👍7❤🔥1
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 11-savol 1. Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi. 2. Tarbiya tajriba bilan amalga oshiriladi. Yuqoridagi gaplarni qanday bog'lovchi vosita yordamida qo'shma gapga aylantirish mumkin va u qo'shma gapning qaysi turiga aylanadi? Bepul…
Ona tili
11-savol javobi
• Berilgan gaplar o'zaro bo'lsa, esa so'zlari yordamida bog'lanishi mumkin. Chunki gaplar orasida o'zaro qiyoslash, taqqoslash ma'nosi mavjud. Ta'lim va tarbiya o'zaro qiyoslanmoqda.
• Bu bog'lovchi vositalar bog'langan qo'shma gap turini hosil qiladi.
Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi, tarbiya esa tajriba bilan amalga oshiriladi.
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!

⚡2👍1🤔1
👍7❤🔥1✍1
O'zbek tilining izohli lug'atida:
• Xayrli so'ziga yaxshi, ijobiy, xosiyatli deb ta'rif berilgan.
• Tong so'ziga kun chiqish payti, subhidam, sahar, azon; koʻchma ma'noda esa biror narsaning boshlanish payti, ilk davri.
Kuningizni bizning kanal bilan boshlayotganingizdan biz juda ham mamnunmiz va kun davomida ijobiy kayfiyat berib, bilimingiz oshishi uchun xizmatdamiz.
Xayrli tong, hurmatlilarim! 🌞

👍4❤🔥1⚡1
❕Butun so'zi
So'zlarning shakldoshligi ajoyib hodisa. Birr so'zning boshqa bir ma'noni ham anglatishini topib olsangiz yarim hayrat va yarim hayajon bilan o'sha so'zni o'z lug'atingizga qo'shib qo'yasiz.
Lekin testda bu mavzu boshog'riq.
Ayrim so'zlar borki, ularni grammatik jihatdan ayrim belgilarini aniqlab, ajratib olmasak, ma'nosidan farqlab olishimiz amrimahol.
Bugun shunday so'zlar sirasiga kiruvchi butun so'zini ko'rib chiqamiz.
Ma'lumki, bu so'z mustaqil so'z turkumlaridan olmosh, son va sifat so'z turkumlarida mavjud. Bizga muammo tig'diradigani esa, asosan, sifat va olmosh.
1. Sinmagan, yirtilmagan kabi ma'nolarni ifodalab kelgan butun so'zi sifat so'z turkumiga mansub so'z hisoblanadi: Koʻprik butunmi yoki majaqlab tashlandimi – bu unga qorongʻi. (I. Rahim); Arslonning oʻsha toʻni hali butun, eskirmagan. (S. Zunnunova)
2. O'ringa, paytga nisbatan qo'llangan, yoki sinmaydigan, mavhum jism yoki xalq, aholi so'zlari bilan birga qo'llangan, shuningdek, barcha, hamma so'zlari bilan almasha olgan butun so'zi olmosh hisoblanadi: Butun bir institutda undan chiroyli qiz yoʻq edi. (O. Yoqubov); Sobir butun dunyoni unutgandi, uning atrofida qogʻoz, qalam va aytmoqchi boʻlgan soʻzlardan boʻlak hech narsa yoʻq edi. (O. Moʻminov); Ertalab dalaga joʻnaydi. Butun kun yer haydaydi. (Oybek)
3. Kasr sonlar tarkibidagi, sonning butunini ifodalovchi butun so'zi son so'z turkumiga mansub: ikki butun o'ndan besh.
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

👍5✍1👌1
👍10🔥1
🎉 Sentabrga rejalashtirilgan 3 oylik bepul kursimiz boshlanguniga qadar:
14-avgust – Dushanba: Qo'shma gaplar;
16-avgust – Chorshanba: Takrorlash;
18-avgust – Juma: So'z birikmasi;
21-avgust – Dushanba: Takrorlash;
23-avgust – Chorshanba: Test tahlili.
Shu jadval asosida besh kanalda dars o'tamiz.
Videochat kanalda bo'lib o'tadi, mavzu takrorlash uchun berilgan viktorina test esa platformaga joylanadi.
Platforma haqida batafsil 👉 bu yerda

👍7🔥4
Ona tili
12-savol
1. Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo‘l qo‘ydi.
2. Rahimjon ma’yus holda so‘ri suyanchig‘iga qo‘l qo‘ydi.
Ostiga chizilgan birliklarni:
• morfologik jihatdan;
• sintaktik jihatdan tahlil qiling.

👍2🔥1
🔀 Teskari proporsional yechim
Grammatika quyidagi ikki hodisani arifmetik termin bilan nomlashni joiz topdim. Nega bunday nomlaganimni tushuntirishga harakat qilaman.
Arifmetikada miqdorlar bir-biriga o'zaro teskari (ya'ni biri ortsa, biri kamayadi) holda bog'lanishiga miqdorlarning teskari proporsiyasi deyiladi.
Ona tilida ham:
• ritorik so'qoq gaplar;
• to'ldiruvchi va fe'l so'z turkumining oʻzaro aloqasida shu proporsiyani uchratishimiz mumkin.
Ritorik so'roq gaplar:
- ma'lumki, ritorik so'roq gaplar javob talab qilmaydigan so'roq gaplar turiga mansub, ya'ni javobi o'zi bilan – barchaga ma'lum. Shunday bo'lsa ham, uning javobi kesimning bo'lishli yoki bo'lishsizligiga bog'liq.
Agar ritorik so'roq gapning kesimi tasdiq shaklda bo'lsa, javobi inkor shaklda; agar so'roq gap inkor shaklda bo'lsa, javobi tasdiq shaklda bo'ladi, xuddi yuqoridagi arifmetik hodisaga o'xshab teskari proporsiyada.
Misol uchun:
Gunohlar kirini pushaymonlik va tavba yoshi yuva olishini kim bilmaydi? (hamma biladi)
Yelkasidagi tashvish yuki bilan qayerga sig'adi? (hech qayerga sig'maydi)
To'ldiruvchi va Fe'l:
Vositali toʻldiruvchilar o'timsiz fe'lga, vositasiz toʻldiruvchilar esa o'timli fe'lga bog'lanadi.
Bu usulni o'zim osonroq eslab qolish uchun ishlab chiqqandim: vositali va o'timli + (musbat), vositasiz va o'timsiz - (manfiy).
Musbat bilan musbat, manfiy bilan manfiy o'zaro bog'lanmaydi. Demak, musbat va manfiyni bog'laymiz, ya'ni vositali + o'timsiz, vositasiz + o'timli.

👍5⚡3🔥2
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 12-savol 1. Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo‘l qo‘ydi. 2. Rahimjon ma’yus holda so‘ri suyanchig‘iga qo‘l qo‘ydi. Ostiga chizilgan birliklarni: • morfologik jihatdan; • sintaktik jihatdan tahlil qiling. Bepul kurs 👉 bu yerda…
Ona tili
12-savol javobi
Gaplarda ostiga chizilgan birliklarning biri turg'un, biri erkin birikma hisoblanadi.
- morfologik tahlilga ko'ra birinchi gapdagi qo'l qo'ymoq (ibora) fe'l so'z turkumi, tarkibida o'tgan zamon shakli mavjud; ikkinchi gapda ajratilgan birliklar esa qo'l ot so'z turkumi qo'ydi fe'l.
Eslatma!
Turg'un birikma – bu iboralar.
Erkin birikmalar esa so'z birikmalari va so'z qo'shilmalari.
- sintaktik jihatdan birinchi gapdagi birlik ibora bo'lgani uchun uni yaxlit holda fe'l kesim deymiz (iboralar gapda bitta gap bo'lagi bo'lib keladi).
ikkinchi gapdagi birlik erkin birikma, ya'ni so'z birikmasi bo'lgani uchun – qo'l belgisiz qoʻllangan vositasiz to'ldiruvchi va qo'ydi fe'l kesim deymiz.

👍3🔥1
✍3👍3👎3⚡2❤🔥1🏆1
📙 Etimologiya
Tolqon – qovurilgan nonni tuyib tayyorlanadigan yemish, tuyilgan narsa.
Qadimgi turkiy tilda shu ma'noni anglatgan bu ot tal fe'lining – "yanch" ma'nosidan, "takror" ma'nosini ifodalovchi -qa qo'shimchasi bilan hosil qilingan shaklga -n qo'shimchasini qo'shib yasalgan.
O'zbek tilida a unlisi o ga almashgan.
[ tal + qa + n = talqan » tolqon ]
© Sh. Rahmatullayev | "O'zbek tilining etimologik lug'ati"

👍3✍2⚡1👌1
"Aytgancha" va "Ha" so'zlari bir ma'noda kelishini bilarmidingiz?
Quyida shu haqida ⬇️
Quyida shu haqida ⬇️
🤔3🌚3
Sinonim | Aytgancha
Aytgancha, aytmoqchi, aytganday, darvoqe, rostdan, ha. Aytilayotgan gap so'zlovchining yodiga kelib qolgan gap ekanligini bildiradi.
Aytganday, men sizga ko'rsatgan qopshiqni yechish oldida qozi sandiqdan olib chiqib ketdi. (H. Hakimzoda)
Rostdan, bugun 8-mart-a, joy bersammikin?! ("Mushtum")
Ha, aytganday, rayondan har qaysimizga bir ko'ylaklikdan atlas yuborishdi. (A. Qahhor)
© Azim Hojiyev | "O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati"
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Aytgancha, aytmoqchi, aytganday, darvoqe, rostdan, ha. Aytilayotgan gap so'zlovchining yodiga kelib qolgan gap ekanligini bildiradi.
Aytganday, men sizga ko'rsatgan qopshiqni yechish oldida qozi sandiqdan olib chiqib ketdi. (H. Hakimzoda)
Rostdan, bugun 8-mart-a, joy bersammikin?! ("Mushtum")
Ha, aytganday, rayondan har qaysimizga bir ko'ylaklikdan atlas yuborishdi. (A. Qahhor)
© Azim Hojiyev | "O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati"
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍7✍1
Ertaga soat 21:00da "Qo'shma gaplar" mavzusida videochat bo'lib o'tadi.
Shu yerda. ProEducation kanalida.
Chorshanba kuni esa takrorlash uchun berilgan test tahlili ovozli chatda o'tkaziladi. Test esa platformaga joylanadi.
Platformadan ro'yxatdan o'tish bepul.
Batafsil 👉 bu yerda

👍4⚡2
Hovli etagidagi uyasidan eti borib suyagiga yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. Ushbu gapda qanday gap bo'lagi ishtirok etmagan?
Anonymous Quiz
13%
Ega
15%
Aniqlovchi
60%
Toʻldiruvchi
12%
Hol
👍4✍2
ProEducation | O'zbek tili
Hovli etagidagi uyasidan eti borib suyagiga yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. Ushbu gapda qanday gap bo'lagi ishtirok etmagan?
Izoh:
Gap bo'laklari tuzilishiga ko'ra sodda va murakkab gap bo'laklariga ajraladi.
Iboralar uch yoki to'rt so'zdan tashkil topishiga qaramay gap bir gap bo'lagi vazifasida keladi.
Berilgan gapda eti borib suyagiga yopishgan (ozg'in) iborasi aniqlovchi vazifasida kelgan;
It – ega;
Chayqalib-chaqalib – hol;
Chiqib keldi – kesim.
Faqatgina toʻldiruvchi ishtirok etmagan.
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Gap bo'laklari tuzilishiga ko'ra sodda va murakkab gap bo'laklariga ajraladi.
Iboralar uch yoki to'rt so'zdan tashkil topishiga qaramay gap bir gap bo'lagi vazifasida keladi.
Berilgan gapda eti borib suyagiga yopishgan (ozg'in) iborasi aniqlovchi vazifasida kelgan;
It – ega;
Chayqalib-chaqalib – hol;
Chiqib keldi – kesim.
Faqatgina toʻldiruvchi ishtirok etmagan.
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
🔥9👍4⚡3
So'rovnoma:
Kanal obunachilari, asosan, kimlar tashkil etishini aniqlash maqsadida ushbu so'rovnoma o'tkazilmoqda.

Anonymous Poll
72%
Men oʻqituvchiman.
14%
Men maktab oʻquvchisiman.
8%
Men talabaman.
6%
Ham o'qituvchi, ham talabaman.
👍7
Ona tili
13-savol
Umrimda bormagan joyimga qanaqa qilib boraman?
Berilgan gapda qanday gap bo'laklari ishtirok etgan?

👍2👀1