ProEducation | O'zbek tili
4.63K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
❤‍🔥12🔥5👍1
❤‍🔥10🔥5🏆2
👍14🔥5❤‍🔥3
Live stream finished (1 hour)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Videodars

Mavzu: Morfologiya | Fe'l (1-qism)

Sertifikat kursi
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❤‍🔥10👍6🔥6🤩1👀1
Morfologiya | Fe'l
ProEducation | O'zbek tili
🎙 Audiodars

Mavzu: Morfologiya | Fe'l (1-qism)

Sertifikat kursi
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍23🔥4🎉4❤‍🔥1👌1🏆1😇1
Sinonimlar | Turmush

Turmush, hayot, tirikchilik. Kun kechirish sharoit-holati.

Turmush keng tushunchaga ega, u kun kechirish, yashash bilan bog'liq bo'lgan barcha shart-sharoit holatlarni o'z ichiga oladi.
Hayot bu ma'noda nisbatan kam qo'llanadi.
Tirikchilik asosan yeyish-ichish, ta'minot bilan bogʻliq boʻlgan shart-sharoitlarni bildiradi.

O'zimning turmushim haqida gapirib bersam maylimi? (Sh. Rashidov)
Yaxshi ishlasak, o'z turmushimiz farovon, yurt obod bo'ladi. (Oybek)
Uy-ro'zg'orimga nima bo'pti. Kerakli narsalar bor, tirikchilik o'tyapti. (Mushtum)

Bepul darslar 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍36❤‍🔥5🔥4👎1😁1🎉1👀1
Ostiga chizilgan jumlaning ma'nosini ayting.
Vaqti bilan to'rt ko'z tugal bo'lamiz. (Shuhrat)

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
❤‍🔥49🔥14👍12🕊5👌41
Reaksiya esdan chiqib qolyapti, yaxshilar
👍160❤‍🔥35👌12👀12🔥7🏆7🎉5🫡4👏322
ProEducation | O'zbek tili
Ostiga chizilgan jumlaning ma'nosini ayting. Vaqti bilan to'rt ko'z tugal bo'lamiz. (Shuhrat) ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Javob:

To'rt ko'z tugal
– hamma jam holda, birgalikda.

Qo'y, to'rt ko'z tugal yo'l olganimiz g'animatdir. (Hamza)

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍21🔥41❤‍🔥1
Bugun milliy sertifikat kanalida rejalashtirgan dars ayrim sabablarga ko'ra qoldirildi. Shu sabab bugun kanalda bir mashg'ulot darsi tashkil etamiz.

Badiiy asarlarda ikki suhbatdosh jim qolishganda, oraga sovuq jimlik tushdi, degan jumla ishlatiladi. Darslarimiz orasida shunaqa sovuq jimlik tushib qolmasligi uchun taqvim rejadan tashqari bugun qo'shimcha dars tashkil etamiz.

G'azal emas, bayt tahlil qilamiz. Bir qancha g'azallardan olingan baytlarning "u yog'idan kirib, bu yog'idan chiqamiz".

Ichingizda beixtiyor "давай" degan bo'lsangiz, izohlarda + qoldiring :)

Reaksiya qoldirish esdan chiqmasin, yaxshilar
87👍76🔥14❤‍🔥10👏6🤩32🎉2🕊2👀2
Live stream scheduled for
1 soatdan so'ng darsni boshlaymiz
👍49❤‍🔥3🔥2🕊1
Kech bo'lganda kayfiyatni buzadigan xabar. Darsgacha balkim yonib qolar, deb o'tirdim. Yonmadi. Shaharni o'rtasi. Chiroq o'chib qoldi. 2 soatdan beri kelmayapti. Yaxshi niyat qilib boshlaymiz deb yozib qo'ygandim. O'xshamadi 🤦‍♂

Bahona deb qabul qilmang tag'in
👍57👌23😁12🔥7🤓7❤‍🔥5👀4
Sinonimlar | Tinch

Tinch, jim, jimjit, tek, sokin, osuda. Harakatsiz yoki tovushsiz holat.

Tinch so'zi harakatsiz va tovushsiz holat ma'nosini bildirish bilan birga, umuman, to'polonsiz, g'ala-g'ovursiz ma'nosini ham bildiradi. Bunda harakat, tovush ham bo'lishi mumkin. Lekin bu normal holat hisoblanadi.
Jim so'zi asosan tovushsiz holatga nisbatan va kam darajada harakatsiz holatga nisbatan qo'llanadi.
Jimjit faqat tovushsiz holatga nisbatan qo'llanadi va jim so'ziga nisbatan ma'noni kuchaytiribroq ifodalaydi.
Tek so'zlashuv uslubiga xos bo'lib, jonli narsalarga nisbatan qo'llanadi.
Sokin kitobiy so'z bo'lib, asosan tovushsiz holat ma'nosini bildiradi va ko'proq jim holatni ifodalash uchun qo'llanadi.

Ko'rinishda hamma yoq tinch. Choyxonada bedanalar sayraydi. (Oybek)
Kaminaning birdan-bir orzusi Xurosonni tinch va osuda ko'rishdir. (L. Bat)
Ota-bola anchagina jim bordi. O'rtaga og'ir sukunat tushdi. (M. Ismoiliy)
Endi Gʻulomjon tirikchilik nishonasini bildirmay jim o'tirishi, ishning ketishini chidam bilan kutishi kerak. (M. Ismoiliy)
Zumrad ko'zlarini qorong'i boshliqqa ko'z tikkancha qimirlamay o'tirardi. Kecha jim-jit. Faqat suvning shildirashi eshitiladi. (S. Zunnunova)
Butun shahar xalqi sokin uyquda. Orom olmoqdasan sen ham osuda. (X. Rasul)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍18❤‍🔥2🔥2👏2
Ostiga chizilgan jumlani izohlang.

Anoraga ko'nglim sust ketdi.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍9🔥5
Kanalga maqola yozish uchun mavzu tanlash xuddi ovqat pishirishga o'xshaydi.

Ayollarda:
– Ana, xudoga shukur, tushlik ham o'tdi. Kechga nima ovqat qilsam ekan?

Menda:
Kecha yaxshi fikr kelgandi, shuni yozib qo'ygandim, bugun shuni tashlayman kanalga. Ertaga nima mavzuda yozsam ekan?

Yuqoridagi holatda ayollar farzandi yoki turmush o'rtog'idan nima ovqat qilishni so'rab oladi. Menchi?

Xullas, shunaqa "og'ir" ahvolda qolaman ba'zida.
👍42❤‍🔥21🔥4🤷‍♀3🗿3👏2😁2👌21
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
41%
labaratoriya
59%
laboratoriya
🤓16👍7❤‍🔥3🔥2😢2
ProEducation | O'zbek tili
Ostiga chizilgan jumlani izohlang. Anoraga ko'nglim sust ketdi. ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Javob:

Ko'ngli sust ketmoq
– juda ham havasi keldi; totib ko‘rgisi keldi, yegisi yoki ichgisi keldi.

Shaftolilar g'arq pishibdi, ko'nglim sust ketdi.

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍17❤‍🔥3😁2🔥1🌚1
Etimologiya | Ko'prik

Oqar suv yoki jarlikning qirg'oqlarini bir-biri bilan bog'lovchi qurilma. Ko'prik yo'q ekan, daryodan o'tay deb qayiqni chaqiribdi. (Ibrohim Rahim)

Bu ot qadimgi turkil tilda "shish", "ko'taril" ma'nosini anglatuvchi ko'p fe'lidan -(u)r qo'shimchasi bilan yasalgan otga kichraytirish ma'nosini ifodalovchi -(u)k qo'shimchasini qo'shib hosil qilingan, keyinchalik bu qo'shimchaning ma'nosi o'zgargan; ikkinchi bo'g'indagi tor unli talaffuz qilinma qo'ygan, o'zbek tilida u unlisi i unlisiga almashgan.
[ kop + ur = ko'pur + uk = ko'puruk → ko'pruk → ko'prik ]

Ko'priklar dastlab o'rtasidaga tomon ko'tariladigan do'sh shaklida qurilgan.

© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining etimologik lug'ati

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
4👍4❤‍🔥3🔥2👏2