Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun kichik guruh (5 kishidan oshmaydi) ga qabul ochildi. Vaqti 20:00.
Darslar haftada 6 kun:
- 3 kun jonli videodars
- 3 kun audiodars.
Kursda barchasi “nol”dan oʻrgatiladi.
Narxi 250 ming soʻm.
Darslar 5-avgustdan boshlanadi.
Kurs vaqti va narxi ma’qul kelgan boʻlsa, @javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling!
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3⚡1👏1🏆1
#mumtoz_adabiyot
👍 Tajnis va iyhom
Mumtoz adabiyotda she'riy san'atlarning o'rni katta. Xususan, biz g'azallarni tahlil qilish uchungina ishlatadigan bir qancha vazifalari bor. Ulardan biri badiiy san'atlar she'rda shoir aytmoqchi bo'lgan gapni qisqartirib, ma'lum qolipga solishdir. Ya'ni she'riy san'atlar g'azal badiiyligini oshiribgina qolmay, shu kabi ko'plab funksional xususiyatlarga ega.
Bu vazifaning yana bir ko'rinishini tajnis va iyhom she'riy san'atlari o'rtasidagi farqda ko'rishimiz mumkin. Ikkisi baytda shakldosh so'zlarni qo'llash orqali badiiylikni oshirishga xizmat qiladi. Ammo tajnisning iyhomdan farqi shundaki, tajnis she'riy san'atini yuzaga chiqarish uchun shakldosh so'zlarni ayni holda ikki misrada ham takror ishlatish zarur. Iyhomda esa bunga hojat yo'q. Masalan:
Boqar ohulayin har yon o'shal ikki qaro ko'zlar,
Hadangi hamzasin otmog' uchun go'yo qaro ko'zlar.
Bu baytdagi takror qo'llangan ko'zlar so'zi tajnis san'atini yuzaga chiqargan. Birinchi misrada yorning qora ko'zlari, ikkinchi misrada esa shu ko'zlarning harakati ifodalangan. Quyidagi baytga e'tibor qarating:
Bosh qo'yay dedim oyog'i tufrog'iga, dedi: "Qo'y"
Bo'sa istab la'li rangin so'rdim, ersa dedi: "Ol"
Bu baytda ostiga chizilgan to'rt so'z shakldoshlikni hosil qilgan, ammo iyhom san'atining mohiyatidan kelib chiqqan holda bir martadan ishlatilgan. Maqsad o'quvchini g'azal mazmunini tahlil qilayotganda shakldosh so'zlar ma'nosining qay biri g'azal mazmuniga mos tushishi haqida fikr yuritishga majburlash va ikkilantirishdan iborat.
Javlonbek Rustamjonov

👍3
Anonymous Quiz
6%
Davlat nazariga tushishdan cho‘chib, kambag‘alligini bildirishni istamaganidan.
72%
Mehmon oldida or-nomus qilib, o‘zini mutlaqo muhtoj emasdek ko‘rsatishga urinadigan odat tufayli.
17%
Aslida juda boy bo‘lib, atay odamlarga kamtar ko‘rinish uchun o‘zini qashshoq tutish maqsadida.
5%
Qo‘ni-qo‘shnilar hasadini keltirmaslik uchun shunday qilishadi.
👍3
Anonymous Quiz
3%
Hikoya oxirida ular qishloqda qolishga qaror qilishadi.
22%
Voqealar davomida talabalarning dunyoqarashida jiddiy o‘zgarish sodir bo‘lmaydi.
6%
Yakunda ular cho‘pon oilasi bilan janjallashib, aloqani uzishadi.
68%
Oxirida o‘z harakatlarini tahlil qilib, ma’naviy uyg‘onadilar va xatolaridan pushaymon bo‘lishadi.
👍2
Qachon o'tkazaylik?
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2🏆2⚡1
⚡1👍1
⚡1👍1
ProEducation | O'zbek tili
Hayotga muhabbat.pdf
168.9 KB
Agar o'qimagan bo'lsangiz, vaqt topib o'qib chiqing. Shu bahona 40ta asardan ozgina-ozgina "yemirish"ni boshlaysiz ))
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🏆2✍1⚡1
ProEducation | O'zbek tili
Ot egasi.pdf
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Anonymous Quiz
59%
To'g'ri
41%
Noto'g'ri
⚡3👍1
👍2
Bu soatlab dars berishdan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi. Bu – qalbdan qalbga ta’sir, bir inson hayotining yo‘nalishini o‘zgartirish imkonidir.
🔔 Ish uchun kelish oson. Lekin har kuni yuragingiz bilan darsga kirish — bu jasoratdir.
Nega o‘qituvchilik shunchaki “ish” emas?
1. Bu murabbiylikdir
Yaxshi o‘qituvchi faqat mavzuni tushuntirib chiqmaydi. U – fanga qiziqish uyg‘otadi, savolga ochiq bo‘ladi, ishonchsizlikni imkoniyatga aylantiradi.
2. Bu merosdir
Siz bergan kichik maslahat – o‘quvchi hayotida buyuk qarorning negiziga aylanishi mumkin. Yillar o‘tib, u: “Shu gap hayotimni o‘zgartirgan edi,” – deydi.
3. Bu o‘zgarishdir
Siz ko‘rasiz: bugun jim o‘tirgan bola, ertaga qo‘l ko‘taradi. Yordam so‘ramagan bola, sizga yuragini ochadi. Siz ishonmasangiz, u ham ishonmaydi.
4. Bu ta’sirdir
Dunyoni o‘zgartiradigan ixtirochi, shoir, shifokor — bir paytlar maktabda o‘tirgan, siz dars bergan o‘quvchi bo‘lgan.
5. Bu yurak ishi
Qog‘ozda yozilmagan, kontraktda belgilanmagan, lekin har bir harakatingizda seziladigan — chin qalbdan fidoyilik.
Yana bir haqiqat:
Siz aytgan “Sening qo‘lingdan keladi” degan oddiy jumla — kimnidir tanloviga, ishonchiga, kelajagiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Har darsda siz shunchaki bilim emas, umid berasiz.
Har darsda siz shunchaki ko‘rsatma emas, yo‘l ko‘rsatasiz.
Har darsda siz shunchaki o‘qituvchi emassiz — taqdirga ta’sir qiluvchi insonsiz!
Javlonbek Rustamjonov
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤🔥5👍3😁1🫡1
👍4
👍4
👍3
👍3
#grammatika #morfologiya
👍 KFSQ sodda fe'l yoki qo'shma
Nutqimizda stilistik jihatdan keng ko'lamli ish bajaruvchi ko'makchi fe'llar yetakchi fe'llar bilan birga ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi hosil qilishidan xabaringiz bor: o'qib chiqmoq, gapirib yurmoq, yura boshlamoq.
Ayrimlarimiz KFSQ bilan qo'shma fe'lni farqlashga qiynalamiz. Xususan, ularning tuzilishiga ko'ra turi ham biroz chalkashlikka sabab bo'ladi. Chunki ikkisi ham fe'l+fe'l qolipiga ega.
Lekin e'tibor berishimiz kerak bo'lgan bir jihat bor: garchi KFSQ ikki fe'lning qo'shilishidan hosil bo'lsa-da, mazmunan bir so'zga teng kelgani uchun tuzilishiga ko'ra sodda fe'l hisoblanadi.
Javlonbek Rustamjonov
@rustamov_edu
Nutqimizda stilistik jihatdan keng ko'lamli ish bajaruvchi ko'makchi fe'llar yetakchi fe'llar bilan birga ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi hosil qilishidan xabaringiz bor: o'qib chiqmoq, gapirib yurmoq, yura boshlamoq.
Ayrimlarimiz KFSQ bilan qo'shma fe'lni farqlashga qiynalamiz. Xususan, ularning tuzilishiga ko'ra turi ham biroz chalkashlikka sabab bo'ladi. Chunki ikkisi ham fe'l+fe'l qolipiga ega.
Lekin e'tibor berishimiz kerak bo'lgan bir jihat bor: garchi KFSQ ikki fe'lning qo'shilishidan hosil bo'lsa-da, mazmunan bir so'zga teng kelgani uchun tuzilishiga ko'ra sodda fe'l hisoblanadi.
Javlonbek Rustamjonov
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#grammatika #imlo
👍 Takroriy so'zlar imlosi
Takror so'zlar chiziqcha bilan yoziladi. Lekin quyidagi holatlarga e'tiborli bo'ling:
1. Takror so'zlar orasiga -dan chiqish kelishigi qo'shiladigan bo'lsa, chiziqcha qo'yilmaydi: o'zidan o'zi, kattadan katta;
2. Takror so'zlar -dan va -ga kelishiklari yordamida hosil qilinsa, chiziqcha qo'yilmaydi: yildan yilga, kundan kunga

👍1
👍2