ProEducation | O'zbek tili
4.84K subscribers
2.19K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
#mumtoz_adabiyot

👍 Tajnis va iyhom

Mumtoz adabiyotda she'riy san'atlarning o'rni katta. Xususan, biz g'azallarni tahlil qilish uchungina ishlatadigan bir qancha vazifalari bor. Ulardan biri badiiy san'atlar she'rda shoir aytmoqchi bo'lgan gapni qisqartirib, ma'lum qolipga solishdir. Ya'ni she'riy san'atlar g'azal badiiyligini oshiribgina qolmay, shu kabi ko'plab funksional xususiyatlarga ega.

Bu vazifaning yana bir ko'rinishini tajnis va iyhom she'riy san'atlari o'rtasidagi farqda ko'rishimiz mumkin. Ikkisi baytda shakldosh so'zlarni qo'llash orqali badiiylikni oshirishga xizmat qiladi. Ammo tajnisning iyhomdan farqi shundaki, tajnis she'riy san'atini yuzaga chiqarish uchun shakldosh so'zlarni ayni holda ikki misrada ham takror ishlatish zarur. Iyhomda esa bunga hojat yo'q. Masalan:

Boqar ohulayin har yon o'shal ikki qaro ko'zlar,
Hadangi hamzasin otmog' uchun go'yo qaro ko'zlar.


Bu baytdagi takror qo'llangan ko'zlar so'zi tajnis san'atini yuzaga chiqargan. Birinchi misrada yorning qora ko'zlari, ikkinchi misrada esa shu ko'zlarning harakati ifodalangan. Quyidagi baytga e'tibor qarating:

Bosh qo'yay dedim oyog'i tufrog'iga, dedi: "Qo'y"
Bo'sa istab la'li rangin so'rdim, ersa dedi: "Ol"


Bu baytda ostiga chizilgan to'rt so'z shakldoshlikni hosil qilgan, ammo iyhom san'atining mohiyatidan kelib chiqqan holda bir martadan ishlatilgan. Maqsad o'quvchini g'azal mazmunini tahlil qilayotganda shakldosh so'zlar ma'nosining qay biri g'azal mazmuniga mos tushishi haqida fikr yuritishga majburlash va ikkilantirishdan iborat.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
👍 "Hayotga muhabbat", "O'zbeklar" va "Ot egasi" hikoyalari asosida 30ta savoldan iborat viktorina tayyor!

Qachon o'tkazaylik?

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2🏆21
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
5%
muvafaq
95%
muvaffaq
1👍1
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
18%
muxolafat
82%
muxolifat
1👍1
ProEducation | O'zbek tili
👍 "Hayotga muhabbat", "O'zbeklar" va "Ot egasi" hikoyalari asosida 30ta savoldan iborat viktorina tayyor! Qachon o'tkazaylik? @rustamov_edu
Hayotga muhabbat.pdf
168.9 KB
👍 Ertaga, 02.08 soat 19:00da ushbu hikoyalar asosida 30ta testdan iborat viktorina o'tkaziladi.

Agar o'qimagan bo'lsangiz, vaqt topib o'qib chiqing. Shu bahona 40ta asardan ozgina-ozgina "yemirish"ni boshlaysiz ))

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🏆211
ProEducation | O'zbek tili
Ot egasi.pdf
👍 Bu hikoyalarni o'qishga imkon topolmay, audio formatini qidirib yurgan bo'lsangiz, YouTube'ga hikoya nomini yozsangiz kifoya. Bir qancha variantda audiokitoblar kelib chiqadi. Bemalol eshitib, testga tayyorlanishingiz mumkin.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
👍 Tana so'zining paronimi "aybni yuzga aytish" ma'nosini anglatadi.
Anonymous Quiz
59%
To'g'ri
41%
Noto'g'ri
3👍1
👍Qaysi so'z sinonimik qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
23%
iymanmoq
67%
andisha
10%
uyalmoq
👍2
👍 O‘qituvchilik — bu shunchaki ish emas, bu chaqiriq

Bu soatlab dars berishdan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi. Bu – qalbdan qalbga ta’sir, bir inson hayotining yo‘nalishini o‘zgartirish imkonidir.

🔔 Ish uchun kelish oson. Lekin har kuni yuragingiz bilan darsga kirish — bu jasoratdir.

Nega o‘qituvchilik shunchaki “ish” emas?

1. Bu murabbiylikdir
Yaxshi o‘qituvchi faqat mavzuni tushuntirib chiqmaydi. U – fanga qiziqish uyg‘otadi, savolga ochiq bo‘ladi, ishonchsizlikni imkoniyatga aylantiradi.

2. Bu merosdir

Siz bergan kichik maslahat – o‘quvchi hayotida buyuk qarorning negiziga aylanishi mumkin. Yillar o‘tib, u: “Shu gap hayotimni o‘zgartirgan edi,” – deydi.

3. Bu o‘zgarishdir
Siz ko‘rasiz: bugun jim o‘tirgan bola, ertaga qo‘l ko‘taradi. Yordam so‘ramagan bola, sizga yuragini ochadi. Siz ishonmasangiz, u ham ishonmaydi.

4. Bu ta’sirdir
Dunyoni o‘zgartiradigan ixtirochi, shoir, shifokor — bir paytlar maktabda o‘tirgan, siz dars bergan o‘quvchi bo‘lgan.

5. Bu yurak ishi
Qog‘ozda yozilmagan, kontraktda belgilanmagan, lekin har bir harakatingizda seziladigan — chin qalbdan fidoyilik.

Yana bir haqiqat:
Siz aytgan “Sening qo‘lingdan keladi” degan oddiy jumla — kimnidir tanloviga, ishonchiga, kelajagiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Har darsda siz shunchaki bilim emas, umid berasiz.
Har darsda siz shunchaki ko‘rsatma emas, yo‘l ko‘rsatasiz.
Har darsda siz shunchaki o‘qituvchi emassiz — taqdirga ta’sir qiluvchi insonsiz
!

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥5👍3😁1🫡1
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
86%
o'zidan o'zi
14%
o'zidan-o'zi
👍4
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
85%
ozmuncha
15%
oz-muncha
👍4
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
16%
tahmin
84%
taxmin
👍3
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
69%
tuhmat
31%
tuxmat
👍3
#grammatika #morfologiya

👍 KFSQ sodda fe'l yoki qo'shma

Nutqimizda stilistik jihatdan keng ko'lamli ish bajaruvchi ko'makchi fe'llar yetakchi fe'llar bilan birga ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi hosil qilishidan xabaringiz bor: o'qib chiqmoq, gapirib yurmoq, yura boshlamoq.

Ayrimlarimiz KFSQ bilan qo'shma fe'lni farqlashga qiynalamiz. Xususan, ularning tuzilishiga ko'ra turi ham biroz chalkashlikka sabab bo'ladi. Chunki ikkisi ham fe'l+fe'l qolipiga ega.

Lekin e'tibor berishimiz kerak bo'lgan bir jihat bor: garchi KFSQ ikki fe'lning qo'shilishidan hosil bo'lsa-da, mazmunan bir so'zga teng kelgani uchun tuzilishiga ko'ra sodda fe'l hisoblanadi.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#grammatika #imlo

👍 Takroriy so'zlar imlosi

Takror so'zlar chiziqcha bilan yoziladi. Lekin quyidagi holatlarga e'tiborli bo'ling:

1. Takror so'zlar orasiga -dan chiqish kelishigi qo'shiladigan bo'lsa, chiziqcha qo'yilmaydi: o'zidan o'zi, kattadan katta;
2. Takror so'zlar -dan va -ga kelishiklari yordamida hosil qilinsa, chiziqcha qo'yilmaydi: yildan yilga, kundan kunga


@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
84%
rahnamo
16%
raxnamo
👍2
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
63%
rahna
37%
raxna
👍2🔥2