ProEducation | O'zbek tili
4.67K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
πŸ”— Bugungi zanjir o'yinimizni biroz boshqacharoq shaklda o'tkazamiz.

Uslubiy jihatdan xatoga yo'l qo'yilgan biror gap yozamiz. Qolganlar esa siz yozgan gapda uslubiy jihatdan nima xato ekanligini aniqlab beradi.

E'tiborli bo'ling! Gapda uslubiy xatolikka atayin yo'l qo'ying.

Uslubiy xatoliklar haqida

Maqsad:
Bilim almashish. Izohlarni o'qib chiqqan obunachi shu yerdan nimadir olib chiqib ketishi.

P.s Agar kimdir xato qiladigan bo'lsa, keskin tanqid qilmang, oliy ma'lumotli insonlardek yondashing va jamoadoshingizga yotig'i bilan nima uchun xato ekanligini isbotlab, tushuncha bering.

Har doimgidek eng yaxshisini kanalda ulashaman.

O'zim boshlab beraman:

Nahotki, shuncha ishlarni ortida siz turgan boβ€˜lsangiz?!

Reaksiya bosib, qo'llab turamiz

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❀‍πŸ”₯39πŸ‘26✍6πŸ”₯2πŸŽ‰1
Uslubiy xatoliklar

Nutqning sifatini buzuvchi omillar: so'zlarni noto'g'ri qo'llash, ularni noo'rin takrorlash, qo'shimlardan noto'g'ri foydalanish natijasida uslubiy xatoliklar yuzaga keladi. Bu shunday jarayonki, bunda hattoki ohangga ham e'tibor qaratish lozim. Chunki yanglish tushunishga olib keladigan ohang ham uslubiy jihatdan xatolik hisoblanadi.

Quyida hollarda uslubiy xatoliklar yuzaga keladi:
β€’ sinonimlarni yanglish qo'llash natijasida: Onasini mehrli basharasi (yuzi, chehrasi) dan nur yog'ilib turganini sezardi;
β€’ paronim so'zlarni noto'g'ri qo'llash natijasida: Kecha kitobning o'ninchi bop (bob)ini tugatdim;
β€’ olmoshlardan o'rinli foydalana olmaslik natijasida: Akram kecha shahardan qaytdi. Akram qishloqqa kelgach, do'stlari bilan diydorlashdi. (ikkinchi gapda Akram so'zi o'rniga u olmoshi ishlatilishi kerak);
β€’ qo'shimchalarni yanglish qo'llash natijasida: akamni kitobi emas akamning kitobi.

Reaksiya bosib, qo'llab turamiz

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘69❀‍πŸ”₯6🀩3✍2πŸŽ‰2
πŸ‘13❀‍πŸ”₯3πŸŽ‰2
Sabrsizlik:

1-holat:
Kursga qatnashyapman. Haftada uch kun ekan. Shu holatda ketsam, nasib bo'lsa, 3 oyda yaxshi o'rganib olarkanman.

2-holat:
Bugun qiynalgan mavzuyim yuzasidan dars o'tilar ekan. Naqadar ajoyib, endi bu mavzudan muammoyim bo'lmaydi.

Natija:

1-holat:
Uch oy o'tdi. Lekin hali ham ko'zlangan marraga yetmadingiz. Shuncha vaqtni bu kursda sarfladingiz, lekin hali ham biror topshiriq yoki testni yechishga ishonchingiz komil emas.

2-holat:
Bugun qiynalgan biror mavzuyingizda dars bo'lib o'tdi. Siz e'tibor bilan kuzatib bordingiz, kerakli joylarini hatto yozib ham oldingiz. Lekin ikki-uch kun o'tgach boyagi mavzu yana sizga muammo tug'dira boshladi.

Ishonchsizlik:

1-holat:
Uch oylik kursga bordim, o'qituvchim shuncha vaqt davomida ham meni ko'zlagan manzilimga yetkazib qo'ya olmadi. Demak, u bilimsiz ekan.

2-holat:
Darsda qatnashib barchasini yaxshi tushunib olgandim-ku, kerakli joylarini yozib ham oldim. Lekin nega yana menda shu muammo. Demak, ilm men uchun emas.

Yuqoridagilarni o'qib, o'zini ko'rganlar bo'lsa, o'qishda davom eting.

Birinchi o'rinda siz o'zingizga chegara qo'ymang. Agar sizga kimdir biror fan yoki sohani ikki yoki uch oyda o'rgandim, desa, siz ham shuncha vaqt sarflaysiz, deganimas. Balki bu muddat sizga kamlik qilar. Balki buncha vaqt ketmas. Lekin siz o'zingizga chegara qo'yishingiz orqali umidsizlikka tushib qolasiz. Agar siz uch oydan ko'p vaqt sarflashingiz kerak bo'lsa-yu, lekin uch oydayoq natija bo'lmadi deb to'xtatib qo'ysangiz. Yoki bo'lmasa, siz asli ikki oyda o'zlashtira olsangiz-u, lekin siz miyangizga uch oy deb buyruq bergan bo'lsangiz. Ikki holatda ham o'zingizni chegaralashingiz sizga zarar keltirmoqda.

O'qituvchi sizga yo'nalish beradi, lekin uni qanday davom ettirish o'zingizga bog'liq.

O'qituvchi dehqon kabi egat ochadi. Siz esa suv kabi shu yo'lni o'zingiz mustaqil bosib o'tishingiz kerak. Yangi ariqchada birinchi marta suv yurayotganda, suv yo'lida kichik kesakcha chiqsa ham, u to'xtab qoladi va dimlanib turadi. Kesakka kelib urilib, to'xtab qolgani bilan uning ortidan shu kesakni yengish uchun qo'shimcha suv to'planmoqda.

Ilm bu ana shu egat. Dehqon o'qituvchi. Suv esa o'rganuvchi. Ilmni endi o'rganayotganingizda oldingiz turli to'siqlar, kichik kesakchalar chiqadi. O'sha joyda sabrli bo'lib, ilm olishda o'rganishda davom etsangiz, siz ham suv kabi kesakchani ustidan oshib o'tasiz. Kelasi safar shu yo'ldan yurganingizda esa ancha oson bo'ladi, chunki siz birinchi martasida o'z yo'lingizdagi barcha kesaklarni ivitib, o'z yo'lingizni mustahkamlab bo'lgan edingiz.

Xullas, o'zingizga ishonchingizni tushirmang. Umidsizlanmang. Siz to'g'ri yo'ldasiz. To'g'ri yo'l esa har doim qiyin yo'l bo'lgan. Buni qabul qilmaguningizcha bu to'g'ri yo'lni bosib o'tolmaysiz.

#maqola

✈️ Telegram |πŸ“· Instagram |πŸ–€ You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘38⚑8✍4πŸ‘4❀‍πŸ”₯2πŸŽ‰1
Kam bo'lsa ham, davomli bo'lsa, o'ylagan natijangizga erishasiz.

Roppa-rosa ikki hafta oldin odat shakllantirib olish uchun har kuni uxlashdan avval bir donagina test yechib, keyin uyquga keting, deb maslahat bergan edim. Boshlanishiga bitta kamdek ko'rinsa ham, tishni tishga qo'yib, o'zini majburlab bo'lsa ham, bir donagina test yechib, bugungacha yetib kelganlar bo'lsa, endi bir dona emas, o'nta yoki o'n beshtagacha ishlamay uyquga keta olishmaydi. Sababi unda odat shakllanib ulgurdi.

Buni quyidagicha izohlash mumkin:

Mana o'z odatlaringizga e'tibor bering. Ertalab uyqudan uyg'oniboq nima qilasiz, kechqurun uyquga ketishdan avval nima qilasiz. Endi savol: uyqudan uyg'ongach boyagi o'z odatingizni qilmasdan yotgan o'rningizdan tura olasizmi? Yoki boyagi odatingizni qilmasdan turib, uyquga keta olasizmi?

O'z ustingizda ishlashga kunduzi vaqtingiz bo'lmaydi. Bilaman, tushunaman. Lekin o'z ustingizda ishlamasangiz bo'lmaydi. Ayniqsa, hozir. Yigirma yil, yigirma besh yil bir maktabda ishladingiz. Bu maktab uchun qancha mehnatingiz singdi. Lekin hozir attestatsiya yoki milliy sertifikating bo'lmasa, ishlamaysan, deb kecha kelgan bir direktor yoki uning yordamchisi sizga shart qo'yadi. U sizning qancha ishlaganingizga qarab ham o'tirmaydi.

Qilgan mehnatlaringiz, yig'gan obro'laringizni saqlab qolish uchun, yangi kelganlar oldida tilingiz uzun bo'lishi uchun ham o'z ustingizda ishlamasangiz bo'lmaydi, qadrli ustozim.

Onam o'qituvchi, men sizlarni tushunaman. Rozg'or, uyingizda usta bor, maktabdan kelib, ovqat qilasiz, non yopasiz. Vaqt haqiqatdan yetmaydi. Lekin uyquga ketishdan avval 5 daqiqa bo'lsa ham shug'ullanishni o'zingizga odat qilib olsangiz, natijaga erishasiz.

Bugungi 5 daqiqangiz bir haftada 35 daqiqaga, bir oyda 150 daqiqaga aylanadi. Shu bir kunlik 5 daqiqani yo'q qilib yuborish ham, undan unumli foydalanish ham o'z qo'lingizda!

#maqola

✈️ Telegram |πŸ“· Instagram |πŸ–€ You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘43❀‍πŸ”₯12⚑1
1 soatdan so'ng darsni boshlaymiz.

Reaksiyalarni ayamay bosamiz πŸ”₯πŸ”₯πŸ”₯
❀‍πŸ”₯91πŸ‘42πŸ”₯31πŸŽ‰8πŸ‘Œ5πŸ†5πŸ•Š3πŸ‘€2⚑1
πŸ‘32❀‍πŸ”₯5πŸŽ‰3🌚2πŸ‘€1
Live stream started
Boshladik. Fayzimizni bersin 🀲
❀‍πŸ”₯30πŸ‘22πŸŽ‰6πŸ‘Œ4πŸ”₯2✍1πŸ‘1🀝1
Live stream finished (1 hour)
Test tahlili | Sifat
ProEducation | O'zbek tili
πŸŽ™ Audiodars

Mavzu: Test tahlili | Sifat


ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❀‍πŸ”₯29πŸ‘13πŸ‘6⚑3πŸŽ‰3πŸ†3πŸ”₯1
Reaksiya bosish esdan chiqmasin, azizlar
✍51❀‍πŸ”₯33πŸ‘Œ13πŸŽ‰10🫑8πŸ‘6πŸ‘4πŸ†4πŸ”₯2🌚1πŸ’―1
ProEducation | O'zbek tili
Reaksiya bosish esdan chiqmasin, azizlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁29πŸ‘15❀‍πŸ”₯7πŸ‘Œ6πŸ”₯2πŸ‘€2πŸ‘1
OΚ»zbekistondagi eng mashhur messenjer, Telegramning asoschisi Pavel Durov bugun 39ga kirdi va bu haqida o'z kanalida quyidagicha hazil post qoldirdi:
"Ayrim bugun meni tug'ulgan kunim bilan tabriklashmoqda. Ammo bugun 2023-yil 10-oktabr sanasi mening haqiqiy tug'ilgan kunim emas. Aslida men ancha yil oldin tug'ilganman. Shaxsan men bugungi kunni 27ga chiqqanimga atigi 12 yil bo'lgan kun deb nishonlamoqchiman" demoqda 😁

Ha, Durov "brat" siz 18ga kirganizga endigina 21 yil to'ldi 😁

Mayli, nima qilsayam shu odamning kuchli sa'y-harakatlari, yurtiga sidqidildan xizmat qilgani, maktabni a'lo baholarga bitirgani (sarkazm) tufayli bugun biz u yaratgan platformadan foydalanib, o'z yaqinlarimiz bilan aloqa qilmoqdamiz, eng asosiysi, mana shunday kanallarda ilm ulashmoqdamiz.

"Brat"ni 27ga chiqqaniga endigina 12 yil bo'lgani bilan ProEducation jamoasi nomidan tabriklab qolamiz πŸŽ‰
πŸ‘24❀‍πŸ”₯15😁9πŸŽ‰5⚑3🌚1🫑1
Bugun. Soat 21:00da

Mumtoz adabiyot kanalida she'riy san'atlar mavzusida videodars bo'lib o'tadi.

Bu kursimizdagi 5-dars. Qolgan darslarni ham kanalimizdan topasiz.

Kanalga qo'shiling πŸ‘‡
https://t.iss.one/+75bFMv8aqOMwMzJi
https://t.iss.one/+75bFMv8aqOMwMzJi
πŸ‘16❀‍πŸ”₯3πŸ”₯2πŸŽ‰2πŸ‘Œ1