ProEducation | O'zbek tili
4.84K subscribers
2.2K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
ProEducation | O'zbek tili
👍 "Hayotga muhabbat", "O'zbeklar" va "Ot egasi" hikoyalari asosida 30ta savoldan iborat viktorina tayyor! Qachon o'tkazaylik? @rustamov_edu
Hayotga muhabbat.pdf
168.9 KB
👍 Ertaga, 02.08 soat 19:00da ushbu hikoyalar asosida 30ta testdan iborat viktorina o'tkaziladi.

Agar o'qimagan bo'lsangiz, vaqt topib o'qib chiqing. Shu bahona 40ta asardan ozgina-ozgina "yemirish"ni boshlaysiz ))

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🏆211
ProEducation | O'zbek tili
Ot egasi.pdf
👍 Bu hikoyalarni o'qishga imkon topolmay, audio formatini qidirib yurgan bo'lsangiz, YouTube'ga hikoya nomini yozsangiz kifoya. Bir qancha variantda audiokitoblar kelib chiqadi. Bemalol eshitib, testga tayyorlanishingiz mumkin.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
👍 Tana so'zining paronimi "aybni yuzga aytish" ma'nosini anglatadi.
Anonymous Quiz
59%
To'g'ri
41%
Noto'g'ri
3👍2
👍Qaysi so'z sinonimik qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
23%
iymanmoq
66%
andisha
10%
uyalmoq
👍2
👍 O‘qituvchilik — bu shunchaki ish emas, bu chaqiriq

Bu soatlab dars berishdan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi. Bu – qalbdan qalbga ta’sir, bir inson hayotining yo‘nalishini o‘zgartirish imkonidir.

🔔 Ish uchun kelish oson. Lekin har kuni yuragingiz bilan darsga kirish — bu jasoratdir.

Nega o‘qituvchilik shunchaki “ish” emas?

1. Bu murabbiylikdir
Yaxshi o‘qituvchi faqat mavzuni tushuntirib chiqmaydi. U – fanga qiziqish uyg‘otadi, savolga ochiq bo‘ladi, ishonchsizlikni imkoniyatga aylantiradi.

2. Bu merosdir

Siz bergan kichik maslahat – o‘quvchi hayotida buyuk qarorning negiziga aylanishi mumkin. Yillar o‘tib, u: “Shu gap hayotimni o‘zgartirgan edi,” – deydi.

3. Bu o‘zgarishdir
Siz ko‘rasiz: bugun jim o‘tirgan bola, ertaga qo‘l ko‘taradi. Yordam so‘ramagan bola, sizga yuragini ochadi. Siz ishonmasangiz, u ham ishonmaydi.

4. Bu ta’sirdir
Dunyoni o‘zgartiradigan ixtirochi, shoir, shifokor — bir paytlar maktabda o‘tirgan, siz dars bergan o‘quvchi bo‘lgan.

5. Bu yurak ishi
Qog‘ozda yozilmagan, kontraktda belgilanmagan, lekin har bir harakatingizda seziladigan — chin qalbdan fidoyilik.

Yana bir haqiqat:
Siz aytgan “Sening qo‘lingdan keladi” degan oddiy jumla — kimnidir tanloviga, ishonchiga, kelajagiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Har darsda siz shunchaki bilim emas, umid berasiz.
Har darsda siz shunchaki ko‘rsatma emas, yo‘l ko‘rsatasiz.
Har darsda siz shunchaki o‘qituvchi emassiz — taqdirga ta’sir qiluvchi insonsiz
!

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥5👍3😁1🫡1
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
83%
o'zidan o'zi
17%
o'zidan-o'zi
👍5
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
86%
ozmuncha
14%
oz-muncha
👍5
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
16%
tahmin
84%
taxmin
👍4
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
69%
tuhmat
31%
tuxmat
👍3
#grammatika #morfologiya

👍 KFSQ sodda fe'l yoki qo'shma

Nutqimizda stilistik jihatdan keng ko'lamli ish bajaruvchi ko'makchi fe'llar yetakchi fe'llar bilan birga ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi hosil qilishidan xabaringiz bor: o'qib chiqmoq, gapirib yurmoq, yura boshlamoq.

Ayrimlarimiz KFSQ bilan qo'shma fe'lni farqlashga qiynalamiz. Xususan, ularning tuzilishiga ko'ra turi ham biroz chalkashlikka sabab bo'ladi. Chunki ikkisi ham fe'l+fe'l qolipiga ega.

Lekin e'tibor berishimiz kerak bo'lgan bir jihat bor: garchi KFSQ ikki fe'lning qo'shilishidan hosil bo'lsa-da, mazmunan bir so'zga teng kelgani uchun tuzilishiga ko'ra sodda fe'l hisoblanadi.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍7
#grammatika #imlo

👍 Takroriy so'zlar imlosi

Takror so'zlar chiziqcha bilan yoziladi. Lekin quyidagi holatlarga e'tiborli bo'ling:

1. Takror so'zlar orasiga -dan chiqish kelishigi qo'shiladigan bo'lsa, chiziqcha qo'yilmaydi: o'zidan o'zi, kattadan katta;
2. Takror so'zlar -dan va -ga kelishiklari yordamida hosil qilinsa, chiziqcha qo'yilmaydi: yildan yilga, kundan kunga


@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
81%
rahnamo
19%
raxnamo
👍3
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
63%
rahna
37%
raxna
👍2🔥2🏆2
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
70%
Farovon
30%
Faravon
3👍1
👍Online tayyorgarlik

Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun kichik guruh (5 kishidan oshmaydi) ga qabul ochildi. Vaqti 20:00.

Darslar haftada 6 kun:
- 3 kun jonli videodars
- 3 kun audiodars.

Kursda barchasi “nol”dan oʻrgatiladi.

Narxi 250 ming soʻm.
Darslar 5-avgustdan boshlanadi.

Kurs vaqti va narxi ma’qul kelgan boʻlsa,
@javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 "Hayotni o‘zgartiruvchi saboq" – har bir kasb egasi bilishi kerak bo‘lgan haqiqat

Bugun bir video ko'rib qoldim (videoni siz bilan ham ulashyapman, garchi ingliz tilida bo'lsa ham, tushunarli tarzda ishlangan). Oddiy, lekin butun fikrimni o‘zgartirib yubordi. Asosiy fikr – hayotdagi ustuvorliklar haqida:

🏌️‍♂️ Golf to‘plari – bu sizning oilangiz, sog‘lig‘ingiz, do‘stlaringiz va yuragingizdagi orzular. Hayotingizning eng muhim qismlari.

🪨 Chig‘anoqlar (toshlar) – bu ishingiz, mashinangiz, uyingiz. Muhim, ammo golf to‘plaridan keyin keladi.

🌪 Qum donalari – kichik, lekin kunimizni to‘ldiradigan mayda ishlardir: cheksiz yozishmalar, bekorchi uchrashuvlar, bandlik illyuziyasi.


Ko‘pchiligimiz aynan shu qumdan boshlaymiz – kunni mayda tashvishlar bilan to‘ldirib yuboramiz. Keyin esa o‘zimizga savol beramiz: "Nega men muhim insonlarimga, zarur ishlarimga vaqt topolmayapman? Nega o'zimni doim charchagan his qilaman?"

❗️Lekin bitta muhim haqiqat bor: Band bo‘lish – samarali bo‘lish degani emas. Maqsadsiz produktivlik – bu shunchaki murakkab kechiktirishdir.

🎯 Xulosa: Avval golf to‘plarini rejalashtiring. Eng aziz odamlarga va eng muhim qadriyatlarga vaqt ajrating.
Keyin chig‘anoqlar – ishlar, uy-ro‘zg‘or – o‘z joyini topadi.
Qum esa... sig‘may qolsa, demak kerak emasdir.


💬 Sizning golf to‘plaringiz nima? Ular uchun vaqt ajrata olyapsizmi yoki qumga cho‘kib ketayapsizmi?

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
63👍2🔥2
👍 Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
62%
bir tomonlama
38%
birtomonlama
👍2
Bugun 21:00da ushbu 3 hikoya asosida 30ta testdan iborat viktorina o'tkaziladi!

@rustamov_edu
👍1🎉1