ProEducation | O'zbek tili
4.83K subscribers
2.2K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
#grammatika #morfologiya

👍 KFSQ sodda fe'l yoki qo'shma

Nutqimizda stilistik jihatdan keng ko'lamli ish bajaruvchi ko'makchi fe'llar yetakchi fe'llar bilan birga ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi hosil qilishidan xabaringiz bor: o'qib chiqmoq, gapirib yurmoq, yura boshlamoq.

Ayrimlarimiz KFSQ bilan qo'shma fe'lni farqlashga qiynalamiz. Xususan, ularning tuzilishiga ko'ra turi ham biroz chalkashlikka sabab bo'ladi. Chunki ikkisi ham fe'l+fe'l qolipiga ega.

Lekin e'tibor berishimiz kerak bo'lgan bir jihat bor: garchi KFSQ ikki fe'lning qo'shilishidan hosil bo'lsa-da, mazmunan bir so'zga teng kelgani uchun tuzilishiga ko'ra sodda fe'l hisoblanadi.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍7
#grammatika #imlo

👍 Takroriy so'zlar imlosi

Takror so'zlar chiziqcha bilan yoziladi. Lekin quyidagi holatlarga e'tiborli bo'ling:

1. Takror so'zlar orasiga -dan chiqish kelishigi qo'shiladigan bo'lsa, chiziqcha qo'yilmaydi: o'zidan o'zi, kattadan katta;
2. Takror so'zlar -dan va -ga kelishiklari yordamida hosil qilinsa, chiziqcha qo'yilmaydi: yildan yilga, kundan kunga


@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
81%
rahnamo
19%
raxnamo
👍3
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
63%
rahna
38%
raxna
👍2🔥2🏆2
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
70%
Farovon
30%
Faravon
3👍1
👍Online tayyorgarlik

Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun kichik guruh (5 kishidan oshmaydi) ga qabul ochildi. Vaqti 20:00.

Darslar haftada 6 kun:
- 3 kun jonli videodars
- 3 kun audiodars.

Kursda barchasi “nol”dan oʻrgatiladi.

Narxi 250 ming soʻm.
Darslar 5-avgustdan boshlanadi.

Kurs vaqti va narxi ma’qul kelgan boʻlsa,
@javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 "Hayotni o‘zgartiruvchi saboq" – har bir kasb egasi bilishi kerak bo‘lgan haqiqat

Bugun bir video ko'rib qoldim (videoni siz bilan ham ulashyapman, garchi ingliz tilida bo'lsa ham, tushunarli tarzda ishlangan). Oddiy, lekin butun fikrimni o‘zgartirib yubordi. Asosiy fikr – hayotdagi ustuvorliklar haqida:

🏌️‍♂️ Golf to‘plari – bu sizning oilangiz, sog‘lig‘ingiz, do‘stlaringiz va yuragingizdagi orzular. Hayotingizning eng muhim qismlari.

🪨 Chig‘anoqlar (toshlar) – bu ishingiz, mashinangiz, uyingiz. Muhim, ammo golf to‘plaridan keyin keladi.

🌪 Qum donalari – kichik, lekin kunimizni to‘ldiradigan mayda ishlardir: cheksiz yozishmalar, bekorchi uchrashuvlar, bandlik illyuziyasi.


Ko‘pchiligimiz aynan shu qumdan boshlaymiz – kunni mayda tashvishlar bilan to‘ldirib yuboramiz. Keyin esa o‘zimizga savol beramiz: "Nega men muhim insonlarimga, zarur ishlarimga vaqt topolmayapman? Nega o'zimni doim charchagan his qilaman?"

❗️Lekin bitta muhim haqiqat bor: Band bo‘lish – samarali bo‘lish degani emas. Maqsadsiz produktivlik – bu shunchaki murakkab kechiktirishdir.

🎯 Xulosa: Avval golf to‘plarini rejalashtiring. Eng aziz odamlarga va eng muhim qadriyatlarga vaqt ajrating.
Keyin chig‘anoqlar – ishlar, uy-ro‘zg‘or – o‘z joyini topadi.
Qum esa... sig‘may qolsa, demak kerak emasdir.


💬 Sizning golf to‘plaringiz nima? Ular uchun vaqt ajrata olyapsizmi yoki qumga cho‘kib ketayapsizmi?

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
66👍2🔥2
👍 Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
66%
bir tomonlama
34%
birtomonlama
👍4
Bugun 21:00da ushbu 3 hikoya asosida 30ta testdan iborat viktorina o'tkaziladi!

@rustamov_edu
👍3🎉1
#mumtoz_adabiyot

❗️E'tibor bering

👍 G'azal tahlil qilish biz o'ylaganimizdan ko'ra murakkab va qiyin bo'lgan jarayon hisoblanadi. Bu xuddi qarshimizda turgan insonning xayolini o'qish bilan barobar. Chunki bu badiiylik ortida shoir nimani o'ylagani va nima haqida yozmoqchi ekanligini topish imkonsiz.

Lekin milliy sertifikat imtihoni namunasidagi testlarda bu darajada chuqurlashish shart emas. Birinchidan, test variantlari sizga ma'lum bayt haqida umumiy tushunchani shakllantirib beradi. Ikkinchidan, she'riy san'atlar va g'azal haqidagi umumiy bilimlarga ega bo'lish ham ishimizni osonlashtiradi. Uchinchidan, g'azal va tasavvuf uchun mutlaq bo'lgan haqiqatlar (oshiq doim azob chekuvchi rolida, yor doim azob beruvchi rolida bo'lishi) ga suyanib tahlil qilish ham bizni to'g'ri javobga yaqinlashtiradi. To'rtinchidan, g'azallar uchun umumiy bo'lgan va barcha shoirlar keng qo'llaydigan o'xshatish (yorning chiroyi quyoshga, oyga qiyoslanishi; yuzi gulga, sochi sunbulga, qaddi sarvga qiyoslashnishi) larni bilib olish ham vaziyatni ancha yengillashtiradi.

Bundan tashqari, biz amal qilishimiz zarur bo'lgan yana bir oddiy, ammo muhim bo'lgan ko'rsatma bor. Bu inversiyani oddiy tartibga o'tkazib olishdir. Ya'ni g'azalda gaplar inversiyaga uchragan holda beriladi. Uni odatdagi tartibga o'tkazib olish g'azalni tushunish va tahlil qilishga ancha qo'l keladi. Hattoki, bu usul orqali siz ma'nosini tushunmayotgan notanish so'zni ham konteks orqali o'rnini yopib ketishingiz yoki konteksdan kelib chiqqan holda so'zning ma'nosini taxmin qilishingiz mumkin bo'ladi.

Bu usul ham darrov ish bermaydi. Ozgina mashq va natija. Sinab ko'ring, albatta, foydasini sezasiz!

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥8👍21
👍 Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
20%
bir yoqlama
80%
biryoqlama
3👍1
👍 Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
69%
birtalay
31%
bir talay
👍3
#grammatika #imlo

❗️Diqqat qiling

Quyidagi holatlarda bir so'zi asosga qo'shib (!) yoziladi:


birakayiga
birato'la
birato'lasi
birdaniga
birhad
birkesar
birlola (naqsh turi)
birnavi
birnikohlilik
biroz
birog'iz
birpas
birqadar
birrav
birsidra
birso'zli
birtalay
birtalaygina
birtaraflama
birtomonlama
birvarakay
birvarakayiga
biryo'la
biryoqlama
birzumda
birzumgina


"O'zbek tili imlo lug'ati" dan

@rustamov_edu
2👍10❤‍🔥31
#grammatika #imlo

❗️Diqqat qiling

Quyidagi holatlarda bir so'zi chiziqcha bilan (!) ajratib yoziladi:


bir-bir
bir-biriga
bir-biroviga
birga-bir
birin-ketin
birin-sirin
birma-bir
biron-bir
birov-birovdan
bir-u bir


"O'zbek tili imlo lug'ati" dan

@rustamov_edu
3👍6
#grammatika #imlo

❗️Diqqat qiling

Quyidagi holatlarda bir so'zi ajratib (!) yoziladi:


bir boshdan
bir daf'a
bir dam
bir dastakli
bir haftalik
bir hijoli
bir ismli
bir jildli
bir karra
bir kun
bir ko'zlik
bir lahza
bir mahal
bir ma'noli
bir me'yorda
bir narsa
bir necha
bir nima
bir onda
bir ovozdan
bir ovozli
bir og'izdan
bir payt
bir qator
bir qavatli
bir qiymatli
bir qiyofali
bir qiyomda
bir safar
bir tipli
bir tomonli
bir tusda
bir uyli
bir xilda
bir xilgi
bir xonali
bir yashar
bir yelkali
bir yillik
bir yoq
bir yoqqa
bir zamon
bir o'qli


"O'zbek tili imlo lug'ati" dan

@rustamov_edu
35👍2
🎓 O‘qituvchilar aslida nimalarga muhtoj?

Ko‘pchilik o‘qituvchilar bu kasbga maqsad va mehr bilan kirishadi. Ammo ular uchun zarur bo‘lgan muhim asil ehtiyojlar — rejalashtirishga vaqt, adolatli ish yuki, rahbariyat yordami — turli yuzaki “qadrlash” ishoralari bilan almashtirilganda, bu maqsad so‘nib boradi.


🔻 O‘zbekistonlik o‘qituvchini charchatadigan omillar:

Har xil obodonlashtirish va xo‘jalik ishlari

Asossiz tekshiruvlar va "ko‘rgazmabop" tadbirlar

Majburiy “ko‘ngilli” obuna va xarajatlar

Rasmiyatchilikka asoslangan malaka oshirish kurslari

Tashqaridan bosim: “reyting uchun” bajariladigan ortiqcha vazifalar

🟢 O‘qituvchilarga aslida nima kerak?

Adolatli maosh

Yordamchi va tushunadigan rahbar

Ish va hayot muvozanati

Muammoli o‘quvchilarga nisbatan qo‘llab-quvvatlash

Rejalashtirish va hamkorlik uchun vaqt

Hurmat va qadrlash

Bajarilishi mumkin bo‘lgan ish hajmi


🧠 RAND’ning 2023-yilgi xalqaro tadqiqotiga ko‘ra, o‘qituvchilarning kasbni tark etishining asosiy sabablari — haddan tashqari ish yuki, rejalashtirish uchun vaqt yetishmasligi va mustaqillik cheklanganligi.

🎯 O‘qituvchini bir chashka choy emas, balki tushunish, ishonch va haqiqatda kerakli yordam ushlab qoladi.

📢 Qachonki biz o‘qituvchilarning haqiqiy ehtiyojlarini anglasak — o‘shanda maktabda farovonlik paydo bo‘ladi.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
3❤‍🔥102👍2
👍 "Yoshi bir xil bo‘lgan barcha bolalarning bir xil materiallardan o'zlashtirishini kutish — bu yoshi bir xil bo‘lgan barcha bolalarning bir xil o‘lchamda kiyim kiyadi degan xulosaga kelishga o‘xshaydi".

— Madeline Hunter

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥6👍3
👍 Ikkinchi viktorina ham yakunlandi!

O'tgan safargi viktorinaga nisbatan ishtirokchilar sonida ham, bildirilgan fikrlarda ham o'sish bor ))

Keyingi viktorina Abdulla Qahhor hikoyalari asosida bo'ladi.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍8