Lex.uz sayti ham reklamalarga e'tibor bermaydi. Qolganlar bilganini qiladi-da, buni ko'rib.
So'ng+i → otlashgan ravishga egalik qo'shilgan: ishning so'ngi, kitobning so'ngi.
So'ng+gi → ravish + sifat yasovchi: so'ngi ish, so'nggi kitob.
So'ngi nashr ❌
So'nggi nashr ✅
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

👍16😇4❤🔥3🕊2👀2🔥1😁1
Bugungi darsimiz takrorlash darsi. Demak, darsdan keyin vazifa beraman.
O'tgan darslardagi vazifalar yig'ilib qolmayapti, degan umiddaman.

👍21❤🔥4👌4😇4⚡3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dars boshlanishiga 2 daqiqa qoldi.
*darsga tayyorlanayotgan men
😁😁😁
*darsga tayyorlanayotgan men
😁43👍6❤🔥2🤓2👀1
Boshladik. Fayzimizni bersin 🤲
👍25⚡2👀2❤🔥1🔥1
Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur.
Abdulla Avloniy
Xalqimizning dunyoda mavjud ekanligining ramzi bo'lgan tilimizga davlat tili maqomi berilganiga bugun 34 yil to‘ldi.
“Ta’lim Media Group” jamoasi 21 oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi!
Rasmiy sahifalarimizga a’zo bo‘ling va do‘stlaringizga ulashing.👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🎉8👍4🔥2👀2❤🔥1
Allohning qo'shnisi (Jorulloh) unvoniga sazovor bo'lgan arab-islom olamida mashur b asari (Qur'on tafsiriga bag'ishlangan) ning muallifi lingvist olim Mahmud az-Zamaxshariy haqida Britannica nashri yozmoqda:
"O'zinging ilmiy ishlari natijasida arab grammatikasining tuzilishini yoritib bergan. Uning bu asari (Al Mufassal fis sinoat al-arab, ya'ni arab tilining sir-sinoatlarining batafsil tahlili) 1134-yilda yozib tugatilgan va 1856-yilda Kalkutta shahrida 2 jildda nashr qilindi.
... Asar mashhur arab tarixchisi ibn Xaldun tomonidan "al Basriyning grammatikaga oid asaridan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi asar" deb yuqori baho bergan".
Bundan tashqari bu asar haqida Jurji Zaydon 1943-yilda chop etilgan "Tarix adab al-lug'ah al-arabiya" (Arab tili adabiyoti tarixi) asarida Zamaxshariyning "Al Mufassal" asari haqida shunday yozgan:
"Az-Zamaxshariyning bu asari odamlar tomonidan shunday qabul qilinganki, sulton Iso ibn Ayyub bu asarga yuqori baho bergan va kitobni yod olganlarga 100 dinor hamda uy hadya qilgan"
"Al-Mufassal" asari Shom, Misr, Iroq, Hijoz va Yamanda arab tili grammatikasini o'rgatish uchun asosiy manbalardan hisoblangan.

👍14❤🔥3🔥3⚡2
#tavsiya
https://youtu.be/zMk1zg29ZWE?si=i-7NpFK5bpzByXnw
O'z tilini yo'qotgan millat millat hisoblanmaydi.
© Qozoqboy Yo'ldoshev
Yuqoridagi havola orqali Qozoqboy Yo'ldoshevning intervyusi bilan ko'rishingiz mumkin. Ko'p vaqtingiz ketmaydi.

👍10❤🔥2🔥2
Kanalimizning yangi obunachilari uchun:
Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 19 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin.
Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi
Fonetika | Test tahlili
Fonetika | Fonetik hodisalar. Bo'g'in. Urg'u
Morfemika | Asos va qo'shimchalar
Takrorlash | Fonetik hodisalar
Takrorlash | Morfemika
Leksikologiya | 1-qism
Leksikologiya | Test tahlili
Leksikologiya | 2-qism
Leksikologiya | Test tahlili (1-qism)
Leksikologiya | Test tahlili (2-qism)
Morfologiya | Ot
Morfologiya | Sifat
Ot | Test tahlili
Morfologiya | Son
Morfologiya | Olmosh
Morfologiya | Ravish
Test tahlili | Sifat
Test tahlili | Ravish
Test tahlili | Olmosh
Test tahlili | Son
Morfologiya | Fe'l (1-qism)
Morfologiya | Fe'l (2-qism)
Fe'l | Test tahlili
Darslar haftaning toq kunlarida soat 21:00da tashkil etiladi.
To'liq taqvim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin 👇
To‘liq taqvim

⚡8👍6❤🔥5🔥4🎉1
ProEducation | O'zbek tili pinned «Kanalimizning yangi obunachilari uchun: Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 19 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin. Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi Fonetika | Test tahlili Fonetika | Fonetik…»
ProEducation | O'zbek tili
Shu fikrga qo'shilasizmi? ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Yurakning ishlash mexanizmidan xabarimiz bo'lsa ham, bo'lmasa ham, u ishlayveradi. Jigar yoki buyrakning nima vazifa bajarishidan boxabar bo'lsak, bo'lmasak ham, ular o'z funksiyalarini bajarishda davom etaveradi. Biz o'z ona tilimizni o'rgansak ham, o'rganmasak ham, u yashashda davom etaveradi. Lekin ...
Yurak bir kun xuruj qilib qolishi mumkin. Nega? Noto'g'ri ovqatlanish va kamharakatlik natijasida yurak va qon-tomirlarni yog' bosib, qon yurishga qiynalgan va uzoq vaqt davomida ortiqcha bosim bilan ishlagan.
Jigarimiz bir kun qonni zaharli moddalardan tozalamay qo'yadi. Nega? Doimiy stress, depressiya va uyqu va ovqatlanishni to'g'ri yo'lga qo'ymaslik natijasida.
Bir kun kelib buyraklarimizda toshlar paydo bo'lganidan xabar topamiz va so'raymiz: "Nega?" Kamharakatlik natijasida buyrakda qon aylanishi sekinlashadi va suyuqlikning buyrakda ko'p turib qolishi natijasida undagi tuzlar birikib, erimaydigan qattiq moddalarga aylanib qoladi.
Yuqoridagi kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularni yengib o'tish yo'llari bilan soha mutaxassislaridan tashqari shu kasalliklarga chalinganlar ham yaxshi xabardor bo'lib ulgurishgan. Kasallik nega kelib chiqishidan tortib, uning alomatlari-yu, qanday noxushliklarga sabab bo'lishigacha aytib bera olishadi.
Bu gaplarni nega gapiryapman?
Tilimizning hozirgi ahvolidan faqatgina mutaxassislar (olim, professorlar, o'qituvchilar) xabardor. Balki bu qayerlardadir hech kim ko'rmaydigan telekanallarda ko'rsatuvlar qilinib, shundan ogohlantirishayotgandir ham. Lekin bu ogohlantirishdan naf chiqmaydi. Tilimizning buzilib, hozirgi holatga kelib qolishi tilga nisbatan "yurak xuruji", uning ham buyragi, jigari ishdan chiqib ulgurdi allaqachonlar.
Aslini olganda siyqasi chiqqan mavzu haqida gapiryapman. Yechim topishi uchun hamma birlashishi kerak bo'lgan, ammo amalda hamma ayro-ayro holda harakat qilayotgan mavzu haqida gap ochdim. Kanalga yozish bilan ish bitmaydi-da, deyishingiz mumkin, biroq shundan bexabar bo'lganlarni xabardor qila olsam, shu ham maqsadga bir qadam yaqinlashtiradi.
Yuqoridagi rasmni bekorga yasamadim. Qaysi kuni izohlarda bir ustoz "kelajakda grammatika kerak bo'lmaydi deb o'ylayman" deb qoldi. Tilning shakllanishiga asos bo'lgan omil qachonlardir kerak bo'lmay qoldimi, demak, o'sha til ham hech kimga kerak emas. To'g'ri, shu til egasi sifatida (native speaker) sizga grammatikadan to'liq xabardor bo'lish kerakmasdir, shusiz ham gapira olarsiz. Lekin bir narsani unutmang, siz bir vositachisiz, ajdodlarimiz bizga tilni qanday yetkazib bergan bo'lsa, siz ham jilla qursa shu holida yetkazib berish majburiyatini olgansiz. Qo'lingizdan kelsa, uni rivojlantirib yetkazing. Lekin to'kib-sochib, tovuq titgan kabi yetkazmang.
Ingliz yoki rus tilini o'rganish uchun biror o'quv markazga boring, ular ham avval o'z tilining grammatikasini o'rgatib, keyin boshqa ko'nikmalarni o'rgatishni boshlaydi va oxirigacha shu narsalar kerak bo'lishidan ogohlantiradi.
Til o'rganishni zinada tasavvur qilsak, biz qadamimizni go'yoki ikkinchi zinadan boshlagandekmiz. Lekin birinchi zinada nima borligidan boxabar bo'lishimiz yuqoriga qadam bosishimizda yordam beradi.
Bayramingiz bilan!

👍33💯8❤🔥4🔥3👏1