ProEducation | O'zbek tili
4.82K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
80%
Hayvonot olami
20%
Hayvonat olami
👍1
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
7%
Ijozad soʻramoq
93%
Ijozat soʻramoq
👍1
#grammatika #sintaksis

❗️E'tibor bering

Ayrimlarimiz so'z-gap va atov gapni farqlashda muammoga duch kelamiz. Hozir ushbu post orqali shu muammoga yechim berishga harakat qilaman.

So'z-gaplar mohiyatan dialogik nutqda (!) ishlatiluvchi tasdiq, inkor, so'roq, taajjub, his-hayajon kabilarni bildiruvchi undov va modal so'zlar bilan ifodalanadi. Bu vazifada, asosan, rasm-rusum undovlari keladi. Masalan:
- Sog'lig'ingiz yaxshimi?
- Rahmat, Tuzukman.
- Ertalab uchrashamiz-da.
- Albatta, Bekatda. Soat 9 da.
- Qabulga birga kiramizmi?
- Yo'q. Avval siz kiring.
- Bo'pti. Ma’qul.
- Oh-o! Savollaringiz tugamaydi-ku. Mayli, marhamat.

Atov gaplar mohiyatan badiiy nutqda o'quvchi yoki tinglovchi uchun voqea-hodisalarni yanada jonli tarzda ifodalash uchun qo'llanadigan so'z yoki so'z birikmasidir. Masalan: 1. Bahor. Kunlar iliqlashgan. 2. Maktab. Yoshligimning iliq davrlari shu dargohda o'tdi. 3. Sentabrning boshlari edi. Talabalikning ilk kunlari edi.

Misollar O. Hamroyevaning kitobidan olindi


Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
2👍1
👍Qari (sifat) soʻzining paronimi osti, tubi ma’nolarini anglatadi.
Anonymous Quiz
67%
Toʻgʻri
33%
Notoʻgʻri
👍2
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
82%
Muttaham
18%
Mutaham
👍2
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
14%
Muttasaddi
86%
Mutasaddi
👍5
👍Yosh (ot) soʻzi qari (sifat) soʻzi bilan zidlik hosil qila oladi.
Anonymous Quiz
54%
Toʻgʻri
46%
Notoʻgʻri
👍5🔥1
👍Online tayyorgarlik

Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun kichik guruh (5 kishidan oshmaydi) ga qabul ochildi. Vaqti 20:00.

Darslar haftada 6 kun:
- 3 kun jonli videodars
- 3 kun audiodars.

Kursda barchasi “nol”dan oʻrgatiladi.

Narxi 250 ming soʻm.
Darslar 5-avgustdan boshlanadi.

Kurs vaqti va narxi ma’qul kelgan boʻlsa,
@javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1🏆1
👍Qaysi soʻz sinonimik qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
3%
Qisqa
20%
Ixcham
38%
Kam
39%
Bu soʻzlar sinonim qator hosil qila olmaydi
👍1
👍Qaysi soʻz sinonimik qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
83%
Kin
7%
Oʻch
9%
Qasd
👍3
👍Online tayyorgarlik

Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun kichik guruh (5 kishidan oshmaydi) ga qabul ochildi. Vaqti 20:00.

Darslar haftada 6 kun:
- 3 kun jonli videodars
- 3 kun audiodars.

Kursda barchasi “nol”dan oʻrgatiladi.

Narxi 250 ming soʻm.
Darslar 5-avgustdan boshlanadi.

Kurs vaqti va narxi ma’qul kelgan boʻlsa,
@javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1🏆1
#mumtoz_adabiyot

👍 Tajnis va iyhom

Mumtoz adabiyotda she'riy san'atlarning o'rni katta. Xususan, biz g'azallarni tahlil qilish uchungina ishlatadigan bir qancha vazifalari bor. Ulardan biri badiiy san'atlar she'rda shoir aytmoqchi bo'lgan gapni qisqartirib, ma'lum qolipga solishdir. Ya'ni she'riy san'atlar g'azal badiiyligini oshiribgina qolmay, shu kabi ko'plab funksional xususiyatlarga ega.

Bu vazifaning yana bir ko'rinishini tajnis va iyhom she'riy san'atlari o'rtasidagi farqda ko'rishimiz mumkin. Ikkisi baytda shakldosh so'zlarni qo'llash orqali badiiylikni oshirishga xizmat qiladi. Ammo tajnisning iyhomdan farqi shundaki, tajnis she'riy san'atini yuzaga chiqarish uchun shakldosh so'zlarni ayni holda ikki misrada ham takror ishlatish zarur. Iyhomda esa bunga hojat yo'q. Masalan:

Boqar ohulayin har yon o'shal ikki qaro ko'zlar,
Hadangi hamzasin otmog' uchun go'yo qaro ko'zlar.


Bu baytdagi takror qo'llangan ko'zlar so'zi tajnis san'atini yuzaga chiqargan. Birinchi misrada yorning qora ko'zlari, ikkinchi misrada esa shu ko'zlarning harakati ifodalangan. Quyidagi baytga e'tibor qarating:

Bosh qo'yay dedim oyog'i tufrog'iga, dedi: "Qo'y"
Bo'sa istab la'li rangin so'rdim, ersa dedi: "Ol"


Bu baytda ostiga chizilgan to'rt so'z shakldoshlikni hosil qilgan, ammo iyhom san'atining mohiyatidan kelib chiqqan holda bir martadan ishlatilgan. Maqsad o'quvchini g'azal mazmunini tahlil qilayotganda shakldosh so'zlar ma'nosining qay biri g'azal mazmuniga mos tushishi haqida fikr yuritishga majburlash va ikkilantirishdan iborat.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
👍 "Hayotga muhabbat", "O'zbeklar" va "Ot egasi" hikoyalari asosida 30ta savoldan iborat viktorina tayyor!

Qachon o'tkazaylik?

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2🏆21
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
5%
muvafaq
95%
muvaffaq
1👍1
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
21%
muxolafat
79%
muxolifat
👍21
ProEducation | O'zbek tili
👍 "Hayotga muhabbat", "O'zbeklar" va "Ot egasi" hikoyalari asosida 30ta savoldan iborat viktorina tayyor! Qachon o'tkazaylik? @rustamov_edu
Hayotga muhabbat.pdf
168.9 KB
👍 Ertaga, 02.08 soat 19:00da ushbu hikoyalar asosida 30ta testdan iborat viktorina o'tkaziladi.

Agar o'qimagan bo'lsangiz, vaqt topib o'qib chiqing. Shu bahona 40ta asardan ozgina-ozgina "yemirish"ni boshlaysiz ))

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🏆211
ProEducation | O'zbek tili
Ot egasi.pdf
👍 Bu hikoyalarni o'qishga imkon topolmay, audio formatini qidirib yurgan bo'lsangiz, YouTube'ga hikoya nomini yozsangiz kifoya. Bir qancha variantda audiokitoblar kelib chiqadi. Bemalol eshitib, testga tayyorlanishingiz mumkin.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3