ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation โ€“ ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Live stream finished (1 hour)
MS | Test tahlili
ProEducation | O'zbek tili
๐ŸŽ™ Audiodars

Mavzu: Milliy sertifikat | Test tahlili (4)

ProEducation โ€“ taโ€™limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘13โšก4๐Ÿ‘€2โคโ€๐Ÿ”ฅ1โœ1๐Ÿ”ฅ1
โ—๏ธโ—๏ธโ—๏ธ
Milliy sertifikat namunaviy testlarining tahlili:

1-test
1-test tahlili

2-test
2-test tahlili

3-test
3-test tahlili

4-test
4-test tahlili
๐Ÿ‘18โคโ€๐Ÿ”ฅ7๐Ÿ‘€2๐Ÿ”ฅ1
Imlo


Kirill alifbosidagi ัŽ, ั, ั‘, ะต harflari qatnashgan so'zlarning lotin yozuvida qanday yozilishi bilan bog'liq holatlarni ko'rib chiqamiz:

ะ• โ€“ Ye

Kirill alifbosidagi bu harf so'z boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham "ye" tovushini ifodalaydi: yelkan, yetmish, syezd, poyezd, atelye, televideniye.

ะฏ โ€“ Ya [ayrim hollarda A]

Kirill alifbosidagi bu harf so'z boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham "ya" tarzida beriladi: yagona, yaktak, iyak, jiyan, miya, moliya.

โ—๏ธIstisno:
Rus tili va u orqali g'arb tillaridan o'zlashgan ะฐะบะบัƒะผะปัั‚ะพั€, ะธะทะพะปัั‚ะพั€, ะฒะตะฝั‚ะตะปัั‚ะพั€, ะบะฐะปะบัƒะปัั‚ะพั€ kabi so'zlarda "ั" o'rnida "a" qo'llanadi: akkumulator, ventilator, izolator, kalkulator.

ะฎ โ€“ Yu [ayrim o'rinlarda u]

Kirill alifbosidagi "ัŽ" bilan yoziladigan so'zlar yangi alifboda "yu" harflar birikmasi bilan beriladi: yugan, yuksak, yupqa, buyuk, suyuq.

โ—๏ธIstisno:
G'arb tillaridan o'zlashgan ัั‚ัŽะด, ะปัŽะบั, ะบะพัั‚ัŽะผ, ัะฐะปัŽั‚ kabi so'zlarda "ัŽ" o'rniga "u" harfining o'zi ishlatiladi: etud, luks, kastum, salut.

ะ โ€“ Yo [ayrim o'rinlarda o]

Kirill alifbosida "ั‘" harfi bilan yozilib kelingan so'zlarning boshida, o'rtasida va oxirida "yo" harflar birikmasi qo'llanadi: yodgor, yoki, bayon, sayyoh, dunyo, ashyo.

โ—๏ธIstisno:
ะ”ะธั€ะธะถั‘ั€, ะปะธะบั‘ั€, ััƒั„ะปั‘ั€, ะดัƒะฑะปั‘ั€ kabi o'zlashma so'zlarda "ั‘" o'rnida birgina o harfining o'zi qo'llanadi: dirijor, likor, suflor, dublor.

O'zlashma so'zlarda "ya" โ€“ "a", "yu" โ€“ "u", "yo" โ€“ "o" kabi ikki xil yoziladigan so'zlar imlosini "Imlo lug'ati" orqali o'rganish lozim bo'ladi.

ยฉ Boltayev Mardonqul | Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi

ProEducation โ€“ taโ€™limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘4
ProEducation | O'zbek tili pinned ยซโ—๏ธโ—๏ธโ—๏ธ Milliy sertifikat namunaviy testlarining tahlili: 1-test 1-test tahlili 2-test 2-test tahlili 3-test 3-test tahlili 4-test 4-test tahliliยป
Imtihonga 1-smenada kirganlar bo'lsa, savollarni va esse mavzusini yozib qoldiring. Ikkinchi smenadagilar uchun foydasi tegsa!
โคโ€๐Ÿ”ฅ9๐Ÿ‘6๐Ÿ”ฅ2๐ŸŒš1
36-savol:

Chidamli mato; Xasis odam; Uddaburon bola

Manba: Grant channel

ProEducation โ€“ ta'limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘25โœ2โคโ€๐Ÿ”ฅ1๐ŸŽ‰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek boshliqlarimiz o'z idoralarining rasmiy yig'inlarida o'zbekcha so'zlasinlar.
ยฉ Muhammad Ashraf Sharifiy*

*Afgสปonistondagi o'zbek tili jonkuyarlaridan

Muhammad Ashraf Sharifiy bugun o'zbek tili rivoji uchun bajarilishi kerak bo'lgan ishlarni aytib, oddiy aholi va hukumatga murojaat bilan chiqdi.

๐Ÿ“ธ Video manbasi: BBC Uzbek Afghanistan

ProEducation โ€“ ta'limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘25โคโ€๐Ÿ”ฅ3๐Ÿ‘€1
Imtihoni borlar eson-omon qutilib olishdi. Biz esa davom etamiz!

Ertaga soat 21:00da "Bepul Kurs | 3 oy"ning navbatdagi darsi bo'lib o'tadi.
๐Ÿ‘31๐Ÿ”ฅ3โคโ€๐Ÿ”ฅ1๐Ÿ‘€1
โ“Savol:
Xulosalanmagan ish uchun necha ball olib tashlanishi mumkin?

โœ… Javob:
Yozma ish (esse)ni baholash mezoniga
muvofiq, matn yaxlitligi buzilgan hollarda, ya'ni:
- esse qismlaridan faqat ikkitasi
toโ€˜la yoritilgan โ€“ 1,5 ball;
- esse qismlaridan ikkitasi
yuza yoritilgan โ€“ 1 ball qo'yiladi.

Shu kotegoriya bo'yicha nari borsa, 1 ball yo'qotasiz.

ProEducation โ€“ ta'limning pro versiyasi!
โคโ€๐Ÿ”ฅ8๐Ÿ‘5๐Ÿ‘€5๐Ÿ”ฅ1
Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni.pdf
132.8 KB
Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni

Baholash
mezoniga koโ€˜ra yozma ishlar 12 ta holat boโ€˜yicha 0 balldan 2 ballgacha baholanadi. Bunda toโ€˜plash mumkin boโ€˜lgan maksimal ball 24 ballni tashkil etadi.

Manba: BMBA rasmiy sayti

ProEducation โ€“ ta'limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘7โคโ€๐Ÿ”ฅ2๐Ÿ”ฅ2
Mumtoz adabiyot kanalimizda ham darslar to'xtab qolgan edi.

Seshanba kuni soat 21:00dan darslarimizni davom ettiramiz.

Mavzu: Bahrlar


Darslar ushbu kanalda๐Ÿ‘‡

https://t.iss.one/+75bFMv8aqOMwMzJi
https://t.iss.one/+75bFMv8aqOMwMzJi
๐Ÿ‘14โšก9โคโ€๐Ÿ”ฅ2๐Ÿ”ฅ1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turklar tomonidan tayyorlangan ushbu videoda Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi sun'iy intelekt tomonidan tiklangan va u o'zi haqida ma'lumot bermoqda.

Turklarning tasavvuridagi Bobur Mirzo tasviriga necha baho berasiz?

Manba: centerasia_library

ProEducation โ€“ ta'limnig pro versiyasi!
๐Ÿ‘18๐Ÿ‘Ž12โคโ€๐Ÿ”ฅ3๐Ÿ‘€2
Live stream scheduled for
โšก๏ธโšก๏ธโšก๏ธ
Bepul Kurs | 3 oy
21-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Yordamchi so'z turkumlari

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun ๐Ÿ‘‡

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
๐Ÿ‘9โคโ€๐Ÿ”ฅ3๐Ÿ”ฅ2๐Ÿ†1
Sinonimlar | Taxmin

Taxmin, tusmol, chama, faraz.
Qat'iy (aniq) bo'lmagan fikr.
Tusmol so'zi taxmin so'ziga nisbatan juda kam qo'llanadi.
Chama hamma vaqt egalik qo'shimchasi olgan holda qo'llanadi.
Faraz ko'proq kitobiy tilga xos.

Ibrohimovaning mushohadasiga ko'ra, Abdusamadqorining so'nggi kunlardagi qadam olishi O'rmonjonning har ikkala taxmini ham to'g'ri ekanligini aniq ko'rsatib turar edi. (A. Qahhor)
Zuhra qiz tusmol bilan meni kimgadir o'xshatib, so'ng pushaymon yegani esimda! (N. Safarova)
Komil har qanday farazlarni mulohaza qilib ko'rib, ehtiyoti shart choralarni o'rtaga tashladi. (H. G'ulom)

ยฉ Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

ProEducation โ€“ ta'limning pro versiyasi!
๐Ÿ‘13โคโ€๐Ÿ”ฅ3
โ“Savol:

Mahalladagi yosh-u qari // xotin-halaj โ€“ barchasi xizmatda // qassoblar boโ€˜lsa // allaqachon bir nechta qoโ€˜y va qoโ€˜chqorlarni shay qilib qoโ€˜ydi //

Berilgan gapda // belgisi o'rniga qanday tinish belgilari qo'yiladi?

E'tiborli bo'ling

ProEducation โ€“ ta'limning pro versiyasi!
โคโ€๐Ÿ”ฅ4๐Ÿซก4๐Ÿ‘2๐Ÿ†1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qariyb 6 oyki "Ta'lim Media Group" kompaniyasida loyiha menejeri sifatida faoliyat yuritmoqdaman. Kompaniyamizning shiori: "Sifatli ta'lim โ€“ barcha uchun!"

Shu shior ostida bu yerda umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun qulay elektron darsliklar yaratish bilan bandmiz.

Yuqorida tovush tushish hodisasini 7-sinf o'quvchilariga tushunarli bo'lishi uchun yaratgan loyihamiz. Ko'ring, baho bering.

Endilikda kompaniyamiz siz va farzandlaringiz maktab darsliklaridan tashqari zamonaviy kasblardan hisoblangan video-montajorlik sohasi uchun kerak bo'ladigan dasturlarni o'rgatishni ham yo'lga qo'ymoqda. Shuningdek, marketing, chet tillari (ingliz va rus tili) dan sertifikat olishga yordamlashuvchi platforma ham yaratildi.

Kiring, foydalaning!
Murojaat uchun: @Talim_support

Talim.uz โ€“ ta'limning yangilangan mazmuni!
๐Ÿ‘23๐Ÿ‘5โคโ€๐Ÿ”ฅ4๐Ÿ”ฅ2๐Ÿ•Š1๐Ÿ†1
ProEducation | O'zbek tili
โ“Savol: Mahalladagi yosh-u qari // xotin-halaj โ€“ barchasi xizmatda // qassoblar boโ€˜lsa // allaqachon bir nechta qoโ€˜y va qoโ€˜chqorlarni shay qilib qoโ€˜ydi // Berilgan gapda // belgisi o'rniga qanday tinish belgilari qo'yiladi? E'tiborli bo'ling ProEducationโ€ฆ
โœ… Javob:

Mahalladagi yosh-u qari, xotin-xalaj โ€“ barchasi xizmatda, qassoblar bo'lsa allaqachon bir nechta qo'y va qo'chqorlarni shay qilib qo'ydi.

Gapda:
- birinchi vergul uyushiq bo'laklar orasiga qo'yilgan;
- ikkinchi vergul bog'langan qo'shma gapning sodda gaplari orasiga qo'yilgan;
- bo'lsa so'zi bog'langan qo'shma gaplarni hosil qiluvchi vosita hisoblanadi, undan keyin vergul qo'yilmaydi;
- gap oxirida esa nuqta qo'yiladi.

ProEducation โ€“ ta'limning pro versiyasi!
โšก16๐Ÿ‘6โคโ€๐Ÿ”ฅ5๐Ÿ•Š1