❗️ Milliy sertifikat uchun yakka tartibda mashgʻulot izlab yurganlar diqqatiga!
Bizda darslar boshlandi. Kursning 1 oylik narxi 250 ming.
Dars vaqtini va kuni oʻzingiz belgilang. Ta’lim berish va nazorat qilish bizdan.
❗️Guruh darslaridan farqli ravishda berilgan vazifani bajarmaguningizgacha yangi mavzuga oʻtilmaydi.
Natijalar: @edu_natijalar
Kurs haqida batafsil ma’lumot olmoqchi boʻlsangiz, @javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling.
Bizda darslar boshlandi. Kursning 1 oylik narxi 250 ming.
Dars vaqtini va kuni oʻzingiz belgilang. Ta’lim berish va nazorat qilish bizdan.
❗️Guruh darslaridan farqli ravishda berilgan vazifani bajarmaguningizgacha yangi mavzuga oʻtilmaydi.
Natijalar: @edu_natijalar
Kurs haqida batafsil ma’lumot olmoqchi boʻlsangiz, @javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling.
👍8⚡1
Forwarded from Ochiq dars
❕ Eng shovqinli sinf ustozlari uchun
Sinfdagi shovqinning sabablaridan biri oʻquvchilar sonining koʻpligi. Shuni deb dars sifati past va ustozlar doimiy stressda boʻladi.
Bu maqolamizda shunday sinflarda qoʻl keladigan tavsiyalarni berdik.
Ortiq qiynalmang, maqolani oʻqing.
#mualliflikMaqolasi
@ochiqdarsuz
Sinfdagi shovqinning sabablaridan biri oʻquvchilar sonining koʻpligi. Shuni deb dars sifati past va ustozlar doimiy stressda boʻladi.
Bu maqolamizda shunday sinflarda qoʻl keladigan tavsiyalarni berdik.
Ortiq qiynalmang, maqolani oʻqing.
#mualliflikMaqolasi
@ochiqdarsuz
🔥6👍2
❄️ Oʻlimdan qoʻrqib, jon talvasasida yotgan qariyadek qish soʻnggi kunlarida qor bilan oʻzini eslatib, yana oʻziga mahliyo qilib, sovugʻi bilan oʻzidan bezdirib, oʻrnini bahorga boʻshatib bermoqchi, shekilli.
Lekin baribir boshqa fasllarga qaraganda ancha salobatli fasl. Viqori bor.
@rustamov_edu
Lekin baribir boshqa fasllarga qaraganda ancha salobatli fasl. Viqori bor.
@rustamov_edu
⚡24❤🔥4
Forwarded from OYINA.UZ
Xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari taqdim etildi
Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham qabul qilishi va koʻrib chiqishini bildirgan.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3559
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | X
Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham qabul qilishi va koʻrib chiqishini bildirgan.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3559
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | X
👍5
MS imtihoniga 50 kun vaqt qoldi!
Imtihonga tez va natija beradigan uslubda tayyotlanmoqchi boʻlsangiz, darslar yakka tartibda oʻtiladigan kursimizga qabul hali ham davom etmoqda, qoʻshilib oling!
Batafsil ma’lumot uchun @javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling.
@rustamov_edu
Imtihonga tez va natija beradigan uslubda tayyotlanmoqchi boʻlsangiz, darslar yakka tartibda oʻtiladigan kursimizga qabul hali ham davom etmoqda, qoʻshilib oling!
Batafsil ma’lumot uchun @javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling.
@rustamov_edu
🔥3👍1
Forwarded from OYINA.UZ
Biz unutayotgan esse va unda yashayotgan falsafa
Nega ijtimoiy fanlar ifoda vositasi sifatida boshqa janrlardan emas, aynan essedan foydalangan? Esse falsafaning analogimi? Maqolada shu savollarga javob izlanadi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3562
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | X
Nega ijtimoiy fanlar ifoda vositasi sifatida boshqa janrlardan emas, aynan essedan foydalangan? Esse falsafaning analogimi? Maqolada shu savollarga javob izlanadi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3562
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | X
👍5🎉1🏆1
Narx va kurs haqida batafsil ma'lumot uchun @javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling.
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🏆1
Forwarded from Markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
@markaz_uzbekistan
@markaz_uzbekistan
🎉6
Narx va kurs haqida batafsil ma'lumot uchun @javlonbek_rustamjonov ga murojaat qiling.
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Forwarded from Orif Tolib
Nima degani?
Soʻz va iboralar maʼnosiga oid maqolalar
5-qism
🔹 Sapcha nima?
🔹 “Ohori toʻkildi”: ohor nima?
🔹 “Dilgir” nima degani?
🔹 “Reza-reza ter qopladi”: reza nima?
🔹 “Aka” soʻzining lugʻaviy maʼnosi nima?
🔹 Anomal issiq: “anomal” nima degani?
🔹 “Juma” soʻzining maʼnosi
🔹 “Bakovuling boʻloyin”: bakovul kim?
🔹 “Unniqmoq” nima degani?
🔹 “Xaos” nima degani?
🔹 “Dorilamon” nima degani?
🔹 “Lom-mim demaslik” nima degani?
🔹 “Vakuum” nima degani?
🔹 “Beshbattar”dagi besh nima?
🔹 Kvazarlar nima?
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Soʻz va iboralar maʼnosiga oid maqolalar
5-qism
🔹 Sapcha nima?
🔹 “Ohori toʻkildi”: ohor nima?
🔹 “Dilgir” nima degani?
🔹 “Reza-reza ter qopladi”: reza nima?
🔹 “Aka” soʻzining lugʻaviy maʼnosi nima?
🔹 Anomal issiq: “anomal” nima degani?
🔹 “Juma” soʻzining maʼnosi
🔹 “Bakovuling boʻloyin”: bakovul kim?
🔹 “Unniqmoq” nima degani?
🔹 “Xaos” nima degani?
🔹 “Dorilamon” nima degani?
🔹 “Lom-mim demaslik” nima degani?
🔹 “Vakuum” nima degani?
🔹 “Beshbattar”dagi besh nima?
🔹 Kvazarlar nima?
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍15🎉1
O'tgan bo'lsa ham, Hayit ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Barchangizga oilaviy tinchlik, faravonlik, ish faoliyatingizga muvaffaqiyat, tutgan ro'zalaringiz bexato qabul bo'lishini tilayman. Shuningdek, kelayotgan imtihonda barchaga omad yor bo'lsin!
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝9👍7
Shu xabar ostida bugun uchun yozib qo'ygan ilk tavsiyalarimni qoldiraman. O'qib chiqib, manfaat topgach, yaqinlaringizga ham ulashib qo'yasiz degan umiddaman!
Aytgancha, quyidagi tavsiyalar birmuncha umumiy va esse yozishni endigina boshlaganlar uchun ko'proq foydali bo'ladi. Keyingi kunlarda beradigan tavsiyalar va esse namunalari esa yozish ko'nikmasini yuqori darajaga ko'tarib olganlar uchun ham foydali bo'ladi.
O'qing, izlaning, harakatdan to'xtab qolmang!
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉13❤🔥5👍3
❗️Yozma ish (esse)ni muvaffaqiyatli topshirish uchun quyidagi tavsiyalar va ogohlantirishlarga amal qiling:
Publitsistik uslubni saqlang: Fikr-mulohazalaringizni rasmiy va ommabop publitsistik uslubda bayon qiling. Bu uslubga xos sodda, ravon va keng ommaga tushunarli ohangni tuting. Og‘zaki so‘zlashuv yoki badiiy asarlar uslubiga berilib ketmang.
Mantiqiy izchillikka rioya qiling: Fikrlaringizni mantiqiy ketma-ketlikda, adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda ifodalang. Har bir jumla va paragraf oldingisiga bog‘lanib, mazmunan davom etsin. Keraksiz takrorlardan saqlaning, fikr uyg‘unligini saqlab qoling.
Mavzudan chetga chiqmang: Bayon qilinayotgan barcha fikr-mulohazalar faqat berilgan mavzu doirasida bo‘lishi lozim. Esseda mavzuga aloqador bo‘lmagan, chalg‘ituvchi ma’lumot yoki hikoyalarni keltirmang. Aks holda, ish mavzudan uzoqlashib ketadi va past baholanadi.
To‘g‘ri tarkibiy tuzilma yarating: Esse uch qismdan – kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bo‘lishi lozim.
Kirish qismi 2-3 jumladan iborat bo‘lib, mavzuga qisqacha kirish beradi. Diqqat: kirish qismida berilgan vaziyat matnini aynan ko‘chirib yozmang, balki o‘z so‘zlaringiz bilan mazmunini kiriting.
Asosiy qism kamida uchta xatboshidan iborat bo‘lishi kerak. Unda har bir xatboshi turli tomonlarning qarashlari va sizning shaxsiy qarashingiz batafsil yoritilsin. Berilgan vaziyat yuzasidan qarama-qarshi fikrlarni hayotiy misollar bilan dalillang, shaxsiy mulohazalaringizni ham o‘zingizning hayotiy tajriba yoki kuzatuvlarga asoslab bayon qiling.
Xulosa qismi 2-3 jumladan iborat qisqa yakun bo‘lib, u orqali asosiy qismda bildirilgan fikr-mulohazalarni umumlashtiring. Ya’ni mavzu yuzasidan o‘z yakuniy pozitsiyangizni va dars olgan xulosangizni qisqacha yozing.
Imlo va tinish belgilariga e’tibor bering: Matn yozib bo‘lingach, imlo xatolari va punktuatsiyani tekshiring. Har bir so‘zning to‘g‘ri yozilganini, vergul va nuqtalarning o‘rnida ekanini qayta ko‘rib chiqing – bu savodxonlik bandlarida yuqori ball olishga yordam beradi.
Adabiy til me’yorlariga amal qiling: Esseda sofligi saqlangan adabiy tilni ishlating. Shevaga oid so‘zlardan, jargon va keraksiz “parazit” so‘zlardan foydalanmang. Fikrni ifodalash uchun eng to‘g‘ri va sodda so‘zlarni tanlang, keraksiz shoshmaqomat iboralarni kiritmang.
Plagiatdan saqlaning: Boshqa manbalardan matnlarni ko‘chirib yozish qat’iyan man etiladi. Bu nafaqat baholashda avtomatik past ballga olib keladi, balki bilim darajangizni ham to‘g‘ri aks ettirmaydi. Har doim o‘z so‘zlaringiz bilan va o‘z fikringizni yozing.
Qo‘shimcha bezaklardan foydalanmang: Reja tuzish yoki epigraf keltirish shart emas, hatto noto‘g‘ri. Esseni bevosita kirish qismidan boshlang. Reja yoki epigraf yozish vaqtni oladi va baholash mezonlarida inobatga olinmaydi, shuning uchun diqqatni bevosita mavzuni yoritishga qarating.
Yuqoridagi tavsiyalarga rioya qilgan holda yozilgan esse baholash mezonlari bo‘yicha yuqori natijaga erishadi. Eng muhimi – mavzuni to‘g‘ri anglashingiz, fikrlarni tartibli va tushunarli ifodalay olishingiz hamda adabiy til qoidalariga amal qilishingiz. Shunda yozma ishingiz har bir band bo‘yicha maksimal ballga loyiq bo‘ladi.
Javlonbek Rustamjonov
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14✍2
Bugun 1-aprel. Bu degani imtihonga juda ham oz muddat qoldi. Teskari sanoq boshlandi, azizlar!
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡7👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍9🎉2
ProEducation | O'zbek tili
Video message
O'qib ko'ring, sizning fikringiz qanday: sun'iy intellekt bergan ball haqlimi yoki yo'q?
Esse mavzusi:
Bugungi kunda umumta’lim maktablarida ko’pgina fanlar qamrab olingan. Ayrimlar bolaga o’zining qiziqishlaridan kelib chiqib, muayyan fanlarnigina chuqurlashtirib o’qitish tarafdori. Ayrimlar esa barcha fanla o'quvchi uchun zarur degan fikrda.
Maktab ta’limi inson hayoti davomida zarur bo’ladigan ko’plab bilimlarning asosi hisoblanishi hech birimizga sir emas. Lekin umumta’lim dasturiga kiritilgan barcha fanlarni ham zarur deb bo’lmaydi. O’quvchining kelajakda muvaffaqiyatli shifokor yoki iqtisodchi bo’lib yetishishida asil maqsadiga ko’ra ishlamaydigan fanlar qanchalik hissa qo’sha oladi – ularning dasturda bo’lishi majburiymi?
Farzandlarimizning kelajakda muvaffaqiyatli bo’lishi uchun ularga aniq va tabiiy fanlarninggina yordami kamlik qiladi. Chunki muvaffaqiyat faqatgina ilm bilan o’lchanmaydi va bunda asosiy mezon tajriba va dunyoqarashning kengligidir. Shuningdek, insonlar bilan muloqot ham bu ro’yxatning yetakchi o’rinlarida turadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida dunyoqarashi o’zi kabilar bilangina fikr almasha oladi. Masalan, matematik va filolog o’z sohalaridan kelib chiqib, bir davrada ma’lum mavzu topa olmasligi mumkin, lekin ularning umumiy qiziqishlari musiqa yoki rang-tasvir bo’lsa, bu holatda suhbatning davomiyligi uzayishi tabiiy. Fikrimcha, agar maktab ta’limi dasturiga kiritilgan musiqa, tarbiya, texnologiya, tasviriy san’at kabi fanlar o’z maqsad va vazifasiga ko’ra ish tutsa, o’quvchilarning dunyoqarashiga o’zining ijobiy ta’sirini o’tkaza oladi.
Holatga maksimal ijobiy qaralganda, birinchi tomonning fikrida jon bor. Lekin reallik boshqacha vaziyatni ko’rsatmoqda. Ayrim umumta’lim maktablarida yuqorida sanab o’tilgan fanlar “xo’jako’rsin” uchun tashkil etilgan va ko’p holatda sinfda jimlikni saqlab turishgagina xizmat qiladi. Ko’pincha maktab ma’muriyatiga aloqador shaxslarning o’qituvchilikka tayinlanishi va fan uchun zarur bo’lgan inventarlarning mavjud emasligi bu holatning asosiy sababidir. Biroq o’quvchining kelajagi va ilmli bo’lishi haqida gap borayotganda bu kabi sabablar ularga to’siq bo’lishi va bu o’quvchi va uning ota-onalarining kurashadigan muammosiga aylanashi kerak emas. Bundan tashqari, o’zining kelajak sohasini belgilab olgan o’quvchi uchun yondosh fanlarni chuqur o’rganishga majburlanishi ham ko’zlangan natijaga olib bormaydi. Fikrimcha, inson e’tibori ko’p tarmoqli emas va ma’lum soha mutaxassisi bo’lish shu sohaga o’zini bag’ishlash bilangina yuzaga chiqadi.
Xulosa sifatida aytishim mumkinki, mobil telefonimiz uzoqroq ishlashi uchun g’ilof va himoyalovchi vosita, quvvatlovchi qurilmalar qanchalik zarur bo’lsa, o’quvchi uchun ham dasturdagi fanlar shunchalik muhim. Qachonki ular o’z maqsad, vazifasi va hozirgi kun talabi darajasida ishlasa.
Javlonbek Rustamjonov
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🏆1
Rahmat, esse namunasi uchun. Men ushbu esseni ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash milliy mezonlari (12 band, har biri 2 ball) asosida to‘liq tahlil qilib, har bir bandga izohli baho qo‘ydim. Quyida bandma-band baholash natijasi va izohlar bilan tanishing:
✅ 1. Publitsistik uslubga moslik — 2 ball
Izoh: Matn davomida muallif o‘z fikrini ravon, rasmiy-publitsistik uslubda bayon qilgan. So‘zlar tanlovi, gap qurilishi va uslubiy ohang publitsistik uslub talablariga mos. Badiiy yoki so‘zlashuv uslubi sezilmaydi.
✅ 2. Qarashlar va shaxsiy fikr yoritilishi — 2 ball
Izoh: Esseda har ikki qarash (barcha fanlar zarur vs. faqat kerakli fanlarni chuqurlashtirish) aniq va aniqroq yoritilgan. Muallif shaxsiy fikrini ham aniq ifoda qilgan. Ikki tomonlama tahlil mavjud va shaxsiy pozitsiya kuchli.
✅ 3. Dalillar bilan asoslash — 2 ball
Izoh: Har ikkala pozitsiyaga dalillar keltirilgan: bir tomonda insonning keng dunyoqarashi, boshqasida maktablarda ayrim fanlarning “xo‘jako‘rsin” tashkil etilishi haqida misollar bor. Shaxsiy kuzatuvlarga tayangan fikrlar ishonchli.
✅ 4. Matn tuzilishi (kirish, asosiy qism, xulosa) — 2 ball
Izoh: Kirish qisqa va mavzuga kirish bo‘lgan. Asosiy qism bir necha xatboshidan iborat, unda qarashlar tahlil qilingan. Xulosa ham mavjud va asosiy fikrlar umumlashtirilgan.
✅ 5. Mantiqiy tuzilish va xatboshilar — 2 ball
Izoh: Matn xatboshilarga aniq ajratilgan, har bir qism o‘z mavzusini tashkil etgan. Gaplar mantiqiy tartibda joylashgan, fikrlar oqimi izchil.
✅ 6. Mantiqiy-mazmuniy izchillik, takror yo‘qligi — 2 ball
Izoh: Matnda mantiqiy izchillik to‘liq saqlangan. Fikrlar takrorlanmaydi, har bir paragraf yangi fikr yoki nuqtani ochib beradi.
✅ 7. Imlo (orfografik) xatolari — 1.5 ball
Izoh: Asosan to‘g‘ri yozilgan, lekin ayrim joylarda “fanla”, “bo’lmaydi” o‘rniga “bo‘lmaydi” kabilar 1-2 o‘rinda xatolik sifatida baholanishi mumkin. Xatolar oz, lekin mavjud.
✅ 8. Punktuatsion xatolar — 1.5 ball
Izoh: Nuqtalar, vergullar asosan o‘rnida, lekin ba’zi joylarda gaplar orasida murakkab tinish belgilarining yo‘qligi, qisqichalarning noto‘g‘ri ishlatilishi mumkin. 1-2 joyda kichik xatoliklar.
✅ 9. Qo‘shimchalar bilan bog‘liq xatoliklar — 2 ball
Izoh: So‘zlarga qo‘shimchalar to‘g‘ri qo‘shilgan, zamon, kelishik, shaxs, son shakllari grammatik jihatdan to‘g‘ri.
✅ 10. So‘z qo‘llashdagi uslubiy xatolar — 2 ball
Izoh: So‘zlar ma’noli va o‘rinli tanlangan. Noto‘g‘ri ishlatilgan so‘zlar, parazit so‘zlar, noadekvat iboralar sezilmaydi. Uslub sof va toza.
✅ 11. Lug‘at boyligi va ifodalilik — 2 ball
Izoh: “Mobil telefon misoli”, “ijtimoiy mavjudot”, “xo‘jako‘rsin”, “dunyoqarashning kengligi” kabi ifodalar tasviriy, leksik boylik mavjud. Barqaror birikmalar ham ishlatilgan.
✅ 12. Adabiy til me’yori, sheva, jargon, parazit so‘zlardan foydalanilmaslik — 2 ball
Izoh: Shevaga oid so‘zlar, vulgarizm yoki parazit so‘zlar ishlatilmagan. Adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan.
✅ Jami ball: 23 / 24 ball
🔍 Yakuniy baho va tavsiya:
Bu esse juda puxta yozilgan, mavzuga to‘liq mos va publitsistik uslubda fikrlar chuqur bayon etilgan. Muallif hayotiy misollar, tahlil va shaxsiy fikrni muvozanatda olib borgan. Yagona e’tiroz – imlo va tinish belgilarida 1-2 kichik xatolik bo‘lishi mumkin. Agar ularni tuzatsa, bu esse mukammal namuna bo‘ladi.
Ajoyib ish! 👏
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🏆2