ProEducation | O'zbek tili
4.69K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Imlo

Kirill alifbosidagi ю, я, ё, е harflari qatnashgan so'zlarning lotin yozuvida qanday yozilishi bilan bog'liq holatlarni ko'rib chiqamiz:

Е – Ye
Kirill alifbosidagi bu harf so'z boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham "ye" tovushini ifodalaydi: yelkan, yetmish, syezd, poyezd, atelye, televideniye.

Я – Ya [ayrim hollarda A]
Kirill alifbosidagi bu harf so'z boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham "ya" tarzida beriladi: yagona, yaktak, iyak, jiyan, miya, moliya.

❗️Istisno:
Rus tili va u orqali g'arb tillaridan o'zlashgan аккумлятор, изолятор, вентелятор, калкулятор kabi so'zlarda "я" o'rnida "a" qo'llanadi: akkumulator, ventilator, izolator, kalkulator.

Ю – Yu [ayrim o'rinlarda u]
Kirill alifbosidagi "ю" bilan yoziladigan so'zlar yangi alifboda "yu" harflar birikmasi bilan beriladi: yugan, yuksak, yupqa, buyuk, suyuq.

❗️Istisno:
G'arb tillaridan o'zlashgan этюд, люкс, костюм, салют kabi so'zlarda "ю" o'rniga "u" harfining o'zi ishlatiladi: etud, luks, kastum, salut.

Ё – Yo [ayrim o'rinlarda o]
Kirill alifbosida "ё" harfi bilan yozilib kelingan so'zlarning boshida, o'rtasida va oxirida "yo" harflar birikmasi qo'llanadi: yodgor, yoki, bayon, sayyoh, dunyo, ashyo.

❗️Istisno:
Дирижёр, ликёр, суфлёр, дублёр kabi o'zlashma so'zlarda "ё" o'rnida birgina o harfining o'zi qo'llanadi: dirijor, likor, suflor, dublor.

O'zlashma so'zlarda "ya" – "a", "yu" – "u", "yo" – "o" kabi ikki xil yoziladigan so'zlar imlosini "Imlo lug'ati" orqali o'rganish lozim bo'ladi.

© Boltayev Mardonqul | Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍22❤‍🔥2🔥1
MILLIY_SEFR Davron Akbar test-1.pdf
543.4 KB
Milliy sertifikat uchun diognostik test savollari. (45 ta)

Muallif: Davron Akbar

Bugun ushbu testning tahlilini o'tkazamiz. Soat 21:00

Dars oxirida esa esse mavzusi bo'yicha muhokama o'tkazamiz. Esse yozishingizda zarur bo'ladigan tavsiyalar bilan bo'lishaman.

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
13👍8❤‍🔥3🔥1👌1👀1
Qiziq 🤔

O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 21-dekabrda qabul qilingan "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq 2023 yilning 1-yanvaridan boshlab Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi (Ta'lim inspeksiyasi) faoliyati tugatildi va uning tegishli vazifalari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga o'tkazildi [ma'lumot uchun: Ta'lim inspeksiyasi 2023-yilning 1-yanvariga qadar bo'lgan attestatsiya test sinovlarining tashkilotchisi bo'lgan. Tashkilot tugatilgach, tabiiyki, u tomonidan joriy qilingan nizom ham bekor qilinadi va yangisi ishlab chiqiladi]. Ta'lim ispeksiya tugatilgani munosabati bilan vazirlik tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish yangi tizimi ishlab chiqilishi va u 2024-yil 1-yanvaridan boshlab amaliyotga joriy qilinishi farmonda ko'rsatilgan.

Farmonda yana shunga urg'u beriladiki, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazishning yangi tartibi joriy etilmagunicha sinov o'tkazishga moratoriy joriy qilingan, ya'ni 2024-yil 1-yanvariga qadar birorta ham attestatsiya test sinovlari o'tkazilmasligi belgilangan.

Lekin...
2023-yil 11-sentabrda Prezidentning "O'zbekiston – 2030" strategiyasini 2023-yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" qarori imzolangan.

Unga ko'ra:
2023-yilning noyabr oyiga
qadar pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi;

2024-yil 1-sentabrdan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilinadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan bog'lanib shu holatga munosabat bildirishlarini so'radim, ular esa ta'lim sifati monitoringi boshqarmasiga murojaat qilishimni aytishdi, lekin ular bilan bog'lanishning imkoni bo'lmadi.

Ishqilib, "o'zaro kelishib olib, imtihon sanasini tanga otish orqali belgilaymiz va bir oy qolganda e'lon qilamiz" degan bo'lishmasin-da.
👍26😁12❤‍🔥31
ProEducation | O'zbek tili
Qiziq 🤔 O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 21-dekabrda qabul qilingan "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq 2023 yilning 1-yanvaridan boshlab Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi…
Attestatsiya qachon bo'ladi? degan savollar ko'payib qoldi, shu sabab yana bu mavzuni ko'tardim, bo'lmasa hozir zarurmas edi o'zimga ham.

Ha aytgancha, imtihonda qaysi darslikdan (yangi yoki eski) qay darajadagi savollar tushishi, qanday tartibda o'tkazilishi yangi nizomga ko'ra hal qilinadi. Shuning uchun yangi nizom tasdiqlanmaguniga qadar bu kabi savollarga javob bera olmayman.

Lekin shunisi aniqki, shu hafta oxirida milliy sertifikat imtihonlari bo'lib o'tadi va bu sinovda sizga omad tilayman.
❤‍🔥23👍14👏5🔥1👀1
ProEducation | O'zbek tili
MILLIY_SEFR Davron Akbar test-1.pdf
Eslatma
Bugungi darsimizda shu testni tahlil qilamiz 👆
8❤‍🔥2🔥1
Live stream started
Boshladik. Fayzimizni bersin 🤲
👍18🔥4👌4❤‍🔥2🎉2
👍22❤‍🔥1🔥1
❤‍🔥13👏7👍43👀2