ProEducation | O'zbek tili
4.8K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
👍 Band (sifat) so'zining paronimi o'git, nasihat ma'nolarini anglatadi.
Anonymous Quiz
57%
To'g'ri
43%
Noto'g'ri
👍4
📚 USTOZLAR FAQAT DARS BERMOQCHI…

Bugungi kunda O‘zbekiston o‘qituvchilari shunchaki dars berish bilan cheklanib qolmayapti. Ular:


- Ko‘p sonli va keraksiz hisobotlar yozadi;
- Tadbir, festival, ko‘rik-tanlovlarga doimiy tayyorlanadi;
- Mahalliy obodonlashtirish ishlariga jalb qilinadi;
- Har xil rasmiy topshiriqlarni “tezlikda” bajaradi;
- Tashkiliy yig‘inlarda ko‘p vaqtini yo‘qotadi;
- Majburiy obuna, chiptalar va hissa to‘lovlar bilan ovora bo‘ladi;
- Va ko‘pincha ishdan keyin ham ishlashga majbur bo‘ladi.


📉 Natijada o‘qituvchi o‘zining eng muhim vazifasi — dars berish, o‘quvchiga sifatli ta’lim berish funksiyasidan uzoqlashadi.

📖 Tadqiqotchi Jon Hattie ta’lim sifatini oshirishda samarali dars berish hal qiluvchi omil ekanini ta’kidlaydi. Lekin ustozni har yoqqa tortayotgan yuklamalar bilan bu qanday amalga oshadi?

❗️ Ustozlar jamiyatda psixolog ham, ijtimoiy xodim ham, madaniyat vakili ham, hatto quruvchi ham bo‘lishga majbur. Ammo bu ularning kasbiy samaradorligini pasaytiradi.

👨🏻‍🏫 O'qituvchilarga ko‘mak, tushunish va kichik minnatdorchilik kerak.
Yuzlab vazifalarni emas, bitta — muhimini bajaraylik: ta’lim berish.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
28👍2❤‍🔥1
👍 Qaysi so'z sinonimik qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
4%
tushkun
6%
g'amgin
89%
siqilish
👍3
👍 Biz nima qilmoqchi bo'lganimiz emas, nimaga erishganimiz muhim. Bizning bugungi harakatlarimiz ertangi kunimizni shakllantiradi.

— Indira Gandi

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34👍1🎉1
ProEducation | O'zbek tili
👍 Biz nima qilmoqchi bo'lganimiz emas, nimaga erishganimiz muhim. Bizning bugungi harakatlarimiz ertangi kunimizni shakllantiradi. — Indira Gandi @rustamov_edu
👍 Toifa imtihonidan oʻtish, sertifikat olish – umuman olganda, oʻz sohangizda biror yutuqqa erishish faqat reja va xayollarda qolib ketmasin. Harakatni bugundan, hozirdan boshlang!

Kuzgi attestatsiya imtihoni uchun guruh tashkillamoqchiman. Tonggi va kechki guruhlarda darslar olib boriladi. Ertaga barchasini rejalashtirib, kanalda e’lon beraman.

Qatnashuvchilar tayyor turing!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥12🎉4🏆3👍1
🚸 BOLALAR ESHITMASA HAM, KUZATISHADI…

"Bolalar sizni eshitmayotganidan xavotir olmang; ular sizni doimo kuzatishayotganidan xavotir oling."

— Robert Fulghum


Bu fikr oddiy, ammo juda chuqur. Biz ko‘pincha bolalarning og‘zaki buyruqlarimizga bo‘ysunmasligidan shikoyat qilamiz. Aslida esa bolalar eshitishdan ko‘ra, ko‘proq kuzatadilar.

🔎 Ular sizning qanday gapirishingizni emas, qanday tutishingizni kuzatadi.
🗣 “Kitob o‘qigin” deymiz, lekin o‘zimiz telefonni qo‘ymasak — ular og‘izdan chiqqan so‘zga emas, ko‘z bilan ko‘rgan odatga ergashadi.


🏫 O‘qituvchilarning har bir qadami, har bir harakati — o‘quvchilar uchun signal. Siz xotirjam bo‘lsangiz, ular ham tinchlanadi. Siz adolatli bo‘lsangiz, ular ham adolatni qadrlaydi. Siz sabr qilsangiz, ular ham o‘rganadi.

🧠 Shunday ekan, eng yaxshi tarbiya bu — o‘rnak bo‘lishdir. So'zlarimiz bilangina emas, o'rnak bo'lish bilan o‘rgataylik.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥6👍1
👍 Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
8%
multi-media
92%
multimedia
👍2
👍 Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
87%
videokuzatuv
13%
video-kuzatuv
👍2
👍 Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
88%
avtoulov
12%
avto-ulov
👍2
#grammatika #imlo

❗️Diqqat qiling

O'zlashma so'zlar tilimizga ikki xil o'zlashtiriladi: biri o'zga tildan ayni holda o'zgarishsiz, ikkinchi usuli so'z-so'z tarjima qilish orqali.

Ikkala holatda ham o'zlashtirilayotgan tilda qanday yozilgan bo'lsa, so'zning imlosi xuddi shunday saqlanib qoladi.

Bu xuddi boshqa tildan so'zni ijaraga olishdek gap: so'zni olasiz, ishlatasiz va o'sha holatida egasiga qaytarasiz, biror joyi o'zgarsa yoki "ziyon yetsa" jarima to'laysiz.

Shuning uchun bu kabi so'zlar imlosi testda bizga qiyinchilik tug'diraveradi, o'zimizning so'zlar kabi osongina yo'rig'imizga yuravermaydi. Yechim esa bitta – bu so'zlarni avval o'qigan, ishlatgan bo'lishingiz kerak. Aks holda, uning imlosi talaffuzga ko'ra taxmin qilish, ko'p ehtimol, xato bo'lib chiqadi.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
3👍3🔥1🤯1
👍 Alomat so'zining ko'chma ma'nosi ayyor ma'nosini anglatadi
Anonymous Quiz
38%
To'g'ri
62%
Noto'g'ri
👍2
👍 Alomat (ot) so'zi sifat so'z turkumidagi so'z bilan shakldoshlik hosil qila oladi
Anonymous Quiz
82%
To'g'ri
18%
Noto'g'ri
👍2
👍 Va'da qilinganidek, bugun soat 21:00da Abdulla Qahhor hikoyalari asosida 40ta testdan iborat viktorina o'tkaziladi.

Test uchun 1 soat vaqt beriladi!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍7🔥1
👍 Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
93%
tekis
7%
tekkis
👍2
👍 Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
9%
fuqoro
91%
fuqaro
👍31🏆1
👍 Qaysi so'z sinonimik qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
5%
soxta
4%
qalbaki
91%
sifatsiz
👍2
👍 Qaysi so'z sinonimik qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
12%
og'ir
47%
qattiq
42%
mashaqqat
👍2
👍 Qaysi so'z sinonim qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
8%
oson
6%
sodda
8%
jo'n
78%
hech biri
👍2
👍 Qaysi so'z sinonimik qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
3%
mute
2%
qaram
94%
gado
👍2