ProEducation | O'zbek tili
4.67K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Test | Sifat
πŸ‘48❀‍πŸ”₯7πŸ†5πŸ”₯4πŸ‘€2⚑1
Live stream finished (1 hour)
Olmosh | Test tahlili
ProEducation | O'zbek tili
πŸŽ™ Audiodars

Mavzu: Test tahlili | Olmosh

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❀‍πŸ”₯18πŸ‘11πŸ”₯8πŸ‘€2⚑1πŸ‘Œ1
Son | Test tahlili
ProEducation | O'zbek tili
πŸŽ™ Audiodars

Mavzu: Test tahlili | Son

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘19❀‍πŸ”₯4⚑2πŸ”₯2πŸ‘Œ2πŸ†1
Olmosh _ Mashqlar.pdf
78 KB
❗️Vazifa

Mavzu: Olmosh soβ€˜z turkumi

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘18πŸ”₯7✍3⚑2❀‍πŸ”₯1
Son _ Mashqlar.pdf
78 KB
❗️Vazifa

Mavzu: Son soβ€˜z turkumi

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘32πŸ”₯11❀‍πŸ”₯2⚑2πŸ‘Œ2
ProEducation | O'zbek tili
ProEducation | O'zbek tili – Olmosh | Test tahlili
Reaksiya bosish esdan chiqmasin, yaxshilar πŸ”₯
❀‍πŸ”₯143πŸ”₯46πŸŽ‰18πŸ‘Œ14πŸ‘13πŸ‘€4⚑3πŸ†3
-imiz va -i+miz ning farqlaymiz

Farqlashning quyidagi 2xil usulini o'rgataman:
Birinchi usulda bu qo'shimchalar bilan ifodalangan so'z qaysi so'zni o'ziga tobelantirayotganiga e'tibor beramiz. Ya'ni bu xildagi qo'shimchalar bilan ifodalangan so'zlar yoki I shaxs, ko'plikdagi so'zlarni yoki III shaxs, birlikdagi so'zlarni o'ziga tobelantirib keladi. Agar bu shakllarga tobelanib kelgan so'z I shaxs, ko'plikdagi so'z bo'lsa, unda bu qo'shimcha yaxlit -imiz. Chunki I shaxs, ko'plik sondagi so'zning egalik qo'shimchasi -imiz.
Agar bu shakllarga tobelanib kelgan so'z, III shaxs, birlikdagi so'z bo'ladigan bo'lsa, -i+miz shaklida bo'ladi. Bunda -i III shaxs, birlikning egalik shakli, -miz esa gapdagi bog'lama bo'ladi. Masalan:
- Biz O'zbekistonning farzandimiz.
- Hovlida o'ynayotgan bolalar bizning farzandimiz.

Yuqoridagi ikkala misolda ham farzandimiz so'zi ishtirok etyapti. Birinchi gapda bu so'zga O'zbekiston, ya'ni III shaxs, birlikdagi ot tobelanib kelayotgani uchun farzand+i+miz shaklda morfemik tahlil qilinadi. Ikkinchi gapdagi farzandimiz so'zi biz, ya'ni I shaxs, ko'plik olmoshini tobelantirib kelyapti va bu gapda bu so'z farzand+imiz tarzida morfemik tahlil qilinadi.

Ikkinchi usul. Bu qo'shimchalar ishtirok etgan so'zlar berilgan misollarda, albatta, ot kesim vazifasidagi keladi. Chunki ulardan birining tarkibida bog'lama mavjud. Shuning o'zidan ham ajratib olsak bo'ladi. Ya'ni agar gapda bu qo'shimchalar ifodalangan so'zlardan biri ot kesim, biri boshqa gap bo'lagi bo'lsa, ot kesim bo'lgani -i+miz, boshqa gap bo'lagi bo'lgani esa -imiz. Masalan:
Biz xalqimizning orzu-umidimiz (Biz ega bo'lgani uchun unga mos bog'lama qo'llanyapti)
Farzandlarimizning kelajagi haqidagi yakuniy qarorni ularning o'zlariga qo'yib beramiz. (bizning farzandlarimiz)

Agar bunday holat bo'lmasa, ya'ni ikkovi ham ot kesim vazifasida kelsa, bu so'zlarga -dir bog'lamasini qo'shib ko'ramiz. Agar mos tushsa, yaxlit -imiz, mos tushmasa, -i+miz, chunki bu so'zda shundoq ham bog'lama mavjud. Masalan:
Biz O'zbekistonning farzandimizdir (g'aliz)
Hovlida o'ynayotgan bolalar bizning farzandimizdir (bunda esa ma'no to'g'ri keladi).

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
πŸ‘36✍5πŸ”₯3πŸ‘3❀‍πŸ”₯2🀯1
❓Qaysi biri toΚ»gΚ»ri?
O'rta asrlarda davlat tomonidan undiriladigan yer solig'i _____
Anonymous Quiz
23%
hiroj solig'i
77%
xiroj solig'i
πŸ”₯16πŸ‘4πŸ†4❀‍πŸ”₯3😨2πŸŽ‰1
❀‍πŸ”₯14πŸ‘10πŸ”₯5⚑3πŸ†2✍1
ProEducation | O'zbek tili pinned Β«Kanalimizning yangi obunachilari uchun: Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 16 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin. Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi Fonetika | Test tahlili Fonetika | Fonetik…»
Live stream scheduled for
⚑️⚑️⚑️
Bepul Kurs | 3 oy
17-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Fe'l


Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun πŸ‘‡

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
⚑12πŸ‘4❀‍πŸ”₯2πŸ”₯2πŸ‘Œ1
Ta'kid

Suhbat davomida fikrimizning asosiy mazmunini yetkazib berish uchun so'zlarimizga turli usullarda ta'kid ma'nosini yuklaymiz. Ta'kid ma'nosi bilan aytmoqchi bo'lgan fikrimizni osonroq tushuntirib bera olamiz. Quyida shunday usullardan bir qanchasini ko'rib chiqamiz:

1. Gap urg'usi. Urg'u tushgan bo'lak aytmoqchi bo'lgan gapimizning asosiga, ya'ni asosiy mazmun yuklangan so'zga tushadi va suhbatdosh ongli ravish ta'kidni his etadi: Bu ishni men kecha qildim (aynan kecha).

2. Ta'kid yuklamasi. -ku, -u, -yu, ham. Barcha razilliklarga sababchi sen-ku (aynan sen).

3. Kelishiklar uyushiq bo'laklarning har biriga qo'shilsa, ularga ta'kid ma'nosi yuklanadi: Men ona tilini, ingliz tilini, matematikani bir vaqtda o'rganyapman.

Siz gapga yoki so'zga ta'kid ma'nosini yuklovchi qanday shakllarni bilasiz?

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
πŸ‘16❀‍πŸ”₯2πŸ”₯2πŸ‘Œ1
O'z bolasidan kechgan ona

***
... Parijda men tasodifan bir dog'istonlik musavvirni uchratib qoldim. Inqilob yillari u Fransiyaga ketgan va o'sha yerda bir italiyalik ayolga uylanib qolib ketgan ekan. Men undan so'radim:
– Nima uchun vatanga qaytishni istamaysiz?
U javob berdi:
– Endi juda kech, yoshlikda u yerdan oβ€˜tli qalb bilan chiqqandim, endi quruq suyakning o'zini vatanga qanday qaytaraman?
Uyga qaytgach, men o'sha parijlik vatandoshimning qarindosh-urug'larini izlay boshladim. Buni qarangki, meni ajablantirib, o'sha odamning judayam keksayib qolgan onasi haliyam hayot ekan.
– Sizlar avar tilida gaplashdinglarmi? – deb qo'qqisdan so'radi kampir mendan.
– "Yo'q biz tarjimon orqali gaplashdik, men rus tilida, u esa fransuz tilida" deb javob berdim men.
Onaizor o'ychan, ancha muddat jim sukut saqladi. U qora ro'moli bilan yuzini yopdi, ayollar farzandlari o'lsa shunaqa qiladilar. Yana biroz jim turgach, u keskin tarzda dedi:
– Rasul, sen adashibsan, o'sha odam mening o'g'lim emas, u allaqachon o'lib ketgan. Mening o'g'lim o'zim o'rgatgan ona tilini, avar tilini unutishi mumkin emas.

Β© Rasul Hamzatov | Mening Dog'istonim

manba: mushtumjurnali

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
πŸ‘24😒23❀‍πŸ”₯3πŸ”₯2⚑1πŸŽ‰1πŸ‘€1
O'quvchi matematika fanini o'rganmasa, o'qituvchi "matematika har bir qadamingda kerak bo'ladi, hisob-kitobni bilmasang, hamma seni aldab ketadi" deb qo'rqitib o'zini faniga qiziqish uyg'otadi.

Fizika, biologiya yoki kimyo o'qituvchilari ham bir nima qilib o'quvchini faniga qiziqtirib oladi: har xil tajribalar o'tkazadi, qizil suvni sariq suvga qo'shib bitta tutun chiqarib beradi, bola hayron qolganidan ham shu fanni o'rganadi.

Lekin ona tili va adabiyot fanini kimdan so'rasang, zerikarli fan deydi. Ona tilidan dars beraman desang, zerikarlimasmi, adabiyotni yaxshi o'qiganman-u, lekin ona tili juda qiyin-da, deb o'zini chetga oladi.

To'g'ri, shu qoidalarni o'rganmasa ham, gapira oladi. Til qonuniyatlaridan bexabar bo'lib ham yashay oladi, lekin tilning hurmati tushadi.

Istalgan notanish inson bilan suhbatga kirishayotganda darstlabki fikrlarda biroz shubha, biroz ishonchsizlik bilan qaraysiz, lekin u bilan tanishib, boshidan o'tkazgan tajribalari bilan bo'lishgach esa unga boshqacha hurmatiz ortadi, gap-so'zlari ham qandaydir ma'noli tuyula boshlaydi.

Til ham xuddi shunday. Siz uni bilmas ekansiz, fan bosh suqmaguningizcha, ahamiyatini tushunmaguningizgacha uni hurmat qila olmaysiz. Nega katta-katta professorlar kuyib-pishib tilimiz unutilib ketyapti, deb gapishadi. Ular asl vaziyatga yuqoridan baho berishadi va biz qayerga qarab ketayotganimizdan xabaror.

Tilning hurmati aynan bizning qo'limizda, o'quvchilaringizga shunchaki qoidalarni o'rgatibgina qolmay, tilning ahamiyatini ham o'rgatib ketishingiz kerak.

Aks holda, hukumatning qing'ir ishlari, adolatsizliklari deb o'z yurtiga, o'z tiliga nafrat uyg'onishi juda osonlashadi. O'zbek tili unday, o'zbek tili bunday, bu tilda biror ishing bitmaydi, chet tilini o'rgan ishing oson bitadi, puling ko'payadi, falon-piston. Bu tilning aybi emas, bunday fikr kelib qolishiga til aybdor emasligini tushunishi uchun til nima ekanligidan xabardor bo'lishi kerak.

Kelayotgan til bayramingiz bilan!
πŸ‘45πŸ”₯5❀‍πŸ”₯3πŸ†1
❓Ostiga chizilgan birlikning ma'nosini toping.

Otabekdagi bu hollarning sirini bilgandek, muhabbati orasiga cho'p bo'lib tushgan keyingi uylanishi alamidan, deb qaror qilib qo'ygan edi.
Β©
A. Qodiriy

πŸ”— Zanjir o'yini:

Siz ham yuqoridagi ma'nosini bir qarashda anglab olish qiyin bo'lgan ibora yoki jumlalar qatnashgan gaplarni yozib qoldiring, biz topishga harakat qilamiz.

Hech kim javob topa olmagan savolni kanalga joylayman.

Boshladik!

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
πŸ‘13⚑3❀‍πŸ”₯3πŸ”₯2