ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Qiziq πŸ€”

O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 21-dekabrda qabul qilingan "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq 2023 yilning 1-yanvaridan boshlab Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi (Ta'lim inspeksiyasi) faoliyati tugatildi va uning tegishli vazifalari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga o'tkazildi [ma'lumot uchun: Ta'lim inspeksiyasi 2023-yilning 1-yanvariga qadar bo'lgan attestatsiya test sinovlarining tashkilotchisi bo'lgan. Tashkilot tugatilgach, tabiiyki, u tomonidan joriy qilingan nizom ham bekor qilinadi va yangisi ishlab chiqiladi]. Ta'lim ispeksiya tugatilgani munosabati bilan vazirlik tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish yangi tizimi ishlab chiqilishi va u 2024-yil 1-yanvaridan boshlab amaliyotga joriy qilinishi farmonda ko'rsatilgan.

Farmonda yana shunga urg'u beriladiki, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazishning yangi tartibi joriy etilmagunicha sinov o'tkazishga moratoriy joriy qilingan, ya'ni 2024-yil 1-yanvariga qadar birorta ham attestatsiya test sinovlari o'tkazilmasligi belgilangan.

Lekin...
2023-yil 11-sentabrda Prezidentning "O'zbekiston – 2030" strategiyasini 2023-yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" qarori imzolangan.

Unga ko'ra:
2023-yilning noyabr oyiga
qadar pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish boβ€˜yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi;

2024-yil 1-sentabrdan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oβ€˜rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilinadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan bog'lanib shu holatga munosabat bildirishlarini so'radim, ular esa ta'lim sifati monitoringi boshqarmasiga murojaat qilishimni aytishdi, lekin ular bilan bog'lanishning imkoni bo'lmadi.

Ishqilib, "o'zaro kelishib olib, imtihon sanasini tanga otish orqali belgilaymiz va bir oy qolganda e'lon qilamiz" degan bo'lishmasin-da.
πŸ‘26😁12❀‍πŸ”₯3⚑1
ProEducation | O'zbek tili
Qiziq πŸ€” O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 21-dekabrda qabul qilingan "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq 2023 yilning 1-yanvaridan boshlab Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi…
Attestatsiya qachon bo'ladi? degan savollar ko'payib qoldi, shu sabab yana bu mavzuni ko'tardim, bo'lmasa hozir zarurmas edi o'zimga ham.

Ha aytgancha, imtihonda qaysi darslikdan (yangi yoki eski) qay darajadagi savollar tushishi, qanday tartibda o'tkazilishi yangi nizomga ko'ra hal qilinadi. Shuning uchun yangi nizom tasdiqlanmaguniga qadar bu kabi savollarga javob bera olmayman.

Lekin shunisi aniqki, shu hafta oxirida milliy sertifikat imtihonlari bo'lib o'tadi va bu sinovda sizga omad tilayman.
❀‍πŸ”₯23πŸ‘14πŸ‘5πŸ”₯1πŸ‘€1
ProEducation | O'zbek tili
MILLIY_SEFR Davron Akbar test-1.pdf
❗Eslatma
Bugungi darsimizda shu testni tahlil qilamiz πŸ‘†
✍8❀‍πŸ”₯2πŸ”₯1
Live stream started
Boshladik. Fayzimizni bersin 🀲
πŸ‘18πŸ”₯4πŸ‘Œ4❀‍πŸ”₯2πŸŽ‰2
πŸ‘22❀‍πŸ”₯1πŸ”₯1
❀‍πŸ”₯13πŸ‘7πŸ‘4⚑3πŸ‘€2
Tahlil bo'yicha fikrlar
πŸ‘39πŸŽ‰10❀‍πŸ”₯4πŸ‘€1