Anonymous Quiz
59%
To'g'ri
41%
Noto'g'ri
⚡3👍2
👍2
Bu soatlab dars berishdan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi. Bu – qalbdan qalbga ta’sir, bir inson hayotining yo‘nalishini o‘zgartirish imkonidir.
🔔 Ish uchun kelish oson. Lekin har kuni yuragingiz bilan darsga kirish — bu jasoratdir.
Nega o‘qituvchilik shunchaki “ish” emas?
1. Bu murabbiylikdir
Yaxshi o‘qituvchi faqat mavzuni tushuntirib chiqmaydi. U – fanga qiziqish uyg‘otadi, savolga ochiq bo‘ladi, ishonchsizlikni imkoniyatga aylantiradi.
2. Bu merosdir
Siz bergan kichik maslahat – o‘quvchi hayotida buyuk qarorning negiziga aylanishi mumkin. Yillar o‘tib, u: “Shu gap hayotimni o‘zgartirgan edi,” – deydi.
3. Bu o‘zgarishdir
Siz ko‘rasiz: bugun jim o‘tirgan bola, ertaga qo‘l ko‘taradi. Yordam so‘ramagan bola, sizga yuragini ochadi. Siz ishonmasangiz, u ham ishonmaydi.
4. Bu ta’sirdir
Dunyoni o‘zgartiradigan ixtirochi, shoir, shifokor — bir paytlar maktabda o‘tirgan, siz dars bergan o‘quvchi bo‘lgan.
5. Bu yurak ishi
Qog‘ozda yozilmagan, kontraktda belgilanmagan, lekin har bir harakatingizda seziladigan — chin qalbdan fidoyilik.
Yana bir haqiqat:
Siz aytgan “Sening qo‘lingdan keladi” degan oddiy jumla — kimnidir tanloviga, ishonchiga, kelajagiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Har darsda siz shunchaki bilim emas, umid berasiz.
Har darsda siz shunchaki ko‘rsatma emas, yo‘l ko‘rsatasiz.
Har darsda siz shunchaki o‘qituvchi emassiz — taqdirga ta’sir qiluvchi insonsiz!
Javlonbek Rustamjonov
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤🔥5👍3😁1🫡1
👍4
👍4
👍3
👍3
#grammatika #morfologiya
👍 KFSQ sodda fe'l yoki qo'shma
Nutqimizda stilistik jihatdan keng ko'lamli ish bajaruvchi ko'makchi fe'llar yetakchi fe'llar bilan birga ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi hosil qilishidan xabaringiz bor: o'qib chiqmoq, gapirib yurmoq, yura boshlamoq.
Ayrimlarimiz KFSQ bilan qo'shma fe'lni farqlashga qiynalamiz. Xususan, ularning tuzilishiga ko'ra turi ham biroz chalkashlikka sabab bo'ladi. Chunki ikkisi ham fe'l+fe'l qolipiga ega.
Lekin e'tibor berishimiz kerak bo'lgan bir jihat bor: garchi KFSQ ikki fe'lning qo'shilishidan hosil bo'lsa-da, mazmunan bir so'zga teng kelgani uchun tuzilishiga ko'ra sodda fe'l hisoblanadi.
Javlonbek Rustamjonov
@rustamov_edu
Nutqimizda stilistik jihatdan keng ko'lamli ish bajaruvchi ko'makchi fe'llar yetakchi fe'llar bilan birga ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi hosil qilishidan xabaringiz bor: o'qib chiqmoq, gapirib yurmoq, yura boshlamoq.
Ayrimlarimiz KFSQ bilan qo'shma fe'lni farqlashga qiynalamiz. Xususan, ularning tuzilishiga ko'ra turi ham biroz chalkashlikka sabab bo'ladi. Chunki ikkisi ham fe'l+fe'l qolipiga ega.
Lekin e'tibor berishimiz kerak bo'lgan bir jihat bor: garchi KFSQ ikki fe'lning qo'shilishidan hosil bo'lsa-da, mazmunan bir so'zga teng kelgani uchun tuzilishiga ko'ra sodda fe'l hisoblanadi.
Javlonbek Rustamjonov
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#grammatika #imlo
👍 Takroriy so'zlar imlosi
Takror so'zlar chiziqcha bilan yoziladi. Lekin quyidagi holatlarga e'tiborli bo'ling:
1. Takror so'zlar orasiga -dan chiqish kelishigi qo'shiladigan bo'lsa, chiziqcha qo'yilmaydi: o'zidan o'zi, kattadan katta;
2. Takror so'zlar -dan va -ga kelishiklari yordamida hosil qilinsa, chiziqcha qo'yilmaydi: yildan yilga, kundan kunga
@rustamov_edu
Takror so'zlar chiziqcha bilan yoziladi. Lekin quyidagi holatlarga e'tiborli bo'ling:
1. Takror so'zlar orasiga -dan chiqish kelishigi qo'shiladigan bo'lsa, chiziqcha qo'yilmaydi: o'zidan o'zi, kattadan katta;
2. Takror so'zlar -dan va -ga kelishiklari yordamida hosil qilinsa, chiziqcha qo'yilmaydi: yildan yilga, kundan kunga
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
👍2
👍2🔥2🏆1
⚡2👍1
Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun kichik guruh (5 kishidan oshmaydi) ga qabul ochildi. Vaqti 20:00.
Darslar haftada 6 kun:
- 3 kun jonli videodars
- 3 kun audiodars.
Kursda barchasi “nol”dan oʻrgatiladi.
Narxi 250 ming soʻm.
Darslar 5-avgustdan boshlanadi.
Kurs vaqti va narxi ma’qul kelgan boʻlsa, @javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling!
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bir video ko'rib qoldim (videoni siz bilan ham ulashyapman, garchi ingliz tilida bo'lsa ham, tushunarli tarzda ishlangan). Oddiy, lekin butun fikrimni o‘zgartirib yubordi. Asosiy fikr – hayotdagi ustuvorliklar haqida:
🏌️♂️ Golf to‘plari – bu sizning oilangiz, sog‘lig‘ingiz, do‘stlaringiz va yuragingizdagi orzular. Hayotingizning eng muhim qismlari.
🪨 Chig‘anoqlar (toshlar) – bu ishingiz, mashinangiz, uyingiz. Muhim, ammo golf to‘plaridan keyin keladi.
🌪 Qum donalari – kichik, lekin kunimizni to‘ldiradigan mayda ishlardir: cheksiz yozishmalar, bekorchi uchrashuvlar, bandlik illyuziyasi.
Ko‘pchiligimiz aynan shu qumdan boshlaymiz – kunni mayda tashvishlar bilan to‘ldirib yuboramiz. Keyin esa o‘zimizga savol beramiz: "Nega men muhim insonlarimga, zarur ishlarimga vaqt topolmayapman? Nega o'zimni doim charchagan his qilaman?"
❗️Lekin bitta muhim haqiqat bor: Band bo‘lish – samarali bo‘lish degani emas. Maqsadsiz produktivlik – bu shunchaki murakkab kechiktirishdir.
🎯 Xulosa: Avval golf to‘plarini rejalashtiring. Eng aziz odamlarga va eng muhim qadriyatlarga vaqt ajrating.
Keyin chig‘anoqlar – ishlar, uy-ro‘zg‘or – o‘z joyini topadi.
Qum esa... sig‘may qolsa, demak kerak emasdir.
💬 Sizning golf to‘plaringiz nima? Ular uchun vaqt ajrata olyapsizmi yoki qumga cho‘kib ketayapsizmi?
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡2👍1🔥1
👍1
👍1🎉1
#mumtoz_adabiyot
❗️E'tibor bering
👍 G'azal tahlil qilish biz o'ylaganimizdan ko'ra murakkab va qiyin bo'lgan jarayon hisoblanadi. Bu xuddi qarshimizda turgan insonning xayolini o'qish bilan barobar. Chunki bu badiiylik ortida shoir nimani o'ylagani va nima haqida yozmoqchi ekanligini topish imkonsiz.
Lekin milliy sertifikat imtihoni namunasidagi testlarda bu darajada chuqurlashish shart emas. Birinchidan, test variantlari sizga ma'lum bayt haqida umumiy tushunchani shakllantirib beradi. Ikkinchidan, she'riy san'atlar va g'azal haqidagi umumiy bilimlarga ega bo'lish ham ishimizni osonlashtiradi. Uchinchidan, g'azal va tasavvuf uchun mutlaq bo'lgan haqiqatlar (oshiq doim azob chekuvchi rolida, yor doim azob beruvchi rolida bo'lishi) ga suyanib tahlil qilish ham bizni to'g'ri javobga yaqinlashtiradi. To'rtinchidan, g'azallar uchun umumiy bo'lgan va barcha shoirlar keng qo'llaydigan o'xshatish (yorning chiroyi quyoshga, oyga qiyoslanishi; yuzi gulga, sochi sunbulga, qaddi sarvga qiyoslashnishi) larni bilib olish ham vaziyatni ancha yengillashtiradi.
Bundan tashqari, biz amal qilishimiz zarur bo'lgan yana bir oddiy, ammo muhim bo'lgan ko'rsatma bor. Bu inversiyani oddiy tartibga o'tkazib olishdir. Ya'ni g'azalda gaplar inversiyaga uchragan holda beriladi. Uni odatdagi tartibga o'tkazib olish g'azalni tushunish va tahlil qilishga ancha qo'l keladi. Hattoki, bu usul orqali siz ma'nosini tushunmayotgan notanish so'zni ham konteks orqali o'rnini yopib ketishingiz yoki konteksdan kelib chiqqan holda so'zning ma'nosini taxmin qilishingiz mumkin bo'ladi.
Bu usul ham darrov ish bermaydi. Ozgina mashq va natija. Sinab ko'ring, albatta, foydasini sezasiz!

🔥4