O‘qituvchi sifatida biz har kuni sinfga kiramiz. Dars rejamiz bor, metodimiz bor, nazariyamiz bor... ammo har bir sinf — takrorlanmas bir olam.
Harvard Business Reviewda aytilishicha, tajriba orqali o‘rganish (learning by doing) bilimni 3-4 barobar chuqurroq o‘zlashtirishga olib keladi. Bu ayniqsa o‘qituvchilarga mos tushadi: biz dars beribgina qolmay, har kuni o‘zimiz ham o‘rganamiz.
🎯 Bilim sizga o‘rgatadi:
– Darsni qanday qurish kerak
– Baholash mezonlari qanday bo‘lishi kerak
– O‘quvchi motivatsiyasi nazariy jihatdan qanday boshqariladi
🔥 Tajriba sizga ko‘rsatadi:
– Qachon gapni qisqartirish kerak
– O‘quvchi ko‘zidagi charchoqni qanday payqash
– Darsdagi sukut nimani anglatishini
Va, eng asosiysi — har doim reja bo‘yicha ketavermaslik ham o‘qituvchilikning bir qismidir.
❗️ Amaliy maslahatlar:
1. “Mukammal” darsni kutmang. Harakatdagi dars — eng yaxshi dars.
2. O‘zingizni sinab ko‘ring. Yangi metod? Yangi savol turi? Ularga imkon bering.
3. “Xatolik”ni dushman deb emas, ustoz deb qarang.
4. Har darsdan keyin 1 daqiqa o‘zingizdan so‘rang: Nima ishladi? Nima emas?
👇 Yodda tuting:
Kitoblar – sizga eshikni ko‘rsatadi > Tajriba – o‘sha eshikni ochib kirish > Dars – sizni sinaydi. Ammo aynan shu sinovlar sizni haqiqiy ustozga aylantiradi.
🔁 Shunday ekan:
– Sertifikat oling,
– Malaka oshiring,
– O‘qing, yozing...
Lekin undan ham ko‘proq:
Kiravering sinfga. Savollar bering. Javoblar kuting. Xato qiling. O‘rganing. Takror urinib ko‘ring.
Mo‘jiza — bilim hayotga, g‘oya harakatga aylanganda yuz beradi.
❓Savol: Siz uchun qaysi dars hayotingizdagi eng katta ustoz bo‘lgan? Tajribangizni izohlarda baham ko‘ring! 👇
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1⚡5👍3
👍1
👍3
#grammatika #imlo
❗️Esda saqlang
Milliy sertifikat imtihonida imlo mavzusida tushadigan testlar uchun so'zlar ikki xil usulda tanlanadi:
1. Imlosi qiyin bo'lgan o'zlashma so'zlar;
2. Imlo qoidalariga asosan chalg'ituvchi so'zlar.
Birinchi guruh so'zlarini agar siz avval uchratgan bo'lsangiz yoki omadingiz kelib qolsa, to'g'ri topa olasiz. Lekin bu so'zlarni faqat eshitgan bo'lsangiz, talaffuz orqali to'g'ri yozilgan shaklini topish amrimahol.
Yechim: imtihondan avval o'zingiz uchun mana shunday so'zlardan iborat mini-lug'at shakllantirib boring va uni doimiy ravishda ko'zdan kechirib, to'ldirib yuring.
Ikkinchi guruh so'zlari bilan bog'liq muammoni esa hal qilsa bo'ladi. Test uchun tanlanadigan so'zlar, asosan, qo'shib, ajratib yoki chiziqcha bilan yozish qoidalaridagi bilimlaringizni tekshirishga qaratilgan. Quyida shu qoidalarni qisqacha eslatib o'taman 👇🏻
1. Qo‘shib yozish qoidalari
Xona, noma, poya, bop, hamsuhbat kabi birliklarda:
qabulxona, tabriknoma, xushxabar, suvtalab
Fe’lga -r/-mas qo‘shimchasi bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar:
o‘rindosar, otboqar, ishyoqmas
Joy, narsa, belgini bildiruvchi birikmalar:
tog‘olcha, cho‘lyalpiz, devqomat, qirg‘iyko‘z
Ikkinchi qismi turdosh ot yoki “obod” bo‘lgan joy nomlari:
Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Xalqobod
Baynalmilal yoki tarjima so‘zlar:
telestudiya, fotoapparat, radioto‘lqin
Qisqartmalar:
O‘zMU, ToshDPU
2. Ajratib yozish qoidalari
Ko‘makchi fe’lli birikmalar:
kirib chiqdi, olib keldi, o‘qib chiqdi
Ko‘rsatish, aniqlik so‘zlari:
har kim, hech narsa, bu yerda, o‘sha joyda
Ko‘makchilar bilan:
Vatan uchun, siz bilan, shahar tomon
Sifat darajalari bilan:
to‘q sariq, och ko‘k
Qo‘shma sonlar:
o‘n to‘qqiz, ikki ming birinchi
Izofali birikmalar:
nuqtayi nazar, tarjimayi hol
3. Chiziqcha bilan yozish qoidalari
Juft so‘zlar:
yaxshi-yomon, ota-ona, sekin-asta
-u/-yu bilan kelgan juft so‘zlar:
ota-yu ona, mehr-u oqibat
Orttirma darajadagi sifatlar:
qip-qizil, dum-dumaloq
Uyma-uy, dam-badam tipidagi shakllar
Yuklamalar:
Chiziqcha bilan: sen-chi, keldim-ku, keldi-da
Qo‘shib yoziladi: menmi, keliboq, ugina
Tartib sonlar:
9-sinf, 6-xona, 1016-yil

1👍4❤🔥2🏆1
👍2
⚡2❤🔥2👍1👎1🔥1
Anonymous Quiz
64%
To'g'ri
36%
Noto'g'ri
👍2
#grammatika #leksikologiya
❗️E'tibor bering
👍 Milliy sertifikat namunasida 4- va 36-testlarda talabgorning leksik tomonlama bilimi tekshiriladi. Bir qarashda, oson – so'zlarning sinonimlarini topishni kim ham bilmaydi?!
Ammo aynan shu masala sizni test tuzuvchining tuzog'iga tushib qolishingizga sabab bo'ladi. Bu kabi testlarni bexato ishlash uchun quyida ayrim tavsiyalarni berib o'taman.
1. Bunday testlar uchun tanlanadigan ma'nodosh so'zlar ikki xil bo'ladi: bir qismi ochiq, ravshan ma'nodoshlik hosil qiluvchi so'zlar. Masalan, yuz, aft, chehra; aniq, ravshan, ayon kabi. Bu kabi so'zlarni ma'nodosh juftligini topishga qiynalmaysiz.
2. Ikkinchi guruh so'zlar esa konteksga bog'liq holda ma'nodoshlik hosil qiladigan so'zlar bo'ladi. Ularni yakka holda, konteksdan ajratilgan ma'nodoshligini topish qiyin, lekin biror so'z yoki gap yordamida konteksga olib kiriladigan bo'lsa, barchasi aniqlashadi. Va bunday so'zlar har bir javobda chalg'ituvchi variant sifatida qo'shib qo'yiladi. Masalan, yaqin, qalin, qadrdon. Bu so'zlarni do'st yoki o'rtoq so'zlari bilan birga integratsiyada ishlatsangiz, ma'nodosh ekanligini bilasiz.
Ammo (!) jiddiy, muhim, zarur. Bu so'zlar bir qarashda sinonimik qatorni hosil qilgandek. Uchala so'zda ham umumiy tomonlarni topish mumkindek. Lekin aslida unday emas. Jiddiy ish, muhim ish, zarur ish. Bu konteksda jiddiy va muhim so'zlari ma'nodoshlik hosil qilgan, lekin zarur ortiqcha. Ikkinchi variantga ko'ra, jiddiy inson, muhim inson, zarur inson. Bu konteksda esa muhim va zarur so'zlari ma'nodosh bo'lsa, jiddiy ortiqcha.
Xulosa: Bu kabi testlarni ishlash vaqtida so'zning sizga ma'lum va ko'rinib turgan, konteksdan ajralib turgan ma'nosiga emas, konteks bilan birga anglatadigan ma'nosiga ham e'tibor berish tavsiya etiladi.
Javlonbek Rustamjonov

3👍6❤🔥2⚡2✍1🔥1
🤝2❤🔥1👍1🎉1
🏆2⚡1👍1🔥1
Soat 19:00 da kanalga viktorina havolasini yuboraman va u 1 soat davomida kanalda saqlanib turadi.
“Garov” va “Hellados” hikoyalari asosida jami 25 ta test.
Yaqinlar va hamkasblarni taklif qilishni unutmang. Bu testdagi faolligingiz keyingi testlarga ham ta’sir qiladi ))
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🏆5
Anonymous Quiz
13%
Tabiat qarshisida inson ojiz va baribir halokatga mahkum ekani haqidagi g‘oya
4%
Inson uchun eng muhim narsalar boylik va mol-dunyodan iborat degan g‘oya
5%
Og‘ir vaziyatda faqat o‘zini o‘ylagan kishi yutadi degan xulosa
78%
Inson tirik qolish yo‘lida barcha mashaqqatlarni yengib, hayot uchun kurasha olishi mumkinligi
👍2
Anonymous Quiz
6%
Zo‘ravonlik doim kuchli tomonning g‘alabasiga olib keladi.
86%
Inson millati yoki kuchi bilan emas, qalbidagi yurt tuyg‘usi bilan ulug‘ bo‘ladi.
4%
Dushmanlik va do‘stlik orasidagi chegarani yo‘qotish xavflidir.
3%
Yelena Mixaylovna kabi o‘qituvchilar tenglikni ta’minlay oladi.
👍3
Anonymous Quiz
46%
Inson hayoti garov emas – uni sinov sifatida boy berish aqlsizlikdir.
16%
Boylikka erishish uchun inson o‘z or-nomusini ham qurbon qilishi mumkin.
28%
Axloqiy ustuvorlik moddiy manfaatdan ustundir.
9%
Faqat davlat emas, balki har bir shaxs ham adolatni belgilashi mumkin.
👍2
Yakshanba tonggida taqte chizish va bahrlarni aniqlash haqida jonli videodars orqali ma'lumot berish haqida o'ylab qoldim. Menimcha, ko'pchilik uchun muhim va zarur bo'lgan mavzu. Shundaymi?!
❗️Bu ish amalga oshishi uchun Siz tomoningizdan faollik kerak. Ushbu xabarni fanga aloqasi bo'lgan hammaga yuboring va kanal obunachilari soni oshishiga o'z hissangizni qo'shing. Men esa sizning bilimingiz oshishiga hissa qo'shaman.
Sizdan ugina, bizdan bugina. Kelishdikmi 🤝
Barchada ertaga, 02.08.2025 19:00ga qadar vaqt bor. Shu vaqtga qadar 5 daqiqa vaqt sarflab, ushbu xabarni yaqinlaringizga ulashib qo'ying va kanal obunachilari soni oshishiga hissa qo'shing. Dars vaqtini ertaga e'lon qilaman!
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍11✍4
ProEducation | O'zbek tili
Takrorlayman: bu Sizning faolligingizga bog'liq. Yuqoridagi xabarni iloji boricha ko'proq tanishlaringizga yuboring!
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👌6👍2
Bu esa ishtirokchilarning fikrlari. 1 kishidan boshqa hamma keyingi test bo'lishiga ovoz bergan. O'sha "Yo'q" deb javob bergan kishini topib gaplashib qo'yaman 😁
Keyingi test "Hayotga muhabbat", "O'zbeklar" va "Ot egasi" hikoyalaridan bo'ladi. O'qib, tayyorlanib turing!
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3😁14