ProEducation | O'zbek tili
4.69K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
👍Esse tekshirilmaydigan va avtomatik ball qo‘yiladigan holatlar

Ba’zi hollarda esse umuman tekshirilmaydi – mazmuni baholanmasdan, avtomatik tarzda belgilangan ball beriladi. Mezon bo‘yicha quyidagi uchta holatda Davlat test markazi essega faqat 2 ball qo‘yadi, batafsil tekshiruv o‘tkazilmaydi:
Mavzudan chetga chiqqan holda yozilsa. Talabgor umuman boshqa mavzuda yoki berilgan vaziyatdan mutlaqo farqli mazmunda esse yozib topshirgan bo‘lsa, bunday ish mavzuga mos emas deb topiladi va mazmuni tekshirilmaydi. Natijada avtomatik tarzda minimal bal – faqat 2 ball beriladi.
Hajmi 100 so‘zdan kam bo‘lsa. Essening umumiy hajmi belgilangan minimal miqdordan (100 ta so‘zdan) kichik bo‘lsa, bu ish talab qilingan hajmni bajarmagan hisoblanadi. Bunday holatda ham esse ko‘rib chiqilmaydi va 2 ball bilan baholanadi.
Ko‘chirma (plagiat) bo‘lsa. Agar yozilgan esse matni boshqa manbadan (kitob, internet, oldingi namunalar) ko‘chirilgani aniqlansa, ya’ni muallifning o‘ziga tegishli emasligi ma’lum bo‘lsa, unday ish müstakil ish deb topilmaydi. Natijada tekshiruvchi bu esseni baholamaydi va unga 2 ball qo‘yadi.

Eslatma: Agar esse umuman yozilmagan bo‘lsa, ya’ni talabgor bo‘sh qoldirgan bo‘lsa, bu ish uchun 0 ball beriladi. Shuning uchun, hattoki kam so‘z yozilgan taqdirda ham, hech narsa yozmaslikdan ko‘ra minimal talablarga javob berishga intilish lozim.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
👍 Imtihondan oldin berilgan ehtimollar yoki "aniq tushadi" deb aytilgan tavsiyalar to'g'ri bo'lib chiqsa, bu ehtimol emas, ma'lum manbaga asoslangan xabar bo'lib chiqadi. Bu esa imtihonga nisbatan ishonchni kamaytiradi, imtihon topshiruvchilar ularga nisbatan adolatsizlik qilindi deb hisoblashlariga olib keladi.

Natijada imtihonga tayyorlovchi va "ehtimollar nazariyasi"dan foydalanmaydigan boshqa repetitor-o'qituvchilar o'quvchilarini ilmiy tomondan emas, ruhiy tomondan tayyorlashga majbur bo'ladi.

Kulgimni keltirgan holat: shu kabi ehtimollarni tarqatib oldindan g'irromlik qilganlar esa imtihondan keyin u aytgan g'azal va esse namunasi tushganidan faxrlanishidir. O'quvchilari istalgan mavzuda yoza olmasligidan qo'rqib, shunday harakatlar qilisharmikin yo men bilmagan boshqa sabablar bormi?

Ichimda qolib ketsa, butun ta'lim tizimidan nafratlanib ketyapman. Mana shunday postlar orqali sizlarga shuni yetkazmoqchimanki, boringizni tikib bu imtihonga tayyorlansangiz, oxirida ayrim ustamonlarning ustamonliklari sabab ustamaga ega chiqolmasangiz, voz kechganlaringiz hisobidan ham 2 karra bosimga uchraysiz. Ustama hayot-mamot masalasi bo'lib qolmasin!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13💯2
👍 Sun'iy intellekt orqali tekshirilgan esse namunasi 👇🏻
O'qib ko'ring, sizning fikringiz qanday: sun'iy intellekt bergan ball haqlimi yoki yo'q?


Mavzu: Mamlakatimizda daraxtkushlik yil sayin kuchayib bormoqda. Jamiyat faollari bu holatga chek qo’yilmasa, yurt ekologiyasi juda yomon ahvolga kelib qolishidan ogohlantirmoqda.

Jamiyatda hech bir inson keraksiz bo’lib qolmaganidek, hayotimizda ro’y berayotgan jarayonlarga ham mutlaqo zararli deb qarash xato. Biroq dastlab manfaatli maqsadlarni ko’zlagan holda boshlangan bu ish keyinchalik e’tiborsizlik va egoizm sabab insoniyat onasi – ekologiyaning jabrlanishiga olib keldi. Bu holatda qanday qilib ekotizimga zarar bermagan holda inson o’z ehtiyojlarini qondira olishi mumkin?

Inson borki, unga qarashli bo’lgan narsalardan beso’roq foydalanishgani uchun jahli chiqadi. Biroq uni yana-da “portlatib yuboradigan” holat esa foydalanilgan narsaning o’z o’rniga qo’yilmaganidir. Ekologiya ham jonli tanadek, undagi tog’-u bog’, qir-u adirlar uning tana a’zolari hisoblanadi. Undagi barcha narsa tabiatga qarashli. Biror davr yo’qki, insoniyat tabiatdan o’zi bajarmoqchi bo’lgan ishlari uchun ijozat so’ragan bo’lsa. Xususan, o’z maqsadlarini ko’zlab tabiatning bir qismi (asosiy qismi) bo’lgan daraxtlarni kesish ham uning ijozatisiz bo’lgan. Lekin bugunga kelib uning “portlashiga” bu jihat emas, balki daraxtlarning o’rniga qo’yilmayotgani sabab bo’lmoqda. “Birni kessang, o’nni ek” qabilidagi gaplar esa uzoq tarixning go’zal hikmatlariga aylanib qoldi, xolos. Jahl chiqishi aqlning unutilishiga olib kelishini inson juda yaxshi biladi, biroq uning o’zi ekologiyaning jahlini yildan yilga ko’proq chiqarmoqda va u har safar “aqlini esdan chiqarganda” oqibatlari yillarga “tatimoqda”.

Alloh shunday chevar zotki, dunyodagi har bir elementga: xoh inson, xoh tabiat bo’lsin, cheklangan umr bergan. Va yana shuni aytganki, bu olamdagi har bir narsa inson ehtiyoji uchun xizmat qiladi. Qaysidir ma’noda, daraxtlar ham inson ehtiyojining bir qismini qoplash uchun yaratilgan. Lekin ba’zida inson o’zining ikkilamchi talablari sabab birlamchi ehtiyojlarini unutib qo’yadi. Daraxtlar aynan bizning birlamchi ehtiyoj – nafas olishimiz uchun qulay sharoit yaratib beradi. Ularning saqlab qolinishi, dunyoning yashilliklari ko’payishi esa hozirgi muammolarning bevosita yechimi bo’la oladi.

Inson mohiyatni anglamaguncha, o’zi qilayotgan xato ishini to’xtata olmaydi. Ekotizim bizning atrofimizni nima uchun o’rab turgani tushunib yetmasa, uning daraxtga qiron keltirishini hech bir qonun to’xtatib qololmaydi.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
👍 Bu esa sun'iy intellektning har bir mezon bo'yicha baholari va izohlari:
(lekin imlo va punktuatsiya bo'limlaridagi ball kamayishiga qo'shilmayman)

Albatta! Quyida siz yuborgan ekologik muammoga oid esseni respublika baholash mezonlari (12 ta band, har biri 0–2 ball) asosida sinchiklab tahlil qilaman. Har bir band uchun aniq izoh beraman va yakunda aniq hisoblangan jami ball bilan xulosa qilaman.

📝 Essening mazmuni:
Muallif daraxtkushlik muammosini hayotiy, hissiy va falsafiy yondashuvda ochib bergan. Ekologiyaga hurmat, daraxtlar hayotiy zaruriy manba ekanligi, insonning e’tiborsizligi va aqliy yondashuv yo‘qligi asosiy g‘oya sifatida ilgari surilgan.

📊 Bandma-band baholash
1. Publitsistik uslubga moslik — 2 ball
Izoh:
Fikrlar jiddiy, jamiyatga qaratilgan, ogohlantiruvchi ohangda yozilgan. Falsafiy-fikriy elementlar ham publitsistik ruhda ifodalangan. So‘zlashuv yoki badiiy uslubga og‘ish yo‘q.

2. Qarashlar va shaxsiy fikr yoritilishi — 2 ball
Izoh:
Muammo bir tomonlama emas, ikki darajada yoritilgan:
Inson ehtiyojidan kelib chiqib daraxt kesilishi,
Lekin uni o‘rniga ekilmasligi.
Muallif bu ziddiyatni yoritgan va o‘z shaxsiy pozitsiyasini: ekotizim bilan murosa qilinmagan har qanday foyda – halokatga olib keladi, degan fikr bilan aniq bildirgan.

3. Dalillar bilan asoslash — 1.5 ball
Izoh:
Falsafiy va mantiqiy asoslar kuchli.
Lekin real hayotiy yoki statistik misollar yo‘q (masalan, qaysi hududda qancha daraxt kesilgan yoki qanday oqibatlar bo‘lmoqda degan ma’lumotlar).
Shuning uchun 0.5 ball tushirildi.

4. Matn tuzilishi (kirish, asosiy qism, xulosa) — 2 ball
Izoh:
Kirish: jamiyatdagi holatga yondashuv va savol bilan boshlanadi.
Asosiy qism: muammoga doir asos, sabab, tushuncha, misol.
Xulosa: keskin va falsafiy “anglash” bilan tugaydi.
Mukammal tuzilma.

5. Mantiqiy tuzilish va abzaslar — 2 ball
Izoh:
Har bir abzas mantiqan bog‘langan.
Gaplar abzaslarga to‘g‘ri ajratilgan, har biri bitta asosiy fikrga xizmat qiladi.

6. Mantiqiy izchillik, takror yo‘qligi — 2 ball
Izoh:
Fikrlar ketma-ket ochilgan, har biri yangi ma’no olib kiradi.
Bitta fikr qayta aylantirilib yozilmagan.

7. Imlo xatolari (orfografiya) — 1.5 ball
Izoh:
Quyidagi xatoliklar mavjud:
“o’z o’rniga qo’yilmaganidir” — vergul ishlatilishi kerak edi.
“portlashiga bu jihat emas” — gapda murakkablik bor.
“moziyga qarab” kabi iboralar tirnoqsiz.
Bunday xatolar 2-3 o‘rinda uchraydi.

8. Punktuatsiya xatolari (tinish belgilari) — 1.5 ball
Izoh:
Ba’zi gaplar haddan ziyod uzun, tinish belgilar yetishmaydi.
“jonli tanadek, undagi tog’-u bog’, qir-u adirlar…” — bu joyda belgilarning ketma-ketligi og‘ir.
Bunday holatlar 2-3 o‘rinda.

9. Qo‘shimchalar bilan bog‘liq xatolar — 2 ball
Izoh:
Qo‘shimchalar to‘g‘ri ishlatilgan. Zamon, shaxs, son, egalik shakllari mos.

10. So‘z qo‘llashdagi uslubiy xatolar — 2 ball
Izoh:
“So‘zlar teran tanlangan”, “ekologiyaning jahlini chiqarish”, “aqlni unutish” — bu obrazli, ammo aniq va uslubiy jihatdan to‘g‘ri.
Badiiylik emas, fikr kuchini oshiruvchi vosita.

11. Lug‘at boyligi va ifodalilik — 2 ball
Izoh:
Til obrazli va boy:
“Ekotizimning tana a’zolari”,
“Inson ekologiyaning jahlini chiqaradi”,
“aqlini yo‘qotgan jamiyat”
Bu ifodalar matnga kuchli emotsional va semantik qatlam bergan.

12. Adabiy til me’yori (sheva, jargon, parazit so‘zlar) — 2 ball
Izoh:
Hech qanday sheva, jargon yoki parazit so‘z yo‘q. Matn adabiy til me’yorlariga to‘liq mos.

📘 Yakuniy baho va tavsiya:
Bu esse mavzuni chuqur falsafiy va hissiy asosda ochgan, o‘quvchining tanqidiy va ijtimoiy tafakkurini ko‘rsatgan kuchli yozma ish namunasi hisoblanadi. Ayniqsa:
Tasviriy tilda metaforalar va jonlantirishlar,
Ekologiyani “jonli” deb talqin qilish,
Inson va tabiat orasidagi axloqiy mas’uliyat rishtalari — bu esseni o‘ziga xos qiladi.

🔻 Tavsiya:
Real faktlar (statistika, o‘zimizdagi voqealar) keltirilsa, dalillilik jihatidan kuchayadi. Imlo va tinish belgilariga e’tibor – har doim yakuniy bahoni mustahkamlaydi.

🎯 Yakuniy baho: 22.5 / 24 ball — Yuqori sifatli va chuqur esse!


@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
👍 Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
13%
muomila
87%
muomala
🎉6👍3👀1
👍 Assalomu alaykum, xayrli tong barchaga!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
Markaz
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonning maktabgacha va maktab ta’limi uchun 40 million dollar ajratadi
Faqatgina ta'lim rivoji uchun sarflanadi degan umiddaman.

@rustamov_edu
👍6❤‍🔥1
👍 Qaysi javob to'g'ri?

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
TUYA VA ESHAK

To‘rtinchi «A» sinfda o‘qirdim. G‘alati o‘qituvchimiz bor edi. O‘zi naynov. Bo‘yni uzun. Har qadam bos­ganida boshi liqillaydi. Tuyaning o‘zi... Sho‘xlik qilsak, koyi­maydi, faqat «Ha, bolajon-a, bolajon!» deb xo‘rsinib qo‘yadi. Unga sayin biz battar to‘polon qilamiz... Ammo ko‘zlarini yarim yumib she’r o‘qiganida sinfimiz jim bo‘lib qoladi... O‘sha she’rlarning ba’zi satrlari chala-yarim esimda qolgan. «Haqiqatni ko‘rganlarning ko‘zi ko‘rdir, haqiqatni tinglaganning qulog‘i kar...»

Kunlardan birida o‘qituvchimiz darsga kirmadi. Ertasiga ham... Indiniga ham...

Qiziq, biz uni sog‘ina boshladik.

Bir haftadan keyin yangi muallim keldi. To‘rtinchi ­«B»­ning muallimi. «Kitelli» muallim. Ko‘rinishi shu qadar qo‘rqqulik ediki, hamma pildirpis bo‘lib qoldi. Oramizdagi dadilroq bola «o‘zimizning ma’lim qani?» deb so‘ragan edi, «kitelli» muallim sapchib o‘rnidan ­turdi.

– Shoir ma’liming Magadanda! – dedi qo‘lini paxsa qilib. – U ma’lim emas. Xalq dushmani! Antisovet shoir­larning shig‘irini o‘qigan! Mutaassib! Dindor! Ma’limingni sog‘ingan bo‘lsang, otangga ayt: ikkalangni ma’limingni oldiga jo‘natamiz!

Keyin bir-biridan vahimali gaplar tarqaldi. «Shoir  – o‘qituvchi xalq dushmani ekan. Yangi ma’lim «tegishli joyga yozib beribdi...» «Kitelli» muallim yana ancha yil dars berdi. Ammo biron marta «shig‘ir» o‘qimadi...

Oradan ko‘p yillar o‘tdi. Navro‘z bayrami bo‘layotgan edi. Bir mahal mikrofonda tanish, viqorli ovoz jaranglab qoldi:

– Birodarlar! Yaratgan egamga shukronalar qiling! Mustaqillik qadimiy an’analarimizni tikladi. Navro‘z  – xalq bayrami. Hammamizning bayramimiz!

...Qarasam, o‘zimizning «kitelli» muallim. Deyarli o‘zgarmabdi. Hamon tetik. Hamon viqorli... Faqat egnida jigarrang kitel emas, to‘n. Boshida do‘ppi...

«Kitelli» muallimning gapiga mahliyo bo‘lib, ro‘paramda o‘tirgan qariyaga e’tibor bermabman.

Bir mahal qariyaning o‘zi gap boshlab qoldi:

– Siz meni tanimaysiz. Men sizning kitoblaringizni o‘qiyman, bolajon!

«Bolajon» degani qalbimda qandaydir sog‘inch tuyg‘ularni uyg‘otgandek bo‘ldi. Pokiza kiyimli, qaddi bukik qariyaga sinchiklab tikildim.
– Siz...
– Ha-da! – dedi qariya muloyim kulib. – Men o‘sha «shoir» o‘qituvchingizman... Xursandman, bolajon, yozganlaringizdan xursandman.

...Agar mikrofonda «kitelli» muallim va’zini cho‘zmasa, boshqa mavzuga ko‘chgan bo‘larmidik...
– Domla, – dedim qariyaga. – Manavilar hamon va’zxonlik qilib yotibdi. Axir siz...
– Nachora, – dedi qariya xotirjam alfozda. – Eshak qachon xohlasa, qayerda xohlasa, hangrayveradi, bolajon... Mening hech kimga xusumatim yo‘q... – Bir zum o‘ylanib turdi-da, siniq jilmaydi. – Bir hangomani aytib beraymi?.. Esini yeb qo‘ygan cholni ma’zur tutasiz. Bu gaplarni kitobdan o‘qiganmidim, yo ellik ikkinchi yili «u yog‘ga» jo‘natishganida etapda eshitganmidim, esimda yo‘q. Ammo ma’nosi bunday.

Qadim zamonda bir sarbon bo‘lgan ekan. Ko‘p yurtlarga boribdi. Ko‘p aziyat chekibdi... Yoshini yashab, oshini ­oshab, vaqti-qazosi yetganini sezibdi. Bola-chaqalari, qarindosh-urug‘lari bilan rozi-rizolik tilashibdi. «Mendan rozimisizlar?» debdi. «Mingdan ming rozimiz», deyishibdi.
Nogahon yana bir qadrdoni sarbonning esiga tushibdi. Qirq yil xizmatini qilgan tuyasi bor ekan. Shu bilan ham vidolashadigan bo‘pti.
«Vaqti kelsa, keragidan ortiq yuk ortdim, vaqti kelsa, suvsiz qolding, och qolding, mendan rozimisan?» deb so‘rabdi tuyadan.
«Roziman, – debdi tuya. – To‘g‘ri, yuk ham ortding, suvsiz ham qoldirding. Nimaiki qilsang, karvon manzilga bexatar yetsin, deb qilding... Ammo bir marta sendan qattiq dilim og‘rigan. Bir gal mening jilovimni eshakning dumiga bog‘lab qo‘ygansan... O‘shanda eshak tuproq changitgani yetmagandek, bir-ikki marta tumshug‘imga tepdi... Sen bo‘lsang, kulib tomosha qilding...»

Qariya jimib qoldi. Tag‘in siniq jilmaydi.
– Yaxshi sarbon yuk ortadigan tuyasini eshakka teptirib qo‘ymaydi...

Mikrofonda esa, hamon «kitelli» muallim nutq irod etar edi:
– Mana, Xudoga shukr, dinimiz tiklandi. Imonli bo‘laylik. O‘t balosidan, suv balosidan, tuhmat balosidan asrasin...
👍12
Qayerdadir eshak hangradi. Uzoq, kuchanib hangradi...

O‘tkir HOSHIMOV

@rustamov_edu
👍8
👍 Qaysi javob to'g'ri?

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
👍 Assalomu alaykum, xayrli tong barchaga!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥5👍2
👍 Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
20%
mavjudod
80%
mavjudot
1👍61
👍 Assalomu alaykum, barchaga xayrli tong!

Bugun imtihonga kiruvchi barchaga omad tilayman.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍26❤‍🔥4
👍 Assalomu alaykum, barchaga xayrli tong!

Imtihonlar yaxshi oʻtdi degan umiddaman. Agar kim imtihondan soʻng “hali koʻp oʻrganishim kerak ekan” degan xulosaga kelgan boʻlsa, tabriklayman: siz imtihondan oʻtdingiz. Chunki bu sinov imtihoni sizdagi ilmni test qiladi, yoʻgʻini esa egallashga chorlaydi. Raqamlar ham sizning shu istak bilan harakatlanishingizga qarab oʻsib boradi.

Yuqorini koʻzlagan holda yangi mavsumni bugundan boshlaymiz! Kanaldan uzoqlashmang.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍6
👍 Tavsiya

Imlo mavzusidagi xatoliklarni kamaytirish, agar o'zi kam bo'lsa, umuman yo'qotishning bir yo'li bor. Bu ham bo'lsa, har safar biror so'zning imlosida yanglishsangiz, lug'at shaklida alohida daftarga yozib borish.

Agar lug'atingizni alifbo tarzida shakllantirsangiz, yanada qulay bo'ladi. Vaqti-vaqti bilan ko'z yugurtirib turasiz. Ayniqsa imtihondan oldin imlo mavzusiga tayyorlanish anchayin osonlashadi.

Sinalgan usul. Siz ham sinab ko'ring!
Rahmatni shu post ostida yozib qoldirasiz, foydasi tegsa 😁

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍103
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 Videodagi kabi holatlarga misollar ko'p. Hayotingiz davomida ham uchratgansiz, ba'zida bevosita ishtirokchi bo'lgansiz.

Gap reja bilan ish ko'rish haqida ketmoqda. Videodagi it "Golden retriever" zotiga mansub bo'lib, "Itlar intellakti" ro'yxatida 4-o'rinda turadi. O'rgatish oson, buyruqlarga 95% holatda to'g'ri reaksiya bildira oladi. Shuningdek, u emotsional jihatdan ham barqaror.

Videoda ko'rdik: dastlabki urinishlari bekor ketgach, ozgina tin oldi, analiz qildi va reja bilan qayta urindi, natijada uddaladi.

Birni ko'rib fikr qil. Agar sizda ham o'xshamayotgan bo'lsa, ozgina tin oling, keyin reja bilan qayta urining. Tashlab qo'ymang. Ortga qadam tashlamang.
Albatta, uddalaysiz!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
👍 Sun'iy intellekt orqali tekshirilgan esse namunasi 👇🏻
O'qib ko'ring, sizning fikringiz qanday: sun'iy intellekt bergan ball haqlimi yoki yo'q?


Mavzu: Ko’plab vatandoshlarimiz davlat tashkilotlarida yoshi katta kadrlardan ko’ra yoshlarning ko’proq bo’lishi kerak ekanini ta’kidlashadi. Bunga boshqa insonlar qarshi chiqib, tajriba muhim ahamiyatga ega ekanini tushuntirishga harakat qiladi.

Har bir davlat tashkilotiga amaldor bo’lib tayinlangan shaxs o’z vatanining rivojiga hissa qo’shishi, uni yuksaltirishga xizmat qilishi kerak. Mamlakatning iqtisodi va uning ijtimoiy holati bizga ma’lum bo’lgan tajribalar va yangi ko’nikmalarning birgalikda qo’llanishi natijasida ijobiy tomonga o’zgarib boradi. Vatan ravnaqi yo’lida qay biri muhim ahamiyatga ega – tajriba yoki yangilik?

Dunyoda biror bozor yo’qki, tajriba kilolab sotiladigan. “Bir tajriba yetti kitobdan afzal” hikmatiga tayanadigan bo’lsak, amaliyotda yillab egallangan ko’nikmalarni o’nlab kitoblardan ham topish mushkul ish bo’lib qoladi. Hukumat kursilarida o’tirgan tajribali kadrlar ma’lum vaziyatlarda qanday chora ko’rishni biladi va bu oqilona qaror chiqarilishiga olib keladi. Qari bilganni pari bilmas. Fikrimcha, boshqaruvda ayrim hollarda tajribaning o’rni ba’zi bilimlardan ko’ra ahamiyatliroq.

Internet asrida taraqqiyotning jadalligi avlodlar almashinuvini ham tezlashtirib yubordi. O’ttiz-qirq yil ilgari yoshi katta inson bilgan ayrim bilimlarni yoshlar ham o’sha yoshga yetganida o’rganishgan bo’lsa, hozirgi yosh avlod o’zidan katta avlodga ko’p jabhada ustozlik qilayotganiga ham guvoh bo’lmoqdamiz. Chet tillarini bilish, zamonaviy texnologiyalardan erkin foydalana olish faktorlari bugunga kelib, kadrlarning yasharishini taqazo etmoqda. Nafaqat hukumat, balki istalgan sohada yoshi katta kadrlar uzoq yillar davomida egallagan tajribalari ayrim muammolarni hal etishda pand bermoqda va mana shu o’rinlarda zamonaviy yechimlar bera oladigan yosh kadrlar bilan bog’liq “immunitet tanqisligi” yuzaga chiqmoqda. Nazdimda, ayrim sohalarda tajriba o’z o’rnini yangi ko’nikmalarga bo’shatib berishi foydadan holi bo’lmaydi. Zero, o’z yoshlarining bilimi va iqtidoriga shubha qilgan jamiyat ichidan darz keta boshlaydi.

Hech bir narsa mutlaqo yomon yoki mutlaqo yaxshi bo’la olmasligini anglagan holda ikki tomonning ham yaxshi sifatlarini birlashtirishdan nafaqat hukumat, balki xalq ham foyda topadi. Ma’lum muddat tajribali kadrlar yangi malakalarni o’zlashtirgan yoshlar bilan birga faoliyat ko’rsatib, keyin o’z o’rnini bo’shatib berishi hukumatda “havo sirkulyatsiyasini” ta’minlabgina qolmay, juda ko’plab muamolarning bevosita yechimi bo’ladi.

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
👍 Bu esa sun'iy intellektning har bir mezon bo'yicha baholari va izohlari:

Albatta, quyida siz taqdim etgan ushbu esseni 12 ta milliy baholash mezoni asosida sinchiklab tekshiraman. Har bir mezon bo‘yicha 0 dan 2 gacha ball qo‘yiladi va aniq, asosli izoh beriladi.

✍️ Esse mavzusi:

Tajriba muhimmi yoki yoshlarning zamonaviy bilimlari?
Muallif mavzuni muvozanatli yoritgan, qarama-qarshi pozitsiyalarni keltirgan va o‘z pozitsiyasini aniqlik bilan bildirgan.

📊 Baho va tahlil
1. Publitsistik uslubga moslik — 2 ball
Izoh:

Matn publitsistik uslub talablariga to‘liq mos. Fikrlar jiddiy, izchil, jamiyat muammosiga oid. So‘zlashuv ohangi yoki ortiqcha badiiylik yo‘q. “Nazdimda”, “fikrimcha”, “zero” kabi so‘zlar uslubiy aniqlik beradi.

2. Qarashlar va shaxsiy fikr yoritilishi — 2 ball
Izoh:

Muallif ikki tomonning nuqtai nazarini ochib bergan:
Tajribali kadrlar foydasi,
Yoshlardagi zamonaviy ko‘nikmalar ustunligi.
Xulosa qismida shaxsiy pozitsiyasi aniq: sinergiya, ya’ni har ikki qatlam birgalikda ishlashi foydaliroq.

3. Dalillar bilan asoslash — 2 ball
Izoh:

Esseda hayotiy misollar, maqol, tarixiy kontekst va zamonaviy holatlar asosida fikrlar mustahkamlangan:
“Qari bilganni pari bilmas” (tajriba),
“Chet tillari, texnologiyalar” (yoshlar ustunligi).
Dalillash chuqur va o‘rinli.

4. Matn tuzilishi (kirish, asosiy qism, xulosa) — 2 ball
Izoh:

Kirish qisqa va mavzuga to‘g‘ridan kirilgan. Asosiy qismda fikrlar ketma-ketlik bilan ochilgan. Xulosa qat’iy, umumlashtiruvchi, yakunlovchi gaplar bilan tugagan.

5. Mantiqiy tuzilish va abzaslar — 2 ball
Izoh:

Har bir yangi fikr yangi abzasdan boshlanadi. Gaplar bir-biriga mantiqan bog‘langan. Esseni o‘qish oson va fikr oqimi silliq.

6. Mantiqiy izchillik, takror yo‘qligi — 2 ball
Izoh:

Fikrlar takrorlanmaydi. Har bir paragraf yangi nuqtai nazar yoki chuqurlashtirish olib keladi. Izchillik mukammal.

7. Imlo xatolari (orfografiya) — 2 ball
Izoh:

Esseda imlo xatosi aniqlanmadi. Harflar, so‘zlar, qo‘shimchalar aniq yozilgan. Har bir gap savodli shaklda qurilgan.

8. Punktuatsiya xatolari (tinish belgilari) — 2 ball
Izoh:

Vergullar, nuqtalar, so‘zlar orasidagi bo‘shliqlar — barchasi to‘g‘ri qo‘yilgan. Matnda tinish belgilarining tartibli qo‘llanishi esse ohangini mustahkamlaydi.

9. Qo‘shimchalar bilan bog‘liq xatolar — 2 ball
Izoh:

Grammatik shakllar to‘g‘ri qo‘llangan. Kelishik, son, zamon, egalik affikslari mukammal ishlatilgan.

10. So‘z qo‘llashdagi uslubiy xatolar — 2 ball
Izoh:

So‘zlar aniq tanlangan. “Immunitet tanqisligi”, “havo sirkulyatsiyasi”, “pand bermoqda” – aniq, chuqur va kontekstga mos ifodalar.

11. Lug‘at boyligi va ifodalilik — 2 ball
Izoh:

Boy til materialidan foydalanilgan. Maqollar, iboralar, metaforik iboralar (“havo sirkulyatsiyasi”, “jamiyat ichidan darz ketadi”) matnga obrazlilik bag‘ishlagan.

12. Adabiy til me’yori (sheva, jargon, parazit so‘zlar yo‘qligi) — 2 ball
Izoh:

Hech qanday jargon, sheva yoki begona talaffuzdagi ifoda yo‘q. Matn adabiy tilda, izchil va madaniyatli uslubda yozilgan.

Jami ball: 24 / 24
🏁 Yakuniy baho va tavsiya:

Bu esse yuqori darajadagi yozma nutq namunasi. Mavzu keng, ijtimoiy dolzarb, muallif esa uni fikrlar balansi, dalillar asosida va aniq xulosa bilan bayon qilgan. Tili boy, ifodasi aniq, grammatika va uslub nuqtayi nazaridan nuqsonsiz.

🎉 Baholash mezonlariga ko‘ra – maksimal 24 ball!


@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
👍 Assalomu alaykum, xayrli tong barchaga!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
👍 Fikr "muzlab qolmasligiga" qarshi ko'rsatmalar

Yozma ishni baholash mezonlari bilan tanishib chiqqan bo'lsangiz, bildingizki, esseda asosiy e'tibor
uning mazmuni, fikrlar teranligiga qaratiladi. Avvalroq esse tekshilmaydigan holatlar haqida aytib o'tgan edim va e'tibor bersangiz, bu xatoliklarga fikrlar chalkashib ketishi ortidan yo'l qo'yiladi.

Hozir men esseyingiz tekshirilishi va tekshirilganda ham yuqoriroq ball olishingizni kafolatlaydigan fikr formulalari bilan bo'lishaman:

1. A + B ≠ C (harfiy ifodalar fikrlarni anglatadi)
Bu hamma kabi odatiy fikrlash ortidan keladigan fikrlarni yo'qqa chiqaradi va esse uchun yangi g'oya beradi. Masalan, “Yutuq + mashhurlik ≠ baxt”, ya'ni hayotda muvaffaqiyatga erishish va uning ortidan keladigan mashurlik har doim ham baxt keltirmasligi mumkin.

2. Agar… bo‘lmasa, B bo‘lmaydi – “Shartli natija”
Avvalgi fikringizni dalillash va uni mantiqiy davom ettirishga yordam beradi. Masalan, agar jamiyat yoshlarga ishonmasa, kelajak poydevori qurilmaydi. Bu gapdan keyin siz jamiyat poydevori haqida ikki og'iz gapirish uchun imkon yaratasiz.

3. Ko‘rinishda A, aslida B – “Yuzaki va ichki tafovut”
Bu sizning mavzuga yondashuvingizni ko'rsatadi. Shu kabi gap qurilmasi orqali siz fikr chuqurligingizni ko'rsatib bera olasiz. Masalan, kasb tanlashda ota-onaning yordami tanlovdek ko‘rinsa-da, bu ba’zida farzand uchun bosimdir.

4. A – bu nafaqat B, balki C – “Fikrni kengaytirish”
Bu qurilma yordamida siz mavjud fikringizni yanada kengaytirish imkoniga ega bo'lasiz. Bir fikrni aytish orqali boshqa yangi yondashuvni olib kirasiz. Masalan, kasb – bu nafaqat daromad manbai, balki o‘zini anglash vositasidir. Bunda asosiy fikrga falsafiy yondashuvni olib kirildi va endi yana 2-3 gap yordamida kasbning shu tomoniga to'xtalish mumkin.

5. O‘tmishda A, bugun esa B – “Vaqt orqali solishtirish”
Deyarli har qanday mavzuga zamonaviy yondashuv olib kira oladigan qurilma. Masalan, kasb tanlash o‘tmishda ota-ona tanlovi odatiy edi, bugun esa ko‘proq yoshlarga quloq solinmoqda.

6. A yoki B emas, A va B kerak – “Ziddiyatdan muvozanatga”
Bu qurilma yordamida xulosa yoki yechim qismida muvozanatli pozitsiyangizni ko‘rsata olasiz. Masalan, nazariya yoki amaliyot emas – ikkisining uyg‘unligi zarur.

7. Ko‘pchilik A deb o‘ylaydi, lekin aslida B – “Stereotipni buzish”
Bu qurilmadan fikr yo'nalishini o'zgartirishda ishlatishingiz mumkin. Yana foydali tomoni shundaki, fikringizdagi kontrast aniq ko'rinadi, kontrastli fikrlar esa essening bezagi.

Eslatma: bu tayyor qolip emas. Bu qurilmalardan o'z yo'nalishingizda boshi berk ko'chaga kirib qolganingizda vaziyatdan chiqish uchun foydalanishingiz mumkin.
Tavsiya: bu qurilmalarni imtihonga qadar mashq qilish tavsiya etiladi. Tayyorligicha yodlab olib, imtihonda ishlata olmaysiz. Buni o'zlashtirish va o'zingizniki qilish uchun 3-4 esseda sinab ko'rishingiz kerak.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41