ProEducation | O'zbek tili
4.81K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
👍Viktorina tayyor!

Soat 19:00 da kanalga viktorina havolasini yuboraman va u 1 soat davomida kanalda saqlanib turadi.

“Garov” va “Hellados” hikoyalari asosida jami 25 ta test.

Yaqinlar va hamkasblarni taklif qilishni unutmang. Bu testdagi faolligingiz keyingi testlarga ham ta’sir qiladi ))

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🏆5
👍 So'nggi milliy sertifikat imtihoni shuni ko'rsatdiki, imtihon topshiruvchilarning mumtoz adabiyot yuzasidan bilimlari ortib bormoqda. Buning belgisi testlarning qiyinlashganida. Avvalgi imtihonlarda g'azalning nazariy qismida taqte, bahrlar haqida so'ralmas edi.

Yakshanba tonggida taqte chizish va bahrlarni aniqlash haqida jonli videodars orqali ma'lumot berish haqida o'ylab qoldim. Menimcha, ko'pchilik uchun muhim va zarur bo'lgan mavzu. Shundaymi?!

❗️Bu ish amalga oshishi uchun Siz tomoningizdan faollik kerak. Ushbu xabarni fanga aloqasi bo'lgan hammaga yuboring va kanal obunachilari soni oshishiga o'z hissangizni qo'shing. Men esa sizning bilimingiz oshishiga hissa qo'shaman.

Sizdan ugina, bizdan bugina. Kelishdikmi 🤝

Barchada ertaga, 02.08.2025 19:00ga qadar vaqt bor. Shu vaqtga qadar 5 daqiqa vaqt sarflab, ushbu xabarni yaqinlaringizga ulashib qo'ying va kanal obunachilari soni oshishiga hissa qo'shing. Dars vaqtini ertaga e'lon qilaman!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍114
ProEducation | O'zbek tili
👍 So'nggi milliy sertifikat imtihoni shuni ko'rsatdiki, imtihon topshiruvchilarning mumtoz adabiyot yuzasidan bilimlari ortib bormoqda. Buning belgisi testlarning qiyinlashganida. Avvalgi imtihonlarda g'azalning nazariy qismida taqte, bahrlar haqida so'ralmas…
👍 Bu ish davomli bo'lishi ham aynan Sizga bog'liq. Agar bu ishingiz yaxshi samara berib, kanal obunachilari oshsa, men keyingi darsimizda esse va shu kabi siz qiynalgan mavzularda bepul dars o'tishni doimiy yo'lga qo'yib boraman!

Takrorlayman: bu Sizning faolligingizga bog'liq. Yuqoridagi xabarni iloji boricha ko'proq tanishlaringizga yuboring!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👌6👍2
👍Test yakunlandi

Bu esa ishtirokchilarning fikrlari. 1 kishidan boshqa hamma keyingi test bo'lishiga ovoz bergan. O'sha "Yo'q" deb javob bergan kishini topib gaplashib qo'yaman 😁

Keyingi test "Hayotga muhabbat", "O'zbeklar" va "Ot egasi" hikoyalaridan bo'ladi. O'qib, tayyorlanib turing!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3😁14
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
24%
Nadomad
76%
Nadomat
👍2
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
56%
Halqum
44%
Xalqum
👍2
👍Qaysi soʻz sinonimik qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
3%
Oʻjar
96%
Savil
2%
Qaysar
👍2
👍 O‘qituvchilikda yo‘l qo‘yilmasligi kerak bo‘lgan 10ta xatti-harakat! 🚫👩‍🏫👨‍🏫

Samarali dars — bu faqat bilim berish emas. Bu – muloqot, tushunish, va ishtirok etishga imkon beruvchi muhit. Ba’zan biz istamay, ehtiyotsizlik bilan o‘quvchining o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni qilamiz.

Quyida eng ko‘p uchraydigan 10 ta xatolik keltirilgan. Ular haqida o‘ylab ko‘ring — sizda qaysi biri bor?

Faqat o‘qituvchining gapirishi
🔸 O‘quvchilarga ham so‘z berilsin. Ular ham fikr bildirsin, savol bersin, bahslashsin.

Darsga tayyorgarliksiz kirish
🔸 Oldindan reja, uslub va ehtimoliy muammolar haqida o‘ylang.

Har xil o‘quv uslublarini e’tiborsiz qoldirish
🔸 Har bir bola turlicha o'rganish uslubiga ega: kimdir ko‘rib, kimdir eshitib, kimdir amaliyot orqali.

Savollarga befarqlik
🔸 “Savoling yaxshi emas” deyish — o‘quvchining ishonchini yo‘qotadi. Savol – bu ishtirok!

Ortiqcha ma’lumot yuklash
🔸 Darsni kichik, tushunarli bo‘laklarga ajrating. Kam, ammo puxta o‘rganilgan bilim foydaliroq.

Noaniq ko‘rsatmalar
🔸 “Shuni bajaring” emas, balki “5 ta gap yozing, har biri sababni tushuntirsin” kabi aniq topshiriqlar bering.

O‘quvchilarni ajratish (yaxshi/ yomon deb)
🔸 Hammani teng ko‘ring. Barcha e’tiborga loyiq.

Foydali fikr-mulohaza bermaslik
🔸 “Yaxshi” demang. “Gaplaringiz aniq, lekin tinish belgilariga e’tibor bering” — ana shunaqa fikrlar o‘stiradi. Ya'ni izoh berish o'quvchi qanday xato qilganligini tushuntiradi.

Moslashuvchanlik yetishmasligi
🔸 Har dars bir xil o‘tmasligi mumkin. Vaziyatga qarab uslubingizni o‘zgartiring.

O‘z-o‘zini tahlil qilishga yo‘l qo‘ymaslik
🔸 O‘quvchi “men nimani o‘rgandim?” deb o‘zidan so‘rashni o‘rganishi kerak.


🎯 Yaxshi o‘qituvchi bu – faqat bilimli odam emas. U — o‘zini kuzatadigan, yangilanishdan cho‘chimaydigan, o‘quvchi yuragiga yo‘l topadigan insondir.

Fikrlaringizni izohda kutaman 👇🏻

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍6
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
80%
Hayvonot olami
20%
Hayvonat olami
👍1
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
7%
Ijozad soʻramoq
93%
Ijozat soʻramoq
👍1
#grammatika #sintaksis

❗️E'tibor bering

Ayrimlarimiz so'z-gap va atov gapni farqlashda muammoga duch kelamiz. Hozir ushbu post orqali shu muammoga yechim berishga harakat qilaman.

So'z-gaplar mohiyatan dialogik nutqda (!) ishlatiluvchi tasdiq, inkor, so'roq, taajjub, his-hayajon kabilarni bildiruvchi undov va modal so'zlar bilan ifodalanadi. Bu vazifada, asosan, rasm-rusum undovlari keladi. Masalan:
- Sog'lig'ingiz yaxshimi?
- Rahmat, Tuzukman.
- Ertalab uchrashamiz-da.
- Albatta, Bekatda. Soat 9 da.
- Qabulga birga kiramizmi?
- Yo'q. Avval siz kiring.
- Bo'pti. Ma’qul.
- Oh-o! Savollaringiz tugamaydi-ku. Mayli, marhamat.

Atov gaplar mohiyatan badiiy nutqda o'quvchi yoki tinglovchi uchun voqea-hodisalarni yanada jonli tarzda ifodalash uchun qo'llanadigan so'z yoki so'z birikmasidir. Masalan: 1. Bahor. Kunlar iliqlashgan. 2. Maktab. Yoshligimning iliq davrlari shu dargohda o'tdi. 3. Sentabrning boshlari edi. Talabalikning ilk kunlari edi.

Misollar O. Hamroyevaning kitobidan olindi


Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
2👍1
👍Qari (sifat) soʻzining paronimi osti, tubi ma’nolarini anglatadi.
Anonymous Quiz
68%
Toʻgʻri
32%
Notoʻgʻri
👍2
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
81%
Muttaham
19%
Mutaham
👍2
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
14%
Muttasaddi
86%
Mutasaddi
👍5
👍Yosh (ot) soʻzi qari (sifat) soʻzi bilan zidlik hosil qila oladi.
Anonymous Quiz
54%
Toʻgʻri
46%
Notoʻgʻri
👍5🔥1