. Kerak bo'lmoq, kuniga yaramoq, ish bermoq.

Bo'zdan tikilgan xaltalari yo'lda asqatadigan narsalar bilan liq to'la.. "Yoshlik"
Odam odamga shunaqa paytda asqatmasa, qachon asqatadi? M. Mansurov
Yombi... urush qatnashchisi bo'lgani asqatib, otam zo'rg'a qutulib qolgan ekan. Gazetadan

"O'zbek tilining izohli lug'ati"dan

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❤‍🔥22👍2
ProEducation | O'zbek tili
Bu kampir Toshkentda ishlaydigan o‘g‘linikida bir oy turib, yana qishloqqa, boshqa bolalari, nevaralari huzuriga ketayotgan ekan.
Galda qaysi bo'lak ajratilgan?
Izoh:

Berilgan gapda o'rin holi ajratilgan: qishloqqa, ya'ni boshqa bolalari, nevaralari huzuriga. Ajratilgan bo'lak har doim ham ikki tomonidan vergul bilan ajratilmasligi mumkin. Bunda ya'ni aniqlov bog'lovchisi yordamga keladi.

Bolalari va nevaralari bo'laklari uyushgani uchun ular orasiga vergul qo'yilgan.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
2❤‍🔥2
Bugun
21:00da

Platformaga "Ergashgan qo'shma gaplar" mavzusida 30talik test joylanadi.

Bugundan reytingli testlarimiz ham boshlanadi. Testni ishlab, o'z reytingizni oshirib boring.

Platforma 👉 bu yerda
👍5❤‍🔥3
Platformaga joylangan viktorina
Mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplar


https://forms.gle/9Vui9UcGTTtryEJ9A
❤‍🔥2👍1
Oʻqituvchilar maktabga qaytishsa, faollik oshar, deb o'ylagandim. Negadir men kutgandek emas.
Yozda yaxshi dam olmadingizmi, o'qishga ishtiyoqni uyg'otaylik, hurmatlilarim!
👍16❤‍🔥4🔥3
Holat:
– Kanalda bepul kurs boshladim.
– Ooo, zo'r-ku. Attestatsiyami yoki milliy sertifikatgami?
Shu payt men 🤦‍♂️

Bafurja, birorta ham xabarni qoldirmay ko'rib chiqsangiz, bu kanal nomiga mos holda o'zbek tili haqidaligini anglaysiz. Attestatsiya ham Milliy sertifikat ham bilimni baholash uchun ishlab chiqilgan test tizimi. Ikkovida ham sizning o'zbek tilidan bilimingiz baholanadi.

Siz umuman tilni o'rganing, u yog'i o'z-o'zidan boʻlaveradi. Test ajratmaysiz. Tizimini tushunib olsangiz, bo'ldi.

Xulosa: ayam yoshligimda ovqatdan narsa ajratsam: "Qozonga yeydigan narsa tushadi, ajratmay ye!" – der edi. Menda ham shunga o'xshash gap: "Kanalga o'rganadigan narsa tushadi, ajratmay o'rganinglar" 😁
👍38❤‍🔥4🤓4👌2👏1
ProEducation | O'zbek tili
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Izoh:

Vallamat. Bu so'z valine'mat so'zining so'zlashuv tilida talaffuzda o'zgargan ko'rinishi: vali qismi oxiridagi i tovushi bilan ne'mat qismi boshidagi ne' tovushlari o'rniga la tovushlari aytiladi. Vallamat so'zi ijobiy va salbiy mundarijali ma'noni anglatadi; ijobiy mundarija bilan valiyne'mat so'zi anglatgan ma'noni bildiradi; salbiy mundarija bilan esa "o'zganing narsasi bilan saxiylik qiladigan odam", "birovning moli bilan kattalik qiladigan odam" kabi ma'nolarni bildiradi.


© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining etimologik lugʻati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍43❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qayerdadir o'qigandim: "Bir asar yozuvchining umri, tajribasi. Agar sen bir kitob o'qisang, bitta umrni, ikkita kitob o'qisang, ikkita umrni, o'nta kitob o'qisang, o'nta umrni yashab o'tasan".

O'qimasak, faqat o'z tashvishlarimizga ko'milib, o'zimiz bilan andarmon bo'lib, o'tib ketamiz.

Bizgacha yetib kelgan bilim bu omonat, uni o'rganib, ozgina bo'lsa ham qo'shimcha qo'shib, yoki hech bo'lmasa, o'zgartirmasdan asli holicha kelajak avlodga yetkazish ham ajdodlarimiz mehnatini oqlash bo'ladi.


ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
7👍6❤‍🔥2🕊2
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️
Videochat
Bugun
Soat 21:00da
Mavzu: Murakkab qo'shma gaplar

Darsdan so'ng test tahlili ham bo'lib o'tadi. Testni dars boshlanishiga 2 soat qolganda kanalga joylayman.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍4❤‍🔥21🕊1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
37%
dahlsiz
63%
daxlsiz
❤‍🔥5👍5🕊1
Platformaga obuna bo'lish uchun taklif havolasi yuborildi.
Kuttirganimiz uchun uzr.
4❤‍🔥2🕊1