ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Turk tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olish istagida yurganlar uchun ProEducation tomonidan online turk tili kurslari ham yo'lga qo'yilgan.

O'qituvchi va kurs haqida ma'lumot olish uchun
@kursadminn ga murojaat qiling.
👍112😢2🎉1
Assalomu alaykum hurmatli platforma foydalanuvchilari!

Biz bilan birga platforma orqali ta’lim sifatini oshirishga o‘z hissangizni qo'shganingizdan minnatdormiz!
Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, kelgusida talim.uzva twig-talim.uz platformalaridan foydalanish istagida bo'lgan barcha foydalanuvchilar uchun obuna bo'lish talab etiladi.

Obuna narxi: 79 900 so'm (12 oy uchun)

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi telegram tarmog'iga yoki tel. raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:

Telegram manzil: @Talim_support
Telefon: +99895 177 20 50
3❤‍🔥1
Sinonimlar | Tamomlamoq

Tamomlamoq, tamom qilmoq, tugatmoq, sob qilmoq, soplamoq, bitirmoq, ado qilmoq, yo'qotmoq, yo'q qilmoq, quritmoq.
Tamom (yo'q), sop holatga keltirmoq.

Tamomlamoq, tamom qilmoq, tugatmoq, bitirmoq fe'llari bor holdagi narsa yoki harakatni ishlatib, sarflab oxiriga yetkazish ma'nosida qo'llanaveradi.
Ado qilmoq harakat-ishning oxiriga yetkazish ma'nosida juda kam qo'llanadi.
Yo'qotmoq, yo'q qilmoq oddiy so'zlashuvda asosan sarf-xarajat bilan oxiriga yetkazish ma'nosida qo'llanadi.
Quritmoq bu ma'noda oddiy so'zlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli.

Hovlidagi ikir-chikir ishlarni tamomlagach, ayvonning oldiga o'tirib, tuzatinar ekan, yo'lakdan yurib kelmakda bo'lgan oyoq tovushini eshitib, yuragi nima uchundir oshiqinib, shopirinib ketdi. (A. Qodiriy)
Ahmedov kapsanchilarni kolxoz tuzishga chaqirib so'zini tamom qildi. (A. Qahhor)
Madamin salkam bir lagan oshni bir necha olishda tugatdi va yog'liq laganni barmog'i bilan sidirib, xuddi yuvib artilganday top-toza qilib yaladi. (P. Tursun)
Amin bobo gapni sob qildilar-ku. (S. Ayniy)
Qizning ota-onasi, qarindosh-urug'ining ta'rifini aytib bitirolmaydilar. (P. Tursun)
Ularning bizga ko'rsatayotgan mehribonliklarini, g'amxo'rliklarini xatda yozib bitirish qiyin. (A. Muxtor)
Boshlab Toshkentdan qipchoq bolasini yo'qotish uchun Azizbek va otang boshliq isyonga tayyorlandilar. (A. Qodiriy)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍10❤‍🔥2😢1
Savol:

Gar qurutmas ul ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti
Ne qurug'ni qo'yg'usi, ne yoshini.

1. She'riy misrani sintaktik tahlil qiling va ega vazifasidagi so'zlarni ajrating.
2. Ostiga chizilgan birlikning mazmunini izohlang.
3. Tajnis san'atini yuzaga keltirayotgan so'zlarning ma'nosini yozing.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍134😢2
Qaysi qatordagi so'zlar to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
5%
begana, badbax
7%
mayishat, dasgoh
8%
po'slog', naqorat
79%
tanbeh, sayil
🔥23👍9🎉31
ProEducation | O'zbek tili
Savol: Gar qurutmas ul ko'zumning yoshini, Haq uzun qilsun ul oyning yoshini. Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti Ne qurug'ni qo'yg'usi, ne yoshini. 1. She'riy misrani sintaktik tahlil qiling va ega vazifasidagi so'zlarni ajrating. 2. Ostiga chizilgan…
Javob:

1. Birinchi misrada ul so'zi, ikkinchi misrada haq, uchinchi va to'rtinchi misrada o'ti so'zi ega vazifasida.

2. Yorning umrini uzaytirsin ma'nosida.

3. Birinchi misrada ko'z yoshi, ikkinchi misrada umr ma'nosida, to'rtinchi misrada yoshlar (otlashgan sifat, quruq bu yerda qarilar) ma'nosida
.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👌3👍2
Savol:

Mahmud Koshgʻariy tovush va harf orasidagi munosabatga to'xtalib, arab yozuv tizimidagi harflarning turkiy tildagi mavjud tovushlarni ifodalash uchun yetarli emasligini ko'rsatdi.
Gapdagi so'zlar qaysi qatorda grammatik va mazmun jihatdan to'g'ri bog'langan?

A. Munosabatga yetarli, ifodalash uchun yetarli
B. Harflarning yetarli emasligi, tovushlarning yetarli emasligi
C. Munosabatga to'xtalib, yetarli emasligini ko'rsatdi
D. Emasligini ko'rsatdi, harfning orasi

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍13
Sinonimlar | Suhbatlashmoq

Suhbatlashmoq, suhbat qilmoq, hasratlashmoq, otamlashmoq, hangamalashmoq, gurunglashmoq, gurung qilmoq. Gap suhbatda bo'lmoq.

Hangamalashmoq, gurunglashmoq so'zlari odatda birdan ortiq kishi o'rtasida bemalol, rohatlanib o'tirib bo'ladigan suhbatlashishni bildiradi.
Otamlashmoq ko'proq oddiy so'zlashuvga xos bo'lib, odatda yozilib o'tirib davomli bo'ladigan suhbatni bildiradi.
Hasratlashmoq oddiy suhbat emas, balki dard-hasrat aytishish ham bo'ladi.

Vrach Kravtsova tortinmay suhbatlashardi. (Shuhrat)
Uning yuziga yana tabassum yoyildi. Yo'lchi bilan suhbatlashib yotdi. (Oybek)
U kosiblar, kambag'allar, soatsozlar, kulollar bilan suhbat qilar, sulhdan, hayotdan, ishdan so'zlar edi. (Oybek)
Rayhon bilan Xanifa etakroqdagi ko'rpachada yonma-yon hasratlashib o'tirishardi. (H. G'ulom)
"Studentlik yillarini eslab bir otamlashamiz" deb dilidan o'tkazdi.
Qorikomil Bo'dana qishloqlik Murod degan bilan kelib, bularning suhbatida bo'lib, afandilarning kelganidan ko'ngli to'lib, hangamalashib o'tirdi.
(F. Yo'ldosh)
"Quyoshga ters bir hujrada to'rt kishi g'uj bo'lib odatdagicha gurunglashib o'tirishar edi. (Oybek)
Dashtdan – hamma yoqdan: har qaysi olisroq eldan kelgan mehmonlar Mulla Hakim sudning mehmonxonasida gurung qilib o'tirgan ekan. (F. Yo'ldosh)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍14
Quyidagilardan qaysi biri siz uchun asosiy muammo?
Anonymous Poll
17%
Imlo
27%
Punktuatsiya
21%
Uslubiyat
35%
Barchasi
👌52🏆2
❗️❗️❗️
Milliy sertifikat bo'yicha qandaydir e'tirozlar bo'lsa, natijalar e'lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida apellatsiya berishingiz mumkin. E'tirozingiz Apellatsiya komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va yakuniy qaror shaxsiy kabinetingizga joylanadi.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Videodars

Mavzu: Aruz | Rukn

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍7
Mumtoz adabiyot | Ruknlar
ProEducation | Mumtoz adabiyot
🎙 Audiodars

Mavzu: Aruz | Rukn

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍10
Bepul darslar Marafoni - 1 davomida o'tilgan darslar ro'yxati:

P.s ko'k yozuv ustiga bosish orqali o'sha mavzuning videodarsiga o'tasiz.

⬇️ She'riy san'atlar
⬇️ So'z birikmasi va ularning turlari
⬇️ Morfemika
⬇️ Punktuatsiya
⬇️ Gap. Sodda gap
⬇️ Fonetika
⬇️ Orfografiya

Kanalga do'stlaringizni ham taklif qiling!

ProEducation
ProEducation
👍112🎉1
👍27❤‍🔥1👀1
ProEducation | O'zbek tili
Quyidagilardan qaysi biri siz uchun asosiy muammo?
So'rovnoma uchbu bandlar kimda muammo yuzaga keltirayotganini aniqlash maqsadida o'tkazildi.

Tez kunda yangi kurs uchun qabul e'lon qilaman. Kursda imloviy, ishoraviy va uslubiy xatoliklarga yo'l qo'ymaslik yoki ularni matndan aniqlash bo'yicha kerakli bilimlarga ega bo'lasiz.

Kurs 3+3 shaklida olib boriladi. 3 kun dars va 3 kun mustahkamlash. To'liq tafsilotlarni birozdan so'ng aytib o'taman.

Bepul kurs davom etadi. Har kungi darsga kompyuterim "dosh bermadi". Bugun tuzata olsam, dars o'tarmiz, bo'lmasa, ertaga darslarimizni davom ettiramiz.

Hazil.
🔥28👍15👌7❤‍🔥5🌚31👀1
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
21-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Yordamchi so'z turkumlari

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍16🎉1
❗️Topshiriq:

Berilgan gaplarda uslubiy xatoliklarning qanday turlariga yo'l qo'yilganini aniqlang.
1. Axir bo'ron bilan hazillashib bo'ladimi, opa? Boshingni jodu orasiga tiqish bilan barobar-a!
2. Ona bechora ko'zi yorigandan keyin o'nglanmay yurib, axir o'lib ketdi.
3. Benuqson, eng muqaddas sanalgan onalarning biri bo'lishini, hamma ularga havas qilishini orzu qiladi doim.
4. Bir kuni trassaga yaqin joyda Mohidil Zubaydaning rangi-ro'yi o'chgan holda uchratdi.
5. Birdan oldinga munkib, ikkovi ot ham gursillab yiqildi.

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍11❤‍🔥1
Ona_tili.pdf
54.6 KB
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati .

O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

👨🏻‍🎓 Darsliklar 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍14🔥2
Ikki tomchi suvdek o'xshash egizaklarni bir-biridan ajratib olish uchun ularning xarakteri, o'zini tutishiga e'tibor qaratiladi. Tashqi ko'rinish bir xil bo'lgani bilan har bir insonning shaxsiyati o'ziga xosdir. Tilimizda ham shu egizaklar kabi turli xususiyatlarda bir-biriga ikki tomchisuvdek o'xshash birliklar mavjud. Ushbu birliklardan foydalib fikrimizni to'g'ri , o'rinli va jo'yali yetkazib bera olishimiz mumkin. Yoki buning aksi.

Tilimizning xarakteri – bu uslubiyat. Ovqatga qaysi masalliq qancha miqdorda qo'shilishini oshpaz hal qiladi. O'z majburiyatidan kelib chiqib, oshirib ham, kamaytirib ham yubormasligi kerak. So'zlarimiz ta'sirli va shirali chiqishi uchun "oshpaz" sifatida unsurlarni oshirib yoki kamaytirib yubormasligimiz zarur. Tayyorlagan taomiga javobgarlikni olgan oshpaz ham uzoq muddat sinov va mashaqqatlardan o'tgan, o'rgangan.

Sertifikat imtihonlarida asosiy e'tibor aynan uslubiyatga qaratilmoqda. Yozma savodxonlik bo'limida sizga qo'yiladigan asosiy talab imlo, punktuatsiya va uslubiyat. Uslubiyat bu so'z yoki qo'shimcha bilan cheklanmaydi. Bu matnni qanday tashkil etishingizda ham namoyon bo'ladi. So'z yoki qo'shimchaning noto'g'ri qo'llanishi kabi uslubiy xatoliklar qatoriga matn yaxlitligining buzilishi ham kiradi.


ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍132🔥1
❗️Topshiriq:

Bu dur Navkarlardan biroz chetroqda turganliklari uchun Valixon dangalroq aytdi

Yuqoridagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini tartib bilan yozing.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!