ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Imtihoni borlar eson-omon qutilib olishdi. Biz esa davom etamiz!

Ertaga soat 21:00da "Bepul Kurs | 3 oy"ning navbatdagi darsi bo'lib o'tadi.
πŸ‘31πŸ”₯3❀‍πŸ”₯1πŸ‘€1
❓Savol:
Xulosalanmagan ish uchun necha ball olib tashlanishi mumkin?

βœ… Javob:
Yozma ish (esse)ni baholash mezoniga
muvofiq, matn yaxlitligi buzilgan hollarda, ya'ni:
- esse qismlaridan faqat ikkitasi
toβ€˜la yoritilgan – 1,5 ball;
- esse qismlaridan ikkitasi
yuza yoritilgan – 1 ball qo'yiladi.

Shu kotegoriya bo'yicha nari borsa, 1 ball yo'qotasiz.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
❀‍πŸ”₯8πŸ‘5πŸ‘€5πŸ”₯1
Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni.pdf
132.8 KB
Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni

Baholash
mezoniga koβ€˜ra yozma ishlar 12 ta holat boβ€˜yicha 0 balldan 2 ballgacha baholanadi. Bunda toβ€˜plash mumkin boβ€˜lgan maksimal ball 24 ballni tashkil etadi.

Manba: BMBA rasmiy sayti

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
πŸ‘7❀‍πŸ”₯2πŸ”₯2
Mumtoz adabiyot kanalimizda ham darslar to'xtab qolgan edi.

Seshanba kuni soat 21:00dan darslarimizni davom ettiramiz.

Mavzu: Bahrlar


Darslar ushbu kanaldaπŸ‘‡

https://t.iss.one/+75bFMv8aqOMwMzJi
https://t.iss.one/+75bFMv8aqOMwMzJi
πŸ‘14⚑9❀‍πŸ”₯2πŸ”₯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turklar tomonidan tayyorlangan ushbu videoda Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi sun'iy intelekt tomonidan tiklangan va u o'zi haqida ma'lumot bermoqda.

Turklarning tasavvuridagi Bobur Mirzo tasviriga necha baho berasiz?

Manba: centerasia_library

ProEducation – ta'limnig pro versiyasi!
πŸ‘18πŸ‘Ž12❀‍πŸ”₯3πŸ‘€2
Live stream scheduled for
⚑️⚑️⚑️
Bepul Kurs | 3 oy
21-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Yordamchi so'z turkumlari

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun πŸ‘‡

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
πŸ‘9❀‍πŸ”₯3πŸ”₯2πŸ†1
Sinonimlar | Taxmin

Taxmin, tusmol, chama, faraz.
Qat'iy (aniq) bo'lmagan fikr.
Tusmol so'zi taxmin so'ziga nisbatan juda kam qo'llanadi.
Chama hamma vaqt egalik qo'shimchasi olgan holda qo'llanadi.
Faraz ko'proq kitobiy tilga xos.

Ibrohimovaning mushohadasiga ko'ra, Abdusamadqorining so'nggi kunlardagi qadam olishi O'rmonjonning har ikkala taxmini ham to'g'ri ekanligini aniq ko'rsatib turar edi. (A. Qahhor)
Zuhra qiz tusmol bilan meni kimgadir o'xshatib, so'ng pushaymon yegani esimda! (N. Safarova)
Komil har qanday farazlarni mulohaza qilib ko'rib, ehtiyoti shart choralarni o'rtaga tashladi. (H. G'ulom)

Β© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
πŸ‘13❀‍πŸ”₯3
❓Savol:

Mahalladagi yosh-u qari // xotin-halaj – barchasi xizmatda // qassoblar boβ€˜lsa // allaqachon bir nechta qoβ€˜y va qoβ€˜chqorlarni shay qilib qoβ€˜ydi //

Berilgan gapda // belgisi o'rniga qanday tinish belgilari qo'yiladi?

E'tiborli bo'ling

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
❀‍πŸ”₯4🫑4πŸ‘2πŸ†1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qariyb 6 oyki "Ta'lim Media Group" kompaniyasida loyiha menejeri sifatida faoliyat yuritmoqdaman. Kompaniyamizning shiori: "Sifatli ta'lim – barcha uchun!"

Shu shior ostida bu yerda umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun qulay elektron darsliklar yaratish bilan bandmiz.

Yuqorida tovush tushish hodisasini 7-sinf o'quvchilariga tushunarli bo'lishi uchun yaratgan loyihamiz. Ko'ring, baho bering.

Endilikda kompaniyamiz siz va farzandlaringiz maktab darsliklaridan tashqari zamonaviy kasblardan hisoblangan video-montajorlik sohasi uchun kerak bo'ladigan dasturlarni o'rgatishni ham yo'lga qo'ymoqda. Shuningdek, marketing, chet tillari (ingliz va rus tili) dan sertifikat olishga yordamlashuvchi platforma ham yaratildi.

Kiring, foydalaning!
Murojaat uchun: @Talim_support

Talim.uz – ta'limning yangilangan mazmuni!
πŸ‘23πŸ‘5❀‍πŸ”₯4πŸ”₯2πŸ•Š1πŸ†1
ProEducation | O'zbek tili
❓Savol: Mahalladagi yosh-u qari // xotin-halaj – barchasi xizmatda // qassoblar boβ€˜lsa // allaqachon bir nechta qoβ€˜y va qoβ€˜chqorlarni shay qilib qoβ€˜ydi // Berilgan gapda // belgisi o'rniga qanday tinish belgilari qo'yiladi? E'tiborli bo'ling ProEducation…
βœ… Javob:

Mahalladagi yosh-u qari, xotin-xalaj – barchasi xizmatda, qassoblar bo'lsa allaqachon bir nechta qo'y va qo'chqorlarni shay qilib qo'ydi.

Gapda:
- birinchi vergul uyushiq bo'laklar orasiga qo'yilgan;
- ikkinchi vergul bog'langan qo'shma gapning sodda gaplari orasiga qo'yilgan;
- bo'lsa so'zi bog'langan qo'shma gaplarni hosil qiluvchi vosita hisoblanadi, undan keyin vergul qo'yilmaydi;
- gap oxirida esa nuqta qo'yiladi.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
⚑16πŸ‘6❀‍πŸ”₯5πŸ•Š1
πŸ‘32❀‍πŸ”₯3πŸŽ‰2🀩2πŸ•Š2
Live stream started
Menimcha, bu safar mening internetim bilan bog'liq muammo bo'ldi. Aloqa sifatini tiklolmadim. Darsimiz qoldirildi.
πŸ‘21😐3❀‍πŸ”₯2πŸ”₯2
Sinonimlar | Tarzda

Tarzda, holda, xilda, qabilida, yo'sinda, ravishda, suratda, tahlitda, tariqa. Biror usul bilan, biror yo'nalishda.

"Abdusamat aka, men ham komsomol bo'laman", – dedi gapni biroz noqulay tarzda o'ziga burib. (A. Muxtor)
U ko'pdan buyon qo'liga oyna olmagan bo'lsa-da, yuzi qay holda ekanini yaxshi bilar edi. (Oybek)
Aqli bor odam "Faqir kishi panada" qabilida o'zini bir chetga olib, ishini o'xshatib yuraveradi. (V. G'ofurov)
...ba'zan biror o'rtog'inikiga bir zum borib kelaman deb, dadasidan, akasidan yashirin o'zini ko'chaga otar va Husayn bilan shu yo'sin uchrashar... (Oybek)
Nihoyat, [Mirzakarimboy] orqasini yostiqdan uzib, muhim savdo ishi bilan shug'ullangan kabi, jiddiy ravishda gapirib ketdi... (Oybek)
Davlatyor ta'riflagandek, "haqini tanimagan" bu bechora shu ravishda hayot kechirar edi. (P. Tursun)
Shu tahlit kitob qo'ldan qo'lga o'tib bordi. (M. Ismoiliy)
Maysa-gilam yo'llarida ekan poyondoz. Shu tahlitda o'tib borgan Necha qishu yoz. (Shuhrat)

Β© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
πŸ‘16❀‍πŸ”₯2πŸ”₯1
❓Savol:

Bo'ldi chun umring kunining vaqti tush,
Nafsi sarkash otini ko'b chopma, tush,
Hobgoh etkil qanoat manzilin,
Yo'qsa hargiz ko'rmagung rohatni tush.

(Ogahiy)

1. Berilgan tuyuqning birinchi misrasidagi "vaqti tush" nimaga ishora?

2. Ostiga chizilgan birliklarning ma'nosini yozing.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
❀‍πŸ”₯8πŸ‘6πŸ”₯1πŸ•Š1
Uslubiy xatoliklar

Nutqning sifatini buzuvchi omillar: so'zlarni noto'g'ri qo'llash, ularni noo'rin takrorlash, qo'shimlardan noto'g'ri foydalanish natijasida uslubiy xatoliklar yuzaga keladi. Bu shunday jarayonki, bunda hattoki ohangga ham e'tibor qaratish lozim. Chunki yanglish tushunishga olib keladigan ohang ham uslubiy jihatdan xatolik hisoblanadi.

Quyida hollarda uslubiy xatoliklar yuzaga keladi:
β€’ sinonimlarni yanglish qo'llash natijasida: Onasini mehrli basharasi (yuzi, chehrasi) dan nur yog'ilib turganini sezardi;
β€’ paronim so'zlarni noto'g'ri qo'llash natijasida: Kecha kitobning o'ninchi bop (bob)ini tugatdim;
β€’ olmoshlardan o'rinli foydalana olmaslik natijasida: Akram kecha shahardan qaytdi. Akram qishloqqa kelgach, do'stlari bilan diydorlashdi. (ikkinchi gapda Akram so'zi o'rniga u olmoshi ishlatilishi kerak);
β€’ qo'shimchalarni yanglish qo'llash natijasida: akamni kitobi emas akamning kitobi.

Reaksiya bosib, qo'llab turamiz

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘65❀‍πŸ”₯6⚑1πŸ”₯1πŸ•Š1
❓Imlo jihatdan to'g'ri yozilgan so'zlar qatorini belgilang.
Anonymous Quiz
12%
dov-daraxt, ochsariq
18%
biroz, birzum
8%
dam-badam, oy-bolta
62%
umumta'lim, oyoqosti
πŸ‘38πŸ†9❀‍πŸ”₯6πŸ‘3πŸ•Š1
ProEducation | O'zbek tili
❓Savol: Bo'ldi chun umring kunining vaqti tush, Nafsi sarkash otini ko'b chopma, tush, Hobgoh etkil qanoat manzilin, Yo'qsa hargiz ko'rmagung rohatni tush. (Ogahiy) 1. Berilgan tuyuqning birinchi misrasidagi "vaqti…
βœ… Javob:

1. Umrning o'tib borayotganiga, o'rta yoshdan qarilikka tomon ketayotganiga ishora.

2. 1-misrada kunning qismi; 2-misrada harakat fe'li; 4-misrada uxlagan vaqtda ko'riladigan tush.


ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
πŸ‘24❀‍πŸ”₯2πŸ”₯1πŸŽ‰1