ProEducation | O'zbek tili
4.67K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Bugun. Soat 21:00da

Mumtoz adabiyot kanalida she'riy san'atlar mavzusida videodars bo'lib o'tadi.

Bu kursimizdagi 5-dars. Qolgan darslarni ham kanalimizdan topasiz.

Kanalga qo'shiling πŸ‘‡
https://t.iss.one/+75bFMv8aqOMwMzJi
https://t.iss.one/+75bFMv8aqOMwMzJi
πŸ‘16❀‍πŸ”₯3πŸ”₯2πŸŽ‰2πŸ‘Œ1
Har qanday fikr yashashga haqli. Sizda qandaydir fikr bormi, erkin bildiring. Ba'zan sizga qarshi fikrlar ham yangrashi mumkin, lekin bu degani sizning fikringiz xato degani emas.

Muhimi nima bilasizmi, siz fikrlashda davom etasiz. Fikrlashdan to'xtagan odam xuddi oqmay qolgan ariqqa o'xshaydi. Yon-atrofingizdagi biror ariqning qurib qolganini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Qurib qolgan o'z tubini ko'rsatadi, asta-sekin hidi badbo'ylashishni boshlaydi. Odamlarni o'zidan uzoqlashtiruvchi hidlar chiqara boshlaydi. Siz ham fikrlashdan to'xtab qolsangiz, dunyoqarashingiz sayozlashib, odamlarni o'zingizdan uzoqlashtira boshlaysiz. Har xil negativ fikrlar chiqa boshlaydi. Atrofdan yaxshilikni izlolmay qolasiz. Har bir narsaga shubha-gumon bilan nazar tashlashni boshlaysiz.

Shubha, gumon, negativ fikrlar esa bizdan chiqayotgan yomon hiddir.

Kitob o'qigan odamning dunyoqarashi keng bo'ladi, deb ko'r-ko'rona kitob o'qishga targ'ib qilamiz-u, lekin undan olingan xulosa haqida hech qachon fikr yuritmaymiz. Kitob bu yozuvchining fikrlari, o'y-xayollari, undan har kim o'zicha xulosa oladi. Kitobdagi biror parchani tahlil qilib, bu voqeadan o'zingizga ibrat olmasangiz, siz shunchaki kitobni varaqlab, hikoya yoki qahramon taqdiriga mahliyo bo'lib, vaqt o'tkazgan bo'lasiz.

Har bir qahramon bu o'ziga xos obraz. Va yozuvchi shu obraz orqali jamiyatdagi turli muammolarga yechim berishni maqsad qiladi. Ezop masallari bekorga beshinchi sinfda berilmagan. Mana shu kitobning kirish qismida obrazga ta'rif beriladi. Undan nimani anglashimiz kerakligi uqtiriladi va davomidan Ezopning obrazli masallari beriladi. Agar siz masalni yosh farzandingizga o'qitsangiz, u masaldagi voqealarga hayvonlarning turli munosabatlariga e'tibor qaratadi, lekin bu munosabatlar ortida nima yashiringanini e'tibor bermaydi. Ezop yetkazmoqchi bo'lgan fikrni laylak, bo'ri, qo'y, cho'pon kabi obrazlarga kiritganini anglab yetish esa fikrlashdan so'ng kelib chiqadi.

Kitobni o'qing va unga biroz bo'lsa ham tanqidiy nazar bilan boqib, qahramonlar orqali yozuvchi nimani maqsad qilganini tushunishga harakat qiling.

#maqola

✈️ Telegram |πŸ“· Instagram |πŸ–€ You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘42πŸ”₯9❀‍πŸ”₯6πŸ’―3⚑1πŸŽ‰1πŸ•Š1πŸ†1
Ko'chada ikkita yosh bolaning o'zaro tortishayotganiga quloq solib tursangiz, ularning bir-birining kamchiliklarini aytib, yuziga solayotganiga guvoh bo'lasiz. Biri seni bo'ying past, desa, ikkinchisi o'zingni bil, deydi.

Aslida bo'yning past bo'lishi bu kamchilik emas va umuman olgan ikkinchi bola bu haqidagi haqiqatni gapirdi. Lekin bo'yi past bola o'zida haqiqiy kamchilikni qabul qila olmagani uchun bu gapdan jahli chiqdi.

Insondagi har bir kompleks, ya'ni kamchilik qabul qilinishni xohlaydi. Bo'ying pastmi, xo'p, nima qilibdi, dunyoda hamma standart bo'yga ega-yu, bitta sen kichkina bo'lib qoldingmi, yoki o'zlashtirishing past deyishsa, nima qipti, aslidayam shunday-ku, bu kamchiligingni qabul qilmaganing bilan, yo'q, bu meniki emas, deganing bilan o'zlashtirishing tezlashib qoladimi?! Yo'q, albatta.

Tanqidni qabul qila olmaslik o'zingizni yosh bolalardek tutishingizdan darak beradi va bu sizni yanada portlatadi. Tanqid bo'lsa, uni qabul qiling. Siz shu kamchiliklaringiz bilan sizsiz. Bular aynan sizni boshqalardan ajratib turadi. O'zgacha bo'lish esa ayb emas.

Biz har doim solishtirilganmiz: uni o'g'lini qara sendan aqlli, sendan boyroq, sendan omadliroq, deb ota-onamiz tarbiyasidan boshlab solishtirilamiz. Va aynan mana shu bizda tanqidni ko'tara olmaslikni, o'z kamchiliklarimizni qabul qila olmaslikni shakllantiradi.

O'zingizni boshqalarga solishtirsangiz, hasad uyg'ona boshlaydi. Hasad esa odamni ichdan kemiradi. Ichidan to'kilgan inson yuksalish tugul, o'zini ham tiklab tura olmaydi.

Tanqidni qabul qilish ko'nikmasini hosil qiling. Kamchiliklaringizni qabul qilib, ularni to'g'rilashga, ular ustida ishlashga harakat qiling.

Tanqid bor joyda yuksalish bo'ladi, degan gap shunchaki quruq pafos gap bo'lib qolmasligi kerak. Maqtov bilan o'sib borayotgan odamni to'xtatasiz. O'zim ham bir necha bor takrorlaganman darslarimga ortiqcha maqtov shart emas, aksincha kamchiliklari ustida ishlaylik deb.

Maqtovni ham, tanqidni ham me'yorida olib yurish muvaffaqiyat kalitlaridan biridir.

#maqola

✈️ Telegram |πŸ“· Instagram |πŸ–€ You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘46πŸ‘11πŸ’―8❀‍πŸ”₯4πŸ”₯3⚑2✍1πŸŽ‰1πŸ†1
1 soatdan so'ng darsimizni boshlaymiz.

Dars davomida o'rgangan she'riy san'atlarimizni baytlardan qanday aniqlashni ham mashq qilib ketamiz.

Ajoyib dars bo'lishi kutilmoqda πŸ”₯
❀‍πŸ”₯32πŸ‘15πŸ”₯3⚑1πŸ‘€1
❀‍πŸ”₯9πŸ‘3⚑1πŸ”₯1πŸ‘€1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸŽ™ Videodars

Mavzu: She'riy san'atlar | Iyhom. Irsoli masal. Intoq. Tashxis

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘7πŸ”₯2πŸ‘€2⚑1✍1❀‍πŸ”₯1
She'riy san'atlar
ProEducation | Mumtoz adabiyot
πŸŽ™ Audiodars

Mavzu: She'riy san'atlar | Iyhom. Irsoli masal. Intoq. Tashxis

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ”₯9πŸ‘6❀‍πŸ”₯2πŸ‘€1
Mumtoz adabiyot. 4-qism.pdf
233.7 KB
πŸ‘4πŸ”₯4πŸ‘Œ2πŸ‘€1
Mashq. She'riy san'atlar.docx
13.6 KB
πŸ”₯6πŸ‘3πŸ‘€2❀‍πŸ”₯1⚑1
Live stream scheduled for
⚑️⚑️⚑️
Bepul Kurs | 3 oy
15-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Ravish mavzusi bo'yicha test tahlili

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun πŸ‘‡

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
πŸ‘18πŸŽ‰2❀‍πŸ”₯1πŸ‘€1
Milliy sertifikat | Bepul Kurs kanaliga qo'shiling, darslarda ishtirok eting.

Qo'shilish uchun shartni bajaring πŸ‘‡
https://t.iss.one/proeducation_bepul/164
πŸ‘16✍1πŸŽ‰1πŸ‘€1
❓Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
69%
kvars, diksiya
31%
kvarts, diktsiya
πŸ‘23✍7❀‍πŸ”₯1πŸ‘€1
Mirzolar – Mishaga aylangan yillar,
Suvonlar – Sashaga aylangan yillar,
Alisher – Alikka, Kamol – Kolyaga,
Muattar – Mashaga aylangan yillar,
Men sizdan oβ€˜kinib yashayman.

Gulchehra ismini "Gulya" deganlar,
Zulxumor, Zumradni "Zulya" deganlar,
Rostmana nomini aytsang ortingdan,
"Madaniyatsiz bo'lmay o'l-e" deganlar,
Men sizdan o'kinib yashayman.

"Borya" yozganlardan Bobur xafadir,
"Tolya" yozganlardan Temur xafadir,
"Fedya" yozganlardan Farhod ko'ngli g'ash,
Qolganidan yana kimdir xafadir,
Men sizdan o'kinib yashayman.

Β© Erkin Vohidov

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘55❀‍πŸ”₯10⚑1✍1πŸ‘Œ1πŸ‘€1
😳😳😳
"Davlat tili haqidagi" qonun. 4-modda
πŸ‘€23⚑7πŸ‘4πŸ‘Œ3πŸ—Ώ2❀‍πŸ”₯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyent:
Ustoz, davlat tilini qonun bepul o'rgatishingiz kerak ekan. Davlat tili haqidagi qonunda shunday yozilgan ekan.

Repetitor:
*yuqoridagi holat

Bu albatta kayfiyat uchun. Bepul ta'lim maktablarda, xususiy faoliyat olib borayotganlarga esa hech qanday taqiq qo'yilmaydi.
😁66πŸ‘21πŸ‘Œ15πŸ‘€5🌚3❀‍πŸ”₯2
Yashanglar-ey, borligingizni shunday sezdirib turinglar, zamon-zamonda 😁

Bu sinfxonamizda shovqin chiqarish mumkin. Yuqoridagi kabi maktab qonun-qoidalari bizda mavjud emas πŸ˜…

Reaksiyalar bilan baqirib kulishingiz mumkin, testga to'g'ri javob topsangiz nishonlashingiz mumkin, hatto πŸ† bunaqa reaksiyali kubok bilan "taqdirlanasiz".

Eskilardan qolgan gap:
Reaksiya baxt keltirar. Reaksiyaning tagi rohat.
:) Hazil
😁102πŸ‘49❀‍πŸ”₯11πŸ†6πŸ”₯5🀝5πŸŽ‰3πŸ‘Œ3πŸ€“2πŸ‘€2🌚1
πŸ€“πŸ€“πŸ€“
😁59πŸ‘21❀‍πŸ”₯10πŸ†6⚑4🌚2πŸ’―2
Uyatga qolib ketmaylik, ehtiyotimizni qilib qo'yaylik 😁
❀‍πŸ”₯49πŸ‘35😁21πŸŽ‰7⚑2πŸ’―2πŸ‘€1🀝1