Online repetitorlikdan biroz muddat chetlashib, haqiqiy ta'lim bilan yuzlashganimda shuni tushundimki, o'tgan ikki yil mobaynida men faqatgina biznes bilan shug'ullanibman. Talim.uz kompaniyasidagi faoliyatim davomida "Haqiqiy ta'lim o'zi nima?" degan savolga javob topdim.
___________________________
"Dars ertalab ekan, ulgurarmikanman?" "Qimmat, bo'lmaydi" "Bepul kurs – ishonchlimas" "Sertifikat olishimga kafolat berasizmi?" "Kurs necha oy davom etadi?"
Bu kabi savollarni "pulini beryapman-ku, o'qitadi-da" qabilida tushanaman, ba'zida javobsiz ham qoldiraman. Shu va shunga o'xshash savollar bilan biror kurs o'rganishga qatnashmaganingiz ma'qul. Bundan faqatgina yuqorida aytganim – ta'lim biznesga aylangani qoladi.
____________________________
Siz uchun professional ta'lim nima? Nega bepul kurslarda qatnashsangiz ham, natija ololmaysiz?
Shu savollarga javob berishga harakat qiling.

👍23❤🔥2👎1
Sinf ishi → Uy ishi → Nazorat ishi → Professional ta'lim
Sinf ishi →Uy ishi → Nazorat ishi → Ta'lim biznesi
Bepul o'tiladigan darslar, albatta, foydali. Faqat kim uchun foydali? O'sha mavzu yoki fan yuzasidan boshlang'ich bazaga ega bo'lganlar uchun foydali. Bu degani boshqalar ko'rmasin degani emas. Ular ham ko'rishi mumkin, lekin o'zlari ko'zlagan maqsadga yeta olishmaydi. Sababi oddiy. Auditoriya katta, uni nazorat qilish imkoni yo'q. Yuqoridagi formulanga e'tibor bering. Ikkinchi formulada uy ishi bajarilmaydi va u ta'lim biznesiga aylanib ketadi. Bepul kurslar ko'p holatda mana shu biznesga xizmat qiladi. Bir yoki ikki dars o'tib, o'qituvchi o'z mahoratini namoyon etadi va o'z pulli kurslariga "yo'lakcha" ochib beradi.
Bu ishni o'zing ham qilasan-ku, deyishga shoshilmang. Men avvalboshidan shu narsani anglagan holda bepul darslarimni uzluksiz olib boraman. O'z vijdonidan kelib chiqqan holda bajaradiganlar uchun vazifa ham berib boraman.
Unda nega senda pulli kurslaring bor, ja aqlli ekansan, faqat bepul kurs o't, deb ta'na qilishga ham shoshilmang. Pulli kurslarda qatnashish majburiy emas. Yuqorida aytganimdek, katta auditoriya bilan ko'zlangan maqsadga erishish mushkul, chunki formuladagi uy ishi qismi tushib qoladi. Real holatda ham bu imkonsiz. O'n mingta obunachining 1 foizi vazifani bajardi degan taqdirda ham (100ta obunachi) shuncha odamning vazifasini tekshirish bir o'zimga ortiqcha yuklama va bepul o'tilayotgan dars uchun har qanday odamdayam og'rinish hissi o'tadi bu yuklama uchun. Shu sabab real natijaga erishmoqchi bo'lganlar uchun pulli kurslar tashkil etilgan.
Sinf ishi →

👍24❤🔥2
Fikringizga qo'shilaman va qo'shimcha tarzda quyidagilarni aymoqchiman:
Ixlosning yo'qligi sabab ham shu darajaga boriladi. Dars o'tilayotgan vaqtda o'qituvchidan foydali ilm qidirishdan ko'ra kamchilik qidirishga ko'proq e'tibor berilishi aynan ixlosning yo'qligidan.
Bu degani xato gapirsa ham eshitib, laqqa ishonib ketavering, degani emas. Xato va kamchilik hammada ham bor, lekin bu degani uning barcha aytgan gapi, sizga bermoqchi bo'lgan ilmi xato va kamchiliklardan iborat degani emas. Tanqid o'rinli bo'lsagina foydalidir, qolgan holatda ko'rolmaslikka o'tib qoladi.

👍20❤🔥3
ProEducation | O'zbek tili
Sinf ishi → Uy ishi → Nazorat ishi → Professional ta'lim Sinf ishi → Uy ishi → Nazorat ishi → Ta'lim biznesi Bepul o'tiladigan darslar, albatta, foydali. Faqat kim uchun foydali? O'sha mavzu yoki fan yuzasidan boshlang'ich bazaga ega bo'lganlar uchun foydali.…
Fikrimning davomi:
Dars jarayoni quyidagi uch komponentdan iborat:
sinf ishi → uy ishi → nazorat ishi
Sinfda o'qituvchi tushuncha beradi, o'quvchi uni "hazm qilishi" uchun uyga berilgan topshiriqlarni bajaradi va nazorat vaqtida berilgan tushunchani qanchalik anglay olganini ko'rsatadi. O'qituvchi tomonidan berilgan tushuncha o'quvchi tomonidan qayta ishlanib, bilimga aylantiriladi. U hech qachon tayyor holatda sizga kelmaydi. Uni siz qayta ishlashingiz kerak. Mehnat qilishingiz kerak. Shu jihatdan online ta'lim ko'pchilikda noto'g'ri tasavvur uyg'otsa kerak. Online kurslarga qatnashsam, zo'r bilimga ega bo'laman. Yo'q siz o'z ustingizda ishlamas ekansiz, sizga hech kim o'rgata olmaydi.
Bilim olish – bu jarayon. So'zning asosida yashiringan bu. "Bilmoq". Hech kim sizga biror narsani bildirib qo'ya olmaydi. Har doim sizga dastlabki tushunchalar beriladi, siz uni o'zingizda qayta ishlaysiz, keyin uni bilasiz, anglaysiz.
Mehnatdan qochsangiz, hech narsa qila olmaysiz. "Sertifikat olishimga kafolat berasizmi?" deydiganlarda tegishli bu gaplarim. O'z ustingizda ishlamas ekansiz, kurs uchun to'layotgan pulingizga ozgina qo'shib, sotib olishingiz mumkin o'sha qog'ozni (agar iloji bo'lsa). Lekin unga yetishish uchun bosib o'tiladigan haqiqiy yo'lni bu fiklashingiz bilan ikki dunyoda ham bosib o'ta olmaysiz.

👍10❤🔥2👌1
Haqiqiy natijaga erishish uchun haqiqatdan, yurakdan harakat qilish ham kerak. Pul bu bir vosita. Shu kursga ketkazilgan vaqt va mehnatim uchun berilayotgan mukofot. Bu miqdorning ko'p yoki kam ekanligini siz emas, men belgilayman. Chunki shunga yarasha yurakdan mehnat qilaman. Sizning mas'uliyatingiz haqiqatdan bo'ynimga olaman va shunga qarab harakat qilaman.
Bepul darslarimni ko'rib, qancha-qancha obunachilar "pulli darslardan ham buncha e'tiborni ko'rmagandik, rahmat sizga" deb yozishgan. Shu kabi kam mehnat sarflab, pulingizni olish payida bo'lganlarga qiyoslab, kursingiz qimmat ekan, deb yozmang. Sizga qimmatlik qilyaptimi, qatnashmang, vassalom, sizni hech kim majburlayotgani yo'q.
Buxoro yoki Samarqandni ziyorat qilish davomida hunarmand-ustalarning ishlab o'tirganini ko'rasiz va borib san'at namunalariga qizib qolasiz. Narxini so'raysiz va siz his qilib turasiz: o'sha kichkina buyum uchun hozir qimmat narx aytilishini. Nimaga? Chunki u qo'l mehnati. Unga ko'p mehnat, sabr, e'tibor va asab ketgan. Shuni his qilib bu narxni to'g'ri qabul qilasiz. Cho'ntagingiz ko'tarsa, olasiz, ko'tarmasa, joyiga indamay qo'yib ketasiz. Agar qimmat ekan, insof bilan soting, deb ko'ring, ustadan eshitadiganingizni eshitasiz. Chunki u biladi o'z mehnati qadrini.
Maktabda siz qanday qiyinchilik bilan dars o'tishingizni bilasiz, bolalar asabingizni yeb tashlaydi, olgan oyligingizdan bir so'mini arzimas narsa uchun ushlab qolishsa, jahlingiz chiqadi. Nega? Chunki mehnatingizni o'zingiz bilasiz, qadrlaysiz.
Xuddi shunday meh ham o'z mehnatimni qadrini shuncha baholadim. Men shu narx uchun og'rinmay dars o'taman, qancha mehnat bo'lsa, erinmay qilaman. Sizni norizo qilmasdan chiqaraman kurs oxirida. Shuning uchun biror kursning qimmat yoki arzon ekanligini unga belgilangan narxiga qarab emas, unga ketkazilayotgan vaqt va mehnatga qarab baholang.
Haqiqiy mehnatni qadrlaydiganlar uchun, real natija tomon real harakat qilaman deydiganlar uchun milliy sertifikat kursimiz uchun qabul davom etmoqda.
Barcha darslar Javlonbek Rustamjonov tomonidan o'tiladi (natijalar: @edu_natijalar).
Murojaat uchun: @javlonbek_rustamjonov

👍31❤🔥3⚡1
Bugun darsimiz bor-a, yaxshilar.
Soat 21:00da.
Mavzu: Yuklama
Soat 21:00da.
Mavzu: Yuklama
👍37❤🔥5🔥3⚡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍15👌4🎉2❤🔥1
Yuklamalar
ProEducation | O'zbek tili
👍8❤🔥2🎉2👌2⚡1
Milliy sertifikat kursi
Davomiyligi 3 oy:
- grammatika;
- mumtoz adabiyot;
- matn tahlili;
- esse.
Guruh a'zolari soni 15tadan oshmaydi.
Darslar haftasiga 6 kun: 3 kun jonli dars, 3 kun mashg'ulot.
To'liq metod kanalda e'lon qilinmaydi. Guruhga a'zo bo'lishingiz bilan kurs xaritasi bilan tanishasiz. Qo'shimcha savollar bo'lsa, o'zimga murojaat etishingiz mumkin.
Kurs 13-noyabrdan boshlanadi.
Kurs narxi: 250 ming so'm (oyiga)
Barcha darslar Javlonbek Rustamjonov tomonidan o'tiladi (natijalar: @edu_natijalar).
Murojaat uchun: @javlonbek_rustamjonov
Davomiyligi 3 oy:
- grammatika;
- mumtoz adabiyot;
- matn tahlili;
- esse.
Guruh a'zolari soni 15tadan oshmaydi.
Darslar haftasiga 6 kun: 3 kun jonli dars, 3 kun mashg'ulot.
To'liq metod kanalda e'lon qilinmaydi. Guruhga a'zo bo'lishingiz bilan kurs xaritasi bilan tanishasiz. Qo'shimcha savollar bo'lsa, o'zimga murojaat etishingiz mumkin.
Kurs 13-noyabrdan boshlanadi.
Kurs narxi: 250 ming so'm (oyiga)
Barcha darslar Javlonbek Rustamjonov tomonidan o'tiladi (natijalar: @edu_natijalar).
Murojaat uchun: @javlonbek_rustamjonov
👍25❤🔥2
❗️❗️❗️
Milliy sertifikat namunaviy testlarining tahlili:
1-test
1-test tahlili
2-test
2-test tahlili
3-test
3-test tahlili
4-test
4-test tahlili
5-test
5-test tahlili

❤🔥5✍2
Kanalimizning yangi obunachilari uchun:
Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 23 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin.
Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi
Fonetika | Test tahlili
Fonetika | Fonetik hodisalar. Bo'g'in. Urg'u
Morfemika | Asos va qo'shimchalar
Takrorlash | Fonetik hodisalar
Takrorlash | Morfemika
Leksikologiya | 1-qism
Leksikologiya | Test tahlili
Leksikologiya | 2-qism
Leksikologiya | Test tahlili (1-qism)
Leksikologiya | Test tahlili (2-qism)
Morfologiya | Ot
Morfologiya | Sifat
Ot | Test tahlili
Morfologiya | Son
Morfologiya | Olmosh
Morfologiya | Ravish
Test tahlili | Sifat
Test tahlili | Ravish
Test tahlili | Olmosh
Test tahlili | Son
Morfologiya | Fe'l (1-qism)
Morfologiya | Fe'l (2-qism)
Fe'l | Test tahlili
Fe'l | Test tahlili (2-qism)
Morfologiya | Ko'makchi
Morfologiya | Bog'lovchi
Morfologiya | Yuklama
Darslar haftaning toq kunlarida soat 21:00da tashkil etiladi.
To'liq taqvim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin 👇
To‘liq taqvim

✍10❤🔥3👍3👀2
Taqvim bo'yicha bugun darsimiz bor. Lekin uni yakshanbaga qoldirishga majburmiz. "Farg'onada tong otguncha" bo'lib, yakshanba Toshkentga qaytaman. Keyin bafurja sintaksis bo'limini boshlayveramiz.
👍22✍3❤🔥2😁2
ProEducation | O'zbek tili
Milliy sertifikat kursi Davomiyligi 3 oy: - grammatika; - mumtoz adabiyot; - matn tahlili; - esse. Guruh a'zolari soni 15tadan oshmaydi. Darslar haftasiga 6 kun: 3 kun jonli dars, 3 kun mashg'ulot. To'liq metod kanalda e'lon qilinmaydi. Guruhga…
Ha, aytgancha, sertifikat kursi uchun yana ikki kishiga joy qoldi. Keyin qabul yopiladi.
❤🔥7👍1
Forwarded from G'azna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchilarni oyligi o'rtacha 4,4 million so'm bo'lib chiqyapdi, shumi oshirilgani?
Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligini joriy harajatini 80 foizga yaqini, ya'ni 37 trln so'mga yaqin mablag' faqat o'qituvchilarni maoshiga ketayorgan ekan.
O'qituvchilarni oyligi oshirilganiga qaramay, natija kuzatilmayotgan ekan. Keling hisoblab ko'ramiz, rostan ham bu pul ko'pmi?
1. 35 trillion so'm yiliga
2. Kollej va litseylarni hisoblamasa 653 mingta o'qituvchi va tarbiyachi bor vazirlik tizimida (bog'cha, maktablar)
3. Yiliga o'rtacha maosh 53,5 million so'm
4. Oyiga o'rtacha maosh 4,4 million so'm.
Bu ko'pmi? Kamaytirish kerakmi? Faqat o'qituvchilar aybdormi natija yo'qligiga?
@gazna1

👍43🤯4❤🔥1⚡1👀1
G'azna
O'qituvchilarni oyligi o'rtacha 4,4 million so'm bo'lib chiqyapdi, shumi oshirilgani? Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligini joriy harajatini 80 foizga yaqini, ya'ni 37 trln so'mga yaqin mablag' faqat o'qituvchilarni maoshiga ketayorgan ekan. O'qituvchilarni…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Qodirov ishga kirayotganda
😁38👍14❤🔥3
G'azna
O'qituvchilarni oyligi o'rtacha 4,4 million so'm bo'lib chiqyapdi, shumi oshirilgani? Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligini joriy harajatini 80 foizga yaqini, ya'ni 37 trln so'mga yaqin mablag' faqat o'qituvchilarni maoshiga ketayorgan ekan. O'qituvchilarni…
Ta'limdagi investitsiya kech samara berishini, sabr qilish kerakligini hammamiz juda yaxshi bilamiz. Oyliklarning oshirilishi pedagoglarning mahoratini oshirish evaziga, ya'ni pulni shunchaki berishgani yo'q, hamma shunga yarasha mehnat qilyapti, sertifikat olish uchun. Umumiy olib qaralganda, o'qituvchiga yuqori maosh u loyiq bo'lgandagina berilyapti. Yoki sertifikati yo'q, mutaxassis toifasidagi o'qituvchiga 5 million oylik berilyaptimi?!
Toifasioliy bo'lsa, sertifikati bo'lsa, oʻquvchisi olimpiadada yuqori natijaga erishsa, o'sha yuqori oylikka yetib boryapti. Misqollab yig'ib, terib olayotgan oylikni ham minnat qilishyaptimi?!

👍69⚡7🎉4❤🔥3
Avvalgi yillarga nisbatan oshgan-ku, deyishingiz mumkin. To'g'ri, oshdi, lekin hammamiz iste'molchimiz. Davlat tomonidan narx nazoratga olinadigan mahsulotlar: un, yog' kabi doimiy talab mavjud bo'lgan mahsulotlarning narxi ham parallel ravishda oshib borsa, oylikni oshganidan nima naf.
👍70⚡9❤🔥6