Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur.
Abdulla Avloniy
Xalqimizning dunyoda mavjud ekanligining ramzi bo'lgan tilimizga davlat tili maqomi berilganiga bugun 34 yil to‘ldi.
“Ta’lim Media Group” jamoasi 21 oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi!
Rasmiy sahifalarimizga a’zo bo‘ling va do‘stlaringizga ulashing.👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🎉8👍4🔥2👀2❤🔥1
Allohning qo'shnisi (Jorulloh) unvoniga sazovor bo'lgan arab-islom olamida mashur b asari (Qur'on tafsiriga bag'ishlangan) ning muallifi lingvist olim Mahmud az-Zamaxshariy haqida Britannica nashri yozmoqda:
"O'zinging ilmiy ishlari natijasida arab grammatikasining tuzilishini yoritib bergan. Uning bu asari (Al Mufassal fis sinoat al-arab, ya'ni arab tilining sir-sinoatlarining batafsil tahlili) 1134-yilda yozib tugatilgan va 1856-yilda Kalkutta shahrida 2 jildda nashr qilindi.
... Asar mashhur arab tarixchisi ibn Xaldun tomonidan "al Basriyning grammatikaga oid asaridan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi asar" deb yuqori baho bergan".
Bundan tashqari bu asar haqida Jurji Zaydon 1943-yilda chop etilgan "Tarix adab al-lug'ah al-arabiya" (Arab tili adabiyoti tarixi) asarida Zamaxshariyning "Al Mufassal" asari haqida shunday yozgan:
"Az-Zamaxshariyning bu asari odamlar tomonidan shunday qabul qilinganki, sulton Iso ibn Ayyub bu asarga yuqori baho bergan va kitobni yod olganlarga 100 dinor hamda uy hadya qilgan"
"Al-Mufassal" asari Shom, Misr, Iroq, Hijoz va Yamanda arab tili grammatikasini o'rgatish uchun asosiy manbalardan hisoblangan.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

👍14❤🔥3🔥3⚡2
#tavsiya
https://youtu.be/zMk1zg29ZWE?si=i-7NpFK5bpzByXnw
O'z tilini yo'qotgan millat millat hisoblanmaydi.
© Qozoqboy Yo'ldoshev
Yuqoridagi havola orqali Qozoqboy Yo'ldoshevning intervyusi bilan ko'rishingiz mumkin. Ko'p vaqtingiz ketmaydi.

👍10❤🔥2🔥2
Kanalimizning yangi obunachilari uchun:
Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 19 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin.
Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi
Fonetika | Test tahlili
Fonetika | Fonetik hodisalar. Bo'g'in. Urg'u
Morfemika | Asos va qo'shimchalar
Takrorlash | Fonetik hodisalar
Takrorlash | Morfemika
Leksikologiya | 1-qism
Leksikologiya | Test tahlili
Leksikologiya | 2-qism
Leksikologiya | Test tahlili (1-qism)
Leksikologiya | Test tahlili (2-qism)
Morfologiya | Ot
Morfologiya | Sifat
Ot | Test tahlili
Morfologiya | Son
Morfologiya | Olmosh
Morfologiya | Ravish
Test tahlili | Sifat
Test tahlili | Ravish
Test tahlili | Olmosh
Test tahlili | Son
Morfologiya | Fe'l (1-qism)
Morfologiya | Fe'l (2-qism)
Fe'l | Test tahlili
Darslar haftaning toq kunlarida soat 21:00da tashkil etiladi.
To'liq taqvim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin 👇
To‘liq taqvim

⚡8👍6❤🔥5🔥4🎉1
ProEducation | O'zbek tili pinned «Kanalimizning yangi obunachilari uchun: Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 19 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin. Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi Fonetika | Test tahlili Fonetika | Fonetik…»
ProEducation | O'zbek tili
Shu fikrga qo'shilasizmi? ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Yurakning ishlash mexanizmidan xabarimiz bo'lsa ham, bo'lmasa ham, u ishlayveradi. Jigar yoki buyrakning nima vazifa bajarishidan boxabar bo'lsak, bo'lmasak ham, ular o'z funksiyalarini bajarishda davom etaveradi. Biz o'z ona tilimizni o'rgansak ham, o'rganmasak ham, u yashashda davom etaveradi. Lekin ...
Yurak bir kun xuruj qilib qolishi mumkin. Nega? Noto'g'ri ovqatlanish va kamharakatlik natijasida yurak va qon-tomirlarni yog' bosib, qon yurishga qiynalgan va uzoq vaqt davomida ortiqcha bosim bilan ishlagan.
Jigarimiz bir kun qonni zaharli moddalardan tozalamay qo'yadi. Nega? Doimiy stress, depressiya va uyqu va ovqatlanishni to'g'ri yo'lga qo'ymaslik natijasida.
Bir kun kelib buyraklarimizda toshlar paydo bo'lganidan xabar topamiz va so'raymiz: "Nega?" Kamharakatlik natijasida buyrakda qon aylanishi sekinlashadi va suyuqlikning buyrakda ko'p turib qolishi natijasida undagi tuzlar birikib, erimaydigan qattiq moddalarga aylanib qoladi.
Yuqoridagi kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularni yengib o'tish yo'llari bilan soha mutaxassislaridan tashqari shu kasalliklarga chalinganlar ham yaxshi xabardor bo'lib ulgurishgan. Kasallik nega kelib chiqishidan tortib, uning alomatlari-yu, qanday noxushliklarga sabab bo'lishigacha aytib bera olishadi.
Bu gaplarni nega gapiryapman?
Tilimizning hozirgi ahvolidan faqatgina mutaxassislar (olim, professorlar, o'qituvchilar) xabardor. Balki bu qayerlardadir hech kim ko'rmaydigan telekanallarda ko'rsatuvlar qilinib, shundan ogohlantirishayotgandir ham. Lekin bu ogohlantirishdan naf chiqmaydi. Tilimizning buzilib, hozirgi holatga kelib qolishi tilga nisbatan "yurak xuruji", uning ham buyragi, jigari ishdan chiqib ulgurdi allaqachonlar.
Aslini olganda siyqasi chiqqan mavzu haqida gapiryapman. Yechim topishi uchun hamma birlashishi kerak bo'lgan, ammo amalda hamma ayro-ayro holda harakat qilayotgan mavzu haqida gap ochdim. Kanalga yozish bilan ish bitmaydi-da, deyishingiz mumkin, biroq shundan bexabar bo'lganlarni xabardor qila olsam, shu ham maqsadga bir qadam yaqinlashtiradi.
Yuqoridagi rasmni bekorga yasamadim. Qaysi kuni izohlarda bir ustoz "kelajakda grammatika kerak bo'lmaydi deb o'ylayman" deb qoldi. Tilning shakllanishiga asos bo'lgan omil qachonlardir kerak bo'lmay qoldimi, demak, o'sha til ham hech kimga kerak emas. To'g'ri, shu til egasi sifatida (native speaker) sizga grammatikadan to'liq xabardor bo'lish kerakmasdir, shusiz ham gapira olarsiz. Lekin bir narsani unutmang, siz bir vositachisiz, ajdodlarimiz bizga tilni qanday yetkazib bergan bo'lsa, siz ham jilla qursa shu holida yetkazib berish majburiyatini olgansiz. Qo'lingizdan kelsa, uni rivojlantirib yetkazing. Lekin to'kib-sochib, tovuq titgan kabi yetkazmang.
Ingliz yoki rus tilini o'rganish uchun biror o'quv markazga boring, ular ham avval o'z tilining grammatikasini o'rgatib, keyin boshqa ko'nikmalarni o'rgatishni boshlaydi va oxirigacha shu narsalar kerak bo'lishidan ogohlantiradi.
Til o'rganishni zinada tasavvur qilsak, biz qadamimizni go'yoki ikkinchi zinadan boshlagandekmiz. Lekin birinchi zinada nima borligidan boxabar bo'lishimiz yuqoriga qadam bosishimizda yordam beradi.
Bayramingiz bilan!

👍33💯8❤🔥4🔥3👏1
Biror ilmni o'rganishni boshlaganingizda boshida juda tekis, ravon yo'lda yurgandek sip-silliq ketadi. Xuddiki bu ilm faqatgina siz uchun. Yaxshiyam shu sohani tanlabman, degan shukrona keltirishga ham ulgurasiz.
Oradan, nari borsa, 2 hafta o'tgach avvalgi tanlovingizga ming afsuslar qilib, chap ko'chaga burilib, bu men uchun emas ekan, adashibman, deb boshqa yo'nalishga o'tish payiga tushib qolasiz. Aynan shu nuqta sizning sohaga bo'lgan muhabbatingizni uyg'otadigan nuqta bo'lib xizmat qilishi mumkin.
🧐 Qanday deysizmi? Yaqinroq keling.
Taslim bo'lish. Bu o'rganishni tashlab otish emas, qiyinchiliklarni normal qabul qilishdir. Ya'ni hech kim sizga kafolatlamagan, agar sen shuni o'rgansang, hammasi oxirigacha juda zo'r ketadi, hech kim seni yo'lingga g'ov bo'lmaydi, maqsadingga osongina erishasan, deb.
Hayot yo'lingizga qarasangiz ham bunday holatlarga ko'p misol topa olasiz. Masalan, bizning sharoitimizda qish kunlari chiroq yoki gazning bo'lmasligi odatiy hol va siz qishda bundan dodlab, yosh bola kabi xarxasha qilmaysiz. Ya'ni bu qiyinchilikni to'g'ri qabul qilasiz va tez kunda bahor kelishiga ishonasiz. Yoki boshingizga vaqti-vaqti og'riq kirib qoladi, siz bunday holat bo'lishini bilasiz va biror chora ko'rasiz, dori ichib, og'riq qolishini kutib, ozgina sabr qilasiz va bosh og'rig'ingiz qoladi.
Ko'ryapsizmi, bahor kelguncha ham, bosh og'rig'ingiz qolguncha ham sabr qilasiz va shu davr mobaynida bo'lishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni to'g'ri qabul qilib, unga chidaysiz. Nega yosh farzandingiz boshi og'risa yig'laydi-yu, siz yig'lamaysiz. Chunki u sabr nimaligini hali bilmaydi va dori ichsa ham, xuddi ta'sir qilmagandek o'zini tutadi. Siz esa uni uxlatishga harakat qilasiz. Keyinchalik esa bu ishni o'zi ongli ravishda qila boshlaydi. Boshi og'risa dori ichib, uxlab oladi va og'riqdan xalos bo'ladi.
Ilm olish jarayonida katta yoki kichik to'siqlar chiqishi aniq. Buni tabiiy qabul qiling. Qiyinchilikka uchraganingizda o'zingizni yosh boladek tutmang. Davom eting.
Ilmda hech qanday namuna yo'q. Men bir kitobni 10 kunda o'qib chiqsam, siz ham 10 kunda o'qib chiqasiz degani emas. Balki sizda bu jarayon 15 kun davom etar, balki 5 kunda tugatarsiz buni bilmaysiz. Boshqalarning qilgan ishidan andoza olib ish ko'rmang. Bu sizning shijoatingizni tushirib yuboradi. Kimdadir o'rganish tez, kimdadir sekin. Agar siz sekin o'zlashtiradiganlar toifasidan bo'lsangiz, aslo tez o'rganayotganlarga qaramang. Siz o'z yo'lingizga qarang. Kech qancha narsa o'rgandingiz-u, bugun qancha o'rgandingiz. Ertaga qancha o'rganishni maqsad qildingiz. Mana shu sizni progressiyangiz.
Qaysi kitobda o'qiganim esimda yo'q. Bir ajoyib iqtibos bor: "Muvaffaqiyatga iqtidorlilardan ko'ra, iqtidori yo'qlar yaqinroqdir. Chunki iqtidorlilar ko'p holatda o'z iqtidoriga ishonib mehnat qilmaydi va o'smay qoladi, iqtidori yo'qlar esa mehnatga ishonishadi va o'z ustilarida qayta-qayta ishlashlari natijasida iqtidorlilardan o'zib ketishadi".

❤🔥36👍28🔥4🕊2👀2
ProEducation | O'zbek tili
Biror ilmni o'rganishni boshlaganingizda boshida juda tekis, ravon yo'lda yurgandek sip-silliq ketadi. Xuddiki bu ilm faqatgina siz uchun. Yaxshiyam shu sohani tanlabman, degan shukrona keltirishga ham ulgurasiz. Oradan, nari borsa, 2 hafta o'tgach avvalgi…
Bu quruq motivatsiya emas. Shaxsan o'zimda sinab ko'rgan, boshimdan o'tkazgan usullarim.
Kanalda bepul dars berish og'rintirmaydi, deb o'ylaysizmi. Har kuni 9 soatlik aqliy mehnatdan so'ng uyga kelib, kompyuter qarshisida yana bir soat dars uchun taqdimot tayyorlash, undan keyin bir-bir yarim soat tinmay gapirish oson deb o'ylaysizmi. Ba'zida ishdan kechroq chiqqan kunlarim, ovqatlanishga ulgurmayman va darsdan keyin yeb olaman. Shamollagan kunlarim yo'talib bo'lsa-da dars o'tdim. Senga zarurmi shu, minnat qilma, deyishingiz mumkin. Bu minnat emas. Bu yuqorida aytgan gaplarimni biror kitobdan o'qib olib, o'zimcha gapirib bermayotganimning, shaxsan o'zimda sinab ko'rganligimning isboti.
Har kuni ishdan kelib, og'rinib ketaman, to'g'ri. Lekin shu qiyinchilikni bo'ynimga olib shu ishni boshlaganimni eslayman. Nasib bo'lsa, oz qoldi. Yaxshi kungayam chiqamiz. Dars bergan o'quvchilarim natijalari chiqqanda, barcha charchoq, og'riqlar unutilishini o'ylayman va kuch topaman. Hammasidan asosiysi esa o'z ustimda ishlashdan to'xtamayotganim. Bu ilmni qancha azob tortib olganimni o'zim bilaman. Agar bir-ikki oy umuman shug'ullanmay qo'ysam, esimdan chiqib ketishini ham bilaman. Shuning uchun ham harakatdaman. Ilm shunday narsa. Qiyinchilik bilan yig'gan narsangiz, ozgina e'tiborsizligingiz tufayli yana sochilib ketadi.
Siz ham harakatdan to'xtamang. Asosiysi qiyinchiliklarni normal qabul qiling. Biz bu dunyoga rohat ko'rish uchun kelmaganimizni, sinovli dunyoda yashayotganimizni eslash esa yana ko'proq kuch beradi.

⚡37👍22❤🔥15👏8✍3🔥3😢1👌1👀1
Kanalimizning yangi obunachilari uchun:
Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 19 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin.
Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi
Fonetika | Test tahlili
Fonetika | Fonetik hodisalar. Bo'g'in. Urg'u
Morfemika | Asos va qo'shimchalar
Takrorlash | Fonetik hodisalar
Takrorlash | Morfemika
Leksikologiya | 1-qism
Leksikologiya | Test tahlili
Leksikologiya | 2-qism
Leksikologiya | Test tahlili (1-qism)
Leksikologiya | Test tahlili (2-qism)
Morfologiya | Ot
Morfologiya | Sifat
Ot | Test tahlili
Morfologiya | Son
Morfologiya | Olmosh
Morfologiya | Ravish
Test tahlili | Sifat
Test tahlili | Ravish
Test tahlili | Olmosh
Test tahlili | Son
Morfologiya | Fe'l (1-qism)
Morfologiya | Fe'l (2-qism)
Fe'l | Test tahlili
Darslar haftaning toq kunlarida soat 21:00da tashkil etiladi.
To'liq taqvim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin 👇
To‘liq taqvim
Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 19 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin.
Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi
Fonetika | Test tahlili
Fonetika | Fonetik hodisalar. Bo'g'in. Urg'u
Morfemika | Asos va qo'shimchalar
Takrorlash | Fonetik hodisalar
Takrorlash | Morfemika
Leksikologiya | 1-qism
Leksikologiya | Test tahlili
Leksikologiya | 2-qism
Leksikologiya | Test tahlili (1-qism)
Leksikologiya | Test tahlili (2-qism)
Morfologiya | Ot
Morfologiya | Sifat
Ot | Test tahlili
Morfologiya | Son
Morfologiya | Olmosh
Morfologiya | Ravish
Test tahlili | Sifat
Test tahlili | Ravish
Test tahlili | Olmosh
Test tahlili | Son
Morfologiya | Fe'l (1-qism)
Morfologiya | Fe'l (2-qism)
Fe'l | Test tahlili
Darslar haftaning toq kunlarida soat 21:00da tashkil etiladi.
To'liq taqvim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin 👇
To‘liq taqvim
❤🔥7👍7🔥4
❓ Qaysi biri toʻgʻri yozilgan?
_____ tuproq, chang, yer ma'nolarini bildiradi

Anonymous Quiz
61%
Qadrlab ko'zga surt xokini
39%
Qadrlab ko'zga surt hokini
👍20🔥3❤🔥2
Esse uchun mavzular
#Soʻragan_edingiz
Yaqinda milliy sertifikat imtihoni oʻtkazilar ekan. Unda esse yozish topshirigʻi ham bor. Tayyorgarlik koʻrish uchun essega mavzu soʻrashdi. Quyida 10 ta mavzu berilgan.
Esse qanday yozilishi haqida esa mana bu yerda maʼlumot bor.
1️⃣ Aqllarning sizishi (brain drain), yaʼni oʻqimishli kishilarning chet ellarga ketishi mamlakat uchun foydalimi yoki zararli?
2️⃣ Axborot asrida oʻzbek tilini qanday rivojlantirish mumkin?
3️⃣ Bolaning qobiliyatini yuzaga chiqarishga yordam va xalal beruvchi omillar.
4️⃣ Daraxtlarning ommaviy kesilishi: oqibatlar va yechimlar.
5️⃣ Ekologik madaniyat muammolari va uning yechimlari.
6️⃣ Ilmdagi plagiat mamlakat taraqqiyotiga qay darajada taʼsir koʻrsatadi?
7️⃣ Maktablarda erkak oʻqituvchilarning kamligi va uning taʼlimdagi oqibatlari.
8️⃣ Malakali kadrlar yetishmovchiligi: sabablar va yechimlar.
9️⃣ Moddiy qiyinchiliklarning taʼlimga taʼsiri: uni qanday yengib oʻtish mumkin?
🔟 Sunʼiy intellekt va uning hayotimizga taʼsiri.
@oriftolib

👍27❤🔥6🔥2💯1👀1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun dars yo'q
Zerikish bilan shug'ullanmay, o'tgan darslarni takrorlab turishni tavsiya qilaman 👇
https://t.iss.one/rustamov_edu/19480

😁32👌9🔥5❤🔥3✍3👍2🕊1
Sajda aylar zohid ul mehrob aro,
Men qilurman sajda egma qoshima.
Baytni tashkil etgan hijolar qanday rukn ostida birlashgan?
Baytning vazn talabiga ko'ra chizmasi qanday?

❤🔥16🔥8👍6
ProEducation | O'zbek tili
Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajda egma qoshima. Baytni tashkil etgan hijolar qanday rukn ostida birlashgan? Baytning vazn talabiga ko'ra chizmasi qanday?
Taqtesi:
– V – – / – V – – / – V –
– V – – / – V – – / – V –
Ramali musaddasi mahzuf
1-misraning 2-ruknida vasl hodisasi ro'y bergan: [zo-hi-d ul-meh];
1-misraning 3-ruknida ham vas hodisasi ro'y bergan: [ro-b a-ro].

👍12❤🔥6🔥2