ProEducation | O'zbek tili
❓Ostiga chizilgan birlikning ma'nosini toping. Otabekdagi bu hollarning sirini bilgandek, muhabbati orasiga cho'p bo'lib tushgan keyingi uylanishi alamidan, deb qaror qilib qo'ygan edi. © A. Qodiriy 🔗 Zanjir o'yini: Siz ham yuqoridagi ma'nosini bir qarashda…
✅ Javob:
Cho'p tushdi – oraga sovuqchilik tushdi, xiralik tushdi, ish buzildi.
Shirin suhbatga cho'p tushdi.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

👍10⚡9❤🔥3🔥2✍1
ProEducation | O'zbek tili
❓Ostiga chizilgan jumlaning ma'nosini ayting. Vaqti bilan to'rt ko'z tugal bo'lamiz. (Shuhrat) ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
✅ Javob:
To'rt ko'z tugal – hamma jam holda, birgalikda.
Qo'y, to'rt ko'z tugal yo'l olganimiz g'animatdir. (Hamza)
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
To'rt ko'z tugal – hamma jam holda, birgalikda.
Qo'y, to'rt ko'z tugal yo'l olganimiz g'animatdir. (Hamza)
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍21🔥4✍1❤🔥1
Bugun milliy sertifikat kanalida rejalashtirgan dars ayrim sabablarga ko'ra qoldirildi. Shu sabab bugun kanalda bir mashg'ulot darsi tashkil etamiz.
Badiiy asarlarda ikki suhbatdosh jim qolishganda, oraga sovuq jimlik tushdi, degan jumla ishlatiladi. Darslarimiz orasida shunaqa sovuq jimlik tushib qolmasligi uchun taqvim rejadan tashqari bugun qo'shimcha dars tashkil etamiz.
G'azal emas, bayt tahlil qilamiz. Bir qancha g'azallardan olingan baytlarning "u yog'idan kirib, bu yog'idan chiqamiz".
Ichingizda beixtiyor "давай" degan bo'lsangiz, izohlarda + qoldiring :)
Reaksiya qoldirish esdan chiqmasin, yaxshilar
Badiiy asarlarda ikki suhbatdosh jim qolishganda, oraga sovuq jimlik tushdi, degan jumla ishlatiladi. Darslarimiz orasida shunaqa sovuq jimlik tushib qolmasligi uchun taqvim rejadan tashqari bugun qo'shimcha dars tashkil etamiz.
G'azal emas, bayt tahlil qilamiz. Bir qancha g'azallardan olingan baytlarning "u yog'idan kirib, bu yog'idan chiqamiz".
Ichingizda beixtiyor "давай" degan bo'lsangiz, izohlarda + qoldiring :)
⚡87👍76🔥14❤🔥10👏6🤩3✍2🎉2🕊2👀2
1 soatdan so'ng darsni boshlaymiz
👍49❤🔥3🔥2🕊1
Kech bo'lganda kayfiyatni buzadigan xabar. Darsgacha balkim yonib qolar, deb o'tirdim. Yonmadi. Shaharni o'rtasi. Chiroq o'chib qoldi. 2 soatdan beri kelmayapti. Yaxshi niyat qilib boshlaymiz deb yozib qo'ygandim. O'xshamadi 🤦♂
Bahona deb qabul qilmang tag'in
👍57👌23😁12🔥7🤓7❤🔥5👀4
Sinonimlar | Tinch
Tinch, jim, jimjit, tek, sokin, osuda. Harakatsiz yoki tovushsiz holat.
Tinch so'zi harakatsiz va tovushsiz holat ma'nosini bildirish bilan birga, umuman, to'polonsiz, g'ala-g'ovursiz ma'nosini ham bildiradi. Bunda harakat, tovush ham bo'lishi mumkin. Lekin bu normal holat hisoblanadi.
Jim so'zi asosan tovushsiz holatga nisbatan va kam darajada harakatsiz holatga nisbatan qo'llanadi.
Jimjit faqat tovushsiz holatga nisbatan qo'llanadi va jim so'ziga nisbatan ma'noni kuchaytiribroq ifodalaydi.
Tek so'zlashuv uslubiga xos bo'lib, jonli narsalarga nisbatan qo'llanadi.
Sokin kitobiy so'z bo'lib, asosan tovushsiz holat ma'nosini bildiradi va ko'proq jim holatni ifodalash uchun qo'llanadi.
Ko'rinishda hamma yoq tinch. Choyxonada bedanalar sayraydi. (Oybek)
Kaminaning birdan-bir orzusi Xurosonni tinch va osuda ko'rishdir. (L. Bat)
Ota-bola anchagina jim bordi. O'rtaga og'ir sukunat tushdi. (M. Ismoiliy)
Endi Gʻulomjon tirikchilik nishonasini bildirmay jim o'tirishi, ishning ketishini chidam bilan kutishi kerak. (M. Ismoiliy)
Zumrad ko'zlarini qorong'i boshliqqa ko'z tikkancha qimirlamay o'tirardi. Kecha jim-jit. Faqat suvning shildirashi eshitiladi. (S. Zunnunova)
Butun shahar xalqi sokin uyquda. Orom olmoqdasan sen ham osuda. (X. Rasul)
© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati

👍18❤🔥2🔥2👏2
❓Ostiga chizilgan jumlani izohlang.
Anoraga ko'nglim sust ketdi.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Anoraga ko'nglim sust ketdi.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍9🔥5
Kanalga maqola yozish uchun mavzu tanlash xuddi ovqat pishirishga o'xshaydi.
Ayollarda:
– Ana, xudoga shukur, tushlik ham o'tdi. Kechga nima ovqat qilsam ekan?
Menda:
Kecha yaxshi fikr kelgandi, shuni yozib qo'ygandim, bugun shuni tashlayman kanalga. Ertaga nima mavzuda yozsam ekan?
Yuqoridagi holatda ayollar farzandi yoki turmush o'rtog'idan nima ovqat qilishni so'rab oladi. Menchi?
Xullas, shunaqa "og'ir" ahvolda qolaman ba'zida.

👍42❤🔥21🔥4🤷♀3🗿3👏2😁2👌2⚡1
🤓16👍7❤🔥3🔥2😢2
ProEducation | O'zbek tili
❓Ostiga chizilgan jumlani izohlang. Anoraga ko'nglim sust ketdi. ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
✅ Javob:
Ko'ngli sust ketmoq – juda ham havasi keldi; totib ko‘rgisi keldi, yegisi yoki ichgisi keldi.
Shaftolilar g'arq pishibdi, ko'nglim sust ketdi.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Ko'ngli sust ketmoq – juda ham havasi keldi; totib ko‘rgisi keldi, yegisi yoki ichgisi keldi.
Shaftolilar g'arq pishibdi, ko'nglim sust ketdi.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍17❤🔥3😁2🔥1🌚1
Etimologiya | Ko'prik
Oqar suv yoki jarlikning qirg'oqlarini bir-biri bilan bog'lovchi qurilma. Ko'prik yo'q ekan, daryodan o'tay deb qayiqni chaqiribdi. (Ibrohim Rahim)
Bu ot qadimgi turkil tilda "shish", "ko'taril" ma'nosini anglatuvchi ko'p fe'lidan -(u)r qo'shimchasi bilan yasalgan otga kichraytirish ma'nosini ifodalovchi -(u)k qo'shimchasini qo'shib hosil qilingan, keyinchalik bu qo'shimchaning ma'nosi o'zgargan; ikkinchi bo'g'indagi tor unli talaffuz qilinma qo'ygan, o'zbek tilida u unlisi i unlisiga almashgan.
[ kop + ur = ko'pur + uk = ko'puruk → ko'pruk → ko'prik ]
Ko'priklar dastlab o'rtasidaga tomon ko'tariladigan do'sh shaklida qurilgan.
© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining etimologik lug'ati

✍4👍4❤🔥3🔥2👏2
❗️Esse yozish bo'yicha tavsiyalar
(6- va 7-sinf ona tili darsliklaridan)
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
(6- va 7-sinf ona tili darsliklaridan)
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍22✍4👌3🏆2👀2🔥1
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
18-dars
Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Fe'l (2-qism)
Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.
Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.
Darsda qatnashish uchun 👇
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream

⚡8👍7❤🔥5🎉3🔥1👀1
6-sinf darsligidagi esse mavzulari:
1. Mening birinchi dasturim loyihasi
2. Men novatorman
3. Mening innovatsion g'oyam
4. Meni hozirdan asra
5. Yong'inga kim ko'proq sababchi bo'ladi?
7-sinf darsligidagi esse mavzulari:
1. Zamonamiz qahramoni kim?
2. Robotlarga o'rnini beradigan kasblar
3. Robotlarga o'rnini bermaydigan kasblar
4. Maqsadli va maqsadsiz xarajatlar
5. Odamlar hayotini yanada zavqli qilish uchun ixtiyoriy xarajatlarini ko‘paytirib yuboradilar. Ixtiyoriy xarajatlarning ijobiy va salbiy jihatlarini muhokama qiling va o‘z qarashlaringizni esseda ifodalang.
10-sinf darsligidagi esse mavzulari:
1. Nima deb o'ylaysiz: televideniyada dorilar reklamasi berilishi kerakmi yoki yo'q?
2. Ayrimlar laboratorilarda tadqiqot uchun hayvonlardan foydalanishga qarshi ekanini aytishadi. Siz qanday fikrdasiz?
3. Shaxmat olimpiada o'yinlari sirasiga kiritilishi kerakmi yoki yo'q?
4. Maktab uchun bir xil kiyim tanlanishiga qanday qaraysiz?
5. Boylar va kambag'allar bir xil soliq to'lashini to'g'ri deb bilasizmi?
6. "Samsung" yoki "Ayfon"?
7. Mening hayotdagi vazifam
8. Mening ixtirom
9. Film va badiiy asar
10. Inson va tabiat
11. Internet va kitob
12. Zamonaviylik va an'analarga sodiqlik
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!

👍32❤🔥4🔥2🎉2🕊2👀1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 💡 "svet" shu yerda. Ko'ngil "xatirjaam" dars o'tamiz 😁
Soat 21:00da. Mavzu: Fe'l (2-qism)
Kech qolsangiz, ruxsat so'ramay kirib, joyingizni topib o'tirib olavering 🤓
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Soat 21:00da. Mavzu: Fe'l (2-qism)
Kech qolsangiz, ruxsat so'ramay kirib, joyingizni topib o'tirib olavering 🤓
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍41🌚11🔥10😁8👌6❤🔥2👀1
Boshladik. Fayzimizni bersin 🤲
✍31🔥9❤🔥4👍2😇2👌1👀1