ProEducation | O'zbek tili
4.59K subscribers
2.22K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
🌍Maqsadga mashaqqatsiz yetish mumkin?

Bir kishi oʻziga vashm (tatuirovka) chizdirmoqchi boʻldi. Bu ishning ustasiga borib: «Mening badanimga surat chizib
qoʻysangiz, iltimos!», dedi.
Vashmchi: «Marhamat, qanday rasm chizay?», deb soʻradi.
Kishi: «Vajohatli sher rasmini chizing, lekin aniq oʻxshasin!», dedi.
Vashmchi: «Sherning rasmini qayeringizga chizay?», deb soʻradi.
U: «Yelkamga», dedi.
Vashmchi ninasini uning yelkasiga botirdi. Shu zahotiyoq kishi dodlab yubordi: «Ey janob, jonimni ogʻritdingiz-ku, qanday rasm chizyapsiz oʻzi?!».
Vashmchi: «Aytganingizdek sher tasvirini chizyapman», dedi.
Kishi: «Xoʻp, sherning qayerini chizyapsiz?».
Vashmchi: «Dumini», dedi.
Kishi: «Mayli, dumsiz boʻla qolsin, meni ortiq qiynamang», dedi.
Vashmchi uning badaniga yana ninasini botirdi, mijoz dod-faryod soldi: «Endi-chi, endi qayerini chizyapsiz?».
«Qulogʻini!», dedi usta.
«Quloqsiz boʻla qolsin. Jonimni ogʻritmay, ishingizni tezroq bitiring», dedi u.
Vashmchi qaytadan ishiga kirishgan ham ediki, kishi yana faryod qildi: «Endi qayerini chizyapsiz?».
Vashmchi: «Qornini».
Kishi: «Jonim azoblanayapti, qornini ham chizmay qoʻya qoling», dedi.
Vashmchi mijozidan ajablanib, ninani uloqtirdi va:
«Bunday holga ilk bor tushishim. Dumsiz, quloqsiz va gavdasiz sherni kim koʻribdi?!», dedi.
Ey birodar! Maqsading yoʻlidagi qiyinchiliklarga sabr qil. Shunda oʻzingning beodob nafsing xohishlaridan qutilasan.
Nafsini poklagan, koʻnglida ilohiy ishq tuygʻusini uygʻotgan, atrofini oydinlatishni oʻrgangan kishi Allohning nuri ila olamga boqadi!
© Jaloliddin RUMIY

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#5 OSON ONA TILI | Test tahlili

👨‍🏫 Javlonbek RUSTAMJONOV

📍@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍1👏1
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
Anonymous Quiz
4%
muayyan, layyoqat
12%
me’mor, be’mor
69%
uddaburon, maddoh
15%
marotaba, faravon
🔥4👏2🤩2
So‘nggi yillarda ko‘plab iste’dodli, bil. . . don
yoshlar xorijga o‘qi. . . uchun jo‘na. . . ilmoqda,
ular. . . yangi. . . ka intilish kuchli bo‘ladi. Ushbu gapdagi nuqtalar o‘rniga mos keluvchi qo‘shimchalar haqidagi xato hukmni aniqlang.
Anonymous Quiz
15%
Ushbu gapda munosabat shakli qo‘shimchasi tushib qolishi kuzatilgan.
41%
Ushbu gapda fe’l yasovchi qo‘shimchaning tushib qolishi kuzatilgan.
27%
Ushbu gapda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchaning tushib qolishi kuzatilgan.
17%
Ushbu gapda ot yasovchi qo‘shimchaning tushib qolishi kuzatilgan.
🔥32👏2🤩1
🔥3👍2👏2🤔1
Yangi yil yangicha format bilan yoki Bepul darslar Marafoni 🎉

Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a'zolari! Yangi yil uchun sovg'ani qabul qilib oling.

⌛️ 3-yanvar, Seshanba kunidan boshlab bir hafta davomida har kuni kech soat 19:00da ko'rishamiz. Barcha mavzular yuqoridagi jadval asosida o'tib boriladi.

❗️Darslarda ishtirok etish uchun hech qanday shartlar yo'q: na bu postni tarqatish, na har xil guruhlarga a'zo bo'lish - hech biri.

Shunchaki, qog'oz, qalamlarni tayyorlab soat 19:00da online bo'lish kifoya!


Qatnashmoqchi bo'lsangiz, izohlarda "+" qoldiring.

➡️ P.s Bu marafon davomida o'tiladigan darslarning darajasi pullik darslardan qolishmaydi. Shunday ekan, bu marafon sizga dahshatli darajada foydali bo'ladi.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56🔥7👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#6 Oson Ona tili | Kirishlar va Kiritmalar

👨‍🏫 Javlonbek RUSTAMJONOV

📍@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏2🎉2
Quyidagi parcha haqidagi to‘g‘ri hukmni
aniqlang.
Yoshlikda egallangan bilim toshga o‘yib yozilgan naqshdir, yoshlikdan ilm olish uchun intilgan inson ulg‘ayganda ham ilmni qadrlaydi.
Anonymous Quiz
15%
Egalar turli so‘z turkumlari bilan ifodalangan.
33%
Barcha to‘ldiruvchilar hokim bo‘lakka to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan.
25%
Holning faqat bir ma’no turi ishtirok etgan.
27%
Aniqlovchilar ega hamda kesimga tobelangan.
4👍2💯2🔥1🤩1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
32%
alaxsimoq
68%
alahsimoq
👍5🔥3👏2🎉2💯1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
11%
baravar
32%
barobar
57%
ikkisi ham, chunki bular variantdosh
👍4🔥4🤔1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
81%
bir zumda
19%
birzumda
🔥4👍3🎉1
⭕️⭕️⭕️Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz obunachilari!

Yakshanba kuni bo'lib o'tgan "Aruz vazni" mavzusidagi ovozli chatimizdan so'ng mavzuni mustahkamlab olish uchun viktorina testi o'tkazishga qaror qildik!

⌛️ Viktorina 30-dekabr, JUMA kuni soat 20:00da
boshlanadi.

Viktorinada ishtirok etishdan avval "Aruz vazni" mavzusidagi ovozli darsni quyidagi link ustiga bosib tinglab olishingiz ham mumkin. 👇
ProEducation
ProEducation


🎲Viktorinada ishtirok etish shartlari oddiy:
🟢Bizning @rustamov_edu kanaliga obuna bo'lasiz;
✈️ Ushbu postni o'zingiz a'zo bo'lgan 3ta guruhga yo'llab, rasmga olib @aruz_dars ga jo'natasiz;
✉️ Google da elektron pochta manziliga ega bo'lishi shart.
💬 Yuqoridagi shartlar bajarilgach sizga maxsus guruh havolasi taqdim etiladi.

Kanal:
@RUSTAMOV_EDU
@RUSTAMOV_EDU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5🔥3👍1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#6 OSON ONA TILI | Test tahlili

👨‍🏫 Javlonbek RUSTAMJONOV

📍@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏1
#bilarmidingiz

Quyushqon nima?

Quyushqon oʻzbek tilida ikki xil ma’noda ishlatiladi:

🫥Egar oldinga siljimasligi uchun ot yoki eshakning dumi ostidan aylantirib, egarga biriktiriladigan, koʻpincha turli bezaklar qadaladigan qayish.

Otning egar qoshi tilladan, yoliga kumush tangalar, quyushqoniga esa sadaflar taqilgan.
J. Sharipov, Xorazm.

🫥Koʻchma ma’noda: biror ish, xatti-harakat, muomala va shu kabilardagi me’yor.

Quyushqondan tashqari ish.

Endi oʻylab-oʻylab, oʻzining quyushqondan tashqari harakat qilganini seza boshladi.
H. Nazir, Suv gadosi – oqpadar...

Quyushqondan chiqmoq iborasi chegaradan, me’yordan chiqmoq; haddan oshmoq ma’nolarini anglatadi:

Yosh rahbarsiz-da, xomroqsiz... quyushqondan chiqqan boshliq odamlarga yoqavermaydi.
S. Siyoyev, Otliq ayol.

Kuldiraman, deb quyushqondan chiqib, me’yordan oshib ketayotgan aktyorlarning ijrosidan ranjimay ilojingiz yoʻq.
Gazetadan.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏1
🔥4👍2👏2
Kimki o’zgarishni uyat, or demas,
Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos.
Ushbu parchada jarangli, portlovchi, shovqinli undosh necha o’rinda qatnashgan?
Anonymous Quiz
15%
4ta
31%
7ta
29%
8ta
25%
6ta
🔥5👍2🎉2🤩1