ProEducation | O'zbek tili
4.77K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
ProEducation | O'zbek tili
👍 Tavsiya Imlo mavzusidagi xatoliklarni kamaytirish, agar o'zi kam bo'lsa, umuman yo'qotishning bir yo'li bor. Bu ham bo'lsa, har safar biror so'zning imlosida yanglishsangiz, lug'at shaklida alohida daftarga yozib borish. Agar lug'atingizni alifbo tarzida…
👍 115 kun. Fan yuzasidan biror foydali ma'lumotni so'nggi bor ulashganimga 115 kun bo'libdi. Bu orada o'zbek tili o'qituvchisi sifatida ikkinchi xalqaro ishimni yo'lga qo'yib oldim.

Ona tili va adabiyot yo'nalishida biroz sekinlashga majbur bo'ldim. Kanalni ham ancha-muncha obunachi tark etib ulguribdi. Mayli, ko'kka chiqsa, oyog'idan, yerga kirsa, qulog'idan tortib olamiz ))

Bugundan boshlab kanal yana faol rejimga o'tdi. Bilaman, o'rganishingiz mumkin bo'lgan kanallar soni ortib bormoqda. Lekin har kimning o'z uslubi bor. Men ham o'z uslubimdan kelib chiqib, bilimingizni ozmi-ko'pmi oshirishga tayyorman!

Bizni bilgan biladi; bilmaganlar bilan endi tanishib olamiz ))

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍19🏆1
👍 Hozircha o'zim rejalashtirgan 1-2ta yangiliklar bor. Bulardan tashqari sizda yana qandaydir takliflar bo'lsa, ushbu post ostida yozib qoldiring. Albatta, inobatga olaman 😊

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍1
👍Obunachilar tarkibini aniqlab olish uchun so'rovnoma:
Anonymous Poll
21%
Men o'quvchi/talabaman
79%
Men o'qituvchiman
👍5
ProEducation | O'zbek tili
👍 Hozircha o'zim rejalashtirgan 1-2ta yangiliklar bor. Bulardan tashqari sizda yana qandaydir takliflar bo'lsa, ushbu post ostida yozib qoldiring. Albatta, inobatga olaman 😊 @rustamov_edu
👍Siz yozgan takliflar va savollar:

- Bepul dars tashkil etish taklifi inobatga olinadi. Kanal ochilganidan buyon tashkil etilgan jonli videodarslar, menimcha, 200ga yetgan. Bu miqdorni, albatta, oshiramiz 😊

- Yangi darsliklar haqida: tashkil etiladigan darslar orasida yangi darsliklardagi o'zgarishlar va qo'shimchalarga ham to'xtalib o'tamiz.

- Savol: qanday xalqaro faoliyat boshladingiz? O'tgan yildan boshlab xalqaro maktabda o'zbek tilidan dars bera boshlaganimdan xabaringiz bor. O'tgan oyda menga
Londondagi til markazidan o'zbek tilidan dars berish bo'yicha taklif tushdi. Kanaldagi sokinlik vaqtida shu ishni yo'lga qo'yish bilan band edim. Shunaqa gaplar )

Kanal to'xtab qolgan bo'lsa ham, siz yo'qolib qolmaganingiz va hali ham qiziqish bildirayotganingizdan boshim osmonga yetdi! Juda ham xursandman 😊

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
413❤‍🔥2👍2🎉2
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
26%
Multilova
74%
Multiilova
👍2
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
15%
Mutaffakir
85%
Mutafakkir
👍1
👍 O‘qituvchilik: Ko‘zga ko‘rinmas fidoyilik ortida yotgan buyuk mas’uliyat

Ko‘pchilik o‘qituvchini darsda ko‘radi — mehribon, bilimli, sabrli. U sinfda o'quvchilar bilan shug'ullanadi, hazillashadi, savollar beradi, bilim beradi. Ammo aslida o‘qituvchilik – bu faqat ta’lim emas, balki yashirin fidoyilik, tinimsiz izlanish va yurakdan bag'shidalikdir.

🌞 Biz nimani ko'ramiz:

Mehr va energiya: O‘quvchilarga mehr bilan qaraydigan, ularning har bir savoliga iltifot bilan javob beradigan o‘qituvchini ko‘ramiz.

Bilim berish: Har bir darsda o‘qituvchi bilim berishga, tushuntirishga, misollar orqali anglatishga harakat qiladi.

Munosabat: O‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan alohida ishlaydi — ularning qiziqishini, holatini tushunishga harakat qiladi.

Tartib va nazorat: Sinfda intizomni saqlab, har bir o‘quvchining darsda ishtirok etishini ta’minlaydi.

🌙 Biz nimani ko'rmaymiz:

Darsga tayyorlanish: Har bir dars ortida o‘nlab sahifalik rejalashtirish, mavzuni tahlil qilish va metodik yechimlar turadi.

Ilmiy izlanish: O‘qituvchi yangi uslublar, o‘qitish metodlari, yosh psixologiyasi va pedagogika bo‘yicha doimiy o‘qib-o‘rganadi.

Resurslarni boshqarish: Darsga kerakli materiallarni yig‘ish, jihozlarni tayyorlash, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish.

O‘z-o‘zini tahlil qilish: Har bir darsdan so‘ng “Qayerda xato qildim? Qanday o'zgartirish qilishim mumkin?” degan savollar bilan o‘z ustida ishlash.

Strategik fikrlash: O‘quvchilarni nafaqat bilimli, balki mustaqil, jamoada ishlay oladigan va ijtimoiy hissiyotga ega shaxs qilib tarbiyalash.

🌟 Xulosa

O‘qituvchi – bu faqat bilim beruvchi emas. U – yo‘l ko‘rsatuvchi, ruhlantiruvchi, tinglovchi, rag‘batlantiruvchi, psixolog, rejalashtiruvchi va o‘zini muntazam rivojlantiruvchi insondir. Uning har bir harakati – ertangi jamiyatning poydevoridir.

Siz fikrimga qoʻshilasizmi?


Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6❤‍🔥52👍1
👍Es (fe’l) soʻzining sinonimi xotira
Anonymous Quiz
46%
Toʻgʻri
54%
Notoʻgʻri
👍1
Forwarded from OYINA.UZ
Ayrim pedagog va o‘quvchilarga dam olish maskanlariga bepul yo‘llanma beriladi. Yo‘llanma kimlar uchun?

Vazirlik tizimi xodimlari hamda ilg‘or pedagoglar uchun — sentabr-may oylarida;
iqtidorli o‘quvchilar uchun — iyun-avgust oylarida 12 kunlik dam olish kunlari belgilanadi.


Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/29072

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube
👍1
40 ta xorijiy atamaning oʻzbekcha muqobili rasmiy tasdiqlanibdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasini bunday yirik ish bilan qutlayman. Endi bu atamalar amalda qoʻllashimiz kerak.

Koʻpchilik oʻzi bu soʻzlar avvaldan bor edi-yu deyishi mumkin. Ammo bu yerda bir masala bor, yaqin yillar davomida (oʻnyilliklarda) chet tilidan oʻzlashgan va oʻzlashayotgan soʻzlarning rasmiy tarjimalari tasdiqlanmagan. Bu koʻplab davlatlarda bor amaliyot.

Endi Oʻzbekistonda ham shu ish boʻladi. Atamalar komissiyasi mana shunday qilib soʻzlar roʻyxatini eʼlon qilib boradi.

Bu nima degani, rasmiy doiralarda birinchi ustundagi soʻzni ishlatish kerak boʻlib qolsa, ikkinchi ustundagi ishlatiladi. Yaʼni endi rasman avans degan soʻz yoʻq, boʻnak bor xolos.

Avvallari hamma istagandek qoʻllardi. Bu va bundan keyingi qarorlar ana shu turfalikni yoʻqotadi.

P.S. svetoforning yoʻlchiroq boʻlganidan juda xursandman. Endi "peshexodniy perexod"ni ham "yoʻlkesar" qilib olsak, yaxshi boʻlib ketadi.

P.S2. yana bir mujda bor, endi IT emas, AT yozamiz. IT parki emas, AT parki boʻladi.

©️Shokir Tursun

@rustamov_edu
2😁4👍2
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
82%
Mojaro
18%
Majoro
👍1
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
19%
Mavjudod
81%
Mavjudot
👍1
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
76%
Qizil rang
24%
Qizilrang
👍2
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
24%
Havo rang
76%
Havorang
👍2
ProEducation | O'zbek tili
👍Qay biri to'g'ri yozilgan?
#grammatika #imlo

👍 Diqqat qiling!

Rang bildiruvchi qo'shma sifatlar ikki xil hosil qilinishi mumkin:
1. Rang bildiruvchi so'z + rang so'zi: qizil rang, sariq rang
2. Rang bildirmaydigan so'z + rang so'zi: havorang, jigarrang


Bu qo'shma so'zlarning imlosida diqqatli bo'lish talab etiladi. Chunki rang bildiruvchi so'z va rang so'zi qo'shma so'z hosil qilganda bu ikkisi ajratib (!) yoziladi (qizil rang); rang bildirmaydigan so'z va rang so'zi qo'shma so'z hosil qilganda bu ikkisi qo'shib (!) yoziladi (havorang).

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍3
👍 Qaysi soʻz sinonimik qator uchun ortiqcha?
Anonymous Quiz
67%
Ishlov
4%
Bezak
29%
Ziynat
👍1
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
81%
Namoyon
19%
Namoyan
👍2
👍Qay biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
38%
Namoyonda
62%
Namoyanda
👍2
Mehnatmi yoki Aqlli Yondashuvmi? Ikkalasi Ham Zarur! 💡

🎓 O‘qituvchi sifatida biz ko‘p ishlaymiz... lekin aqlli ishlashni ham unutmasligimiz kerak.


Mehnat – Ishonchli Do‘st:
▪️ Bag‘ishlanish – har bir darsga jon berish
▪️ Barqarorlik – doim sinfda, doim tayyor
▪️ Sabr-toqat – qiyinchiliklardan cho‘chimaslik

Aqlli Ish – Eng Yaxshi Do‘st:

▪️ Samaradorlik – ko‘p emas, to‘g‘ri ishlash
▪️ Innovatsiya – yangi metod, yangi yondashuv
▪️ Strategik fikr – natijani oldindan ko‘ra bilish

🔄 Nega Har Ikkalasi Muhim?
- Mehnat – fidoyilik va sadoqat
- Aqlli ish – natija va vaqt tejalishi

📌 Aqlli ishlash bo‘yicha 4 maslahat:
Ustuvorlikni belgilang
Texnologiyadan foydalaning
Vazifalarni taqsimlang
Doimiy o‘rganing, yangilang o‘zingizni

📝 Xulosa:

Mehnat – bu sadoqat
Aqlli ish – bu donolik
Uyg‘unlik – bu muvaffaqiyat!

💬 Siz qaysi tarafdasiz: Ko‘p ishlashmi yoki aqlli ishlashmi? Yoki har ikkalasi? Fikrlaringizni yozing.

@rustamov_edu
44👍2
👍Mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan ixtiyoriy-majburiy adabiyotlarni oʻqib turibsizlarmi?

2024-yildagi imtihonlar uchun deb e’lon qilingan, lekin haligacha amalda boʻlgan asarlar boʻyicha bepul viktorina oʻtkazamiz.

Izohda qaysi asardan boshlashni yozib keting 👇🏻

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍5
#mumtoz_adabiyot

👍 Qofiya haqida

San'at turlarida jozibadorlik takrorga – ritmga asoslanadi. Ma'lum shakllarning muayyan tartibda takrorlanishi arxitekturada, ma'lum ohanglarning takrori musiqada, ma'lum so'z yoki bo'g'inlarning aynan takrori she'rda ritmni yuzaga keltiradi va inson qulog'iga yoqadigan ohangdoshlikni yuzaga keltiradi.

G'azaldagi bu ohangdoshlik qofiya va radif orqali yuzaga keltiriladi. Radif g'azal baytlarining ortida bir xil takrorlanib keluvchi so'z(lar) hisoblansa, qofiyadosh so'zlar esa muayyan so'zning asosi yoki qo'shimchasidagi takrorga asoslanib ritmni yuzaga keltiradi.

Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kebi vatan qilg‘il.


Ushbu baytda misralar oxirida aynan takrorlanib kelgan qilg'il radif hisoblansa, fan va vatan so'zlari qofiyadosh so'zlar hisoblanadi.

She'rda qofiyaning tanlovi uning och yoki to'q qofiya ekanligini belgilab beradi. Ya'ni och qofiya g'azal janridan ko'ra sarbast (oq she'r) shaklida ko'proq uchraydi. Och qofiya bu so'z tarkibidagi ayrim bo'g'inlarninggina ohangdoshlik hosil qilishiga asoslanadi. Masalan:

Bugun-chi u qadim yillardan xabar,
Botirlar guvohi – osud uyquda.
Qiziq, Erta Qalbni nima uygʻotar,
Shoir Qoʻngʻirogʻi zanglagan uyda.

Bu yerda “xabar” va “uygʻotar” qisman qofiyadosh boʻlishi mumkin, ammo “uyquda” va “uyda” soʻzlarida jipslik va shaklan tenglik yoʻq. Bittasi uch boʻgʻinli soʻz boʻlsa, ikkinchisi ikki boʻgʻinli.

To'q qofiya esa, tushunganingizdek, to'liq – so'z asos bilan ham, bo'g'inlar soni bilan ham, qo'shimchalar bilan ham tenglik hosil qilgan holda ohangdoshlik yuzaga keltirishi orqali yuzaga keladi. Masalan:

Kishandan uzilgan tafakkur misol,
Ketarsan ummonda ey, yolgʻiz yelkan.
Yomgʻir – poʻrtanalar aylasa ishgʻol,
Tutolsaydim senga shu nozik yelkam.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24❤‍🔥2👍1🔥1🤩1