ProEducation | O'zbek tili
4.73K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
👍 Assalomu alaykum, xayrli tong barchaga!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
👍 Fikr "muzlab qolmasligiga" qarshi ko'rsatmalar

Yozma ishni baholash mezonlari bilan tanishib chiqqan bo'lsangiz, bildingizki, esseda asosiy e'tibor
uning mazmuni, fikrlar teranligiga qaratiladi. Avvalroq esse tekshilmaydigan holatlar haqida aytib o'tgan edim va e'tibor bersangiz, bu xatoliklarga fikrlar chalkashib ketishi ortidan yo'l qo'yiladi.

Hozir men esseyingiz tekshirilishi va tekshirilganda ham yuqoriroq ball olishingizni kafolatlaydigan fikr formulalari bilan bo'lishaman:

1. A + B ≠ C (harfiy ifodalar fikrlarni anglatadi)
Bu hamma kabi odatiy fikrlash ortidan keladigan fikrlarni yo'qqa chiqaradi va esse uchun yangi g'oya beradi. Masalan, “Yutuq + mashhurlik ≠ baxt”, ya'ni hayotda muvaffaqiyatga erishish va uning ortidan keladigan mashurlik har doim ham baxt keltirmasligi mumkin.

2. Agar… bo‘lmasa, B bo‘lmaydi – “Shartli natija”
Avvalgi fikringizni dalillash va uni mantiqiy davom ettirishga yordam beradi. Masalan, agar jamiyat yoshlarga ishonmasa, kelajak poydevori qurilmaydi. Bu gapdan keyin siz jamiyat poydevori haqida ikki og'iz gapirish uchun imkon yaratasiz.

3. Ko‘rinishda A, aslida B – “Yuzaki va ichki tafovut”
Bu sizning mavzuga yondashuvingizni ko'rsatadi. Shu kabi gap qurilmasi orqali siz fikr chuqurligingizni ko'rsatib bera olasiz. Masalan, kasb tanlashda ota-onaning yordami tanlovdek ko‘rinsa-da, bu ba’zida farzand uchun bosimdir.

4. A – bu nafaqat B, balki C – “Fikrni kengaytirish”
Bu qurilma yordamida siz mavjud fikringizni yanada kengaytirish imkoniga ega bo'lasiz. Bir fikrni aytish orqali boshqa yangi yondashuvni olib kirasiz. Masalan, kasb – bu nafaqat daromad manbai, balki o‘zini anglash vositasidir. Bunda asosiy fikrga falsafiy yondashuvni olib kirildi va endi yana 2-3 gap yordamida kasbning shu tomoniga to'xtalish mumkin.

5. O‘tmishda A, bugun esa B – “Vaqt orqali solishtirish”
Deyarli har qanday mavzuga zamonaviy yondashuv olib kira oladigan qurilma. Masalan, kasb tanlash o‘tmishda ota-ona tanlovi odatiy edi, bugun esa ko‘proq yoshlarga quloq solinmoqda.

6. A yoki B emas, A va B kerak – “Ziddiyatdan muvozanatga”
Bu qurilma yordamida xulosa yoki yechim qismida muvozanatli pozitsiyangizni ko‘rsata olasiz. Masalan, nazariya yoki amaliyot emas – ikkisining uyg‘unligi zarur.

7. Ko‘pchilik A deb o‘ylaydi, lekin aslida B – “Stereotipni buzish”
Bu qurilmadan fikr yo'nalishini o'zgartirishda ishlatishingiz mumkin. Yana foydali tomoni shundaki, fikringizdagi kontrast aniq ko'rinadi, kontrastli fikrlar esa essening bezagi.

Eslatma: bu tayyor qolip emas. Bu qurilmalardan o'z yo'nalishingizda boshi berk ko'chaga kirib qolganingizda vaziyatdan chiqish uchun foydalanishingiz mumkin.
Tavsiya: bu qurilmalarni imtihonga qadar mashq qilish tavsiya etiladi. Tayyorligicha yodlab olib, imtihonda ishlata olmaysiz. Buni o'zlashtirish va o'zingizniki qilish uchun 3-4 esseda sinab ko'rishingiz kerak.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
#mushtumdan

QAHRAMON JANGCHILAR NEGA QATL QILINDI?


Nomi tarixiy ma’lumotlarda saqlanib qolmagan o‘rta asrlardagi bir yollanma askar Siyen shahrini chet ellik bosqinchilardan qutqarib qoladi. Siyen shahrining minnatdor fuqarolari xaloskor askarni qanday mukofotlashlari kerak? Shahar o‘z mustaqilligini saqlab qolganligini hech qanday mukofot yoki pul bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmasdi. A’yonlar o‘zaro maslahatlashib yollanma askarni shahar hukmdori etib tayinlamoqchi bo‘ladilar – ammo bu ham uning xizmatiga kamlik qiladi degan qarorga kelishadi. Xaloskor yigitni taqdirlash bo‘yicha yig‘ilgan assambleyaning bir ishtirokchisi o‘rtaga chiqib shunday taklifni ilgari suradi: “Kelinglar, yaxshisi askarni qatl qilib, o‘limidan keyin uni shahar himoyachisi sifatida ilohiy zot deb e’lon qilamiz”. Quvonch bilan qanday mukofot yoki mansab berisharkan, deb kutib o‘tirgan shahar xaloskori qatl qilinadi.

        Graf Karmanola yollanma askarlar otryadining eng jasur va omadli yo‘lboshchisi edi. 1442 yil Venetsiya va Florensiya o‘rtasida cho‘zilib ketgan urushda u Venetsiya tomonida turib jang qilardi. Yoshi biroz o‘tib qolgan jasur grafni jang maydonidan to‘satdan Venetsiyaga chaqirib qolishadi. Xalqning sevimli lashkarboshisi juda yuksak hurmat-ehtirom bilan kutib olinadi. Kechqurun doj (Venetsiyada respublika boshlig‘i) ning shaxsan o‘zi  qabul qilib, ular saroyda kechki taom ustida uchrashishlari kerak edi. Soqchilar hamrohligida saroyga yo‘l olgan graf, askarlar uni boshqa tomonga boshlab borayotganligini sezib qoladi. Uni to‘g‘ri “Nadomatlar ko‘prigi” deb ataluvchi ko‘prik orqali qamoqxonaga olib kelishadi. Grafni soxta ayblovlar bilan o‘limga mahkum etishadi. Muqaddas Mark maydonida, jasur jangchini nega o‘limga hukm qilinganini tushunmay boshi garang olomon ko‘zi oldida graf Karmanola boshi tanasidan judo qilinadi.

      Uyg‘onish davrida Italiyaning ko‘plab jasur yollanma jangchilari Siyen xaloskori va Karmanola qismatiga duchor bo‘lishgan. Ular o‘z xo‘jayinlari manfaati yo‘lida janglarda jon olib, jon berishgan, zafarlar quchishgan. Buning  evaziga – surgun, qamoq va o‘lim ularning “mukofoti” bo‘lgan. Bu o‘rinda gap oqibatsizlik, yaxshilikni bilmaslikda emasdi. Gap atrofda xuddi Siyen xaloskori, Karmanola singari jasur yollanma jangchilar oshib-toshib yotganligida edi. Yollanma askarlarning birini ikkinchisi, keksasini yosh bilan bemalol almashtirsa bo‘lardi. Xo‘jayinlar ularni o‘ldirib hech narsa yo‘qotishmasdi. Yollanma askarning shon-shuhrati ortgani sayin ular xo‘jayindan ko‘proq mukofot talab qilishardi. Shu bois, ularni o‘ldirib, o‘rniga yosh va arzonga yangi odamlarni yollasa bo‘lardi.

O‘zingiz qilayotgan ishni bajarishga qodir yagona odamga aylaning. Sizni yollagan odamning hayoti o‘zingizniki bilan shunday qattiq bog‘lanib ketishiga erishingki – sizdan ayrilish yoki qutilish uning xayoliga ham kelmasin. Aks holda, ajoyib kunlarning birida sizni “Nadomatlar ko‘prigi”dan olib o‘tishadi va siz Karmanola qismati bilan yuzma-yuz kelasiz.

Robert Grin – siyosatshunos, yozuvchi.

Jaloliddin SAFOYEV tarjimasi


@rustamov_edu
👍15
Forwarded from OYINA.UZ
Misrda oʻzbek tilini noldan oʻrgatuvchi darslik yaratildi

Qoʻllanma ingliz tilida boʻlib, u oʻzbek tili grammatikasini soddalashtirilgan tarzda tushuntiradi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/27732

Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube
👍15
Forwarded from OYINA.UZ
Insayder – xufiya, storis – lahzalik. Chetso‘zlarning muqobillari

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3725

Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube
👍5❤‍🔥2🔥1👏1🏆1
OYINA.UZ
Insayder – xufiya, storis – lahzalik. Chetso‘zlarning muqobillari Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3725 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube
👍 Bu chetsoʻzlar allaqachon tilimizga oʻrnashib ulgurdi. Endi oʻzbekchasi bilan almashtitish gʻalizroq koʻrinyapti.

Shuni avvalboshdan oʻzbekcha shaklida talqin qilinsa, hamma birdek oʻzbekcha varianti bilan hazm qilib yubora qolardi.

Haliyam boʻlsa kech emas. Oʻzbekchasini ishlatib tursak, bu ham moslashib ketadi tilimizga.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2👍2🏆1
Forwarded from Orif Tolib
Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari diqqatiga!

“Ona tili taʼlimida oʻquvchilarning imlo savodxonligini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi uchun soʻrovnoma oʻtkazilyapti ekan.

Soʻrovnoma savollariga javob berish uzogʻi 2 daqiqa vaqtingizni olishi mumkin. Lekin siz bergan javoblar maktabda imlo savodxonligining hozirgi holati, bu koʻnikmaning zarurati, mavjud muammolar haqida xulosa olishga imkon beradi.

👉 https://forms.gle/VdXK5zBrmWsgqn5L8

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍6❤‍🔥2🏆2
Forwarded from Markaz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi.

Yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi.

@markaz_uzbekistan
👍5❤‍🔥1🏆1
👍 9-may - Xotira va qadrlash kuni

Bugun shu munosabat bilan marafon boʻlib oʻtdi. Marafonda har bir ishtirokchi urushda qatnashgan oila a’zolari nomidan qatnashishi mumkin edi. Men katta bobom Ahmadali Domlaning nomidan qatnashdim.

Buvim aytib bergan katta bobomiz fizika oʻqituvchisi boʻlgan ekan va urush vaqtida koʻchirib olib kelingan tatar millatiga mansub insonlarga oʻz xonadon joy bergan ekan.

Bugungi marafonimni ularga bagʻishladim.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍19🏆7👏3❤‍🔥1🔥1👀1
👍 Online tayyorgarlik!

Kelajakda boʻlib oʻtadigan har qanday imtihon (milliy sertitikat, attestatsiya va boshqa dtm imtihonlariga) tayyorgarlik koʻrmoqchi boʻlsangiz,
@javlonbek_rustamjonov ga murojaat qilishingiz mumkin.

5 yillik online ta’limdagi tajriba va
@edu_natijalar kanalidagi natijalarga koʻz yugurtirib olishingiz mumkin.

❗️Darslar faqat yakka tartibda (guruh mashgʻulotlari mavjud emas).

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
*video kesib olingan


Bu Muhammad Basel. Asli pokistonlik. 9-sinf oʻquvchisi. U uchun oʻzbek tili beshinchi (!) til. U hozirda Oʻzbekistonda ta’lim olayotgani uchun attestat olishi kerak va bugun oʻzbek tilidan imtihonga kirib, 4 oldi!

Oʻqituvchisi sifatida juda xursandman. Sizlar bilan shu xursandchilikni boʻlishdim 😊

@rustamov_edu
👍112🔥2❤‍🔥1
Bilimni baholash agentligi
📝 2025-yil 19–20-aprel kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
1 oy davomida nimani buncha muhokama qilishgan bilmadim-u, lekin yoshligimizda qish kechalarida chiroq kelishi ham bunchalik kuttirmasdi ))

Xullas, natijalar chiqdi.

@rustamov_edu
👍2🔥2
Bizda hozircha 2ta B+ va ustama egalari bor. Halolingiz boʻlsin, barakalla 🔥🤝

@rustamov_edu
👍2🔥2❤‍🔥1